Iqtisodiyot va turizm



Yüklə 40,76 Kb.
səhifə1/7
tarix14.05.2023
ölçüsü40,76 Kb.
#110217
  1   2   3   4   5   6   7
Barcha uchun suv resurslari yetarliligi hamda ulardan oqilona foyldalanishni ta\'minlash”


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI


ORIENTAL UNIVERSITETI
IQTISODIYOT VA TURIZM” KAFEDRASI
MIKROIQTISODIYOT” fanidan
MUSTAQIL ISH

Barcha uchun suv resurslari yetarliligi hamda ulardan oqilona foyldalanishni ta'minlash”


mavzusida
ESSE

35-guruh 2-kurs talabasi


BAJARDI: SOBIROV MANSURBEK
talabaning F.I.Sh
Qabul qildi: PhD, dotsent M.S.Yusupov


TOShKENT - 2023
ESSЕ RЕJASI:
Kirish
Asоsiy qism
1. Suvning tabiat va inson hayotidagi ahamiyati.
2. Suv resurslari zahirasi va ularning geografik joylashishi.
3. Suvdan xalq xo`jaligida foydalanish. Chuchuk suv muammosi.
4. Suvning ifloslanishi va uni ifloslovchi manbalar.
5. Suvni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish. Ifloslangan suvlarni tozalash usullari.
6. O`rta Osiyoda va O`zbekistonda suv resurslaridan
foydalanish.


Kirish
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo aholisining qariyb 40 foizi toza ichimlik suvi yetishmaydigan hududlarda yashaydi. 2025 yilga kelib har 10 kishidan 6 nafari yoki 5,5 milliard aholi chuchuk suv tanqisligidan aziyat chekishi mumkin. Yuqumli kasalliklarning 80 foizdan ortig‘i aynan ichimlik suv sifatining pastligi hamda suv ta’minotida sanitar-gigiyenik qoidalarning buzilishi bilan bog‘liq. Tabiiyki, bu global muammo insoniyatning to‘kis hayot kechirishiga, kelajak taraqqiyotga o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi tomonidan 22 mart — “Butunjahon suv resurslar kuni”ga bag‘ishlab “Suv resurslari va ulardan foydalanishdagi ustuvor vazifalar” mavzusida amaliy-seminar tashkil etildi.
Qayd etilganidek, keyingi yillarda mamlakatimizda suv resurslaridan oqilona foydalanish, sohani boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, suv xo‘jaligi obyektlarini modernizatsiya qilish va rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
Davlatimiz rahbari tomonidan sohani rivojlantirishga qaratilgan qator farmon va qarorlar qabul qilinib, ularni ijro etishning aniq mexanizmlari belgilab berildi. Xususan, “2030 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining Atrof muhitni muhofaza qilish konsepsiyasi” hamda “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 – 2030 yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasi” suv xo‘jaligi obyektlarini modernizatsiya qilish va rivojlantirishda, sohaga bozor tamoyillari, mexanizmlari, shuningdek raqamli texnologiyalarni keng joriy etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.



Yüklə 40,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə