Isaac Newton Isaak Nyuton



Yüklə 107,14 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix20.06.2022
ölçüsü107,14 Kb.
#89777
  1   2
Isaac Newton - Vikipediya



Isaac Newton
Isaak Nyuton
- (
inglizcha

Isaac Newton

Ingliz
 
fizigi
va 
matematigi
, klassik mexanikaning
asoschisi Isaak Nyuton tarixdagi eng mashhur olimlardan biri. Nyuton 1643 –yil 4-yanvarida
Angliyaning Linkolnshir shahrida fermer oilasida tugʻildi. U 
Kembrij universitetining
matematika
fakultetiga oʻqishga kirdi va uni 1665-yil tamomladi. Oʻsha yili chuma epidemiyasi kasalligi keng
tarqala boshladi va bu kasallik Kembrij shahrigayam yetib keldi, natijada universitet yopildi.
Keyinchalik Nyuton oʻz shahri Linkolnshirga qaytdi. 1668-yilda Nyutonga magistr unvoni berildi
va shundan soʻng u Kembridj universitetida fizika-matematika kafedrasiga boshchilik qila
boshladi. 1672-yilda u London Qirollik jamiyatining aʼzosi qilib saylandi, 1703-yilgacha esa uning
prezidenti boʻldi. Isaak Nyutonning ilm-fanga, xususan matematika, fizika faniga qoshgan
hissasi benihoyat ulkandir. U fizika va matematika fanlariga juda koʻplab qonunlarni va
teoreyalarni kiritdi. Harakat va tortishish qonunlarini, butun olam tortishish qonuni, yorugʻlik
qonuniyatlari, yorugʻlikning tarqalishi ni oʻrgandi. Nyuton matematik hisoblarni qoʻllab koʻp asrlik
muammo boʻlgan koinotdagi samoviy jismlar harakati muammolarini hal etdi. Yerning tortish
kuchi borligini isbotladi, Aytishlaricha uning bu boradagi izlanishiga sabab: daraxt tagida
o’tirganda boshiga olma tushgani ekan. O’zi kashf qilgan butun olam tortishish qonunini Nyuton
muvaffaqiyatli ravishda osmon jismlarining harakatini tushuntirishga tadbiq qildi. U ishlab
chiqqan mexanika va fizikaning asosiy vazifalari zamonasining ilmiy muammolari bilan uzviy
bog’langan edi. Masalan, optika sohasidagi tadqiqotlar optik asboblarning kamchiliklarini
bartaraf qilishga qaratilgan edi. “Yorug’lik va ranglarning yangi nazariyasi” (1672) nomli optikaga
oid qarashlarini bayon qildi. Bu ish qizg’in bahsga sababchi bo’ldi. Nyutonning yorug’lik tabiati
haqidagi korpuskulyar qarashlariga ingliz olimi R.Guk qarshi chiqdi. U vaqtda Nyuton yorug’lik
haqidagikorpuskulyar va to’lqin tasavvurlarni o’z ichiga oluvchi gipotezani olg’a surdi. 1704-yilda
nyuton o’zining ko’plab mehnati natijasida yozgan “Optika” deb nomlangan kitobini chiqardi.
Unda yorug’likning xususiyatlari, uning tarkibi, umuman olganda bu kitob optikaga bag’ishlangan
edi. Nyutonning optika sohasidagi tajribalaridan biri, u quyosh nurini shisha prizma orqali qorong’i


xonaga o’tkazib spektrdagi 7 xil rangni hosil qildi. U shuni isbotladiki: Oq yorug’lik tarkibida 7 xil
rang mavjud ekan. Nyuton barcha sayyoralar quyosh atrofida aylanishini ilmiy ravishda isbotlab,
Keplerning sayyoralar harakati haqidagi qonunlarini tasdiqladi. Nyuton matematika faniga
koʻplab qonunlar kiritdi, masalan, kombinatorika elementlari, guruhlash, yoki sonlarni oʻrnini
almashtirishdagi usullar soni va hokazolarni fanga kiritdi. Aytishlaricha, Nyuton yoshligidan oʻta
kamgap inson boʻlgan ekan. hech qanday ortiqcha yoki behuda gaplar aytishni xush koʻrmas
ekan.

Yüklə 107,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə