Ishsizlikning sabablari turlari va uni bartaraf etish



Yüklə 272,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix16.03.2023
ölçüsü272,1 Kb.
#102698
  1   2
ishsizlikning-sabablari-turlari-va-uni-bartaraf-etish-yo-llari



221
ISHSIZLIKNING SABABLARI TURLARI VA UNI BARTARAF ETISH 
YO’LLARI 
Kenjaboyeva Havasxon Abduhakim qizi
Annotatsiya
: maqolada ishsizlikning sabablari turlari va uni bartaraf etish yo’llari 
haqida fikrlar bayon etilgan. 
Kalit so’zlar
: mehnatni gumanizatsiyalash, mehnat taqsimoti, mehnat xulqining 
motivlari va tiplari, mehnat qadriyatlari, sotsial sub’ektlar. 
Bugungi kunda kishilarni ishni yo’qotishlari mumkunligi va yangi ishni izlash, qayta 
o’qitish, kasbni o’zgartirish zarurligiga ruhan tayyorligi, qisqasi, bozor sharoitida yashashga 
to’g’ri kelishini batamom anglash bilan bog’liq muammolar alohida ahamiyat kasb 
etmoqda. 
Bozor munosabatlari shakllanishining boshlang’ich davrida kishilar yangi iqtisodiy 
reallikni idrok etishga ruhan tayyor emasligi va kutilmagan zarbani yumshatish uchun zarur 
bilim hamda ko’nikmalarga ega emasligini qayd etmoq lozim. Shuning uchun aholini, 
ayniqsa uning kam daromadli guruhlarini sotsial himoyalash tizimi va mexanizmlarini 
ishlab chiqish alohida ahamiyat kasb etadi. Bizning respublikamizda bunday tizim amalda 
barpo etilgan, bu narsa tegishli huquqiy hujjatlarda va avvalo “O’zbekiston Respublikasida 
aholini ish bilan ta’minlash to’g’risida”gi qonunda, shuningdek iqtisodiyotni strukturasi 
qayta qurish, narxlarni erkinlashtirish, xususiylashtirish, pulning qadrsizlanishini va 
hokazolarni yumshatuvchi choralarda o’z aksini topadi. 
Bunday natijalar, shak-shubhasiz, ish bilan ta’minlash sohasida davlat yanada faolroq 
siyosat olib borishi zarurligini ko’rsatuvchi muhim hollardan biridir. Bunda u nafaqat 
ishsizlarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlashgagina emas, balki ularni faol mehnat 
faoliyatiga jalb etishga yordam beradigan shart-sharoitni har tomonlama rag’batlantirishga 
ham qaratilishi kerak. Kishilarning yangidan kasb o’rganishga, yangi iqtisodiy 
strukturalarga kirishga tayyorligini oshirish zarur. Bu esa bozor munosabatlariga o’tish 
chog’ida shaxs o’zining potentsialini ro’yobga chiqarishi uchun xizmat qiladi.
Ishsizlikning namoyon bo`lish xususiyatiga ko`ra turlari: Oshkora ishsizlik: friksion, 
davriy, mavsumiy, institutsional, srukturaviy. Yashirin ishsizlik: qisqartirilgan ish kunida 


222
ishlovchilar(majburiy ish yo`ligidan), haq to`lanmaydigan mehnat ta`tiliga ketganlar, 
ishlashni xohlaydigan, lekin ish qidirish befoyda deb uylab ish qidirmayotganlar. 
Friksion ishsizlik. Bu ishsizlikning qisqa muddatli ishsizlik turi bo`lib, ish joyini 
o`zgartirganda yuzaga keladigan ishsizlik turidir. Bu toifaga kasbini o`zgartirgada, birinchi 
marta mehnat bozoriga kirib kelganlar, doimiy yashash joyini o`zgartirganlar kiradi. 
Ishsizlikning bu tizimi har qanday ijtimoiy tizimda har qanday iqtisodiy darajada mavjud. 
Kasaba uyushmalarining ish tashlashlari ham friksion ishsizlikni keltirib chiqaradi. 
Strukturaviy ishsizlik. Bu davomiyligi bo`yicha uzoq muddatli hisoblanib, asosan, 
ishsizlarning malakasiga mos keladigan ish o`rnini mavjud emasligidir. Bu yangi 
texnologiyalarni joriy etilishi, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, mehnat zaxiralarini 
soni va malakasi doimiy ravishta qayta ko`rib chiqish bilan bog`liq. Bunda yang doimiy 
kasb paydo bo`ladiva ilgarigi keng tarqalgan ba`zi kasblarga talab bo`lmay qoladi. Buning 
oqibatida keraksiz bo`lib qolgan ishchi kuchi strukturaviy ishsizlikni keltirib chiqaradi. 
Mavsumiy ishsizlik. Ma`lum bir ish turi va ishchilarga bo`lgan talabning mavsumiy 
o`zgarishiga qarab o`zgarishini anglatadi. Bu mavsumiy ishda bo`lganlarning mavsumiy 
tugagach ishchining ishsiz qolishi. Mavsumiy ishsizlikdan zarar ko`rgan ishchilarga kurort 
ishchilari, instruktorlar, muzqaymoq sotuvchilar, paxta teruvchilar, dehqonlar kabilardir. 
Ko`pincha, rasmiy ishsizlik statistikasida mavsumiy ishsizlikni hisobga olgan holda tuziladi 
va mavsumiy tuzilgan ishsizlik deb ataladi. 
Davriy ishsizlik. Mamakatda ishlab chiqarish hajmining pasayishi natijasida ishchi 
kuchiga bo`lgan talabning kamayishi va ishsizlarning paydo bo`lishidir. Davriy ishsizlik bu 
iqtisodiyotning jiddiy ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning biri hisoblanadi. Davriy 
ishsizlikda ishlashni hohlaydigan va bunga salohiyatli kishilar ishsiz bo`lishga majburdir, 
chunki ishlab chiqarishning umumiy tanazzuli tufayli ishchikuchi iqtisodiyotga kerak 
bo`lmay qoladi. 
To`liq bandlik tushunchasi mehnat bozorida ishsizlaring mavjud bo`lmasligi 
tushuniladi. Iqtisodchilarning fikricha mehnat bozorida friksoin va tarkibiy ishsizlikning 
mavjud bo`lishi tabiiy jarayon bo`lib, to`liq bandlik ishchi kuchining 100% dan kam qismini 
tashkil qiluvchi miqdor sifatida aniqlanadi. Aniqroq qilib aytganda, to`liq bandlik sharoitida 
ishsizlik darajasi tarkibiy va friksion ishsizlar soniga teng bo`lishi. 


223
Ishsizlik darajasi- bu ishsizlikning o‘lchov birligi bo‘1ib, mehnatga layoqatli 
kishilarning qanday qismi ishsiz qolganini bildiradi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra 2021-
yilda butun dunyo bo‘ylab 214.21 mln ishsizlar mavjud. Bu ko‘rsatkich 2020-yilga nisbatan 
9.46mln kishiga kam, ammo 2018-yilga nisbatan 29.43mln kishiga ko‘pdir. Ishsizlikning 
eng yuqori ko‘rsatkichlari Afrika qit’asiga tog`ri kelmoqda. Janubiy Afrikada ishsizlik 
ko‘rsatkichi 2021-yilda 33.56 % ni tashkil etgan. Mamlakatda ishsizlik darajasi ko‘rsatkichi 
mamlakat joylashgan o‘rni va qo‘shni mamlakatning rivojlangan darajasiga bog‘liq. 
O’zbekistonning har bir fuqarosi uchun qonuniy ravishda va uning kundalik hayotida 
mulkka ega bo’lish, iqtisodiy faoliyatda to’la erkin bo’lish, o’zi mehnat qiladigan sohani va 
ish shaklini tanlashda erkin bo’lish huquqi ta’minlanishi darkor. Mehnat qilish huquqi, 
tadbirkorlik ila shug’ullanish imkoniyati hamda o’z mehnatidan daromad olish huquqi 
mehnatga yaroqli aholining ish bilan bandligi muammosini hal etish bilan chambarchas 
bog’liq. Mavjud muammoni hal etib berishda mehnat sotsiologiyasining roli kattadir.
Yuqorida keltirilgan fikrlardan xulosa qilib aytganda, mehnat sotsiologiyasi jamiyat 
iqtisodiy hayotini rivojlanishida muhim axamiyatga egadir. Shu jihatdan mehnat 
sotsiologiyasi iqtisodiyot sotsiologiyasi bilan chambarchas bog’liqdir. Iqtisodiy 
munosabatlar tarkibini o’rganishda mehnat sotsiologiyasining ahamiyati beqiyosdir. 

Yüklə 272,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə