Ишлаб чикариш дастури



Yüklə 4,25 Mb.
səhifə101/118
tarix19.12.2023
ölçüsü4,25 Mb.
#151245
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   118
Maruza matni kon mashinasozligi asoslari. (узб) (2)

tp.a i tp.m o’rni- yig’ma birlik (agregat)ning ta’mirlashda bo’lgan vaqti va tegishli ravishda mashinaga almashtirishga sarflanadigan vaqt, kunlar; Nd- (smena) kun davomida ta’mirdan chiqqan mashinalar soni; K - detal va yig’ma birliklarni ishlab chiqarish va ularni ta’mirlashda ushlanib qolishi sodir bo’ladigan holatlarni hisobga oluvchi koeffitsient; i- mashinadagi bir xilda bo’lgan yig’ma birlik (agregatlar) soni. Boshqa korxonalardan yig’ma birlik (agregat)lardan foydalangan holda mashinalarni ta’mirlashda ta’mirlovchi korxonaning aylanma fond quyidagicha bo’ladi:
Qo,z=(tr.a-Tob- tr.m)NdKi()
Smenalik-tugun (agregat) ta’mirlash metodida yig’ma birliklar komplektidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ekskavatorlarning cho’michining tubi va koromislosi (shayini), tutqichi, cho’mich orqali yig’uvchi rotorlari, bosim mexnaizmi va bloklarni yig’uvchi o’qlar, dvigatellar, reduktor va generatorlardan iborat.
Draglayn, rotolir va boshqa mashinalarning smenalik-tugun (agregat) ta’mirlash o’rniga, ularning yeyilib ketgan qismlarini almashtirish orqali ta’mirlashda bo’lib-bo’lib yuborish usuli keng qo’llaniladi. Bu metodning asosiy mohiyati shundaki, ta’mirlash tsikli davomida mashinani rejali to’xtatishni qisqartirish maqsadida hamma asosiy yig’ma birliklari almashtiriladi.
Bunda kapital ta’mirlash muddati juda qisqa vaqtgacha davom etish imkonini beradi, ayrim hollarda esa bunga yo’l ham qo’yilmaydi. Ta’mirlashga bunday usulni qo’llanilishi mashina uchun asoslangan ta’mirlash tsikllarini ishlab chiqish, ehtiyot qismlarning aylanma fondi miqdorini belgilash, transport vositalarini va ta’mirlash soni hamda nomenklaturasini aniqlashga yordam beradi.
Masalan, to’rtta rotorli ekskavator uchun bir zahirada gusenitsali telejka, yig’ilgan birta rotor, ikkita ag’daruvchi tarqatma va birta yuradigan telejka bo’lishi zarur va boshqalar hisoblab chiqilgan.
Uzuluksiz (potok) ta’mirlash usulida detal va yig’ma birliklar, agregatlar va mashinalarni tiklashda barcha texnologik jarayon uzuluksiz tizim orqali amalga oshiriladi. Yig’ma birliklar va agregatlar tiklangan yoki tayyorlangan detallardan yig’iladi.
Bu ta’mirlash usuli ta’mirlash tufayli korxonada yuqori ishlab chiqarish unumdorligini ta’minlaydi, ishlab chiqarishdagi ishchilari ixtisoslashtirish uskunalarni keng foydalanadilar, mashinalar ta’mirini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, ta’mirlash vaqtida mashinalarning bekor turib qolish muddati va ularning narxi qisqaradi. Bir xil tipdagi mashinalar ta’mirlanadigan ta’mirlash korxonalarida bu usuldan maqsadli ravishda foydalaniladi.
Potokli-tugun ta’mirlash usuli potokli usuldan o’zining bir yo’nalishdaga ob’ektlarda kooperatsiya asosida boshqa zavodlardan olingan, ta’mirlangan va silliqlangan tayyor agregat, yig’ma birliklarni yig’ish bilan farq qiladi.
Ta’mirlash korxonalarida konchilik mashinalarini soni va turida qat’iy nazar, quyidagi uzluksiz ta’mirlash usullaridan foydalaniladi: to’xtovsiz-potokli, uzuqli-potokli.
Yig’ma birlik, agregat va bir xil tipdagi mashinalarni ta’mirlashda korxonalarda to’xtovsiz-potokli (birpredmetli) liniyalar tuziladi. Liniyalarda to’xtovsiz ishning borishi qisman ish ritmining baravar qisqaligi ish joylarining ob’ektni yig’ishning umumiy tartibi bilan teng bo’ladi.
Uzuq-potokli liniyalar korxonalarda uncha katta bo’lmagan ta’mirlash ishlarida qo’llaniladi, ish joylarida operatsiyalarning bajarilishini davlmiyligi konchilik mashinalarni (yig’ish) ta’mirlash umumiy maromiga mos kelmaydi. Uzuq-potokli (ko’ppredmetli)liniyalar umumiy ahamiyatdagi korxonalarda qo’llaniladi, chunki ularda turli konchilik mashinalarini ta’mirlash ishlari galma-galdan amalga oshirilishi mumkin. Bunday liniyalar to’xtovsiz-potokli va uzuq-potokli sifatlariga ega bo’ladi.
Ta’mirlanadigan mashinalar tipiga mos qilib liniyalar korxonalar tomonidan amaldagi uskunalar, moslashmalar va instrumentlar bilan jihozlanadi.
Potokli-statsionar ta’mirlash usulida ta’mirlanayotgan konchilik mashinalari ma’lum bir aniq bo’lgan ish joylarida o’rnatiladi, bu yerda ishchining o’zi qismlarga ajratish va yig’ish operatsiyalarini bajaradi.
Belgilangan ketma-ketlikda tekshirilayotgan (yig’ilayotgan) mashinani aylanib o’tib, ishchi o’ziga berilgan operatsiyalarni ma’lum bir maromda amalga oshiradi.
Konchilik mashinalarini ta’mirlash universal, kompleks brigadalar, maxsusulashgan postlar va brigadalar tomonidan bajariladi.
Ta’mirlashning induvidual usuli ko’pincha kompleks brigadalar tomonidan amalga oshiriladi, smenalik-tugunli va potokli usuli esa maxsuslashgan postlar tomonidan bajariladi.
Universal brigadalar dala sharoitida konchilik mashinalarini ta’mirlashni amalga oshiradi, shuningdek, kichik miqdordagi va katta turli tipdagi mashinalar ta’mirini esa zavodlarda bajarishadi.
Kompleks ravishdagi brigadalarda ma’lum bir ta’mirlash operatsiyalarni bajaruvchi tor mutaxassislik bo’yicha ishchi bo’lmaydi, shuning uchun bu brigada a’zosi bir nechta mutaxassislikni bilishi, yuqori kvalifikatsiyali bo’lishi lozimligi talab etiladi.
Maxsuslashgan brigadalar kuchi va vositalari bilan mashinalarni ta’mirlash asosan yirik ta’mirlash korxonalari uchun to’g’ri keladi.
Maxsuslashgan brigada soni bir yil davomida ta’mirlanadigan mashinalar soniga, ularning murakkabligiga va ta’mirlash korxonasining ta’minlanishiga va ta’mirlash texnologik jarayonini bo’lish darajasiga qarab belgilanadi.
Bunday brigadalarda ishchilar ma’lum bir operatsiyalarni bajarishlariga ixtisoslashtiriladi, bu o’z navbatida ta’mirlash sifatini oshiradi, ishlab chiqarish unumdorligi o’sadi, ammo ta’mirlash postlarini mexanizatsiya vositalari bilan ta’minlanishi talab etiladi.( stendlar, matbuot, dastgohlar va boshqalar)
Ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatish strategiyasi belgilangan ro’yxat va operatsiyalarni davriyligi bilan bog’liq bo’lib, uch strategiyaga bo’linadi: ishlash muddati, vaqt va holat.Ta’mirlash strategiyasi bo’yicha texnik xizmat ko’rsatishda ro’yxatni ishlash muddati va bajarilgan operatsiyalarning davriyligi buyumlarni ekspluatatsiya qilinishidan boshlab yoki o’rta yoki kapital ta’mirdan keyin ularni ko’p ishlashi ahamiyati bilan aniqlanadi.
Bu strategiyani ma’lum vaqtdagi ishlash muddatidan keyin muhim intensiv o’sishni rad etish tendentsiyasi bo’lgan buyumlar uchun qo’llash maqsadga muvofiqdir.
Texnik xizmat ko’rsatishning strategiyasi holatida operatsiyalarni bajarish davomiyligi va ro’yxatning holati buyumlarga texnik xizmat ko’rsatish paytidan boshlab uning haqiqiy texnik holati bilan aniqlanadi
Buyumning texnik holati nazorat natijalariga ko’ra belgilanadi, park bo’yicha barcha buyumlar uchun davriylik bir xil bo’lishi mumkin yoki u har bir buyum uchun uning texnik holatini prognoz qilish natijalariga ko’ra tayinlanishi mumkin.
Ta’mirlash strategiyasiga muvofiq, buyumni ishlash muddati hajmini hamda uning tarkibiy qismidagi kamchiliklarni aniqlash buyumlarni ekspluatatsiya qilinishi paytidan qat’iy nazar yoki o’rta yoki kapital ta’mirdan keyin bo’lmasin parkdagi bir xil tipdagi buyumlar uchun yagona qilib belgilanadi, tiklash bo’yicha operatsiyalar ro’yxati esa buyumlarning tarkibiy qismini defektatsiyasiga (kamchiligi) qarab aniqlanadi.
Buyumning haqiqiy texnik holatidan qat’iy nazar bajariladigan ta’mirlash resursning tiklash maqsadida ahamiyatga ega bo’ladi.
Ta’mirlash strategiyasi ko’ra operatsiyalarning ro’yxatini texnik holati, shu bilan birga ularni qismlarga ajratish, ta’mirlash boshlangan ondan boshlab buyumni diagnostika qilish natijalariga ko’ra va shuningdek bir xil tipdagi buyumlarning va ularning ishonchli ekanligi bilan belgilanadi.
Vaqt davomida to’satdan sodir bo’lgan buzilish natijasiga ko’ra strategiya buyumni tuzatish chorasini ko’rib chiqishni ko’zda tutadi.
Texnik xizmat ko’rsatish qamrovi bo’yicha ikki xildagi strategiya ommalashishga erishdi: guruhiy va induvidual. Guruhiy strategiya eng maqbul oraliqda almashtirishni belgilaydi t3 va vaqt nuqtalarida t3, 2ts, 3t3va boshqalar, bekor qilinganlar o’rniga qo’yilganlarni ham hisobga olgan holda barcha elementlarni almashtiradi.
Qachonki uchastkada belgilangan va ko’pchiligi bir xil tipdagi elementni har biri rad etilib, qaytarilsa xizmat ko’rsatuvchi xodim tomonidan bu o’zgarishlarni hisobini olib borish qiyinchilik tug’dirgan taqdirda (masalan gidrtayanchlar, gidrodomkratlar, gidrotaqsimlagich va boshqalar) bu strategiya yaroqli bo’ladi.
Induvidual strategiyada har bir elementning “yoshi” hisobi olib boriladi va “yoshi” t2 qilib belgilanadi, natijaga erishilgach esa u almashtiriladi.
Binobarin elementni almashtirish t3 teng bo’lgan o’zgarishlardan keyin ro’y beradi. Agar shu vaqtda rad etish holati sodir bo’lsa, yangi elementni almashtirish (rad etilgan o’rniga qo’yilgan) nariga suriladi va shuningdek shu element “yoshi”ga t3etgandan keyin amalga oshiraladi.
Texnik xizmat ko’rsatishni o’tkazish muddati rejali va aralash strategiya orqali farqlanadi. Rejali texnik xizmat ko’rsatish strategiyasida xizmat ko’rsatish shu vaqt davomida kuzatilgan rad etishlar tx=t2= t3 va boshqalar soniga qaramasdan doimiy vaqt orqali amalga oshiriladi.
Aralash texnik xizmat ko’rsatish strategiyasi rejali texnik xizmat ko’rsatishni va to’satdan bo’ladigan rad etishlarni bartaraf etish ishlarini o’z ichiga oladi. Rejali strategiyada texnik xizmat ko’rsatish uchun mashinalarning kelish vaqti oldindan aniqlab qo’yiladi. Bu o’z navbatida ishni rejalashtirish va oldindan ehtiyot qismlar komplektini tayyorlash imkonini beradi, xizmat ko’rsatuvchi xodimlarni bir xil miqdorda band etishni ta’minlaydi.
SHu bilan bir qatorda texnik xizmat ko’rsatish oralig’idagi davrda tasodifiy rad etishlar natijasida mashinalarning bo’sh turib qolishga majbur bo’lishida ish bajarishda foydalanilmaydi.
Biroq, texnik xizmat ko’rsatish uchun mashinalarni kelish vaqti aniq belgilanmagan, bu o’z navbatida ishlab chiqarishni tayyorlash va rejalashtirishda qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.
Keyingi vaqtlarda diagnostika vositalaridan foydalangan holda texnik holatini ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatish strategiyasidan foydalanish yana ham ko’p ommalashmoqda.



Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə