Iskandarova husnoraning maktabgacha talim tarbiyani tashkil etish fanidan


HARAKATLI O‘YINLAR NAZARIYASI VA METODIKASINING YARATILISHI



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə2/3
tarix28.09.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#124617
1   2   3
ISKANDAROVA HUSNORA Kurs ishi

1.HARAKATLI O‘YINLAR NAZARIYASI VA METODIKASINING YARATILISHI
Harakatli o‘yinlar aslini olganda qadimgi xalq pedagogikasining mahsulidir. Qadim vaqtlarda ham oilalarda bolalarni ilk yoshidan boshlab topqirlikka, zukkolikka, chaqqonlikka o‘rgatadigan topishmoqlar, o‘yinlar, maqol-masallar asosida tarbiyalab kelingan, kichkintoylarga dastlabki harakat malakalari bilan bog‘liq bo‘lgan harakatli o‘yinlar o‘rgatilgan. Tez aytish, hisoblash, sanoq o‘yinlari, chori-chambar singari o‘yinlar kichik yoshdagi bolalarni o‘ziga jalb qilgan. Bolalar katta bo‘lgan sayin ularga turli xil harakatlar bilan bog‘liq bo‘lgan xalq o‘yinlari o‘rgatilgan. Xalq og‘zaki ijodidan olingan o‘yin folklori bugungi kunda ham o‘zining badiiy go‘zalligini, tarbiyaviy ahamiyatini yo‘qotmay kelayotganligi uchun ham eng qimmatli vosita sifatida amalda qo‘llanmoqda.
Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga baynalminal tarbiya berish maqsadida ularga turli qo‘shiqlar, raqslar va o‘yinlar o‘rgatish orqali mamlakatimizda yashaydigan barcha xalqlarni xurmat qilishga o‘rgatib bolrilmoqda. Shuning uchun ham turli xalqlarga tegishli bo‘lgan har xil harakatli o‘yinlarni tanlash, o‘rganish va bolalarga o‘rgatish maqsadga muvofiqdir. Milliy o‘ziga hos o‘yin folklori namunalari bilan tanishish va ba’zi bir xalq o‘yinlarini bolalar hayotiga olib kirish turli xalqlar ijodiga, san’atiga va shu orqali o‘sha xalq vakillariga xurmat tuyg‘usini tarbiyalab boradi.
Mashxur pedagog K.D.Ushinskiy rus xalq o‘yinlariga yuksak baho bergan hamda ulardan bolalarni tarbiyalashda keng foydalanishni maslahat bergan edi. K.D.Ushinskiyning fikricha, jamoa bo‘lib o‘ynaladigan o‘yinlar, ayniqsa katta ahamiyatga egadir. Ular bolalarda ijtimoiy hulq-atvorni tarbiyalaydi, “ijtimoiy munosabatlarning dastlabki assotsiatsiyasi” ni boshlab beradi.
Bolani tarbiyalash vositalaridan biri sifatida harakatli o‘yinlarning ahamiyati
O‘yin faoliyati, u qanday shaklda bo‘lmasin, bolalarda hamisha quvonch baxsh etadi. Juda ko‘p kutilmagan quvnoq holatlarni vujudga keltiradigan harakatli o‘yinlar esa bolalarda ijobiy his-tuyg‘ular uyg‘otishda mug‘im rol o‘ynaydi. Mana shu quvnoq hayajon mobaynida o‘yinlarning juda katta tarbiyaviy kuchi yashiringan.
Harakatli o‘yinlarning tematikasi, mazmuni ayniqsa puxta tahlil etilishi va turli yoshdagi bolalarga muvofiq tarzda tanlanishi lozim.
Har qanday o‘yin – u xoh ijodiy. Xoh didaktik,xoh musiqiy, xoh harakatli o‘yin bo‘lmasin, baribir tevarak atrofidagi olamni bilish vositasi sifatida bolaning hayotiy o‘ziga hos, muhim rol o‘ynaydi.
Harakatli o‘yinlar mazmunida bolaga bilim beradigan bir talay material bo‘ladi. Bu material uning bilim darajasini kengaytiradi va uning olam haqidagi tasavvurlarini boyitib, unga aniqlik kiritib boradi. Odamlar, tabiat hodisalari, hayvonlarning hatti-harakatlari tasvirlangan ba’zi bir epizodlar syujetli o‘yinlar tematikasini tashkil etadi. Bular bari bolalar tomonidan shartli o‘yinlar shaklida: “Sayohatchilar”, “O‘quvchilar”, “G‘ozlar-oq qushlar”, “Inida yotgan aymq” va boshqa o‘yinlar o‘ziga hos tarzda ifodalab beriladi. Biroq tevarak atrofidagi olamni bola to‘g‘ri idrok etishi uchuno‘yinchi barcha shartlikka qaramay, obrazxning haqqoniy harakteristikasi hayajonli tarzda pedagog tomonidan o‘yin shartlarini tushuntirish vaqtida ifodalab berilishi kerak. Bunda xalq o‘yinlarini misol qilib olish mumkin. Ulardagi o‘yin vaziyati bolani o‘ziga jalb etadi va uni tarbiya qiladi. Ba’zi bir o‘yinlarda uchrab turadigan dialog tarzidagi suhbatlar esa personajlar va ularning harakatlarini bevosita ko‘rsatib beradi.
Syujetsiz va muayyan o‘yin topshiriqlarigagina asoslangan o‘yinlarda ham juda ko‘p qiziqarli material bo‘ladi. Bu material bolaning umumiy bilimi, tafakkurini rivojlantiradi, uning mo‘ljal olish qobiliyatini o‘stiradi.
O‘yin qoidalarida mujassamlashgan fikrlar juda katta tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Ular butun o‘yinning borishini belgilab beradi, bolalarning harakat faoliyatini, ularning hulq-atvori, bir-biriga bo‘lgan o‘zaro munosabatlarini muvofiqlashtirib, bolalarga ahloqiy-iroda sifatlarini tarbiyalashga yordam beradi. Qoidalar o‘yin vaqtida muayyan shart-sharoitlarni vujudga keltiradi. Agar to‘g‘ri rahbarlik qilinsa, bunday sharoitda bola o‘zida tarbiyalanayotgan sifatlarni namoyon qilishi shart bo‘lib qoladi. Masalan, “Ayyor tulki” o‘yinida tulkining:”Men bu erdaman” – degan so‘zlaridan keyingina davra ichida turgan bolalar turli tomonlarga qarab yugurib ketishlari kerak. Bu qoida bolada diqqat-e’tiborni, o‘zini boshqarishni, sabr-chidamni, signalga tez reaksiya berishni, fazoda mo‘ljal olishni va boshqa shu singari sifatlarni tarbiyalab boradi.
Qoidalarning so‘zsiz bajarilishini talab qilish maqsadga erishish vaqtida sodir bo‘ladigan xudbinlik his-tuyg‘ulari va intilishlprining oldini olishga yordam beradi. “Qoidalar jamoa talabiga muvofiq ravishda bolaning xulq-atvorini muvofiqlashtirib va yo‘naltiribturuvchi dastlabki ijtimoiy rag‘batlantirish chorasi hisoblanadi. O‘yinlarda teran his-tuyg‘ularning, o‘rtoqlik va do‘stlik sevgisining dastlabki ko‘rsatkichlari paydo bo‘ladi.
Kichik yosh guruppalarida bolalar qoidalarni o‘yin davomida paydo bo‘ladigan javob harakati, ya’ni bajarilishi shart bo‘lgan ish sifatida idrok etadilar. Masalan, quyonchalar faqat ayiq polvon paydo bo‘lgan paytdagina yugurib butalar orasiga kirib ketadilar; avtomobil paydo bo‘lgan vaqtda yo‘l ustidagi qarg‘alar o‘tib ketishadi. Bolalar o‘yin qoidalarini hali garchi “qonun” tarzida anglab etmasalarda, lekin ular vaziyatni o‘z vaqtida reaksiya berishga o‘rganib boradilar: bir tomondan, ular o‘yin syujeti bo‘yicha zarur bo‘lgan harakatni amalga oshirsalar quyonchalar ayiq polvondan qo‘rqishadi., ikkinchi tomondan, ularda shakllanib borayotgan muayyan signalga nisbatan paydo bo‘ladigan shartli refleks sababli beixtiyor harakat qiladilar.
Katta guruhalarda bolalarning qoidalarga ongli munosabati va ularning bajarilish shart eb qaralishi asta-sekinlik bilan, turish vaqtlarda kechadi. Dastlab ular bu qoidalarni pedagog raxbarligi ostida bajaradilar; keyinroq esa bolalar jamoasidagi ushbu qoidalarning ijtimoiy ahamiyatini anglab ba’zi o‘rtoqlari ta’siri ostida amalga oshiriladilar; nihoyat qoidalar bolalarning ijtimoiy hulq-atvorini bevosita belgilab beruvchi bir oilaga aylanadi.
Avvaliga bolalar o‘yin topshirig‘ini tezroq bajarishni hohlab qoidalarni esdan chiqarib qo‘yadmlar; bundan tashqari o‘yinda yutib chiqishga intilish va yutuqqa eng oson yo‘l bilan erishishga harakat qilish ham qoidalarning buzilishiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida o‘ynovchilar noroziligiga sabab bo‘ladi, qarama-qarshilik, ziddiyatlikni keltirib chiqaradi hamda bolalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni buzadi.
Bolalar tomonidan qoidalar ongli ravishda va albatta bajarilishi uchun katta kishining talablari hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish natijasida bolalarning o‘yin jarayoniga bo‘lgan munosabati asta-sekin o‘zgarib boradi, ularda o‘yin harakatlari va qoidalarini tobora aniqroq bajarishga qiziqish va intilish paydo bo‘ladi. Endi o‘yin qoidalarini ilgarigidek atayin buzish hollari ro‘y bermay, qoida buzilishi sabablari ham o‘zgaradi, endi qoida tasodifiy sabablar tufayli buziladi va bola o‘sha zahoti yo‘l qo‘yilgan xatoni tuzatishga harakat qiladi.
O‘yin faoliyatida diqqatni, idrokni rivojlantirish, ilgari hosil qilingan tasavvur, tushunchalar, mo‘ljal olish singari xususiyatlarni yana ham aniqlashtirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi; o‘yinlar ijodiy tasavvurni, xotirani, fikrlashni, tafakkur faoliyatini yana ham rivojlantirishga yordam beradi. SHunday qilib harakatli o‘yinlar bolaning aqliy rivojlanishiga xizmat qiladi.
Bolalarda psixik jarayonlarni takomillashtirishda obrazli fikrlash katta ahamiyat kasb etadi. Bunday metod tasavvurni boyitib, o‘yin harakatlarini ijodiy tarzda bajarishga undaydi.
Psixologlar olib borgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bola o‘yin faoliyati tufayli amalda fazo tushunchasini hamda predmetli faoliyatni o‘zlashtiradi va shu bilan birga fazo to‘g‘risidagi ilgari hosil qilingan tasavvurlar yana ham takomillashib boradi.
O‘yinlarda fazoni idrok etish asosiy shakllar orqali: bavosita bilish, sensor his-tuyg‘u va obrazlar orqali bilishhamda bilvosita mantiqiy fikrlash, tushunchalar shakllarda zuhr etiladi.
Masalan, bola tomonidan harakat yo‘nalishini mustaqil ravishda tanlanishi yoki o‘yin qoidasiga muvofiq muayyan yo‘l tanlanish, bir tomondan, o‘yin vaziyatini darhol baxolay olish va unga reaksiya berish o‘yin harakatlarini bajarish talab qilinsa, ikkinchi tomondan, mazkur o‘yin muhitida o‘zi bajarayotgan harakatlarni anglab etishi va tasavvur qilishi talab qilinadi. Harakatli o‘yinlarda mana shu ikki komponent bir-biri bilan bohliq holda keladi. Pedagog tomonidan o‘yin qoidalarining tushuntirib berilishi bolada tahminiy tasavvur hosil qiladi; ayni mahalda o‘yin vaziyatining o‘zgarib qolishi boshlovchining harakati yoki signallar berilishi munosabati bilan harakat rejasini buzib yuboradi va bolalardan yana ham murakkabroq harakatni – bir zumda reaksiya berish va shu zahoti harakat qilishni taqazo etadi,o‘yinlar: “ Ikki qorbobo”, “Sehrli tayoqcha”, “Botir bolalar”, “Maymunlar va ovchilar” va hokazo.
Bunday reaksiya bolalarni mazkur muhitdagi g‘arakatda moslashish uchun qay darajada tayyor ekanliklarini ko‘rsatib beradi.
Bu ishda trener bolaga yordam berishi kerak. U vaziyatni hisobga olib harakat usulini tanlash va qo‘yilgan vazifani bajarishga asta-sekin o‘rgatib borish kerak. Masalan, bitta o‘yinni o‘rganish vaqtida bolaga ikki xil sharoit taklif qilinishi mumkin. Birida katta va cheklangan fazo taklif qilinsa, boshqa bir safar quvlab kelayotgan boladan tez va uzoqqa qochib ketish yoki yaqin masofada uni chalg‘itib chaqqonlik ko‘rsatib qochish talab qilinadi, “ Quvlashmachoq”, “Ayyor tulki” singari o‘yinlar.
Atrofdagi sharoitda mo‘ljal ola bilish mahorati “ CHambar ichidan o‘ib bayroqqa etish”, “Bo‘ri qopqonda”, “Jasur bolalar” va hokazo o‘yinlarda qo‘yilgan vazifalardagi to‘siqlarni engib shtishga yordam beradi. Bunda bolalar o‘zlari orttirgan qobiliyat asosida masofani mo‘ljalga oladilar hamda muayyan sharoitda harakat qilish yo‘lini o‘zlari belgilaydilar.
Har tomonga tarqalib ketayotgan bolalar orasida mo‘ljal olish, ayniqsa muhimdir. O‘yin vaziyati muttasil o‘zgarib turadigan va birdan reaksiya talab qiladigan bunday sharoitdagi harakat bolaga g‘oyat murakkab tuyuladi. Biroq ko‘p marta takrorlash jarayonida katta gruppa bolalari bunday mahoratni egallab oladilar.
Harakatli o‘yinlarda bolalar predmetlardan muayyan yaqinlikda yoki uzoqlikda bo‘ladilar. Shu tufayli ularda ko‘z bilan ko‘rib mo‘ljal olish, shuningdek, fazoda tovushni tinglash mo‘ljal olish qobiliyati rivojlanadi. “Uzoqda-yaqinda”, “Gox bu erda,gox u erda”, “Qo‘ng‘iroqchalar bilan berkinish”va hokazo.
Harakatli o‘yinlar bolalarni vaqtga qarab mo‘ljal olishining eng oddiy usuliga o‘rgatadi: Ular o‘yin vaqtida aytilgan, navbatma-navbat bajariladigan dastlab, so‘ngra, bundan keyin, bundan oldin, hamma baravar degan so‘zlarga oid harakatlarni to‘g‘ri bajaradilar. Bolalarga ko‘rsatib berilgan muddat ichida signal bo‘yicha o‘yin topshirig‘ini bajarishga o‘rganadilar. Masalan: “Men beshgacha sanayman, sizlar shu vaqt ichida qo‘lingizdagi bayroqchalardan gul yasaysiz” , “Qani, men chirmandaga uch marta urgunimcha kim oldin safga turib olarkin”,-degan so‘zlarga bolalar tez harakat bilan javob beradilar. Bunday o‘yinlarda kichkintoylar mo‘ljal olishni, izchil harakat qilishni va muayyan vaqt davomida ish bajarishni o‘rganadilar.
O‘yinlar mazmuni ularda yuz beradigan vaziyat hamda o‘yin qoidalarini mustaqil so‘zlab berish, personajlar harakatini bajarib ko‘rsatish; bolalar turgan joyni, o‘yin belgilarini va harakat yo‘nalishini atamalar yordamida tushuntirish; o‘tkazilgan o‘yinni tahlil qilib berish-bular bari bolalarning intellektual rivojlanishiga yordam beradi.
Muayyan qoidalarga rioya etib bajariladigan harakatli o‘yinlarning jismoniy tarbiya vositasi va uslubi sifatidagi harakateristikasi
Qoidali harakatli o‘yinlar-bu g‘oyat muhim ahamiyatga ega bo‘lgan kompleks tarzdagi tarbiyaviy – ma’rifiy bir jarayondir. Ushbu jarayonga asos qilib olingan bolalarning harakatli faoliyati ularning jismoniy rivojlanishiga, ularda harakat malakalarini va jismoniy sifatlarini shakllantirishga, ularning salomatligini mustahkamlashga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, organizm funksional faoliyatini oshiradi. Jismoniy tarbiyaning asosiy vositasi va uslublaridan biri bo‘lgan harakatli o‘yinlar yuqorida sanab o‘tilgan vazifalarni samarali ravishda hal qilishga yordam beradi.
Harakatli o‘yinlarning o‘tkazilishi vaqtida erishiladigan sog‘lomlashtirish samarali o‘yin faoliyati jarayonida bolalarda paydo bo‘ladigan va ularning psixikasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan his-tuyg‘ular bilan mahkam bog‘liqdir. Emotsional yuksalish bolalarda hamma uchun umumiy bo‘lgan maqsadga erishish istagini paydo qiladi hamda bajarilayotgan ishni aniq tasvvur qilishda, harakatlarni yaxshiroq koordinatsiya qilinishida, fazoda va o‘yin sharoitida aniqroq mo‘ljal ola bilishda, topiriqlarni jadal sur’at bilan bajarilishida o‘z ifodasini topadi. Bolalar o‘zlari bajarayotgan ishga qattiq qiziqishi hamda maqsadga erishish uchun quvonch bilan intilishi natijasida bolalarda turli to‘siqlarni engib o‘tishga yordam beradigan iroda sifatlarini tarbiyalaydi.
Harakatli o‘yinlar bolalar ilgari o‘zlashtirib olgan malakalarni takomillashtirish hamda jismoniy sifatlarni tarbiyalash vositasi sifatida xizmat qiladi. O‘yin jarayonida bola o‘zining diqqat-e’tiborini harakatni qanday bajarish usuliga emas, balki o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadga erishiga qaratadi. U o‘yin qoidalari asosida harakat qilib, shunga yarasha chaqqonlik ko‘rsatadi va bu bilan o‘z harakatlarini takomillashtiradi. Shuning uchun ham masalan, “Chohga tushgan bo‘ri” singari o‘yinlarni bolalar yugurib kelib uzunlikka sakrash mahoratini egallab olganliklaridan keyin o‘tkaziladi.
P.F.Lesgaft bunday deb yozgan edi: “ O‘yinlarda muntazam mashg‘ulotlar chog‘ida o‘zlashtirib olingan barcha harakatlar ko‘llanadi. SHuning uchun bu erdagi bajariladigan hatti –harakatlarningbarchasi shug‘ullanuvchilarning kuchi va mahoratiga to‘la muvofiq kelishi hamda iloji boricha ko‘proq darajada aniqlik va chaqqonlik bilan o‘tkazilishi lozim”.
Bu qoida MTT da harakatli o‘yinlar o‘tkazish uslublarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan ilmiy ishlarda ham tasdiqlandi.
Maktabgacha kichik yoshdagi bolalrga kelganda shuni aytish kerakki, so‘ngi ilmiy tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, “o‘qitishning o‘yin metodi bolalar harakatlarni dastlabki tarzda o‘rganilayotgan vaqtda ham qo‘llasa bo‘laveradi”.
Harakat faoliyati tarzidagi harakatli o‘yinlarning muayyan o‘ziga hos xususiyati ham mavjuddir: u boladan signallarga tez reaksiya berishni ham o‘yin vaziyatini kutilmaganda o‘zgartirib turishni taqazo etadi O‘yin chog‘ida vujudga keladigan har turli vaziyatlar bolaning harakatlari harakteri va yo‘nalishida zarur o‘zgartirishlarqilishni, uning muskul kuchlarini muayyan tomonga qarab lozim darajada o‘zgartirish zaruratini vujudga keltiradi. Masalan, “Quvlashmachoq” o‘yinida har bir bola quvlayotgan kishining harakatlarini diqqat bilan kuzatib borishi kerak: quvlovchi o‘ziga yaqinlashib qolganida qarama-qarshi tomonga qarab qochib ketishi kerak; qo‘lga tushish, ushlanib qolish xavfi yo‘qolganini sezganidan keyin harakat sur’atini sekinlashtirib, yugurishdan to‘xtash zarur; quvlovchi yana unga yaqinlashadigan bo‘lsa harakatini yana tezlashtirib yugurib ketishi kerak.
Qariyb har harakatli o‘yinda bolalar harakatni o‘zgartirish zarurligiga ko‘rsatma beradigan tegishli signallar mavjud bo‘ladi. Masalan, “Aqlli bolalar” o‘yinida “Saflaning!” deb beriladigan signal bolalarda juda tez reaksiya uyg‘otadi. Bu ularning harakati yo‘nalishi va harakterini o‘zgarishida o‘z ifodasini topadi: har tomonga tarqalib, engil yugurib o‘ynab yurgan bolalarning harakati o‘zgarib aniq maqsadga qaratilgan, ya’ni oldindan belgilab qo‘yilgan joylarda tezroq kolonna bo‘lib safga tizilish maqsadida hamma baravar bir tomonga qarab borayotgan harakatga aylanadi.
Bunday faol ravishda amalga oshiriladigan harakatli faoliyat bolalarning nerv sistemasini pishitadi, ulardagi qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarini takomillashtirib muvozanatga keltirib boradi, shuningdek ularda kuzatuvchanlik, topqirlik, o‘zgarib turgan atrofdagi shart-sharoitlarda mo‘ljal ola bilish, og‘ir vaziyatdan chiqib ketish yo‘lini qidirib topish, tez bir qatorga kelish va uni ijro etish, bunda jasurlik, chaqqonlik, tashabbus ko‘rsatish, maqsadga erishish yo‘lida harakat qilishning zarur usulini mustaqil ravishda tanlay bilish singari fazilatlarni tarbiyalashga yordam beradi.
Shunday qilib, bolalarning ijodiy faolligini oshirishda tarbiyachining emotsional- obrazli metodikasi asosida rahbarlik qilishi muhim rol o‘ynaydi. Tarbiyachi bolalarning harakat qilish tajribasini o‘zining obrazli so‘zlari bilan bolalar tasavvuriga ta’sir ko‘rsatish orqali amalga oshiradi, har bir bolaning ijodiy ijrochilikdan iborat o‘yin faoliyatini rag‘batlantirib, to‘g‘ri yo‘lga solib turadi.
O`zbekiston Respublikasi “Maktabgacha ta`lim va tarbiya to`g`risida”gi qonunning 34-moddasiga binaoan bolalar yoshlariga qarab guruhlarga ajratilgan. Jumladan, ilk rivojlanish guruhi (bir yoshdan uch yoshgacha), kichik guruh (uch yoshdan to`rt yoshgacha), o`rta guruh (to`rt yoshdan besh yoshgacha), katta guruh (besh yoshdan olti yoshgacha), maktabga tayyorlov guruhi (olti yoshdan yetti yoshgacha). Germaniyada esa bolalarga “nafaqa chiqqan bobo, buvilar nabiralarga qarashi kerak”- degan tushuncha mavjud emas. Shuning uchun ota-onalar farzandlarini 4 oylikdan boshlab bog`chaga berishga majburdirlar. Ko`pgina nemis oilalari farzandlarini ancha erta bog`chaga beradilar. Germaniyada maktabgacha ta`limning 6 xil turi mavjud bo`lib, ular bir-biridan tubdan farq qiladi va rang-barangligi bilan boshqa davlatlarnikidan ajralib turadi Ilk yoshli bolalar o`yin faoliyatining birinchi bosqichi tanishtiruvchi o`yin bo`lib, u narsa, buyum, o`yin faoliyatidir. Uning mazmuni qo`l ishidagi murakkab va nozik harakatlardir. Keyingi bosqich aks ettirish o`yini hisoblanadi. Bu ilk yoshli bolalar o`yini psixologik mazmunining rivojlanishida eng yuqori nuqta hisoblanadi. Kattalar ta`limtarbiyaviy ishlarini ma`lum izchillik bilan olib borsalar, bu yoshdagi bolalar narsa va buyumlar nomini, nimaga ishlatilishini bilib oladilar va bu yangi bilimlarni o`z o`yinlarida qo`llay boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalar o`yini mazmuni jihatidan predmetli faoliyatni aks ettiradi. Birinchi yoshning oxiri va ikkinchi yoshdagi bolalar o`yinida syujetni aks ettirish yuzaga keladi. Bola qo`lidagi buyum bilan undan qanday foydalanish keraqligini aks ettiradi. Navbatdagi bosqich rolli o`yin bo`lib, unda bulalar o`zlariga tanish bo`lgan kattalar mehnati va kishilarning ijtimoiy munosabatilarini aks ettiradilar. Bolalar o`yin faoliyatining bosqichma-bosqich rivojlanishi to`g`risidagi ilmiy tasavvurlar har xil yosh guruhlarida bolalarning o`yin faoliyatiga rahbarlikning aniq sistemali tavsiyalarni ishlab chiqish imkoniyatini yaratdi. Shunday qilib maktabgacha ta`lim muassasalarining pedagogik jarayonda o`yinning tutgan o`rni juda katta bo`lib, o`yindan maktabgacha 6 yoshidagi bolalarni tarbiyalash va ularga ta`lim berishda keng foydalaniladi. Zero: o`yin bolalarning mustaqil faoliyati bo`lib, unda bolaning ruhiyati namoyon bo`ladi; o`yin bolalarni har tomonlama tarbiyalash vositalaridan biridir; o`yin bolalarga ta`lim va tarbiya berishning metod va usulidir; o`yin bolalarni o`quv faoliyatiga tayyorlash vositasidir. Taniqli pedagog olimlarning olib borgan tadgigotlari o`yinga kompleks rahbarlik qilish orqali bolalarga o`yinning mazmuni, tashkil etilishi, tuzilishi, bolalarning axloqiy munosabatlari, bolalar o`yinining rivojlanish darajasiga ta`sir etish mumkinligini ko`rsatdi. Bolalar o`yini uning mazmuni, xususiyati, tashkil etilishiga ko`ra xilma-xildir. Bolalarni nutqini rivojlantirish uchun quydagi o`yinlarni o`tkazish mumkin: "So`z qo`sh", "Orkestr", "Jvlana bu tovushga so`z top··. "So`zlardan hikoya tuz" va h.k. Yuqorida sanab o`tilgan jamoa o`yinlaridir. Qo`g`irchoqdan tashqari har xil xayvonlar, qushlar, idish-tovoqlar, va transportni aks ettiruvchi o`yinchoqlar ham bo`lishi kerak. MTTda tevarak-atrof bilan tanishtirish dasturiga muofiq bir qancha rasmlar turqumi bo`lishi kerak: kishilarning polizdagi, uy sharoitidagi mehnatini aks ettiruvchi, ularning mehnatini engillatuvchi mashinalar rasmlari; qishilarning turar joylarini aks etiruvchi rasmlar; V) qishilarni suvda, quriqlikda, havoda olib yuruvchi vositalarning rasmlari; G) uy jixozlari: idish-tovoq, mebel, madaniyat buyumlari, bezakli buyumlar, o`yinchoqlar; dasturxon, choyshab, sochiq, yostiq jildi, qishki, yozgi, bahorgi, kuzgi ko`ylaklar, bosh kiyim, yil fasllariga qarab kiyiladigan oyoq kiyimlar; YE)iste`mol mollari; sabzavotlar, mevalar, uy maxsulotlari, shirinliklar; J) uy va yovvoyi xayvonlar; Z) daraxtlar, butalar, gullar va boshqa o`simliklar; I) qushlar. Bu rasmlar asta-sekin to`planib boriladi. Ular yirik (15- 20sm) va karton qog`ozlarga yopishtirilgan bo`lishi kerak. Didaktik o`yinlarda tabiat materiallari va oddiy narsalar ham ishlatiladi. Didaktik o`yinlarga maxsus o`rin ajratilishi va bolalar kun tartibidan ma`lum joy olishi kerak. Didaktik o`yinlarni mashg`ulot bilan bog`lab olib borishni yaxshilab o`ylab amalga oshirish lozim. Bu o`yinlar mashg`ulot va o`yin soatlarida o`tkaziladi. Ularni butun guruh bolalari bilan ham o`tkazish mumkin. O`yinchok bola hayotining yo`ldoshi , uning quvonch manbaidir. U nafaqat o`yin quroli, balki bolalar o`yinida sherik, o`rtoq, kattalar qo`lida esa tarbiyaning muhim qurollaridan biridir. O`yinchoq o`yin yaratishda ishtirok etadi, bolaning o`ziga xos sherigi sifatida namoyon bo`ladi, uning shaxsiga katta ta`sir o`tkazadi. U bolaga shunchalik yaqinki, bola 7 o`z o`yinchoqlarini sevadi, ularga bog`lanib qoladi, shu tufayli u o`zini atrofdagi hayotning to`laqonli a`zosi deb hisoblaydi. Didaktik o`yinlarda majburiy qoidalar juda ko`p uchraydi: navbat bilan harakat qilish, faqat so`raganda javob berish, o`rtog`iga quloq solish, o`ynaganda boshqalarga xalaqit bermaslik, qoidani bajarish. O`z ayibiga iqror bo`lish va hakazo. Didaktik o`yinlarda bolalarning o`ziga xos hususiyatlari hisobga olinadi. Bir xil bolalarga qiyin topishmoq aytilsa, boshqasiga engilrog`i, osonrog`i aytiladi; yomon gapiradigan bolalar ko`proq gapirishga jalb qilinadi. Buning uchun o`yinni o`tkazishdan avval hamma bolalarni yaxshilab eslab, o`yining imkoniyatlarini harakatlariga qarab topishmoq beriladi, ba`zi bir faolroq bolalarga boshqalarni qiziqishini bo`g`maydigan rol biriktiriladi. Didaktik o`yinga rahbarlik qilishda o`yining maqsad va mazmunini belgilash, o`yin g`oyasini o`ylab topish, o`yin qoidasi va asosiy harakatlarni tushuntirish, bolalar o`rtasidagi munosabatni yaxshilash, tarbiyaviy ta`sir orqali o`yinni borishga rahbarlik qilib borish va boshqalarni o`z ichiga oladi. Didaktik o`yinni bolalarning bergan savollari, takliflari va tashabbuslariga qarab, o`yin jarayonida kutilmaganda kengaytirish, uning mazmunini boyitish mumkin. O`yinni belgilangan vaqtda boshlash va tugatish katta maxoratdir. Tarbiyachi o`yin vaqtini o`zining tushuntirishini kamaytirish hisobiga qiziqtiradi. O`yinni tarbiyachi bolalarda o`yinga qiziqish uyg`otgan holda tugatishi kerak, ya`ni bolalar shu o`yinni yana davom ettirishni xoxlab qolsinlar. Bir qaraganda bu muammo arzirnas narsa bo`lib tuyulishi mumkin. Lekin, har qaysi go`dak ilk bor olamni o`z atrofidagi o`yinchoqlar orqali anglashini inobatga oladigan bo`lsak, ularning inson tarbiyasidagi o`rni beqiyos ekanligi ayon bo`ladi.
O'yin — tarixiy tashkil topgan ijtimoiy voqea, mustaqil faoliyat turi, insonga xosdir. O'yin faoliyati juda ham turli-tumandir: o'yinchoqlar bilan o'ynaladigan bolalar o'yinlari, stol o'yini, doira bo'lib o'ynaladigan o'yin, harakatli o'yinlar, sport o'yinlari.
O'yin o'z-o'zini bilish vositasi, o'yin-kulgi, dam olish, jismoniy va umumiy ijtimoiy tarbiya vositasi, sport vositasi bo'lishi mumkin.
O'yin madaniyati elementi sifatida jamiyatning barcha madaniyati turlariva kishilarning har xil ehtiyojlari bilan rivojlanadi: o'yin-kulgi, dam olishda, ma'naviy, aqliy va jismoniy kuchni rivojlanishida katta o'rin egallaydi.
O'yin faoliyati — nafaqat madaniyatning bir elementi, balki bolalar va o'smirlarni tarbiyalashda ham foydali vosita hisoblanadi. U har doim maqsadga yo'naltirilgan va turli-tuman maqsadli yo'l- yo'riq hamda asoslangan harakat bilan o'ziga xos xususiyatni ko'r- satib turadi. O'yin faoliyati ayniqsa bolalik davrida ko'proq meh­nat bilan umumiylikka ega bo'ladi. Biroq o'yin jarayonida hayotiy ehtiyojlarni qondirish uchun kishi moddiy boylikni yarata olmaydi.
O'yin — juda ham quvnoq jo'shqin faoliyatdir, shuning uchun u yoshlar va bolalar bilan tarbiyaviy ish olib borishda katta boylik kasb etadi. O'yinning turli-tumanligi katta-kichiklar orasida, ayniqsa o'smirlar va bolalar o'rtasida eng keng tarqalgani bu harakatli o'yin- lardir. Ular esa ushbu o'quv qo'llanma fanining asosi hisoblanadi.
Harakatli o'yinlarning o'ziga xos xususiyati uning mazmuni harakatning rolini yorqin ifoda qilish hisoblanadi (yugurish, sakrashlar, uloqtirish, otish, to'pni uzatish va ilib olish, qarshilik ko'rsatish va boshqalar). Bu o'yinlar harakatlanish va uning mazmunini (mavzu, g'oyasi) asoslab beradi. U o'yinda qo'yilgan maqsadga erishish yo'lida, turli-tuman qiyinchiliklarni, to'siqlarni yengib o'tishiga yo'naltiriladi.
Harakatli o'yinlarning orasida haqiqatan ham (elementar) hara­katli o'yinlar va sport o'yinlari bilan farq qiladi. Haqiqatan ham harakatli o'yinlar o'ynovchilarning o'zlarini ixtiyoriy ravishda o'r- natilgan, maqsadga shartli ravishda erishishga yo'naltirilgan, o'zida ongli ravishda tashabbuskorlik faoliyatini mujassamlashtirgan bo'ladi. O'ynovchilarning maqsadga erishishida faol harakatlantiruvchi hara- kat talab qiladi, uni bajarishi o'ynovchilarni o'zlarining ijod qilishiga va tashabbuskorligiga bog'liqdir (nishonga tezda yugurib borish, nishonga tez otish, «raqibi»ga tez va epchillik bilan yetib olish yoki undan o'zib ketish va hokazo).
Harakatli o'yinlar qoidalar bilan belgilanadi. Sport o'yinlaridan farqli o'laroq, harakatli o'yinlar qoidalariga shart-sharoitdan kelib chiqib kelishilgan holda o'zgartirish kiritish mumkin. O'yin qoidasi maqsadga erishish yo'lida o'yindagi qiyinchiliklarni va to'siqlarning xarakterini aniqlaydi.
Haqiqatan ham harakatli o'yinlar o'yin qatnashchilaridan maxsus tayyorgarlikni talab qilmaydi. Shuning uchun o'yin qoidasi o'yin qatnashchilari va rahbarlarning (o'qituvchilar) o'zlari o'tkazilayotgan o'yinning sharoitiga qarab uni o'zgartirib boradilar. Chunki unda o'ynovchilarning aniq belgilangan soni, maydonning katta- kichikligi belgilanmagan bo'ladi, shuningdek, asbob-anjomlar ham o'zgartirib turiladi (bulava yoki kegli, voleybol yoki oddiy to'p, kichik koptoklar yoki qum solingan xaltachalar, gimnastika yoki oddiy tayoqchalar va hokazo).
Sport o'yinlari — bu harakatli o'yinlarning eng yuqori bosqichi- dir. Bunda o'yin qoidasi qat'iy belgilangan bo'lib, ularda maxsus maydon va jihozlar talab qilinadi. Sport o'yinining o'ziga xosligi o'yin jarayonida ma'lum taktikada o'zini tutishi va murakkab harakat texnikasi hisoblanadi. Bu esa o'yin qatnachilaridan maxsus tayyor- garlik va mashqni talab qiladi. Har bir sport o'yini belgilangan o'yinchilarning soniga, maydon o'lchamlari va asbob anjomlariga ega bo'ladi.
Ayrim sport o'yinlarida ba'zi o'yinchilarda mutaxassisligi bo'lishi zarurdir (hujumga, himoyaga, darvozabon va b.q). Sport o'yinlarining u yoki bu o'yinida qat'iy qoidaga mos ravishda maxsus hakamlik qilishni talab qladi. Ayrim sport o'yinlarida o'yin qatnashchilarining tarkibiga qarab bir necha marta (o'quvchilar yoki kattalar, erkaklar yoki o'smir qizlar) o'zgartirilishi mumkin.
Sport o'yinlari sport turi hisoblanadi. Bular bo'yicha har xil darajadagi musobaqalar o'tkaziladi. Natijada sport o'yinlari bo'yicha o'tkaziladigan musobaqalarda eng yaxshi o'yinchilarga sport razryad- lari va unvonlar beriladi.
Ayrim harakatli o'yinlar (masalan, «lapta», «voleybol» va hokazo) mashg'ulotning maqsadi, ko'rsatmasi va uni tashkil qilish usullariga bog'liq holda, ayrim holatlarda haqiqatan ham o'zining xarakteriga qarab harakatli (elementlari) o'yin deb yuritiladi, boshqalari esa sport o'yinlari sifatida o'tkaziladi. Masalan, o'yin qatnashchilari tasodifan yig'ilib qolganda (dam olish o'yinlarida, sayllarda) ular haqiqatan ham harakatli o'yin xarakteriga ega bo'ladi.
Harakatli o'yinlardan yoshlar va bolalarning umumiy jismoniy tayyorgarlik vositasi sifatida foydalaniladi, shuningdek, sport o'yinla- riga va boshqa sport turlariga hamda «Alpomish» va «Barchinoy» test me'yorlarini topshirishga tayyorlash vositasi bo'lib ham hisoblanadi.
Harakatli o'yinlar o'ziga xos bo'lishi mumkin (yakka tartibda), u hammadan ko'proq tez-tez bolalarning o'zlari tomonidan (to'p o'yini, arg'amchi bilan chambarakni aylantirish va boshqalar) tashkil etiladi. Ulardan tarbiyachi-pedagog va yetakchilar tomonidan bolalarning faol dam olishini tashkil qilish maqsadida foydalanish mumkin (tanaffusda, kuni uzaytirilgan guruhda va boshqa holatlarda).
Jamoa bo'lib o'ynaladigan (guruh) harakatli o'yinlar alohida pedagogik ahamiyatga ega bo'ladi, chunki ularda o'ynovchi guruhlar, sinflar, zvenolar, bo'limlar va sport seksiyasida shug'ullanuvchilar qatnashadilar. Jamoa bo'lib o'ynaladigan harakatli o'yinlarda har doim musobaqalashish elementi o'ziga xos bo'lib (har bir kishi o'zi uchun yoki har bir kishi o'z jamoasi uchun), shuningdek, belgilangan maqsadga erishishida, qiziqishni uyg'otishda bir-biriga yordam berish va o'zaro yordamdan iborat bo'ladi. Jamoa o'yinlarining o'ziga xosligi shundan iboratki, o'yinda hamma — vaqt holatni o'zgarib turishi, o'yinchilardan tezlik reaksiyasi talab qilinadigan bo'ladi. Shuning uchun o'yin jarayonida o'zaro munosabat har doim o'zgarib turadi: har bir kishi o'zi uchun yoki o'zining jamoasi uchun «raqib- lari»ga nisbatan eng qulay holatni yaratishga intiladi.
Harakatli o'yinlar bo'yicha musobaqalar o'tkaziladi. Ular alohida o'yinlar bo'yicha o'tkazilishi mumkin, o'yinga qo'yilgan vazifa taxminan bir xil sinflar bir xil yoshdagi o'quvchilarning jismoniy imkoniyatlariga mos kelishi kerak. Biroq harakatli o'yinlar majmuasi bo'yicha musobaqa o'tkazishning pedagogik ahamiyati shundaki, bunga har xil jismoniy sifat va malakalarni tarbiyalashga yordam beradigan turli-tuman o'yinlar kiritiladi. Harakatli o'yin majmuasi bo'yicha o'tkaziladigan musobaqada har xil yoshdagi bolalar, o'smir- lar, yoshlar va kattalar qatnashishlari mumkin, biroq o'yindagi vazifa har xil bo'lishi mumkin.
Harakatli o'yin bo'yicha o'tkaziladigan musobaqadagi bu juz'iy o'zgarish sport o'yinlari bo'yicha o'tkaziladigan musobaqalarga nis- batan bir oz farq qiladi, chunki sport o'yinlari qat'iy belgilangan sharoitda va qoida bo'yicha o'tkazilishi talab qilinadi.
Har bir harakatli o'yin o'zining mazmuni shakli (tuzilishi) va metodik xususiyatiga egadir. Harakatli o'yinlarning mazmuni quyida- gilardan iborat: mavzu yoki mazmun (ifodali yoki shartli o'ylab qo'yilgan ish, o'yin rejasi) maqsadga erishish uchun o'yinga kiradigan harakat va qoidalar.
Harakatli o'yinlarning shakli qo'yilgan maqsadga erishish usul- larini keng tanlash imkoniyatiga ega bo'lishi, o'yin qatnashchilarining harakatini tashkil qilishdan iborat. O'yin qatnashchilari bir xil o'yinlar- da o'zining shaxsiy qiziqishlariga erishish uchun yakka yoki guruh bo'lib harakat qiladilar, boshqalarida esa o'zlarining jamoalari qizi- qishlarini himoya qiladilar. Shuningdek, o'yin uchun o'ynovchilar har xil tuzilishda yoki shaklda (sochilib yoki tarqalib, doirada, safda, qatorda) turadilar.
O'yin shakli mazmuni bilan bog'liq ravishda kelib chiqadi.
O'yinning metodik jihatdan o'ziga xos xususiyati uning maz­muni va shakliga bog'liqdir. Harakatli o'yinlar metodik jihatdan o'ziga xos bo'ladi:
jonliligi;
chegaralangan qoida bo'yicha maqsadga erishishda mustaqil harakat qilish;
qoidaga mos ravishda ijodiy tashabbuskorlik bilan harakat qilish;
o'yindagi alohida rollarni bajarish, uning mazmunia muvofiq- ligi, o'yin qatnashchilarini jamoadagi ma'lum darajadagi o'zaro munosabati o'rnatiladi;
to'satdan o'yinda o'zgarib qolish holati, bu esa o'yinchi- lardan tashabbuskorlikni, tez reaksiyani talab qiladi;
o'yindagi musobaqa elementlari o'yinda jo'shqinlikni (emotsio- nallik) oshiradi va kuchni to'liq sarf qilishni talab qiladi;
o'yinda kelib chiqadigan «kelishmovchiliklar»ni hal etishda qarama-qarshi tomonlarning manfaatlarini bir-biriga zid qo'ymoq esa yuqori darajadagi jo'shqinlik tonusini yaratadi.
Harakatli o'yinlar nafaqat vosita, balki bolani jismoniy tarbiya metodi bo'lib ham hisoblanadi. Tarbiyada o'yin metodining tushun- chasi o'yin metodikasining o'ziga xos xususiyatini inkor qiladi, ya'ni bu boshqa tarbiya jihozlaridan uning metodi munosabatda bo'lishida farqlanadi (musobaqa elementi, syujetning mavjudligi, maqsadga erishishning turli-tuman usullari, nisbatan mustaqil harakati).
O'yin metodi ayniqsa murakkablashgan va o'zgartirilgan sharoitda harakatni kompleks takomillashtirish uchun foydalaniladi.
Harakatli o'yinlar jismoniy tarbiya va o'yin metodi vositasi sifatida jismoniy sifatlarni takomillashtirishga hamda tarbiyalashga yordam beradi. Bundan tashqari, harakatli o'yinlarda gimnastika, yengil atletika, chang'i va boshqa sport turlari mashg'ulotlarida alohida malaka, ko'nikma hamda tabiiy harakatlarni mustahkamlaydi va takomillashtiradi.
Pedagogika amaliyotida harakatli o'yinlarning ikkita asosiy turidan foydalaniladi:
1. Erkin, ijodiy yoki erkin o'yinlar, bunda o'yin qatnashchilari- ning o'zlari o'yin rejasini belgilashadi va belgilangan maqsadni o'zlari amalga oshirishadi. Bu bolalarda go'daklik, maktabgacha yoshda va kichik maktab yoshida ular hammadan ko'ra tez-tez mazmunli bo'ladi, chunki o'yinning mazmuniga qarab rol taqsimlanadi, shu- ning uchun ularni psixologiyada g'o'la shaklida o'ralgan, deb ataladi. Ular alohida yoki bir kishilik va guruh shaklida bo'lishi mumkin.
2. Belgilangan qoidaga asosan tashkil qilingan harakatli o'yinlar unga katta yoshdagi bolalar-yetakchilarning o'zlari rahbarlik qilishlari talab qilinadi.
O'yin mazmuni va murakkabligi bo'yicha juda ham turli tumandir:
Oddiy jamoasiz harakatli o'yinlar, bunda har bir o'yin qat- nashchisi, o'yin qoidalariga rioya qilgan holda, bitta o'zi uchun kurashadi. O'quvchilardagi barcha o'yin faoliyati shaxsiy tako- millashtirishga, boshqalar ustidan epchillik, aniq nishonga tekkizishda, kuchda, tezkorlikda va boshqa sifatlar bo'yicha shaxsan ustunlikka erishishga yo'naltirilgan. Bu o'yinlarda eng asosiy ahamiyat shaxsiy tashabbuskorlikni va harakat imkoniyatini, o'zining shaxsiy sifatlari- dan foydalanishini bilish maqsadga muvofiqdir.
Ko'proq murakkab, jamoali o'yinlarga o'tishga oid harakatli o'yinlar, bunda o'ynovchilar birinchi navbatda o'zlarining qiziqish- larini himoya qilishga, ayrim paytlarda shaxsiy imkoniyatlarini, o'rtoqlariga yordam berish, ularni qutqarib qolish bo'yicha ularni o'yinda hujumchilardan qutqarib qolishga yordam beradilar («Pet- nachi, qo'lingni ber», «Yugurib o'tish»). Ba'zi vaqtlarda o'yinchilar maqsadlariga erishish uchun boshqa o'yinchilar bilan vaqtincha ham- korlikda ishlashga kirishishlari mumkin. Ayrim o'yinlarda bunday hamkorlik qilish qoida bo'yicha nazarda tutilgan («Oq ayiqlar» va «Tovonbaliq va cho'rtanbaliq»).
D) Jamoali harakatli o'yinlar — bunda o'ynovchilar alohida- alohida jamoada-jamoalarni tashkil etadilar. Ular o'zlarining shaxsiy qiziqishlarining jamoani qiziqishiga bo'ysinish, umumiy maqsadga erishishga yo'naltirganligi, jamoaning birgalikdagi foliyati bilan ta'riflanadi. Har bir o'yinchining harakatidan jamoaning barcha muvaffaqiyati har bir o'yinchining harakatiga bog'liq bo'ladi. Jamoa o'yinlarida tez-tez harakatning o'zaro mosligi va o'yinga umumiy rahbarlik qilish uchun o'ynovchilar orasidan jamoaning sardorlarini ajratishga imkoniyat paydo bo'ladi, barcha o'yinchilarning sardorga bo'ysinishlari majburiy hisoblanadi.
Jamoali o'yinlardan ayrimlari yarim sport xarakteriga ega bo'ladi: ular ko'proq o'yining texnikasi, harakat texnikasi bo'yicha murakkab bo'lib, ma'lum qoida bo'yicha o'tkaziladi. Ba'zi bir o'yinlarda maxsus rollar talab qilinadi. Ayrim to'plamlarda bunday o'yinlar yarim sport o'yinlari, deb ataladi («To'p kapitaniga», «Lapta»).
Pedagog harakatli o'yinlarning keng qo'llanilishini ish sharoitini hisobga olish bilan har xil pedagogik vazifalarni hal etish uchun o'yinni maxsus tanlab olishi talab qilinadi.Buning uchun ma'lum belgilar bo'yicha o'xshash bo'lgan o'yinning ishchi guruhi tashkil etiladi.
O'yinlar quyidagicha taqsimlanadi:
Ularni mazmuniga ko'ra murakkablik darajasi bo'yicha. Oddiy o'yinlardan to murakkab o'yinlargacha (yarim sportga).
Bolalarning yoshi bo'yicha o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olish (7—9, 10—12,13—15 yoshli bolalar uchun o'yinlar). Bu belgilar umumiy ta'lim maktablari uchun jismoniy tarbiya dasturida foydala- nilgan (1—4, 5—9-sinflar uchun).
O'yinlarda ko'proq keladigan harakat turlari bo'yicha (umum- rivojlantiruvchi mashq elementlari bilan o'ynaladigan o'yinlar, yugurish, balandlikka sakrash bilan o'ynash, turgan joyda yugurib o'ynash, harakatlanuvchi va harakatlanmaydigan nishonga uloqtirish bilan o'ynash, koptokni oshirish va ilib olish bilan o'ynash).
O'yinda ko'proq namoyon qilinadigan jismoniy sifatlar (kuch, chidamlilik, epchillik, tezlik, egiluvchanlikni ko'proq tarbiyalashga yordam beradigan o'yinlar). Hammasi bo'lib, bu sifatni tez-tez birga qo'shib bajarilganda namoyon bo'ladi. O'yinni harakat turlari va jismoniy sifatlari bo'yicha taqsimlashni asosan jismoniy tarbiya bo'yicha mashg'ulotlarning barcha shakllarida foydalaniladi.
Alohida sport turlariga tayyorlaydigan o'inlar u yoki bu sport turlariga zarur bo'lgan jismoniy sifatlarni tarbiyalashda, ayrim texnika va taktika elementlarini mustahkamlash va takomillashtirishda foyda- laniladigan harakatli o'yinlar.
O'ynovchilarni o'zaro munosabatiga bog'liq bo'lgan o'yinlar: a) o'yinchilar to'g'ridan-to'g'ri «raqibi» bilan bir-biriga tegmasdan o'ynaladigan o'yinlar; b) «raqibi» bilan bir-biriga tegish chegaralangan o'yinlar; d) «raqib» bilan to'g'ridan-to'g'ri kurashadigan o'yinchilar, ayrim pedagoglar o'ynovchilarni o'zaro munosabati bo'yicha o'yin­larni taqsimlab, uni «oddiy»ga bo'ladilar, bunda har bir maqsad ketidan yurib boshqalarga nisbatan munosabatsiz bo'ladi va «mu­rakkab» o'ynovchilarni guruhlarga, jamoalarga, bo'limlarga bo'linish bilan o'ynaladigan, bunda har bir o'yinchi o'zlarining jamoalariga e'tibor beradi.
Turli-tuman ish holatida uni ko'proq to'g'ri tanlashga yordam beradigan boshqa har xil belgilar vabo'yicha guruhlarga ajratila- digan o'yinlar:
a) mashg'ulotni tashkil qilish shakli bo'yicha (darsda, tanaffusda, yig'ilishlarda, bayramlarda o'tkaziladigan o'yinlar); b) motor zichligi xususiyati bo'yicha (katta, o'rtacha harakatchanlik va kam harakatli o'yinlar); d) ish joylarini va mavsumlarni hisobga olish bilan (yozda, qishda, bino ichida, ochiq havoda) o'ynaladigan o'yinlar.
Har xil ish sharoitida qo'yilgan pedagogik vazifani yechish maqsadida o'yinlar ko'proq batafsil taqsimlash uchun bir vaqtning o'zida to'liq bir qator belgilari hisobga olinadi, uning eng asosiylari: bolalarning tayyorgarligi va yoshi, o'smirlar, o'yinga kiruvchi, harakat turlarini ushbu o'yinlar u yoki boshqa axloqiy-irodaviy va jismoniy sifatlarni ko'proq namoyon qilish, o'yinda o'ynovchilarni o'zaro munosabat prinsiplaridir.
Professor V.G. Yakovlev o'yinlarning alohida guruhlarini bir- lashtirib, o'yin qatnashchilarining o'zaro harakati va o'zaro muno- sabati prinsiplaridan kelib chiqib, jamoa bo'lib o'ynaladigan hara­katli o'yinlarning pedagogik tasnifini taklif qildi.
Ushbu tasnif pedagogni bolalarda jamoaning qiziqishini tarbiya- lashga yo'naltiradi.
Bunday o'yin materiallarini taqsimlanishi metodik ketma-ketlikni yoki izchillik o'rnatishni yengilashtiradi va o'yinni mazmuni va shakli bo'yicha murakkablik darajasini aniqlashga yordam beradi.
Bizning mamlakatimizda o'sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash amaliyoti shunga guvohlik beradiki, bolalarda va o'smirlarda yuqori axloqiy hamda jismoniy sifatlarni shakllantirishning eng muhim vositalardan biri bo'lib hisoblanadi. Ayniqsa, maktabgacha yoshdagi va maktab yoshidagi bolalarning jismoniy tarbiyasida juda katta o'rin egallaydi, chunki ular salomatlikni saqlash va mustahkamlashda, jismoniy rivojlanishni normal bo'lishiga, harakat malakalarini kompleks takomillashtirishga qulaylik tug'diradi.

O‘yin fakat tashki muxitdagi narsa va xodisalarni bilish vositasi bulibgina kolmay balki, kudratli tarbiya vositasi xamdir. Ijodiy va syujetli o‘yinlarda maktabgacha yoshdagi bolalarni barcha psixologik xususiyatlari shakllanadi. Mana shu nuktai nazardan o‘yin bogchadagi ta’lim-tarbiya ishlarini yulga kuyishda markaziy urinda turadi.


O‘yin jarayonida maktabgacha yoshdagi bolaning barcha psixik jarayonlari tarkib topishida imkon buladi. CHunki o‘yin faoliyati bolalarni dikkat va xotirasi, nutki, xayoli, xissiyoti, mexnatga oid malakalari va kobiliyatlarinamoyon buladi.
Rolli o‘yin – maktabgacha yoshdagi bolalarning etakchi faoliyatidir. Rol­li o‘yin mazkur yosh davridagi bolalarning eng muxim faoliyati bulib, ular bunday o‘yinda guyo katta yoshdagi odamlarning barcha vazifalari va ishlarini amalda bevosita bajaradilar. SHu boisdan o‘yin faoliyati uchun maxsus yaratiladigan sharoitlarda ijtimoiy muxit voealari, oi­laviy turmush xodisalari, shaxslar aro munosabatlarini umumlashtir­gan xolda aks ettirishga xarakat kiladilar.
Bolalar kattalarning tur­mush tarzi, xis-tyygusi, uzaro muomala va mulokatlarining xususiyat­larini, uziga va uzgalarga, atrof-muxitga munosabatlarini yakkol voelik tarzida ijro etish uchun turli o‘yinchoklardan, shuningdek, ularning vazifasini utovchi narsalardan ham foydalanadilar. Ammo shuni ham alohida ta’kidlash joizki, ijtimoiy va maishiy voqelikning barcha jabxalarini kamrab oladigan rolli o‘yin ularda birdaniga zmas, balki turmush tajribasining ortishi, tasavvur obraz­larining kengayishi natijasida vujudga keladi, moxiyati va mazmuni jixatidan oddiydan murakkabga karab takomillashib boradi.
Rolli o‘yin faoliyatini vujudga keltiruvchi eng zarur omillardan biri - bolada uz xatti-xarakatlarini kattalar xatti-xarakati bilan solishtirish, undan nusxa olish, aynan unga uxshatish tuygusining mav­judligidir. Xuddi shu sababli kattalar va ularning xatti-xarakatlari bolaning xam tashki, xam ichki ibrat namunasi buladi va kattalarning xulk-atvori, yurish-turishining xam ob’ekti, xam sub’ekti xisoblanadi.
Bolaning ongida uni qurshab turgan voqelik to‘grisidaggi xilma-xil o‘yin faoliyatini takomillashtiradigan sharoitlarni tadqiq qilgan N.M.Aksarinaning ta’kidlashicha, o‘yin o‘z-uzidan vujudga kelmaydi, buning uchun kamida uchta sharoit bo‘lishi lozim:
a) taassurotlar tarkib topishi;
b) har xil ko‘rinishdagi o‘yinchoqlar va tarbiyaviy ta’sir vositalarining muhayyoligi;
v) bolalarning kattalar bilan tez-tez muomala va muloqotga kirshiuvi. Bunda kattalarning bolaga bevosita ta’sir ko‘rsatish uslubi hal kiluvchi rolь o‘ynaydi.
D.B.Elkonin o‘z tadqiqotida rolli o‘yinning syujeti bilan bir qatorda, uning mazmuni ham mavjud ekanini yozadi, Uning fikrichsa, o‘yinda bola kattalar faoliyatining asosiy jixatani aniqroq aks ettirishi o‘yinning mazmunini tashkil qiladi.
Eng sodda psixik jarayondan eng murakkab psixik jarayongacha hammasining eng muhim jihatlarini shakllantirishda o‘yinlar katga rolь o‘ynaydi. Bogcha yosh davrida harakatning usishida o‘yinning ta’siri haqida gap borganda avvalo shuni aytish kerakki, birinchidan, o‘yinni tashkil qilishning o‘zidayoq mazkur yoshdagi bolaning harakatini ustirish va takomillashtirish uchun eng qulay shart-sharoit yaratadi. Ikkinchidan, o‘yinning bola harakatiga ta’sir etishini sababi va xususiyati shuki, harakatning murakkab kunikmalarini sub’ekt aynan o‘yin paytida emas, balki bevosita mashg‘ulot orqali o‘zlashtiradi. Uchinchidan, o‘yinning keyinchalik takomillashuvi barcha jarayonlar uchun eng qulay shart-sharoitlarni vujudga keltiradi. SHu boisdan o‘yin faoliyati xatti-harakatni amalga oshirish vositasidan bolaning faolligani ta’minlovchi mustaqil maqsadga aylanadi.
Bolalar laboratoriya sharoitiga nisbatan o‘yinlarda ko‘proq so‘zlarni eslab qolish va esga tushirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar, bu esa ixtiyoriy xotira xususiyatini chuqurroq, ochishga yordam beradi, Tajribada yigilgan ma’lumotlarni taxlil qilish quyidagicha xulosa chiqarish imkonini beradi
a) o‘yinda bola tomonidan ma’lum rol tanlash va uni ijro etish jarayoni bir talay axborotlarni eslab qolishni talab qiladi;
b)shu boisdan personajning nutq boyligini egallash, xatti-harakatini takrorlashdan iborat ongli maqsad bolada oldinroq paydo bo‘ladi va oson amalga oshadi.
O‘yin faqat bilish jarayonlarini takomillashtirib qolmay, balki bolaning xulq-atvoriga ham ijobiy ta’sir qo‘rsatadi. Bogcha yoshidagi bolalarda uz xulqini boshqarish ko‘nikmalarini tarkib toptirishga bog‘liq psixologik muammoni o‘rgangan Z.V.Manuylekoning fikricha, biror maqsadga yo‘naltirilgan mashg‘ulotga nisbatan o‘yinda xulq ko‘knikmalarini oldinroq va osonroq egallash mumkin, Ayniqsa, bu omil bogcha yoshi davrining xususiyati sifatida o‘zining yorqin ifodasini topadi. Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda o‘z xo‘lqini uzi boshqarish ko‘nikmasi o‘yin faoliyatida ham, boshqa sharoitlarda ham qariyb baravarlashadi. Ba’zida ular ayrim vaziyatlarda, masalan, musobaqa paytida o‘yindagiga qaraganda yuqoriroq ko‘rsatkichga ham erishishlari mumkin. YUqoridagi mulohazalar asosida umuman aytganda, o‘yin va o‘yin faoliyati bolada o‘z xulqini boshqarish ko‘nikmalarini shakllantirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Bolaning aqliy o‘sishi haqida fikr yuritilganda, shuni ham aytib o‘tish kerakki, narsalarni yangi nom bilan atashda yoki yangacha nomlash holatidan kelib chiqib, sub’ekt o‘yin paytida faol harakat qilishga urinadi. CHunki u moddiy narsalarga asoslangan harakat rejasidan tasavvur qilinayotgan, fikr yuritilayotgan jismlar mohiyatini aks ettiruvchi harakat rejasiga o‘tadi. Bola jismlarning moddiy shaklidan birdaniga hayoliy ko‘rinishiga utishida unga tayanch nuqtasi bulinji kerak, vaholanki shunday tayanch nuqtasi vazifasini o‘tovchi narsalarning aksariyatidan o‘yinda bevosita, ob’ekt sifatida foydalaniladi. O‘yin faollyatida mazkur jismlar qandaydir alomatlarni aks ettiruvchi sifatida emas, balki ana shu tayanch narsalar to‘grisida fikrlash uchun xizmat qiladi, shuningdek, tayanch nuqtasi harakatning yaqqol narsa bilan bogliq jihatini aks ettiradi. YUqorida aytilganidek, narsa bilan o‘yin harakatlarining takomiillashuvi harakat shakli xususiyati, bosqichi kabilarni qisqartirmsh va umumlashtirish hisobiga amalga oshiriladi. O‘yin harakatlarining qisqarishi va umumlashuvi ularning aqliy ko‘rinishidagi mantaqan izchil, yig‘iq shaklga o‘tishning asosini tashkil qiladi.
Psixolog J.Piaje o‘yinda jismlarga yangi nom berish omiliga jiddiy e’tibor bilan qarab, bu ish ramziy ma’noli tafakkur shakllanishining tayanchi, degan xo‘losaga keladi. Lekin bu xulosa vaziyatni aks ettirishning birdan-bir to‘gri yo‘li ekanligini bildirmaydi. SHuning uchun narsaning nomini o‘zgartirish bilan bolada tafakkur va aql-zakovat o‘sishini kutish ham mantiqqa mutlaqo ziddir, Aslida narsalarni qayta nomlash emas, balki o‘yin harakatlarining xususiyatini o‘zgartirish bolaning aqliy o‘sishiga sezilarli ta’sir o‘tkaza oladi.
Darhaqiqat, o‘yin faoliyatida bolalarda harakatning yangi kurinishi, ya’ni uning fikriy, aqliy jihati namoyon bo‘ladi va shuning uchun o‘yin harakatlarini shakllantirish jarayonida bolada fikrlash faoliyatining dastlabki ko‘rinishi vujudga keladi. Bolaning aqliy kamol topishida yoki uning umumiy kamolotida o‘yinning muhim ahamiyat kasb etishi xuddi mana shu dalil orqali uz ifodasini topadi.
Bola o‘yin faoliyatida maktab ta’limiga tayyorlanib boradi, shu boisdan, unda aqliy harakatlarning yaqqol shakllari tarkib topa boshlaydi. Rolli o‘yin faqat alohida olingan psixik jarayon uchun ahamiyatli emas, balki bolada shaxs xususiyat va fazilatlarini shakllantirishda ham zarurdir. Binobarin, katta yoshdagi odamlar rolini tanlab, uni bajarish bolaning his-tuygularini qo‘zgatuvchilar bilan uzviy bogliq holda namoyon bo‘ladi.
1.2.O‘yinning bola rivojlanishiga ta’siri.
Tadqiqotchi A.V.YArmolenko yarim yoshlik go‘daklarda jozibali narsalarning o‘zaro qiyosiy tasnifini tadqiq qilgan. Muallif olgan ma’lumotlarga qaraganda go‘dak behisob jismlar orasida insonni (katta yoshli odamlarni) tobora aniqroq, ravshanroq ajrata boshlagan. SHu bilan birga harakatsiz ko‘ruv qo‘zg‘atuvchisiga diqqatni to‘plash 26 sekundddan 37 sekundgacha harakat qilmayotgan odamga bolaning tikilishi, 34 sekunddan 38 sekundgacha, xarakatdagi ko‘ruv qo‘zg‘atuvchisiga qarashi 41 sekunddan 78 sekundgacha, harakatdagi insonga e’tibor berishi 49 sekunddan 88 sekundgacha ortgan.
Tajribada go‘dakning xarakatlanayotgan odamga diqqatini to‘plab turishi 4 marotaba ortgani aniqlangan.
Go‘dak jonsiz narsalarga qaraganda odamga diqqatini barqaror qaratishi uning kattalarga munosabati o‘zgarganidan emas balki ular bilan aloqaga kirishganda sust retseptor o‘rnini faolrog‘i egallaganidandir. Go‘dakda fazoviy tassavvurning boyishida jumlalarning idrok qilishidagi farqlashning takomillashuvi muhim vosita xisoblanadi. Hayot tajribasi ortib borishi mashqlar natijasida jismlarning alomatlari va belgilarni o‘quvi paydo bo‘ladi.
Olimaning fikricha 3- oydan 6 oylikkacha bolada katta yoshdagi odamlar bilan tanlab munosabatda bo‘lishi vujudga keladi. Uch oylik go‘dak begonalar orasidagi tuqqan onasini ajrata olsa, yarim yoshdan boshlab esa begonalar ichidagi qarindoshlarini ham farqlay boshlaydi. M.YU.Kistayakovskaya ma’lumotiga ko‘ra, 5-6 oylikda u muomala qilayotgan notanish shaxsga bir oz tikiladi, keyin yo kulimsiraydi yoki undan yuzini o‘giradi, xatto, qo‘rqib yig‘lab yuboradi. Bolada o‘zini parvarish qilayotgan yaqin kishilariga bog‘lanib qolishi sodir bo‘ladi. Ana shu sababli onasini yoki enagasini ko‘rsa qiyqirib qarshilaydi, unga talpinadi, qo‘l-oyog‘ini ixtiyorsiz tipirchilatadi. U yarim yoshga to‘lganda atrofdagi yaqin kishilari, qarindosh-urug‘lariga, xatto qo‘ni -qo‘shnilarga ham bog‘lanib (o‘rganib) ko‘nikib qoladi. Ta’minan 8-9 oyligidan kattalar bilan dastlabki o‘yin faoliyatini boshlaydi.
O‘yin faoliyatidagi tabassum, jonlanish, shodlik, tuyg‘ulari avval faqat kattalar ishtirokida namayon bo‘ladi, vaqt o‘tishi bilan uyinning o‘zi bolaga quvonch bag‘ishlaydi. Go‘dak bir yoshga yaqinlashgan sari kattalarning xatti-xarakatlarini izchil kuzatishdan tashqari unda asta-sekin ularning ko‘mak berish ishtiyoqi tug‘iladi. Natijada bola individual faoliyat turidan hamkorlikdagi faoliyatga ham o‘ta boshlaydi. Ma’lum, hamkorlikdagi faoliyat muloqot ko‘lamini kengaytirishga yordam beradi.
Maktabgacha tarbiya davri shaxsning xaqiqiy tarkib topishi (voyaga etish) davri bo‘lganligi uchun ham shunday muhim bir davrdir. Hayotning birinchi yili mobaynida bolaning tevarak -atrofdagi muhitga munosabati jiddiy ravishda o‘zgaradi. Bola katalar bilan aloqada bo‘lishi natijasida uning o‘rgatishga qarab o‘z ixtiyorlarini qondiradigan narsa bilan mustaqil xarakat qila boshlaydi. Dastlab u kattalar bilan birgalikda, so‘ngra ularning raxbarligida xarakat qiladi, undan keyin ovqat eyish bilan bog‘liq bo‘lgan xarakatlarni va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatishga oid ishlarni mustaqil bajara oladi. Hayotning 2 yilida kattalar bilan munosabatlarda o‘zgarish ro‘y beradi. Maktabgacha tarbiya yoshida bola katta odamni o‘z xulqi-atvori uchun o‘rnak deb xisoblaydi. Bola 1-yoshdan 3- yoshgacha narsalar, bilan xarakatlar qilishni egallaydi o‘yin bolaning xarakatlarini rivojlantirish va takoimllashtirishga yordam qiladi. Maktabgacha tarbiya yoshida bola faoliyatining xilma-xil turlari o‘yin, mexnat rejimini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat rivojlana boradi. 2 yoshdan boshlab bolalar o‘ynaydigan bo‘lishadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning (4 yoshdan boshlab) etakchi faoliyatlarga bo‘lib o‘ynaladigan, ijodiy o‘yindir. O‘yin jarayonida bola muayyan rolььlarni bajarishni o‘z zimmasiga olishadi hamda o‘yin sharoitida odamlar faoliyati va munosabatini esga keltirishadi. 3-4 yashar bolalarda birgalikda o‘ynaladigan o‘yinlar xali bo‘lmaydi. Dastlab buyum, o‘yinchoq rolььini go‘yo esga solganday bo‘ladi, sungra bola o‘yinda ixtiyoriy suratda o‘z zimmasiga ma’lum rolььni oladi. Maktabgacha tarbiya yoshida bolaning kattalar tomonidan uyushtirilib, muayyan maqsadga qaratilgan ijodiy faoliyati uning taraqqiyotga qancha ta’sir ko‘rsatadi. 2-yoshda bola rasm sola boshlaydi va jon dil bilan rasm soladi. Rasm solish jarayonida uning idrok etishi aniqlashda u buyumning rangi va shaklini yaxshiroq ajrata boshlaydi, kuzatuvchanligi rivojlanadi. Bola tasavvurlayotgan narsani o‘xshatish maqsadida rasmda aks ettirish zarur bo‘lgan narsalarning belgilarini ataylab ajratib ko‘rsatadi.
Bola rasm solar ekan, rasmni so‘zlar bilan to‘ldirib, faollik bilan xarakat qiladi, u o‘z tassavvurlari asosida keyinchalik katta yosh odamlarning so‘ziga binoan rasmlar yaratmog‘i mumkin-unda ayrim narsalarning obrazlari vujudga keladi. Rasm solish bilan loy va plastiklardan shakllar yasaydi, natijada, bola analizatorlarining rivojlantirishda hamda moslashgan va differensiyallashgan xarakatning tarkib topiishidan tashqari uning narsa shaklini, xajmini, bir o‘lchovda bo‘lishi va munosabatligini idrok etish takomillasha boradi. 3-4 yashar bola narsalar o‘rtasidagi bog‘lanishni farqlab oladi va o‘z faoliyatini planlashtiradi, bu faoliyat asta-sekin ijodiy faoliyatga aylanadi
Maktabgacha yoshdagi bolalarning etakchi faoliyati bu o‘yindir. Bog‘cha yoshidagi bolalarning o‘yin faoliyati masalasi asrlar davomida juda ko‘p olimlarning diqqatini o‘ziga jalb qilib kelmokda. Bog‘cha yoshidagi bolalar o‘zlarining o‘yin faoliyatlarida ildam qadamlar bilan olg‘a qarab borayotgan sermazmun hayotimizning hamma tomonlarini aks ettirishga intiladilar.
Bog‘cha yoshidagi bola atrofidagi narsalar dunyosini bilish jarayonida shu narsalar bilan bevosita amaliy munosobatda bo‘lishga intiladi. Bu o‘rinda shu narsa harakterliki bola bilishga tashnaligidan atrofdagi o‘zining haddi sig‘adigan narsalari bilangina emas, balki kattalarga mansub bo‘lgan o‘zining kuchi ham etmaydigan, xaddi sig‘maydigan narsalar bilan ham amaliy munosobatda bo‘lishga intiladi.
SHuni ham aytib o‘tish kerakki, fan-texnika mislsiz rivojlangan bizning xozirgi zamonamizdagi yaratilayotgan, xayratda qoldiradigan narsalar bolalarga go‘yo bir mo‘jizadek ko‘rinadi. Natijada ular ham o‘zlarining turli o‘yinlari jarayonida o‘xshatma qilib (yahni analogik tarzda) har xil hayoliy narsalarni uylab chiqaradilar (uchar ot, mashina odam, gapiradigan daraxt kabi). Bundan tashqari, bolalarning turli hayoliy narsalarni o‘ylab chiqarishlari yana shuni bildiradiki, ular o‘zlarining har turli o‘yin faoliyatlarida faqat atroflaridagi bor narsalarni emas, balki ayni chog‘da ehtiyojlari talab qilayotgan narsalarni ham aks ettiradilar.
Bolalarning o‘yin faoliyatlarida har xil hayoliy va afsonaviy obrazlarni yaratishlaridan shunday xulosa chiqarish mumkin: odamning (shu jumladan bolalarning ham) tashqi muhitdagi narsa va xodisalarni aks ettirish jarayonlari passiv jarayon emas, balki faol hamda ijodiy, yaratuvchan, o‘zgartiruvchan jarayondir.
Bolalar o‘yin faoliyatlarining yana bir ajoyib hususiyati shundan iboratki, o‘yin jarayonida bolaning qiladigan xatti-harakatlari va bajaradigan rollari ko‘pincha umumiylik harakteriga ega bo‘ladi. Bunda bola o‘zining turli-tuman o‘yinlarida faqat o‘ziga tanish bo‘lgan yolgiz bir shofyorning, vrachning, militsionerning, tarbiyachining, uchuvchining xatti-harakatlarigina emas, balki umuman shofyorlarning, vrachlarning, tarbiyachilarning hamda uchuvchilarning xatti-harakatlarini aks ettiradi. Albatta, turmush tajribalari va faoliyatlari doirasi juda cheklangan kichik yoshdagi bolalar (bahzan kichik guruh bolalari ham) o‘zlarining o‘yinlarida konkret odamlarni va ularning harakatlarini aks ettiradilar. (Masalan, oyisini, adasini, akasini, tarbiyachisini va shu kabi). O‘rta, katta bog‘cha yoshidagi bolalarning o‘yinlarida esa bunday obrazlar umumiylik harakteriga ega bo‘la boshlaydi.
Bog‘cha yoshidagi bolalarning o‘yinlari atrofdagi narsa va xodisalarni bilish quroli bo‘lishi bilan birga yuksak ijtimoiy ahamiyatga ham ega. Boshqacharok qilib aytganda, o‘yin qudratli tarbiya qurolidir. Bolalarning o‘yinlari orqali ularda ijtimoiy foydali, yahni yuksak insoniy hislatlarni tarbiyalash mumkin. Kichik maktabgacha yoshdagi bolalar odatda o‘zlari yolgiz o‘ynaydilar. Predmetli va konstruktorlik o‘yinlar orqali bu yoshdagi bolalar o‘zlarining idrok, xotira, tasavvur, tafakkur hamda harakat layoqatlarini rivojlantiradilar. Syujetli, rolli o‘yinlarda bolalar asosan o‘zlari har kuni ko‘rayotgan va kuzatayotgan kattalarning xatti –harakatlarini aks ettiradilar. 4-5 yoshli bolalarning o‘yini asta–sekinlik bilan jamoaviy harakterni ola boshlaydi.
Bolalarning individual hususiyatlarini, xususan ularning jamoaviy o‘yinlari orqali kuzatish qulaydir. Bu o‘yinlarda bolalar kattalarning faqat predmetlarga munosabatini emas, balki ko‘proq o‘zaro munosabatlarini aks ettiradilar. SHuningdek, jamoaviy o‘yinda bolalar bir guruh odamlarning murakkab hayotiy faoliyatlarini aks ettiradilar.
Katta bog‘cha yoshida syujetli-rolli o‘yinlar rivojlanadi, lekin endi bu o‘yinlar o‘z mazusining boyligi va xilma-xilligi bilan farqlanadi. Bu o‘yinlar jarayonida bolalarda liderlik yuzaga kela boshlaydi, shuningdek tashqilotchilik ko‘nikma va malakalari rivojlanadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar shug‘ullanadigan ijodiy faoliyatlar orasida tasviriy san`atning ham ahamiyati juda katta. Bolaning tasavvur etish xarakteriga qarab uning atrof hayotni qanday idrok etishi, xotira, tasavvur va tafakkur hususiyatlariga baho berish mumkin. Katta bog‘cha yoshidagi bolalar chizgan rasmlar ularning ichki kechinmalari, ruhiy xolatlari, orzu, umid va ehtiyojlarini ham aks ettiradi. Bog‘cha yoshdagi bolalar rasm chizishga ham nihoyatda qiziqadilar. Rasm chizish bolalar uchun o‘yin faoliyatining o‘ziga xos bir shakli bo‘lib hisoblanadi. Bola avvalo ko‘rayotgan narsalarini, keyinchalik esa o‘zi biladigan, xotirasidagi va o‘zi o‘ylab topgan narsalarni chizadi.
Katta maktabgacha yoshdagi bolalar uchun musobaqa juda katta ahamiyatga ega bo‘lib, aynan shunday o‘yinlarda muvafaqqiyatga erishish shakllanadi va mustaxkamlanadi.
Katta Bog‘cha yoshida konstruktorlik o‘yinlari asta-sekinlik bilan mehnat faoliyatiga aylanib boradi. O‘yinda bola elementar mehnat ko‘nikma va malakalarini egallay boshlaydi, predmetlarning xossalarini anglay boshlaydi, amaliy tafakkur rivojlana boradi.
Bog‘cha yoshidagi bolalarning o‘yin faoliyatlari xaqida gapirar ekanmiz, albatta ularning o‘yinchoqlari masalasiga ham to‘xtab o‘tish kerak. Bolalarga o‘yinchoqlarni berishda ularning yosh hususiyatlarini, taraqqiyot darajalarini va ayni paytda ularni ko‘prok nimalar qiziqtirishini hisobga olish kerak.
Ma’lumki, 1-3 yosh bolalar hali tashqi muhitni juda oz o‘zlashtirganlar. Ular hali hattoki narsalarning rangini, hajmini va boshqa jihatlarini yaxshi ajrata olmaydilar. SHuning uchun ularga ko‘g‘irchok bilan birga har xil rangli qiyqim, laxtak matolar ham berish kerak. Ayniksa, qiz bolalar o‘z kug‘irchoqlarini har xil rangli matolarga o‘rab, ro‘mol qilib o‘ratib mashq qiladilar. O‘g‘il bolalarga esa, har xil rangli, bir-birining ichiga sig‘adigan quticha o‘yinchoklarni berish foydalidir.
O‘yin faoliyati bolalarni insoniyatning ijtimoiy tajribasini egallashning faol shakli bo‘lgan tahlim faoliyatiga tayyorlaydi. Odam birdaniga ijtimoiy tajribani o‘zlashtirishga kirisha olmaydi. Ijtimoiy tajribalarni faol egallash uchun odam avvalo etarli darajada nutqni egallagan bo‘lishi, ma’lum malakalar, uquvlar va elementar tushunchalarga ega bo‘lishi kerak bo‘ladi. Bularga bola o‘yin faoliyati orqali erishadi.
Bog‘cha yoshidagi bolalarda sezgi, idrok, diqqat, xotira, tasavvur, tafakkur, nutq, hayol, hissiyot va irodaning rivojlanishi jadal kechadi. Bola ranglarni xali bir-biridan yaxshi farq qila olmaydi. Unga ranglarning farqini bilishga yordam qiladigan o‘yinchoqlar berish lozim. Bu yoshdagi bolalar turli narsalarni idrok qilishda ko‘zga yaxshi tashlanib turuvchi belgilariga (rangi va shakliga) asoslansalar ham, lekin chuqur tahlil qilmaydilar.
Diqqat har kanday faoliyatimizning doimiy yo‘ldoshidir. SHuning uchun diqqatning inson hayotidagi ahamiyati ham benihoya kattadir. Bog‘cha yoshidagi bolalar diqqati asosan ixtiyorsiz bo‘ladi. Bog‘cha yoshidagi bolalarda ixtiyoriy diqqatning o‘sib borishi uchun o‘yin juda katta ahamiyatga ega. O‘yin paytida bolalar diqqatlarini bir joyda to‘plab, o‘z tashabbuslari bilan ma’lum maqsadlarini ilgari suradilar.
Bu yoshdagi bolaning xotirasi yangi faoliyatlar va bolaning oldiga qo‘yilgan yangi talablar asosida takomillasha boradi. Bog‘cha yoshidagi bolalar o‘zlarining faoliyatlari uchun kandaydir ahamiyatga ega bo‘lgan, ularda kuchli taassurotlar koldirgan va ularni qiziqtirgan narsalarni beixtiyor eslarida olib koladilar. Bog‘cha yoshidagi bolalar tafakkuri va uning o‘sishi o‘ziga xos hususiyatga ega. Tafakkur bolaning Bog‘cha yoshidagi davrida juda tez rivojlana boshlaydi. Buning sababi, birinchidan, bog‘cha yoshidagi bolalarda turmush tajribasining nisbatan ko‘payishi, ikkinchidan, bu davrda bolalar nutqining yaxshi o‘sgan bo‘lishi, uchinchidan esa, bog‘cha yoshidagi bolalarning juda ko‘p erkin mustaqil harakatlar qilish imkoniyatiga ega bo‘lishlaridir. Bog‘cha yoshidagi bolalarda har sohaga doir savollarning tug‘ilishi ular tafakkurining faollashayotganligidan darak beradi. Bola o‘z savoliga javob topa olmasa yoki kattalar uning savoliga ahamiyat bermasalar, undagi qiziquvchanlik susaya boshlaydi.
,nima yomonligini.qanday harakat to‘g‘ri-yu, kanday harakat noto‘g‘riligini aniqlashga intiladilar. Bu ishdd bolalarga hamisha yordam berish kerak, ularning bunday Harakatlarini qo‘llab - quvvatlash lozim.
Bolalar bog‘chada asosan syujetli va rollarga bo‘linib o‘ynaladigan o‘yinlarni o‘ynaydilar. Rollarga bo‘linib O‘ynaladigan o‘yinlarda bolalar tevarak atrof-muhitdagi narsalarni aks ettiradilar. Ular o‘zlarining turli o‘yinlarida kattalarning oilaviy hayot sharoitlariga doir Hodisalarni, mehnat faoliyatlarini, yirik tarixiy Hodisalarini, kishilar orasidagi muloqot munosabatlari, URf - odatlar, bayramlarni aks ettiradi.
Ko‘pincha bolalar aks ettirayotgan tashqi muhit hodisalari ular o‘yin faoliyatining syujetini tashkil etadi. Bolalar aks ettirayotgan muhit qanchalik keng va xilma -xil bo‘lsa, bolalar o‘yinining syujeti ham shunchalik keng va xilma - xil bo‘ladi. Ana shuning uchun o‘z - o‘zidan ma’lumki, kichik bog‘cha yoshdagi bolalar o‘yinlarining syujeti nihoyatda tor bo‘ladi. Bolalar o‘sib ulg‘aygan sari ular o‘yinining syujeti tobora boyib, xilma - xillashib boradi.
O‘yin mazmuni sifati syujetlar xilma - xilligi bolalarning umumiy psixik taraqqiyot darajasiga bog‘likdir.
Bolaningumumpsixolog taraqqiyoti faqato‘yin jarayo-nidagi (A.Leontev) amalga oshishini inobatga olib ularning o‘yinlarining mazmunan boyitishiga katta e’tibor qaratishi-miz lozim.
Bog‘cha yoshidagi bolalarning syujetli va rollarga bo‘linib, o‘ynaladigan o‘yinlari deyarli hamma vaqt jamoa holda amalga oshiriladi. Syujetli va rollarga bo‘linib o‘ynaladigan o‘yinlar bolalarning ko‘pgina psixik jarayonlari va shaxsiy psixologik sifatlarini rivojlan-tirishga yordam beradi. O‘yin sharoitining o‘ziyoq bolalar diqqatini atrofdagi narsa va hodisalarga faol yunaltiri­ shini talab qiladi. Bu esa, o‘yin faoliyati davomida bola-larni nihoyatda faollashtiradi, ya’ni ular kuzatuvchan, tez esda olib qoladigan, har bir narsani atroflicha va chuqur tahlil qiladigan bo‘ladilar.
Syujetli va rollarga bo‘linib, o‘ynaladigan o‘yinlar o‘yin jarayonida bolalarning bir birlari bilan faol munosabatda bo‘lishlariga imkon yaratadi. Bu bolalar nutqining tez rivojlanishiga olib keladi. Ma’lumki, syujetli va rollarga bo‘linib o‘ynaladigan o‘yinlarning o‘z qonun - qoidalari mavjud. Bu qonun - qoidalarga rioya qilishda bolalar o‘z iroda kuchlarini ishga soladilar. Binobarin, o‘yin faoliyati davomida bolalarning irodaviy sifatlari ham rivojlanadi. Turli yoshdagi bog‘cha bolalarining o‘yin faoliyatlari ularning barcha aks ettirish, ya’ni psixik jarayonlarini, aqliy imkoniyatlarini, shaxsiy psixologik sifatlarini, xarakter xislatlarini tarkib toptirib, rivojlantiradi. SHu narsa harakterliki, bog‘cha yoshidagi bolalarning turli - tuman o‘yin faoliyatlari sekin - astalik bilan ularni o‘qish faoliyatiga tayyorlaydi.





XULOSA
Xulosa qilib aytganda, O‘yin faqat bilish jarayonlarini takomillashtirib qolmay, balki bolaning bolaning xulq — atvoriga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘yin faoliyati tufayli bola nafaqat jismoniy balki ruhiy tomondan ham rivojlanadi. O‘yin tufayli bola baquvvat, sog‘lom, bo‘lib rivojlansa, o‘yin faoliyatini tabiat qo‘ynida tashkil etish esa bolaning estetik rivojlanishi, dunyoqarashini kengayishi, tabiatni his qilish, sezish kabilarni rivojlantiradi.

Bolalar kattalarning turmush tarzi, his — tuyg‘u, o‘zaro muomala va muloqotlarning xususiyatlarini, o‘ziga va o‘zgalarga, atrof — muhitga munosabatlarini yaqqol voqelik tarzida ijro etishi uchun turli o‘yinchoqlardan shuningdek, ularning vazifasini o‘tovchi narsalardan ham foydalaniladi. Shu tarzda rolli o‘yinlar o‘yinlar paydo bo‘ladi. Bu o‘yinlar orqali bola obrazlarni sezishi, o‘yin mazmunini tushunishga harakat qilishi talab etiladi.

Shunday qilib, bolalarning ijodiy faolligini oshirishda tarbiyachining emotsional- obrazli metodikasi asosida rahbarlik qilishi muhim rol o‘ynaydi. Tarbiyachi bolalarning harakat qilish tajribasini o‘zining obrazli so‘zlari bilan bolalar tasavvuriga ta’sir ko‘rsatish orqali amalga oshiradi, har bir bolaning ijodiy ijrochilikdan iborat o‘yin faoliyatini rag‘batlantirib, to‘g‘ri yo‘lga solib turadi.

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə