Ishlab chiqarish jarayonlariga qo`yiladigan xavfsizlik talablari Xavfsizlikni ta'minlovchi texnik vositalar


Mehnat muhofazasiga doir tadbirlarni rejalashtirish va mablag’ bilan taminlash



Yüklə 20,88 Kb.
səhifə4/5
tarix15.05.2022
ölçüsü20,88 Kb.
#87099
1   2   3   4   5
Ishlab chiqarishda faoliyat xavfsizligini boshqarish tizimi, xavfsizlikni ta`minlashga oid tadbirlarini rejalashtirish, mablag’ bilan ta`minlash.

4. Mehnat muhofazasiga doir tadbirlarni rejalashtirish va mablag’ bilan taminlash

Ishlab chiqarish korxonalarida mehnat muhofazasiga doir ishlar tashkiliytexnik tadbirlarning kompleks rejasi asosida amalga oshiriladi. Bu tadbirlarni korxona ma`muriyati mahalliy kasaba uyushmasi qo`mitasi bilan birgalikda ishlab chiqadi. Kompleks reja yillik, besh yillik yoki ko`p yillik rejalardan tashkil topadi. Bunda fan va texnikaning mehnat muhofazasi sohasida erishgan yutuqlari hamda korxonaning rivojlanish istiqbollari hisobga olinadi.

Ishning bajarilishini nazorat qilish xavfsizlik yo`llari bo`yicha muhandis zimmasiga, uni amalga oshirishga javobgarlik esa korxona tsexlari, bo`limlari, bo`linmalari boshliqlari zimmasiga yuklatiladi. Maxsus mablag’ni va moddiy ta`minotni talab qiluvchi tadbirlar jamoa shartnomasiga ilova qilinadigan rejaga kiritiladi. Jamoa shartnomasini har yili korxona rahbari ishchi-xizmatchilar nomidan kasaba uyushmasi qo`mitasi bilan tuzadi. Jamoa shartnomasiga kiritilgan mehnat muhofazasiga dior tadbirlarning bajarilishiga ajratilgan mablag’lar ishlatib bo`linganligi haqida maxsus dalolatnoma tuzilib, unga korxona kasaba uyushmasi qo`mitasi raisi va korxonaning bosh muhandisi imzo chekadilar.


Yüklə 20,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə