Iqtisodiyot


O`quv faoliyatining ahamiyati, umumiy tuzilishi



Yüklə 320,5 Kb.
səhifə4/6
tarix05.04.2023
ölçüsü320,5 Kb.
#104264
1   2   3   4   5   6
KURS ISHI

O`quv faoliyatining ahamiyati, umumiy tuzilishi
O'quv faoliyati ta'lim, o'qish va o'rganish degan tushunchalar bilan bevosita bog'liqdir. Ta'lim o'qituvchi va o'quvchi hamkorligidagi o'quv faoliyati, o'qituvchining bilim, ko'nikma va malakalarini o'quvchilarga o'rgatish jarayonidir. Ta'lim jarayoni bevosita muayyan axborotni, harakatlarni, xulq- atvorning shakllarini o'zlashtirishga qaratilgandir. O'qish va o'rgatish tushunchalari o'quv faoliyati bilan bog'liq bo'lib, ular bilim, ko'nikma va malakalarni o'zlashtirishga, o'rgatishga xizmat qiladi. O'quv faoliyatining besh elementi mavjud: 1. O'quv motivlari. 2. O'quv topshiriklari. 3. O'quv harakatlari. 4. O'qituvchining nazorati. 5. O'qituvchining baholashi.
D.B.Elkoninning ta'kidlashicha, o'quv faoliyatining shakllantirilishi bu faoliyat ayrim kishilar bajarilishini asta -sekinlik bilan o'quvchining o'ziga o'qituvchining ishtirokisiz mustaqil bajarish uchun o'tkazilishidir. Ta'lim jarayoni alohida tashkil etiladigan hamda boshqariladigan faoliyat bo'lib, u o'quvchilarning o'quv faoliyatlarini tashkil etadi va ularni boshqaradi. Ta'lim jarayoni besh elementdan iborat: 1. Ta'limning maqsadi - nima uchun o'qitish kerak? 2. Ta'limning mazmuni - nimaga o'qitish kerak? 3. Ta'limning metodlari, usullari va pedagogik muloqot yo'llari. 4. Ta'lim beruvchi. 5. O'quvchi.
Ta'lim jarayonini tashkil etish: ideal va amaliy faoliyatning u yoki bu turini muvaffaqiyatli tashkil etish uchun zarur bo'lgan tashqi olamning muhim ahamiyatli xossalari xususidagi axborotning o'zlashtirilishi: - faoliyatning ana shu barcha turlari tarkib topgan usullari va jarayonlarining o'zlashtirilishiga; - maqsadga muvofiq keladigan usullar va jarayonlarni to'g'ri tanlash va foydalanishga bog'liq.Ta'lim jarayonining muvaffaqiyati: 1. Motivatsiya. 2. Ma'lumot usullari. 3. Ma'lumotning tushunarliligi. 4. Xotira. 5. Ma'lumotni qo'llash. Ta'lim va ta'lim jarayonida bolani rivojlanish muammosi psixologik markaziy masalalardan biridir.
O'quv faoliyati motivlarining paydo bo'lishi va ularni shakllantirishgadoir qator nazariyalar ishlab chiqilgan bo'lib, ulardan biri: 1. Aqliy hatti-harakatlar, bilimlar, malaka va ko'nikmalarni bosqichma- bosqich rivojlantirish nazariyasi (P.YA.Galperin). P.YA.Galperin nazariyasi bo'yicha bilimlarni o'zlashtirish jarayoni olti bosqichni boshidan kechirib, ularga: 1. Motivatsiya. 2. Tushuntirish. 3. Moddiy formadagi hatti-harakatlarni bajarish. 4. Baland ovozda hatti-harakatlar va vazifalarni bajarish. 5. Bajariladigan hatti-harakatlarni ichki rejada ovoz chiqarmay bajarish. 6. Faoliyatni fikran bajarish kiradi. Ushbu nazariyada ta'limning uchta asosiy turlari ajratiladi: - birinchi turda - hatti-harakatlarni o'zlashtirish xatolar bilan kechadi, berilayotgan material etarli darajada anglanilmaydi, ta'lim oluvchi ta'limning asl mohiyatini tushunib etmaydi; - ikkinchi turda - materialni nisbatan dadil va to'la tushunilishi va material bilan bog'liq tushunchalarni ajratilishi bilan xarakterlanadi; - uchinchi tur - tez, samarador va bexato hatti-harakatlarni o'zlashtirilishini ta'minlab beradi.
V.V.Davidov nazariyasi. Ushbu nazariya kichik maktab yoshidagi o'quvchilarni ilmiy tushunchalarni o'zlashtirilishini targ'ib qiladi. Bunda o'quvchilar tomonidan ta'lim jarayonida nazariy tushunchalar tizimini o'zlashtirilishi lozim bo'lib, bu o'z o'rnida xususiydan umumiy bilimlarga o'tilishni ta'minlaydi. Qator nazariyalar muammoli ta'lim bilan bog'liq bo'lib, L.V.Zankov va A.M.Matyushkin tomonidan olib borilgan tadqiqotlar ta'limda muammoli darslarni tashkil etishga qaratilgandir. Ta'limning psixolik asoslari muammosi ko'pgina masalalarni qamrab oladi. Ta'limning muvaffaqiyati bir qator psixologik omillarga bog'liq bo'ladi. Avvalo o'quvchining o'qishga bo'lgan munosabatiga to'xtaylik. Bu munosabat diqqatda, his-tuyg'ularda, qiziqishlar va irodada, shuningdek, shaxsning tutgan yo'lida namoyon bo'ladi. Ta'lim jarayoni avvalo o'quvchilar diqqatini yo'lga solishni talab etadi. Darslarda ko'rgazmali qurollardan, texnik va EXM vositalaridan foydalanish ta'lim oluvchida ixtiyorsiz diqqatni yuzaga keltiradi. Ta'lim jarayonida ta'lim beruvchining vazifasi darsda ishlash xolatini yuzaga keltirishgina emas, balki o'quvchilarning darsda o'tiladigan materialini idrok etishga tayyor turishlarini kuzatish hamdir. Dars jarayonida o'quvchilarning diqqati o'zgarib turadi. O'qitish jarayonida bu qonuniyatlarni nazarda tutish va o'quvchilar diqqatini materialning asosiy jihatlariga jalb etish hamda ularni takrorlash kerak. Ta'lim jarayonining samaradorligi ko'p jihatdan o'qituvchi tomonidan beriladigan ko'rsatmalarga ham bog'liq. O'qituvchining roli shundan iboratki, u o'quvchilarga tegishli ustanovkani hosil qilishi, nimani vaqtincha, nimani umrbod esda olib qolishi kerakligini, nimani butunlay esda olib qolmasdan, faqat tushunib olish kifoya qilishini, nimani so'zma-so'z esda olib qolishni, nimaning ma'nosini o'z so'zlari bilan aytib berish uchun esda olib qolish zarurligini ko'rsatib o'tishi lozim. Kuzatishlar ko'rsatadiki, bunday ko'rsatmalar berilmaganda, o'quvchilarda ko'pincha noto'g'ri tasavvurlar vujudga keladi. O'qitishning emotsionalligi ta'limning muvaffaqiyatliligini ta'minlovchi omillardan biridir. Ta'lim berish jarayoni emotsional jarayon. Agar o'quvchilarga berilayotgan axborot ularda hech qanday his-tuyg'u uyg'otmasa, uni o'quvchilar yaxshilab esda olib qolmaydilar. Gap o'quvchilarning psixik xolatlari, ya'ni ularning muayyan bir paytdagi kechinmalari haqida ham borishi kerak, albatta. Ulardagi quvonchli, optimistiq kayfiyat o'quv faoliyatini juda samarali qiladi. O'quvchilar emotsional ruhdagi materialni durustroq o'zlashtirib oladilar.
O'tkazilgan tajribalarda o'quvchilar hech qanday his-tuyg'u uyg'otmaydigan materialga qaraganda, emotsional ruhdagi materialni yaxshiroq eslab qolishlarini ko'rsatadi. O'qituvchi o'quv jarayonining emotsional tomoni haqida g'amxo'rlik qilishi kerak.
Bu o'rinda o'quvchi-o'smirlarningo'qishga bo'lgan motivatsiyasini uyg'otish maqsadga muvofiqdir. Hali hech qancha bo'lgani yo'q, Barbara Fuller ismli o'qituvchi boshlang'ich bosqichdagi o'quvchilarga umumiy bilimni o'rgatdi va uningdarslaridan biri o'rgimchak va hashorotlar haqida edi. U darsining bir qismi sifatida o'quvchilardan o'zlarining uylaridan yoki xonalaridan hashorot va o'rgimchaklarni qidirishini buyurgan. Ular tirik mavjudotlarni maktabga olib kelishdi, o'zlarining jurnallaridagi savollarga javob berishdi, so'ng o'zlarining topilmalari haqida auditoriyaga qisqacha og'zaki ma'lumot berishdi. Baholash halol tarzda bo'lgandek tuyuldi, lekin, Barbara o'quvchilarning darsga turli xil yo'llar bilan javob berganini aniqladi. Quyida Barbaraning talabalarni qanday javob berganini tasvirlagani keltirilgan:
"Esimda Joze boshlashni kutib turolmadi va baholashni tugashini ham kutib turolmadi. Har kuni u 25 xil turdagi o'rgimchak va hashorotlarni olib keldi. Har kuni u hashorotlarning rasmlarini o'zining jurnaliga chizdi va ular haqida izoh yozdi. Oxirida u 3-kurslar ichida eng yaxshi og'zaki namoyish ko'rsatdi. U buni "Ular bizlardan oshib ketdi” deb atadi. Qaniydi men uni ko'rganimda, u juda bosiq va zavqqa to'lgan edi.
Shundan so'ng hatto uni qiziqtirmasa ham hamma narsada eng yaxshi bo'lishni istaydigan qiz - Lindsey chiqdi. U ishni ozgina sekin - bir qancha hashorot va bittagina o'rgimchak olib kelgan holda boshladi. Lekin u boshqalarning nimalar va qanchadan olib kelayotganiga ko'z tashladi. U Jozening qancha hashorot olib kelayotganini ko'rib, oyoqlarini qo'liga olib, Jozening darajasiga etishishga kirishdi. U Joze olib kelganidek turli xil hashorot olib kelish o'rniga, ko'pdan-ko'p bir xil hashorot - deyarli 20 ta o'lgan uy pashshalarini olib keldi, huddi men eslaganimdek! Uning prezintatsiyasi yaxshi edi - unga yomon baho qo'yolmasdim, lekin u Jozenikidek yaratuvchan yoki farosatli emas edi. O'ylashimcha u uning materiallariga nisbatan ko'proq baholandi.
U erda shuningdek umidsizlanayotgan Tobias bor edi. U ishini zo'rg'a bajargan. Men uni boshqalarning hashorotlar kolleksiyasini va jurnallarini ko'rayotganini payqadim. U aldamayotgan edi, men ishonaman. Shunchaki u ishining darajasi qanday ekanligi va yutqazmaslik uchun nima qilish kerakligini aniqladi. U aksariyat o'quvchilarga nisbatan kamroq hashorot olib kelgan edi. Shuningdek u jurnalidagi savollarga qisqacha javob bergan edi va eng qisqa og'zaki ma'lumot berdi.
Nihoyat Zoey. U ancha shoshqaloq edi! Men uni ustidan na kulishni, na yig'lashni bilmasdim. U topshiriqni bajarishga qarshilik qilmadi, lekin boshqa o'quvchilar bilan muloqot qilishni xohladi. Shuningdek u osongina chalg'itildi va ishini namoyish qilayotgan vaqtda jurnalidagi ma'lumotlarni aytishni esidan chiqarib qo'ydi. Mana uni nima saqlab qoldi - mana uni yuqori ball olishiga sabab bo'ldi - shuki u ishini 2 ta qiz bilan o'zaro fikr almashib tugatdi. Qolgan 2 ta qiz topshiriqni juda ajoyib tayyorlagan - ajoyib hashorotlar to'plami, jurnaliga yaxshi ma'lumotlar yozilgan va og'zaki prezintatsiyasi ham qiziqarli edi. Shuning uchun Zoey ular bilan suhbat qurishga urinsa, suhbat qanday yo'l bilan bo'lsa ham tugallandi. U qizlarga uning fikrini qo'llab-quvvatlagani uchun rahmat aytdi. Zoey ularning yordamisiz nima qilardi, bilmadim”.
Barbaraning xotirasi ma'lum qilishicha, o'quvchilar ilmiy faoliyat bilan shug'ullanishda turli xil nazariya va urinishlarni ko'rsatishdi - shaxsiy fikrlar va urinishlar qaysiki energiyalarini turli xil yo'llar bilan yo'naltirilgan.[1]
Bu muammo juda muhim ahamiyatga ega. Chunki, birinchidan, ta'limning mazmuni nihoyatda murakkablashib, xajmi esa g'oyat kattalashib ketgan. Uning muvaffaqiyatli o'zlashtirilishiga erishish uchun o'quvchilarning o'quv faoliyatini kuchaytirishi lozim. Ijobiy tuyg'ular o'quv mehnatining samaradorligiga kuchli ta'sir etadi. Hafsala bilan bajarilgan beg'araz munozara paydo bo'ladi, bahslashiladi, befarq qaragan yoki undan ham beshbattar, salbiy munosabatda bo'lishgan ishga esa hech qanday xafsala bo'lmaydi. Jamiyatimizdagi mehnat - ijod, quvonch manbai. O'quv maskani o'quvchilarida o'quv mehnatiga ijodiy munosabat uyg'otib, mehnatning xaqiqiy ijodga, quvonch manbaiga aylanishiga ko'maklashishi kerak.
Qadimda greklar juda ajoyib iborani qo'llaydilar: "Talaba -to'ldirilib turilishi kerak bo'lgan idish emas, balki yoqib turilishi lozim bo'lgan mash'aldir". Bu fikrning tagida chuqur ma'no bor. Zero, o'qituvchi biz yuqorida ta'kidlab o'tgan ta'lim metodlari muammoli ta'lim, qisman izlanish metodi va tadqiqot metodlaridan keng qo'llanishi kerak. Ta'lim jarayonini bugungi kundagi asosiy talablaridan biri erkin fikrlovchi, mustaqil tafakkurga ega bo'lgan shaxsni shakllantirish bo'lib, yuqorida aytib o'tgan metodlardan foydalanish uchqunlardan katta mash'allar paydo bo'lishini ta'minlab beradi.Ta'lim jarayonida o'quvchilarning bilishga qiziqishlari g'oyat katta rol o'ynaydi. Ma'lumki, qiziqish o'quvchilarning emotsional bezagi, biror buyumni, biror faoliyatni tanlash munosabati va yo'nalishidir. Ma'lumki, psixologiyada qiziqishning ikki turi o'quvchilarning ta'lim jarayonida aniqlanadi. Birinchisi, bevosita qiziqish, ikkinchisi bilvosita qiziqish. Har bir o'qituvchi o'z o'quvchilarida o'z faniga nisbatan bilvosita qiziqishni tarkib toptirishga harakat qiladi. qiziqishlar orqali o'quvchilarda ta'limga aktiv munosabat namoyon bo'ladi. Psixologiyada qiziqish - bu shaxsning o'zi uchun qimmatli yoki yoqimli bo'lgan muayyan narsa yoki hodisalarga munosabatidir. Qizikishlar shaxsning muhim va individual xususiyatlaridan biri bo'lib hisoblanadi. Qiziqishlar o'quvchilar hayotida katta rol o'ynaydi. Ular o'quv faoliyatini faollashtiruvchi asosiy turtkilar - motivlaridir. Qiziqishlar ta'lim maskanlari o'quvchisiga fan asoslarini durustroq o'zlashtirib olishlariga, aqliy qobiliyatlarning o'sishiga, bilim doirasining kengayishiga imkon beradi. O'qituvchilarning vazifasi o'quvchini dastlab qiziqtirib qolgan ishning o'zi bilan shug'ullanishga majbur qilish emas, balki undagi qiziqishlarni chuqurlashtirish va kengaytirish, ta'sirchan qilish, qiziqishlarining markaziga aylanib qolgan faoliyat bilan shug'ullanish istagiga, mayliga aylantirishdir. O'quvchilarning muayyan maqsadni ko'zlab ish tutishida, qiyinchiliklarni enga olishida, ishdan chalg'itadigan narsalar bilan shug'ullanishdan o'zini tiya olishida, unda o'qishga ishtiyoq tarkib toptirishda namoyon bo'ladigan iroda ta'lim jarayonida alohida ahamiyat kasb etadi. Umumiy psixologiya kursidan ma'lumki, iroda bu shaxsning o'z oldiga qo'ygan maqsadining aniqligi, uni amalga oshirish uchun intilishi, maqsad yo'lida ma'lum bir qarorga kelish tezligi va uni o'z vaqtida ijro etishi bilan belgilanadigan sifatidir.
Ta'lim jarayonida o'quv materialiga bo'lgan diqqatning barqaror bo'lishida irodaviy zur berishning ahamiyati nihoyatda kattadir. Ta'limda iroda o'quvchida o'quv maskani va uyda o'tkaziladigan mashg'ulotlarga tayyor turishda namoyon bo'ladi. O'quv materialini o'rganish - eslab qolish va o'quvchining irodaviy zo'r berishganiga bog'liq. Iroda o'quvchilarning fikrlash faoliyatlarida - masalani echishga, qo'yilgan savolga javob topishga va hokazolarga intilishida namoyon bo'ladi. Ular o'quvchilarda ko'nikma va malakalarni hosil qilishda ham tarkib topadi. Psixologlar olib borgan tadqiqotlarda o'quvchilar tomonidan berilgan materialning o'zlashtirilishi ko'p jihatdan irodaning tarbiyalanishiga bog'liqdir. Irodaviy aktivlik ta'limning zarur shartidir. Ta'lim muassasasidagi ta'lim jarayonining o'zi o'quvchilardan irodaviy o'stirish omillaridan biridir. Bunda o'quvchilarning kundalik rejimi, o'qish va okilona dam olishni bir-biri bilan to'g'ri almashtirib turish katta rol o'ynaydi. Ta'lim jarayonida bilish jarayonlarini shakllantirishga alohida e'tibor berish lozim. Zero bilish jarayonlari juda murakkab faoliyat bo'lib, unda jonli mushohadadan abstrakt tafakkurga, abstrakt tafakkurdan amaliyotga o'tiladi, ana shundan so'ng ob'ektiv haqiqat bilib olinadi.Binobarin, biz birinchi navbatda ko'rib chiqishimiz lozim bo'lgan narsa o'quv materalini idrok qilish jarayonidir. Umumiy psixologiya kursidan ma'lumki, idrok bu narsa va hodisalarni sezgi organlariga ta'sir etishi natijasida ularning kishi psixikasida yaxlit obrazini paydo bo'lishi bo'lib, idrok etish jarayoni ta'limda turli formalarda o'qituvchining og'zaki xikoya qilishida, suxbat o'tkazishda, leksiya o'qishida, ko'rgazmali qurollar ko'rsatish, ekskursiyalar o'tkazish, axborot va pedagogik texnologiyalaridan foydalanish, o'quvchining o'ziga darsliklar hamda boshqa qo'llanmalarni o'qitish tarzida o'tishi mumkin. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, idrokni tarkib toptirishda o'quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olish nihoyatda muhimdir. Chunki, fazoni, vaqtni va harakatlarni idrok etishda ham yosh xususiyatlarda turli farqlar mavjud bo'ladi.
Biz bu energiyalarini motivatsiya termini yoki bazida o'rganish uchun motivatsiya deb ataymiz. Ko'rib turganimizdek, motivatsiyadagi turli-tumanliklar sinfxonalardagi tafovutning muhim sababi avvalgi bilimlarni, qobiliyatni, o'qishdagi rivojlanishni farqlashda taqqoslanuvchi ahamiyat kasb etadi. Maktabdagi o'qish vaqti kelganida, aksariyat hollarda, o'quvchilarning motivatsiyasi muhim rol o'ynaydi, chunki o'quvchilarning oddiy darsda ishtirok etishlarini o'zlari xohlashlari kafolatlanmagan (albatta). Bu o'quvchilarning yosh odamlarni maktabga borishini talab qiluvchi jamiyatda yashashlarining belgisidir.

Hozirgi eng dolzarb muammolardan biri oliy o`quv yurtlaridagi ta'lim–tarbiya ishlari samaradorligini kеskin oshirishdan iborat.

Oliy o`quv yurtlaridagi ta'lim tarbiya jarayonlari samarali amalga oshirish uchun talabalar bilan o`qituvchilar o`rtasida uzluksiz ta'sir o`tkazish xukm surishi lozim. Bu ta'sir o`tkazish umumta'lim maktabi o`qituvchisi va o`quvchisi o`rtasidagi, yoki litsеy va kollеj o`qituvchisi va o`quvchilari o`rtasidagi munosabatlardan farq qiladi, bu bir tomondan ular o`rtasidagi yosh xususiyatlaoriga, ijtimoiy–huquqiy mavqеlariga bog`liq bo`lsa, auditoriyada «ustoz-muallim» va «shogird-tinglovchi», tarzida, auditoriyadan tashqarida do`stona, aka-uka, xatto «ota-bola» munosabatlariga yaqin do`stona, dilkash bo`lishi maqsadga muvofiqdir. Lеkin, shu vaqtgacha oliy maktab psixologiyasi, undagi talaba va profеssor–o`qituvchilar o`rtasidagi psixologik muxit chuqur taxlil qilib chiqilmagan.

Oliy o`quv yurtidagi ta'limning o`ziga xos xususiyatlari talaba-largning boshqa ijtimoiy guruhlar bilan muloqotga kirishish uchun muhim imkoniyat yaratadi. Talabalik davrining asosiy xususiyatlaridan biri–ijtimoiy еtuklikning jadal surat bilan ro`yobga chiqishidir.

Talabalik davri o`spirinlikning ikkinchi bosqichidan iborat bo`lib, 17-21 (25) yoshni o`z ichiga oladi va o`zining xususiyatlariga ega. Mazkur pallada o`spirin o`ziga ruhiy inqiroz yoki tanglikni boshidan kеchiradi, kattalarning turli rollarini bajarishga o`rinib ko`radi, turmush tarzining yangi jixatlariga ko`nika boshlaydi.
Hozirgi fan-tеxnikaning rivoji bir tomondan axborotlar, ma'lumotlar olishni ko`paytirsa, osonlashtirsa, ikkinchi tomondan yoshlarda biror mutaxassislikka intilish, mutaxassislikka oid bilimlarga barqaror intilish– qiziqishning pasayishiga, xatto yo`qolishiga olib kеlmoqda, chunki qat'iylik, ijodiy izlanish, irodaviy zo`r bеrish o`rnini loqaydlik, faoliyatsizlik egallamoqda. Boshqacha aytganda, ular «tayyor axborotlarning quli»ga aylanib ham kеlmoqdalar. Turmushda kompyutеr, diplеy, EHM, kalkulyatorlar inson aqliy mеhnatni еngillashtiradi, ularni aqliy zo`r bеrishdan xalos qiladi. Lеkin bu qulayliklardan foydalana bilish, yangiroqlarini yarata bilish kеrak-ku! Bu yordamchi vositalarning to`g`ri, aniq ishlayotganiga kim kafolat bеradi, ularni kim qanday tеkshirish kеrak. Albatta, buni bugungi o`quvchi, talaba qilishi kеrak-ku!

Talabaning maktab o`quvchisidan muhim farqi shundaki, u faqat tinglovchi-o`quvchigina emas, mustaqil ilm, hunar oluvchidirm (studеnt–lotincha «mustaqil shug`ullanuvchi dеgan ma'noni anglatadi).

Talabalarga mustaqil bilim olish, o`z faoliyatini o`zi tashkil qilish, o`z–o`zini boshqarish, yangi g`oyalarni ishlab chiqish va xokazolarni o`rgatishdir. Bu vazifalarni amalga oshirishning asosiy omili–monologik ma'ruzadan dialogik ma'ruzaga–muloqotga o`tishdir.

Psixologlarning tadqiqotlari shaxs hayot tajribasini egallashda unda o`zligini anglash vujudga kеladi, jumladan, shaxsiy hayotining mazmunini anglashi, aniq turmush rеjalarini tuzishi, kеlajak hayot yo`lini bеlgilashi va xokazolar amalga oshishini ko`rsatadi. Talaba asta-sеkin mikroguruhning notanish sharoitlariga ko`nikib boradi, o`zining hak-huquqlari va majburiyatlarini bila boshlaydi.

Talaba 17-19 yoshda ham o`z xulqi va bilish faoliyatini ongli boshqarish imkoniyatiga ega bo`lmaydi va shunga ko`ra xulq motivlarining asoslanmagani, uzoqni ko`rolmaslik, ehtiyotsizlik kabi xolatlar ro`y bеradi. Bu yoshda ba'zan ayrim salbiy hatti-harakatlar ko`zga tashlanadi.


Yüklə 320,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə