“Ishbop oʻyin” metodi Ushbu metod



Yüklə 272,72 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix10.04.2023
ölçüsü272,72 Kb.
#104910
“Ishbop oʻyin” metodi



“Ishbop oʻyin” metodi 
Ushbu metod

berilgan topshiriqlarga koʻra yoki oʻyin ishtirokchilari tomonidan 
tayyorlangan har xil vaziyatdagi boshqaruvchilik qarorlarini qabul qilishni imitatsiya 
qilish (taqlid, aks ettirish) metodi hisoblanadi.
Oʻyin faoliyati biron bir tashkilot vakili sifatida ishtirok etayotgan ishtirokchining 
hulq-atvori va ijtimoiy vazifalarini imitatsiya qilish orqali beriladi. Bir tomondan oʻyin 
nazorat qilinsa, ikkinchi tomondan oraliq natijalarga koʻra ishtirokchilar oʻz faoliyatlarini 
oʻzgartirish imkoniyatiga ham ega boʻladi.
Ishbop oʻyinda rollar va rollarning maqsadi aralashgan holda boʻladi. 
Ishtirokchilarning bir qismi qat’iy belgilangan va oʻyin davomida oʻzgarmas rolni ijro 
etishlari lozim. Bir qism ishtirokchilar rollarini shaxsiy tajribalari va bilimlari asosida oʻz 
maqsadlarini belgilaydilar. Ishbop oʻyinda har bir ishtirokchi alohida rolli maqsadni 
bajarishi kerak. Shuning uchun vazifani bajarish jarayoni individual-guruhli harakterga 
ega.
 
“Ishbop o`yin” metodining tuzilmasi
O`yin shartlari va baholash 
mezonlari bilan tanishtirish
Vazifalarni taqsimlash
Vazifalar bo`yicha ishtirokchilar 
qaror qabul qiladilar
O`yinni amalga oshirish
Muhokama qilish
Baholash


 
“Ishbop oʻyin” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat: 
1. Ta’lim beruvchi mavzu tanlaydi, maqsad va natijalarni aniqlaydi. Qatnashchilar 
uchun yoʻriqnomalar va baholash mezonlarini ishlab chiqadi.
2. Ta’lim oluvchilarni oʻyinning maqsadi, shartlari va natijalarni baholash 
mezonlari bilan tanishtiradi.
3. Ta’lim oluvchilarga vazifalarni taqsimlaydi, maslahatlar beradi.
4. Ta’lim oluvchilar oʻz rollari boʻyicha tayyorgarlik koʻradilar.
5. Ta’lim oluvchilar tasdiqlangan shartlarga binoan oʻyinni amalga oshiradilar. 
Ta’lim beruvchi oʻyin jarayoniga aralashmasdan kuzatadi.
6. Oʻyin yakunida ta’lim beruvchi muhokamani tashkil etadi. Ekspertlarning 
xulosalari tinglanadi, fikr-mulohazalar aytiladi.
7. Ishlab chiqilgan baholash mezonlari asosida natijalar baholanadi.
Har bir rolni ijro etuvchi oʻz vazifasini toʻgʻri bajarishi, berilgan vaziyatda oʻzini 
qanday tutishi kerakligini namoyish eta olishi, muammoli holatlardan chiqib ketish 
qobiliyatini koʻrsata olishi kerak.
Muammoli vaziyat mavzusi:
Naslchilik fermasida qoramollar 
naslining saqlab qolish va shu bilan 
birga 
nasldor 
zotlarni 
yaratishni 
samarali yoʻl haritasini ishlab chiqish. 
Ta’lim oluvchilar tegishlicha rollar 
taqsimlanadi(Ferma rahbari, zootexnik, 
zooveterinar, seleksioner va boshqalar). 

Yüklə 272,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə