|
Iroda borasidagi nazariyalariroda-borasidagi-nazariyalarǀ
ISSUE 7
ǀ
2021
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 1308
Xullas ko’zguga nazar solganimizda tashqi ko’rinishimizda qanday o’zgarish
bo’lsa, aqliy faoliyatimizda ham xuddi shunday o’zgarish sodir boʻladi. Biz bu
jarayonda har kuni o’z-o’zimizni ham jismonan, ham ruhan tarbiyalamog’imiz lozim.
Mana shu tarbiya jarayonida ham irodaning o’z ahamiyati, o’z o’rni bor. Bir
so’z bilan aytganda ruhiy holatdan chiqishimiz, yangi hayot boshlashimiz, teran fikrlay
olishimiz, qalban pok bo’lmog’imiz uchun hayotimizda bo’ladigan har kungi yangi
o’zgarishlar-u mashaqqatlarni yengmog’imiz uchun bizdan juda katta iroda talab
qilinadi. Ruhan sog’lom insongina o’zini hayotning past-u balandiga, og’ir-u yengiliga
qiyinchilik bilan bo’lsada tarbiya qila oladi. Psixologik jihatdan insonda uchraydigan
har bir termin, har bir harakat, har bir harakter bir biriga zanjil misol bog’liq. Ularni
o’zgartirishni yoki alishtirishning imkoni yoʻq.
Ammo tarbiya qilishni, to’g’ri fikrlay olishimiz uchun harakat qilishimiz
mumkin. Odamning irodaliligi turli situatsiyalarda turlicha namoyon boʻladi. Irodaviy
harakatlarning sifatlari ikkiga boʻlinadi:
Irodaviy harakatlarga xos ijobiy sifatlar.
Irodaviy harakatlarga xos salbiy sifatlar. Ijobiy irodaviy sifatlar o’z-o’zini tuta
bilish, dadillik qat’iyat, chidam, toqat, mustaqillik kabilardan iborat. Irodaviy
harakatlarni amalga oshirishda uchraydigan tashqi qarshiliklar odamning o’zi bilan
emas, balki shu amalga oshirishdagi vaziyatlar bilan bog’liq boʻladi. Irodaning ana shu
hislatlari amalda tug’ma ravishda berilmaydi. Odamda irodaviy sifatlarni tarkib
toptirishda u mansub bo’lgan jamoaning jamoaning roli katta. Shuning uchun inson
biror maqsad belgilashi va boshlagan ishini oxirigacha yetkazishi lozim. Ba’zida
boshlagan ishimizni yakunlashimizga sabrimiz yetmaydi. Psixologik tomondan bu omil
ham to’g’ridan to’g’ri irodaga borib taqaladi. Qisqa qilib aytganda insonda sodir
bo’ladigan har qanday holat, jarayonlar va ularning boshlanish va tugash vaqti
oralig’idagi hodisalar irodaning inson miya faoliyatiga ko’rsatgan ta’siri hisoblanadi.
Iroda ma’lum bir ko’rinishga ega bo’lmagan mavhum tushuncha hisoblanadi.
Aynan shuning uchun ham uning ko’rinishi haqida hech bir manbada ma’lumot
ko’rsatilmagan. Iroda kishi individlik jarayonida paydo bo’lib, shakllanib to umrining
oxirigacha tarbiyalanib va tarbiyalab o’z faoliyatini yaqqol ko’rsatib turgan va barcha
kishida mavjud bo’lgan tushuncha hisoblanadi. Iroda har kimda mohiyati va
tushunishiga qarab har xil bo’lishi mumkin. Ammo har kimda har qanday kishida
bo’ladi. Xoh u individ bo’lsin, xoh shaxs uning ahamiyati yo’q. Iroda tushunchasi
eramizdan oldingi davrlarda insoniyatning paydo boʻlganligidan to hozirgacha o’z
mohiyati va asoslariga ega bo’lib kelmoqda.
O’z davring donishmandlari iroda haqida turlicha fikrlar bildirishgan. Masalan:
Faylasuf Arastu iroda haqida shunday deydi; ‘’Iroda inson xulq - atvorini o’zgartirishda
boshqarish imkoniyatiga ega bo’lgan eng kerakli omildir’’. Yoki bo’lmasa, F.Shiller
“Iroda odamzodning farqli belgisidir, faqat aqlgina irodani boshqarish uchun abadiy
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2
Dostları ilə paylaş: |
|
|