Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitid hqaruv modellarining transformatsiyasi


-SANOAT INQILOBI DAVRIDA INSON RESURSLARI MENEJMENTINING ROLI VA UNING KELAJAKDAGI ISTIQBOLLARI



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə2/4
tarix19.12.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#152141
1   2   3   4
4-sanoat-inqilobi-davrida-inson-resurslari-menejmentining-roli-va-uning-kelajakdagi-istiqbollari

4-SANOAT INQILOBI DAVRIDA INSON RESURSLARI MENEJMENTINING ROLI VA UNING KELAJAKDAGI ISTIQBOLLARI




'Odilov Ahmadjon Komiljon o‘g‘li, lUmarova Dilfuza Raxmatullayevna,
2Ulmasova Lobarxon Odilovna,
lToshkent davlat transport universiteti, 2O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi ta'lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish sektori bosh1ig‘i (Toshkent, O‘zbekiston)



Annotatsiya:
Kalit so‘zlar:
Hozirgi 4-sanoat inqilobi davrida raqamli texnologiyalar har bir sohaga kirib bormoqda. Shu boisdan Yangi O‘zbekistonning strategiyasida ham raqamlashtirishga katta urg‘u berilgan. Respublikada olib borilayotgan islohotlar natijasida iqtisodiyot tarmoqlariga raqamlashtirish bo‘yicha tadbirlar jadal kirib bormoqda. Buning natijasida korxona va tashkilotlarda inson faktorining kaınayishi, ish samaradorligining o‘sishi va vaqt sarfining tejalishi kabi ko‘rsatkichlar yanada yaxshilanmoqda. Biz bu maqolada raqamlashtirishni inson resurslari menejmentida ko‘rib chiqdik.
Industriya 4.0, raqamlashtirish, HR, HRM, xodimlar, personal, tashkilot, texnologiya, strategiya, integratsiya.

Tqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida korporativ boshqaruv modellarining transformatsiyasi



Insoniyat yaralganidan beri texnologik taraqqiyot jamiyatning rivojlanishidagi asosiy faktorlardan biri bo‘lib kelgan. Bug’ mashinalarining yaratilishi, uning ortidan elektrning ixtirosi va ommaviy ishlab chiqarish, XX asr so‘nggidagi avtomatlashtirish va axborot texnologiyalari va internetning keng miqyosda foydalanilishi ortidan insoniyat hozirgi kunda to‘rtinchi sanoat inqilobini (industriya 4.0) bosib o‘tmoqda. Industriya 4.0 davrida: IoT (Internet of Things), sun'iy intellekt, virtual reallik, robototexnika, katta ma'lumotlar bilan ishlash texnologiyalari (big data analysis), 3D printlar, bulutli servislar (cloud computing) va ko‘plab boshqa juda ham keng ko‘lamdagi iqtisodiy, siyosiy, xarbiy va texnologik o‘zgarishlarni ko‘rishimiz mumkin.[1] Bunda korxonalarni innovatsion samaradorligini oshirishga raqamlashtirish, avtomatlashtirish va ma'lumotlarni real vaqt rejimida masofadan kuzatib borish kabi faktorlar asosiy rol bo‘lib xizmat qiladi.
Iqtisodiy samaradorlik, mehnat unumdorligi, moslashuvchanlik va intellektni oshishi o‘z o‘rnida ishlab chiqarish xarajatlarining kamayishiga va investitsiyalarning daromadliligini oshishiga sababchi bo‘ladi, bunga esa industriya
4.0 ning afzalliklari sifatida qarash mumkin.
Industriya 4.0 o‘zida ishlab chiqarishdan yetkazib berishgacha, yetkazib berishdan marketinggacha, marketingdan boshqaruv tuzilmasigacha bo‘lgan iqtisodiy zanjirning barcha fazalarini qamrab olgan. Inson resurlarini boshqarish (HRM) ham industriya 4.0 ning bir bo‘lagi bo‘lib tashkilot boshqaruv tizimining asosiy va ajralmas sohasi hisoblanadi.
Inson resurslari funksiyasi (HR) industriya 4.0 ning markazida joylashgan bo‘lib bu korxonalar egalik qiladigan eng muhim resurs hisoblanadi. Agar korxona bir nechta turli elementlardan, ya'ni pu1, kapital (ishlab chiqarish vositalari), xom ashyodan va inson resurslaridan tashkil topgan bo‘lsa, boshqa elementlarga nisbatan inson eng muhim hisoblanadi.[2] Shu boisdan bunday resursni tashkilotga nisbatan sadoqatini va samaradorligini saqlab qolish uchun turlicha strategiyalar qo‘llani1adi, millionlab mablag’ sarflanadi, turli ko‘rinishdagi motivatsiyalar beriladi. HRM ning turlicha ta'riflari mavjud bo‘lib ulardan eng keng tadbiq etilgani quyidagi hisoblanadi:

  • HRM bu tashkilotda faoliyat yuritayotgan insonlarni bandliligf, rivojlanishi va farovonligini ta’minlashdagi strategfk, integratsiyalashgan va izchil yondashuvi hisoblanadi. [3]

O‘rganishlar natijasida shunga amin bo‘ldikki, rivojlanish jarayonida inson resursining ishlab chiqarishdagi roli to‘g‘risida bir nechta konseptsiyalar (1 — jadval) ketma-ket o‘rin almashib, ilgari surilgan:

    1. jadval.


Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə