Ishlab chiqarish jarayonlari sanitariyasi va gigiyenasi inson mehnat faoliyatiga ta`sir etuvchi salbiy omillar, ularning turlari, mohiyati va himoyalanish usullari



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/24
tarix24.12.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#159325
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Ishlab chiqarish jarayonlari sanitariyasi va gigiyenasi inson me

Aerodinamik shovqinlar.
 
Hozirgi zamon texnika taraqqiyoti davrida havo va 
suyuqliklarni bir joydan ikkinchi joyga yuborish ishlari keng qo`llanilmoqda. Bunday 
ishlarni bajarish davrida havo bosimi hosil qilish va ularni uzatish shovqin darajasini 
kuchayishi bilan kechadi. Masalan, vetilyatorlar, kompressorlar, gaz turbinalari, havo 
va bug’ning bosimini oshib ketmasligini ta`minlovchi saqlash qurilmalari, ichki 
yonuv dvigatellari aerodinamik shovqin chiqarish manbalari hisoblanadi.
Demak, aerodinamik shovqinlarga aylanuvchi parraklar ta`sirida hosil bo`lgan 
havodagi bosim har xil yo`nalishlar bo`ylab havoning keskin oshuvchi harakat 
yo`nalishlarini vujudga keltiradi. Bu harakatlanayotgan oqimda har xil qarshiliklar 


79 
tufayli aylanma harakat hodisalari vujudga keladiki, bunda harakatlanayotgan oqim 
sistemasida bir vaqtning o`zida ham siqiluvchi, ham siyraklanuvchi qatlamlar 
vujudga keladi, bunday hodisalar navbatma-navbat takrorlanishi, vaqti-vaqti bilan 
hosil bo`lishi ham mumkin.
Bunday harakatlar atrof-muhitga ovoz to`lqinlari sifatida tarqaladi. Bunday 
tovush aylanuvchi tovush deb yuritiladi. Aylanuvchi tovushning chastotasi quyidagi 
formula bo`yicha aniqlanadi:
 
)
/
(
D
n
f


bu erda: n-Struhal soni, tajriba yo`li bilan aniqlanadi; 

- oqimning tezligi, m/s; 
D-sharsimon va tsilindrsimon oqim yo`naltiruvchilar uchun ularning diametrlari. 
Aylanuvchi tovush chastotasi ta`siridagi shovqin biror bir murakkab formadagi 
to`siqni aylanib o`tganda tekis spektr hosil qiladi. Uning bosimi quyidagicha 
aniqlanadi. 
R=KS
2


V

D
2
Bunda: K-to`siq formasi va oqim rejimiga bog’liq bo`lgan koeffitsient; S

– 
qarshilik koeffitsienti. 
Vetilyatorlarning tarqatayotgan shovqin darajasi quvvatini aniqlaganda SNiP 
11-12-77 (KN va X) asosida ish tutiladi. Bunda ventilyator hosil qilayotgan to`liq 
bosim N (kgs/m
2
) va uning quvvatiga qarab (Q m
3
/s) shovqin darajasi tanlab olinadi. 
Bu daraja har xil vetilyatorlar uchun 

=35…50 dB ni tashkil etadi. 
L
p
=L+25lgH+10lgQ
Boshqa shovqin chiqaruvchi aerodinamik sistemalarda shovqining xarakteri va 
chiqayotgan manbaiga qarab, shuningdek, chastotalarini hisobga olgan holda umumiy 
maxrajga keltirilgan yig’indi-shovqin darajasi aniqlanadi. Masalan, eng qattiq 
shovqin hosil qiluvchi kompressorlarda shovqin darajasi umumiy yig’indi sifatida 
135-145 dB ni tashkil qiladi. Bunda so`rish sistemasidan chiqayotgan shovqin-yuqori 
chastotadagi diskret to`lqinlardir. 

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə