Ишлаб чикариш дастури



Yüklə 4,25 Mb.
səhifə108/118
tarix19.12.2023
ölçüsü4,25 Mb.
#151245
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   118
Maruza matni kon mashinasozligi asoslari. (узб) (2)

Tajriba mashg’uloti 6
Detallarni payvandlash usullarida qayta tiklashni oʻrganish
Elektryoyli payvandlash va gaz bilan payvandlash bilan detallarni qayta tiklash
Mashinalarni ta’mirlashda payvandlash usuli orqali qayta tiklash eng ko’p qo’llangan. Turli detallardan tayyorlangan va turli xil nuqsonlari bor detallarni ta’mirlash imkonini beradi.
Ta’mirlash ishida uch xil payvandlash ishlari bajariladi: payvandlash,
suyultirib qoplash, payvandlab to’ldirish).
Payvandlash orqali ishdan chiqqan po’lat va cho’yan detallar birlashtiriladi (ramalar,stanina, shkif, kronshteyn va boshq.) Suyultirib qoplashda uglerodli va legirlash po’latli detallar yuzasini eskirgan metall qatlami ( ekskavator cho’michi tishi, kombayn korpusi uyasi, maydalash mashinasi yuzi va boshq.), shuningdek cho’yan va rangli metallar qotishmasi uzaytiriladi. Teshiklar, detalda paydo bo’lganda yoki uni eskpluatatsiya qilishda konstruktsiya jarayonidagi yoriqlar yoki boshqa nuqsonlar payvandlab to’ldiriladi.
Konchilik mashinalarini ta’mirlashda quyidagi detallarni eng ko’p tarqalgan payvandlash va suyultirib qoplash usullari bor: qo’lda elektryoyli payvandlash va suyultirib qoplash; gazli payvandlash, suyultirib qoplash va metallni qirqish; flyus qatlami ostida avtomatik suyultirib qoplash; avtomatik tebratgich o’qyoyli suyultirib qoplash; himoyalovchi gazlar muhitida payvandlash va suyultirib qoplash;plazmali suyultirib qoplash.
Qo’ldaelektryoyli payvandlash va suyultirib qoplash o’zining universalligi tufayli, mashinaning yurish qiyin bo’lgan joyida, shuningdek detallarning murakkab konfiguratsiyalarini suyultirib qoplash imkoniyati, shunday turli qalinlikni va eritilgan metallning talab qilingan qattiqlik hosil qilishi keng foydalanilmoqda.
SHu bilan bir qatorda eritib payvandlashda metallning asosiy va eritilgan kimyoviy tarkibi, uni strukturasi, mexanik xossalarida o’zgarish sodir bo’ladi.
Payvandlash orqali detallarni qayta tiklashdagi texnologik jarayon detallar yuzasini payvandlashga tayyorlash, bevosita payvandlash, detalga termik ishlov berish va chilangarlik yoki mexanik ishlov berish.
Ta’irlashda metallokonstruktsiyalarni payvandlash va uni tayyorlash ham shunday amalga oshiriladi xuddi uni tayyorlagandaki kabi.
Payandlash sifati elektrodni qo’llash va jarayon rejimi, detal materialining dastlabki xossalariga bog’liq bo’ladi.
Kamuglerodli po’latli detallarni payvandlanuvchanlik(S < 0,3 %) yaxshi. Uglerod miqdori oshishi po’latni payvandlanuvchanligi yomonlashadi va S>55 % da yomon bo’ladi.
Qo’ldaelektryoyli payvandlash va suyultirib qoplash uchun elektrod maxsus tarkibdan iborat qoplamali metall sterjenni o’z ichiga oladi (15.1 tablitsa). Ular yupqa va qalin qoplamada chiqariladi. Yupqa elektrod(0,2-0,4 mm) qoplamasida bo’r surkovi bo’ladi, suyuq (natriyli) shisha bilan aralashtirilgan, (I-3 mm) qalin qoplamali – surkov gazli va shlak hosil siqiluvchi, kisloroddan tozalash va bog’lovchi komponentlar, shuningdek ayrim hollarda legirlovchi qo’shimcha.
Har bir payvandlash elektrodi turining asosiy xususiyati ulash birlashuvidagi uzilishga vaqtincha qarshiligi hisoblanadi. Qoplash turi bo’yicha elektrod nordon qoplashga bo’linadi – A harfi bilan belgilanadi, asosiy qoplash –B, tsellyuziyali qoplash –TS, rutil bilan qoplash-R, organik –O; boshqa qoplashlar –P.
Elektrodni suyultirib qoplashning to’liq shartli belgisi ketma-ket ifodalanadi: elektrod xili va markasi, uni diametri, qoplash turi tarkibi va GOST raqami. E-42 tipga tegishli TSM-7 elektrodi, diametri 5 mm bo’lgan rutilli qoplash turi, belgiga ega bo’ladi: TSM-7-E-42-5 O-R-GOST 9467-75. Kam uglerodli po’latdan bo’lgan detallar qoplash termik yoki kimyoviy –termik ishlov berishga moyil bo’lmaydi ularni elektrod bilan payvandlash mumkin, o’rta uglerodli va legirli po’latdan bo’lgan, toblangan, shuningdek kam uglerodli po’latdan bo’lgan, ammo tsementlangan yuzasi – faqat maxsus qoplash elektrodlari yoki qattiq qotishma detallar.
Qoplangan elektrodlar xili suyultirib qoplangan qatlamini kimyoviy tarkibi orqali aniqlanadi. Elektrod turini bildiradiganlarga quyidagilar kiradi: «E.N» harflari (elektrod naplavochniy) asosiy kimyoviy tarkibi, suyultirilib qoplangan tarkibga kiruvchi va uning foizda o’rtacha miqdori. Elektrod xilini bildiruvchi U harfi bo’lib, uglerod miqdori foizdagi o’ninchi ulushi berilgan, agar u yo’q bo’lsa – yuz ulushda. Oxirgi raqam qatlam qattiqligini qo’rsatadi (HRC).

Masalan, EN-14G2X-30 elektrod markasi rasshifrovkalaganda (nimaligini aytib berish) elektrod suyultirib qoplanadigan, qoplami qatlamida 0,14 % uglerod, 2 % marganets, 1 % xrom, qatlam qattiqligi HRC 30. Ba’zida elektrod markasini bildirishda (NV) suyultirib qoplashning qattiqligi ko’rsatiladi. Masalan, OZN-300, T-590 elektrod markasi NV300 ko’rsatadi va NV590ga muvofiq. Detalni qayta tiklashda qo’llaniladigan sim, payvandlash, suyultirib qoplash va elektrod tayyorlash uchun ajratiladi.
Past uglerodli va legirlangan po’latli detalni payvandlash uchun (GOST 2246-70) quyidagi markalardagi sim qo’llaniladi: Sv-08; Sv-08A; Sv-08AA; Sv-08GA, Sv-10GA; Sv-10G2; Sv-08GS; Sv-12GS; Sv-08G2S; Sv-10GN; Sv-08GSMT; Sv-18XGS; Sv-10NMA; Sv-08XMFA; Sv-10XMFT; Sv-08XG2S va boshqalar.
Po’latli qoplamasi sim GOST 10543-75 bo’yicha quyidagi markalarda tayyorlanadi: uglerodli Np-25, Np-30, Np-35, Np-40, Np-45, Np-50; Np-65;
legirlangan Np-40G, Np-50G, Np-65G, Np-ZOXGSA, Np-30X5, Np-5XNM;
yuqori legirlangan Np-20X14, Np-30X13, Np-40X13, Np-40X2V8T, Np-PZA, Np-X15X60, Np-X20N80T [28].
Suyultirilib qoplangan sim 0,3; 0,5; 0,8; 1; 1,6; 2; 2,3; 2,5; 3; 4; 5; b; 6,5 va 8 mmlik diametrda ishlab chiqariladi.
Qo’lda payvandlash va suyultirib qoplashni xuddi eriydigan bir xildagi elektrodga, dasta elektrodga, yotiq plastinali, trubali v ko’mirli elektrod toifasiga kiritish mumkin.
Talab qilingan xossadagi suyultirib qoplangan qatlamni olish uchun elektrod simi orqali legirlangan, flyuslarni va uning xillarini qo’llash mumkin.
Payvandlashni detalni oldindan qizitmasdan ham, (sovuq payvandlash) yoki 650-850°Sgacha oldindan qizdirgan holda (qaynoq payvandlash) bajarsa bo’ladi.
Detallarni oldindan qizdirib payvandlash uning mustahkamlagini ta’minlashda eng yaxshi natijani beradi.
Payvandlash rejimi (tok kuchi, yoy uzunligi) qayta tiklanayotgan detalning o’lchamlariga, materialiga va konfinuratsiyasiga muvofiq o’rnatiladi.
Elektrod diametri detaldagi chok xili va uni maydonda joylashuvi, qalinligidan qat’iy nazar tanlanadi. Vertikal tarzda payvandlashni va shuningdek shipga o’rnatilgan holda 4-5 mmli elektrod diametrida ham olib boriladi. Boshqa holatlarda elektrod diametri grafik bo’yicha tanlanadi (15.3 rasm), payvandlanayotgan detalning h qalinligidan qat’iy nazar (1-2 chekkalari oralig’idagi joy), yoki o’zaro nisbati
Detalning devorchasi qalinligi1,5 2 3 4-5 6-8 9-12 13-15 mm...
Elektrod diametri 1,6 2 3 3-4 4-5 4-6 5-6 mmda.
Payvandlash tokining kuchi 1(A) elektrod diametriga qarab aniqlanadi d: I = (40-÷-50) d.
Detalni payvandlash va suyultirib qoplashda u shunday joylashtiriladiki, uning choki quyi holatda bo’lishi – yoyi bo’lsa imkoni boricha qisqa bo’lishi kerak. Sirtida payvandlash, voronka, yoriqlar, payvandlanmagan joylar qolishi mumkin emas. Yaxshi sifatli chok tangasimon to’lqinli, uzunasiga bir xil bo’lgan yuzaga ega bo’lishi kerak.

Elektryoyli payvandlash doimiy yoki o’zgaruvchan tokda amalga oshiriladi. Payvandlash vaqtida yoyning oziqlanishi payvandlash agregatiga bog’liq, o’zgaruvchan tokda esa payvanlash transformatoriga bog’liq.
Ta’mirlash korxonalarida payvandlash asosan o’zgaruvchan tokda STE, STN, TS i TSK payvandlash transformatorlarida amalga oshiriladi. Yoy bilan payvandlashda doimiy tok dala sharoitlarida statsionardan va ko’chma payvandlash agregatlarida katta qo’llanishlarni topib beradi. Bunday hollarda qutbli (detal generatorga musbat qutbda ulananishi uchun)yoki teskari (detal generatorga manfiy qutbda ulananishi uchun)qo’llaniladi.
Manfiy qutbli metall listlari va legirlangan pshlatni payvanlash uchun ishlatiladi.
Gazli payvandlash, suyultrib qoplash va qirqish yoqilg’i aralashmasi yonganda ajralib chiqadigan, gazli moddalardan iborat bo’lgan (atsetilen, metan, propan-butana va boshq.) va oksidlagich (kislorod) issiqlikligidan foydalangan holda bajariladi.
Ta’mirlash korxonalarida gaz olishning soddaligi tufayli (3100 S°) yuqori haroratda eritilgan, atsetil-kislorodli payvandlash orqali issiqlik ko’p qismda ajralib chiqariladigan undan uncha ko’p bo’lmagan holda qo’llanadi. Elektryoyli gazli payvandlashdan ko’ra payvandlashning metallurgiya jarayoniga ta’sir qilgan holda, qizdirishda oxirgi cho’kma materialga e’tibor berilmasdan, olovni holatiga qarab uni boshqarish, detalni qizitish orqali haroratli boshqarish usulidan keng foydalaniladi. Uning kamchiligi shundaki, qimmat va kamyob gazlar –atsetilin va kisloroddan foydalanish, termik ta’sirning katta miqdori, shuningdek yuqori malakali payvandlovchilar mehnati kabilar kiradi. Olovning quvvati atsetilen sarflanishi bilan ifodalanadi. Qo’shilma chiviq diametri payvandlanadigan detal qalinligiga qarab tanlanadi. 3-10 mmdagi detal qalinligi 3-4 mmli sim diametriga teng bo’lishi kerak. CHo’yanli detallarni payvandlash tabiat chaqirgan va cho’yan xususiyatlari anchagina qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. CHo’yanli detallarni qayta tiklashda uch xil payvandlash qo’llaniladi: qaynoq, yarim qaynov va sovuq. Qaynoq payvandlash maxsus elektr yoki mufel pechlarida ikki pog’onali detalni qizitgan holda 600-700 °S gacha detalni qizdirgan holatda olib boriladi: oldindan 200-300 °Sgacha 1 sda 600°S tezlikda va yakuniy 600- 650 °Sgacha 1sda 1600 °S tezlikda. Qizishning bunday rejimi detalning eng kuchlangan qismlarida darzlarni paydo bo’lishidan ogohlantiradi. Suyultirib qoplangan metallning ahamiyatli cho’kishini kamaytirish uchun va ichki katta kuchlanish hosil bo’lishi hamda cho’yanni oqartirishda detal harorati payvandlash tugagungacha bo’lgan vaqtgacha 400 °S dan kam bo’lmasligi kerak. Detal payvandlangandan keyin undagi ichki kuchlanishni olib tashlash uchun 600- 650° gacha qizdirilgach, ko’ydirib, yumshatiladi va kamerada yoki havoda sovutiladi. Bu tartib SCH15-32, SCH18-36, SCH24-44 markadagi kul rang cho’yandan bo’lgan detallar uchun mo’ljallangan. Gazli payvandlashni atsetilen-kislorodli olovda yoki elektryoyli payvandlash orqali ham bajarish mumkin. Eng yuqori sifatga atsetilen-kislorodli payvandlash orqali erishiladi, unga ishlatiladigan flyus tarkibi 50 % bura, 47% dvuuglekisliy natriya va 3 % kremniya oksidi bo’ladi. Qo’shilma materiali sifatida A va B diametrli 4-16 mmli cho’yan chivig’i qo’llaniladi. CHo’yanni yarim qaynoq payvandlashda payvandlanayotgan detalni 300-400 °S gacha to’liq yoki mahalliy qizitiladi, bunda payvandlashning texnologik usuli saqlanib qoladi.
Sovuq payvandlash, qirqish apparatlari bilan so’nggi ishlov berilib va alohida mustahkam birlashtirishni talab qilmaydigan yuqori kuchlanishga yo’liqmaydigan detallar uchun ma’quldir. Payvandlash aralash (biometalli) elektrod, elektrod to’plami va boshqalar bilan po’latli kamuglerodli elektrodni surkash orqali ham bajarish mumkin
Aralash elektrod bilan cho’yanni payvandlash (mis-temirli, temir-misli, temir-nikelli va boshq) uncha katta bo’lmagan yoriqlarni yamash uchun qo’llaniladi.
Temir-misli elektrod po’lat sterjenli elektrod diametri 3,5-4,5 mm qalinlikda bo’lganda elektrli qoplama (mis, nikel) 5,5-0,6 mmni tashkil etadi. Bimetall elektrod surkov qoplamasi (mel - 65-80 %, kukunsimon alyuminiy 5-10 %, suyuq shisha 15-20 %) qalinligi 0,2-0-4 mmda bo’lsa payvandlashda yaxshi sifatga erishiladi.
CHo’yanni sovuq payvandlashning asosiy kamchiligi – suyultirib qoplangan qatlamning cho’yandan o’tgan joyida qattiq toblangan qatlam paydo bo’lishidadir. Po’lat shpilka yoki qisqichlarni o’rnatish bilan payvandlashda payvandlangan joyda ana shu kabi kamchiliklarni sezilarli darajada bartaraf etadi. Kuydirib yumshatuvchi valiklar usuli bilan bo’rli qoplashda kamuglerodli po’latli elektrodlar bilan cho’yanni sovuq payvandlash Eng yaxshi natijani beradi.
Gaz kukunli suyultirib qoplash shundan iboratki, qizdirilgan yuza ingichka qatlamda apparalanib, NPCH tarkibli markadagi kukundan olinadigan (v %): mis - 5, bor - 2, kremniy - 1, nikelь-boshqalar. Natijada diffuzion jarayondagi oqib o’tish natijasida eritilgan kukun va detal yuzasida suyultirilib qoplangan qatlam hosil bo’ladi.
Alyuminiydan detallarni payvandlash atsetilen-kislorodli olovda yoki elektryoyli payvandlash bilan o’tkaziladi. Bu yerda alyumin sterjen qo’shilma materialdir. Metallni oksidlashdan himoya qilishda AF-4A flyus qo’llaniladi, tarkib ( %da): natriyli xlorid - 28, natriyli kaliy - 50, natriyli litiy - 14 i ftorli natriy - 8. Yoyli payvandlashda OZA-2 elektrod qo’llaniladi, tarkibi (% da): flyus FA-4A-65, kriolit - 25, xlorli kaliy - 9, bulutsimon (gubchatыy) titan - I. 12-14 foizli karboksimetiltsellyulozadan iborat. Payvandlash doimiy tokda teskari qutbda yoy uzunligi - 4-5 mm, tok kuchi - 150-200 A bo’lgan rejimda olib boriladi.Alyuminiyni payvandlashni UDAR va UDG qurilmasiga o’rnatilgan argon atrofidagi erimaydigan volframli elektrod bilan bajarish mumkin. Misli va bronzali detallarni payvandlash latun simli atsetilen-kislorodli olovda flyus tarkibi ostida ( %da): bura - 70, osh tuzi 20, bornaya kislota - 10. Da amalga oshiriladi.
Donador yoki kukunsimon qotishma (vokar va stalinit) volьframning mexanik aralashmasini, xrom va uglerodli boshqa materiallarni ifodalaydi. Ular detalni suyultirib qoplash uchun yaroqli bo’lib, kelgusida mexanik ishlovni talab qilmaydi va por, rakovina va yoriqlar bo’lishiga yo’l qo’yadi. Bu ekskavator cho’michlarining tishi, maydalash mashinasi yonog’i, peshtaxta cho’michi va boshqalardir. Suyultirib qoplangan qatlam metall va temirga muvofiq keladigan karbidning qattiq aralashmasi hisoblanadi. Suyultirib qoplangan qatlamning qattiqligi 800-900 °S haroratda yopiq pechda quydirib yumshatilgan oshadi. Bu kobalьt yoki nikelni bog’liq bo’lgan qiyin eriydigan karbidlar (volьfram, titan va boshqalar) . Qotishmalar yuqori qattiqlikka ega bo’ladi, va shuning uchun ulardan kombayn va vrubka (kesik, o’yiq) mashinasi keskichlari va burg’ulash uchun plastinalar tayyorlanadi. Birkarbidli volьfram-kobalьtli qotishma T5K10, T15K6 va T3QK4 keng qo’llanilishga ega bo’ldi.
Metallkeramikali va quyma qotishmalarda kavsharlash va ustpayvand ko’pincha yuqori chastotali tok yoki gazli olov yordamida amalga oshiriladi.
Bugungi kunda sanoatda volьfram-kobalьtli asosdagi VKZ va xrom nikelli qotishma № 1 i №2 sormayt quyma qotishma ishlab chiqarilmoqda. VKZ qotishmasi va № 1 sormayt turli sharoitlarda, shuningdek 900 °Sgacha haroratda ishlovchi detallarni suyultirib qoplash uchun ishlatiladi. Detallarga mexanik ishlov berilgandan keyin yuzasi rakovina va porsiz tozalanadi. Yuqori yuklama urilishda ishlovchi detallar uchun № 2 sormayt qotishmasi qo’llaniladi.
Eyilishga chidamli qoplash uchun odatda ferroxrom, ferromarganets yoki stalinitli maxsus surkalgan standart metall elektrodlardan foydalaniladi, ular eritib qoplash jarayonida bir-biri bilan o’zaro harakatlanishga kirishadi, material asosini elektrod va asosiy metall tashkil etadi, natijada sirtida yuqori qattiqlikdagi suyultirib qoplangan qatlam vujudga keladi.
Ana shuning uchun ham TZ trubkasimon qotishma yaroqli hisoblanadi, o’zida qattiq qotishma bilan to’ldirilgan, nikel trubkasi diametri 3-5 mm bo’lgan yoki yupqa temirni ifodalaydi.
Sezilarli eskirish hosil bo’lgan detallar ba’zida aralash usulda ta’mirlanadi. Bunday holatda gazli yoki elektroyoyli usulda dastlab detal o’lchami tiklanadi, keyin esa katta qatiqlikdagi stalinit qatlami burchakli elektrod bilan suyultrilib qoplanadi.
Flyus qatlami asosida avtomatik suyultirib qoplash tsilindrli va yassi detallarni qayta tiklash uchun qo’llaniladi (o’q, val, baraban,elektrovoz qiyalar va boshq). Qo’lda elektryoyli suyultirib qoplash natijasida avtomatik tarzda 10-15 marta unumdorlik ko’p bo’ladi, 1,5-2 marta qoplash koeffitsenti yuqori bo’ladi, suyultirib qoplangan qatlam sifati afzal bo’ladi.
Suyultirib qoplashning avtomatik usulining ahamiyati shundan iboratki, yoyga 3(15.4 rasmda), 4 elektrod va 1 detal orasida dolzarblik, elektr simli maxsus qurilma (avtomat) bilan uzatiladi va bunkerdan o’zi oqishi 5 granulilik flyus 6. Yoy eritilgan suyuq flyus qatlami ostida gal 2 maydonida yonadi. Yoyda sim eriydi, metall tomchisi detalning eritilgan metalli bilan aralashtiriladi bunda payvandlangan vanna hosil bo’ladi. 8 sovugandan keyin suyultirib qoplangan valik hosil bo’ladi, 7 shlakli qobiq qoplamasi. Gaz maydonida hosil bo’lgan ortiqcha bosim, eritilgan metalni atrof muhit havosini zararli ta’siridan asraydi, yoy issiqligi va metal simdan foydalanishni yaxshilaydi, 1 metallni sachrashini kamaytiradi, yuqori mexanik xususiyatlarga ega suyultirib qoplash qatlamini shakllantirishga ko’maklashadi.

Avtomatik suyultirib qoplashda AN-348A, AN-348AM, OSTS-45 eritilgan flyusdan Sv-08A, Sv-08GA, Sv-ZOXGSA, Sv-20XGSA markadagi elektrodli sim bilan birgalikda keng foydalaniladi.Suyultirib qoplashda ko’pincha doimiy tokdan olib boriladi. Suyultirib qoplash rejimi 15.2 tablitsada keltirilgan. Tokning manba sifatida PS-300, PS-500 payvandlash o’zgartirgichidan yoki BC-4Q0, IPP-500 to’g’rilagich va boshqalardan foydalaniladi.
Suyultirib qoplashda TSD-500 i TSD-1000 o’zgaruvchan tok tipidagi transformatorlar qo’llaniladi. Suyultirib qoplash qurilmasining asosiy qismlari universal suyultirib qoplovchi va payvandlash boshi (golovka) va A-384, A-580M, A-874N, A-1401 apparatlar, PSH-5, PSH-54 va boshqa shlang yarim avtomatlar hisoblanadi.
Detal tsilindrlari ko’pincha vintli liniya bilan suyultirilib qoplanadi. Har bir keyingi valik oldingi1/2-1/3 kenglikdagisini berkitadi.
Flyus qatlamli yassi detal alohida valikda ko’ndalang va bo’ylamasiga suyultirib qoplanadi.
Flyus qatlamli avtomatik suyultirib qoplashning kamchiligiga quyidagilar kiradi: qizitish vaqtida strukturaning o’zgarishi va detal metallining mexanik xususiyatini o’zgarishi, metallning ingrashi 80 mmdan kam bo’lmagan diametrda suyultirib qoplash qiyinligi, flyusning yuqori narxi.
Himoyalovchi inert gazlari muhitida detalni qayta tiklash (argon, geliy, karbonat angidrid gazi va bosh.) flyus qatlami ostida payvandlashni iloji bo’lmasa (yupqadevorli detallar, detallarning ichki yuzasi, murakkab konfiguratsiyadagi detallar va boshqalar) amalga oshiriladi.
Po’lat metallarni suyultirib qoplash jarayoni karbonat angidrid gazi muhitida oqishi navbatdagi sxemada (15.5 rasm). Elektrodli simga 7, metalni eritish onasiga to’xtovsiz kelib tushishi, shuningdek metallga tok berilishi. Elektrod va detalь o’rtasida elektrli yoy yonadi. Bir vaqtning o’zida ballondan yeng bo’ylab choplo orqali karbonat angidrid gazi kelib tushadi, havoni siqib chiqaruvchi eritish joyi va suyuq metallni azot va kislorod ta’siridan izolyatsiya qilish 2. Suyultirib qoplashda karbonat angidrid gazini o’zi uglerod oskidi payvandlash vannasida porni bartaraf etishda va kislorod va shuning uchun uglerodni oksidlanishi reaktsiyadagi mahalliylashtirish uchun metallni kisloroddan tozalash kiritiladi (kremniy, marganets va boshq), payvandlash simidagi miqdor. Avtomatik suyultirib qoplashda 0,8 -2,5 mmli yuqori marganets va kremniydan iborat diametrli simlar (Sv-08GS, Sv-10GS, Sv-18XGSA, Sv-08G2SA i dr.). dan foydalaniladi. Suyultirib qoplash A-580M payvandlash apparati bilan yoki A-547-R, A-547-U yarim avtomatda PSG-200-1 payvandlash o’zgartirgichi va VS-300, VDG-301 payvandlash to’g’rilagichi bilan olib boriladi. Elektrod simli detallarni suyultirib qoplash parametrlari rejimi Sv-10GS. 15.6. rasmdan keltirilgan.
Suyultrilib qoplangan 1mm qatlamni qattiqligi HRC24-35ni tashkil etadiyu. Avtomatik vibrodugli suyultirib qoplash eskirgan tsilindrli va yassi detallarni qayta tiklash uchun foydalaniladi. Undan ishda katta tsiklik yuklamada sinalmagan, 15-80 mm diametrdagi tsilindrli detallarni qayta tiklashda foydalanish maqsadga muvofiqdir. Usulning mazmuni detallarni quyidagicha qayta tiklashdan iborat (15.7 rasm). Tokarlik dastgohi patronida aylanadigan, kassetalardan iborat 2 mexanizm orqali o’tadigan 3 va vibrator 4 elektrli sim orqali qayta tiklanadigan detallar.
Uning bo’ylama tebranishi natijasida elektrli yoki mexanik vibrator orqali tuziladigan, zanjir salt yurishi, qisqa tutashuvdan iborat holda 50-100 s1 chastotada elektrod tebranishining juda qisqa tsikli almashinish orqali sodir bo’ladi.
Qisqa tutashuv vaqtida metall elektrodli qism tutashgan joyda va suyultirib qoplanadigan yuza (0,35-0,4) 10 A/m2 yuqori qalinlikdagi toko’tishi sababli yuqori haroratgacha qiziydi. Zanjir uzilganda metallning qismi sim kontakt bo’lgan joyda qoladi va duga tufayli hosil bo’lgan issiqlikda eriydi. SHu bilan asosiy va suyultirib qoplanadigan metallni g’oyat ishonchli ilashtirish hosil bo’ladi. O’rab turgan havo ta’siridan uni himoya qiladi.
Detalni qizitishni kamaytirib va metallni suyultirib qoplash orqali uni qattiqligini oshirish duga maydonida 5 nasos bilan sovutuvchi suyuqlik beriladi (3-4 %li kaustik sodani suvli eritmasi). Buning natijasida detal 40-80 SS haroratda faqat 2mm chuqurlikkacha qiziydi, bunda metallni eskirgan yuzasisini qayta tiklashda uning fizika-mexanikaviy xususiyati va kimyoviy tarkibi o’zgarishsiz qoladi.Suyultirib qoplangan qatlam qalinligi HRC 56 bo’lishi mumkin. Suyultirib qoplash asosan doimiy tokda teskari qutbda olib boriladi, o’zgaruvchan tok jarayonning stabilligini ta’minlamaydi. Iste’mol qilinadigan tok 120-300 A atrofida o’zgaradi, kuchlanish -14-24 V. Elektrli sim uzatish tezligi 0,75-3 m/min, suyultirib qoplash qadami 1,2--2 mm, suyultirib qoplash qatlami 0,5-3,5 mm, suyultirib qoplash tezligi0,3-6 m/min. Suyultirib qoplashda 1-3 mm diametrli Sv-08A, Sv-08GA, Sv-10G2, Sv-YuXM, Sv-18XGSA va boshqa markadagi sim qo’llaniladi.

Detal eskirganda 3,5 mm dan ko’p ko’pqavatli suyultirib qoplash qo’llaniladi. 12-15 kuchlanishda 45 markali po’latdan qilingan detalni vibrodugli suyultirib qoplash rejimini joiz parametrlari 15.3 tablitsada berilgan. Detalning yuzasini qayta tiklash oldidan u moydan, kir va zanglashdan tozalanadi, katta bir yoqlamali eskirishda esa silliqlanadi yoki yo’niladi. Ta’mirlash ishlab chiqarishida vibrodugli suyultirib qoplashda OKS-1252, OKS-1252M, VG-4 suyultirib qoplash qalpoqchasi va boshqalardan foydalaniladi. Vibrodugli suyultirib qoplashda eritilgan metall suyuqlik bilan sovutiladi, suyultirib qoplash qatlamida termik kuchlanish hosil qilinadi, mikro va makro yoriqlar hosil bo’lishiga ko’maklashadi. Buning natijasida detalning toliqish mustahkamligi 2 va undan ko’p martaga kamayadi. SHu sababli katta o’zgaruvchan belgi va tsiklik yuklamada ishlaydigan detal vibrodugli suyultirib qoplashni kam miqdorda qayta tiklaydi.





Plazmali suyultirib qoplashda issiqlik manbasi sifatida, (argon, azot, geliy va boshq), ikki elektrod o’rasida qo’zg’atiladigan dugali razryad orqali o’tkazishda plazma hosil qiluvchi gaz oqimi uchun xizmat qiladi. Gaz oqimi harorati 10 000-18 000 °S yoki undan yuqori bo’lishi mumkin. Plazmali oqim plazmali gorelkalarda hosil bo’ladi. Qo’shilma material sifatida sim, kukun va boshqalardan foydalaniladi. FBX-6-2, PG-XN80SR2, PG-XN80SRZ kukun dugasiga dam berish plazmali suyultirib qoplash eng ko’p tarqalgandir.


SHunday suyultirib qoplash sxemasi 15.8 sxemada ko’rsatilgan. 2 oziqlanish manbasidan volьframli elektrod 5 va ichki soplo 7 duga suyultirib qoplash yopiq noy o’t oladi. elektrod va qayta tiklanadigan detal o’rtasidagi ochiq duga oziqlanish manbasidan o’t oladi. 8 suyultirib qoplash uchun kukun sig’imdan kelib tushadi soplo o’rtasidagi konusli tirqish 12 ta’minlagich 7 va 9 transportda tashiladigan gaz yordamida. Palazma hosil qiluvchi gaz b kanalga uzatiladi. Plazmali oqimga tushgan kukun qiziydi, eriydi va detal yuzasiga olib chiqiladi. Transportda tashiladigan gaz kukun uzatishdan tashqari, dugani kontsentratsiyalaydi, plazmali oqim va sovutilgan tashqi sopla haroratni oshirishga sharoit yaratib beradi. 10 soplo orqali tushadigan himoyalovchi gaz, atrof muhit havosiga ta’siridan suyultirib qoplash joyini izolyatsiyalaydi. Gorelkani avtomatik ishga tushirish 4 ostsillyator yordamida yengillashtiriladi. Yopiq va ochiq dugada tok kuchi ballast reostat 3 (qarshilik) ta’sirida o’zgaradi.
Plazmali oqim olish uchun doimiy tokni payvandlash o’zgartirgichlar PSO-500 yoki boshqa oziqlanish manbalaridan foydalaniladi. Himoyalovchi gaz sifatida argon, azot, geliy va uning aralashmalari va karbonat angidrid gazi qo’llaniladi. Gorelkadan buyumgacha bo’lgan masofa 12-20 mmni tashkil etadi.
TSilindrli detallarni suyultirib qoplash tokarli dastgohlarda olib boriladi, gorelka supportda mustahkamlanadi, detal bo’lsa – patronda yoki markazda. Suyultirib qoplashdan oldin detal yuzasi yo’nish, maydalash oqimi yoki qumpurkagichli ishlov berib tozalanadi.
Suyultirib qoplashdan keyin detalga mexanik ishlov berishda uzaytirishning notekisligi, shlakni ulash, suyultirib qoplangan metallaning ixlma-xilligi uning o’ziga xosligidandir. HRC 40 yuqori bo’lmagan suyultirib qoplangan qattiqlikda VKda qattiq qotishmasidan bo’lgan plastinkali keskich bilan tokarli ishlov berishdan foydalaniladi



Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə