Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali



Yüklə 34,13 Kb.
səhifə1/10
tarix23.01.2023
ölçüsü34,13 Kb.
#99082
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
geologiya 2 (15)



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA'LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
OLMALIQ FILIALI
Konchilik ishi” kafedrasi
Umumiy geologiya va tog` jinslari fizikasi fanidan

MUSTAQIL ISH

Bajardi: 5FS-22 guruh talabasi Sulaymonov Sanjar
Qabul qildi: Axmedov Muhammadjahongir
OLMALIQ 2023

Mavzu:Magmatizm va magmatik tog’ jinslari
Reja:
1.Kirish
2.Asosiy qism
2.1 Nomos intruzivlar
2.2 Effuziv magmatizm – vulkanizm
2.3 Gavayi guruhidagi vulkanlar
2.4 Mon - Pele guruhidagi vulkanlar
2.5 Bandaysan - (Yaponiyadagi eng yirik vulkan) guruhidagi vulkanlar
2.6 Balchiq vulkanlar
2.7 CHO'KINDI TOG’ JINSLARI
2.8 Cho'kindi jinslarning foydali qazilmalari
2.9 Termal metamorfizm
2.10 Regional (dinamotermal) metamorfizm
3. Xulosa
4. Foydalanilgan adabiyotlar va saytlar
Kirish. Magma va uning hosilalarini harakatga keltiruvchi jarayon yig’indisiga magmatizm deb ataladi. Magma murakkab tarkibli asosan silikatli, suyuqlik, uning tarkibida erigan uchuvchan komponentlar ko'p bo'lib, ular magmani aktiv qilib yuboradi. U yer po'stini harakatlanuvchi qismlarida va yuqori mantiyada hosil bo'ladi. Magmadagi uchuvchan komponentlar kataliz izotoplar deb ataladi. Ularning miqdori magmada ko'p bo'ladi. K.Goransonning tajribalariga ko'ra katolizatorlar 12 % gacha bo'ladi. Uchuvchan komponentlar yuqori bosim ostida magma tarkibida saqlanib turadi. Bosim pasayishi bilan bu komponentlar magmadan portlash hosil qilib ajralib chiqadi. Bunday voqeani magmani yer yuzasiga otilib chiqib vulkanlar hosil qilganida kuzatish mumkin.
Mineralizatorlar tarkibida suv bug’lari asosiy rol' o'ynaydi. Bundan tashqari, magmada mineralizatorlardan SO2, NS, HF, SO2, H2BO3 va boshqalar bo'ladi. Magmaning umumiy tarkibini 96,88% SiO2, TiO2, Al2O3, Fe2O3, FeO, MgO, CaO, Na2O, K2O tashkil qiladi. Bulardan tashqari, magmada kam miqdorda Ti, P, C, CL, S, Ba, Sr, Mr, Zr, Ni, CO,V kabi elementlar bor. Qolgan barcha elementlar magmaning tarkibiy qismini 0,5% ini tashkil etadi. (G.M.Zaridze, 1980). Magmaning bir qismi yer yuzasiga chiqib quyilsa, ikkinchi qismi qatlamlar orasida qotib qoladi. Yer qatlamlari orasida qolgan magma asta-sekin soviydi va har xil shaklni egallaydi. Qatlamlar orasida magmadan kristallanib qotgan jinslarni intruziv jinslar deb atashadi, ular anchagina chuqurlikda joylashadi. Intruziv tog’ jinslari 3 km dan chuqurda hosil bo'lsa abissal, undan ham yuqorida hosil bo'lsa gipabissal deb ataladi. Vaqt o'tishi bilan yer po'sti ko'tariladi, cho'kadi, yana ko'tariladi va kuchli eroziya jarayoni ta’siri natijasida intruziv jinslar yer yuzasiga chiqib qoladi hamda ularni tekshirish osonlashadi. Yerning chuqur qatlamlari orasida hosil bo'lgan magma bir necha xil ximiyaviy (G.Vashington fikricha, petrogen) elementlardan tashkil topib mineralizatorlarga to'yingan bo'ladi. Shuning uchun magmatik jinslarni o'rganishda yuqorida nomlari ko'rsatib o'tilgan elementlar oksidlariga ko'proq ahamiyat beriladi. Bu oksidlar ichida kremniy oksidi ko'p va o’ziga hos hususiyatga ega. Shu sababli unga alohida e’tibor beriladi. Magmadan hosil bo'lgan tog’ jinslari tarkibidagi kremniy oksidining miqdoriga qarab 4 xilga bo'linadi:
1. Nordon jinslar SiO2 - 75 - 65 % gacha;
2. O'rta jinslar SiO2 - 52-65% gacha;
3. Asosli jinslar SiO2 - 52 - 45% gacha;

Bulardan tashqari ishqoriy jinslar guruhi bo'lib, ular elementlarning ko’p bo'lishiga qarab ajratiladi. Bunda ishqoriy minerallar nefilin , leytsit va boshqalarning mavjudligi bilan ajralib turadi.


Magma yer po'stidan yer yuzasiga chiqquncha uning tarkibidagi kremniy miqdori o'zgarib boradi. Magma jinslari yer qatlamlari orasida bo'lgan vaqtida uning tarkibidagi turli moddalar gaz, bug’ va boshqalar bilan birga erigan holda aralashib yotadi. Magma harakatga kelib yer qatlamlari orasidan ko'tarilayotganda, uning tarkibidagi gaz va boshqa moddalar miqdori ustki jinslar orasida singib kamaya yoki o'zgara boradi. Bunga sabab, birinchidan, bosim va temperaturaning pasayishi, ikkinchidan, ustki va yon jinslarning ta’sir etishidir. Shuning uchun magma yer ostidayoq saralana boshlaydi. Magmadan turli xil mineral tarkibli tog’ jinslarini bosqichma -bosqich hosil bo'lish jarayonlari magmaning differensiatsiyasi deyiladi. Magma kristallanishi, magmatik yoki likvatsiya differensiatsiyalariga ajraladi. Magmaning differensiatsiyasi uning kristallanish jarayonida fizik, ximiyaviy sharoitning o'zgarishi natijasida ro'y beradi.
Magma differensiatsiyasi chuqurda (magma o’chog’ida) uning yer po'sti yuqori qatlamlariga ko'tarilishigacha bo'lgan davrda va magma kamerasida (magma sovib intruziv jinslarga aylanadigan joy) sodir bo'ladi. Odatda, tektonik va magmatizm aktiv davom etayotgan rayonlar tog’likarni tashkil qiladi. Masalan, Hisor batoliti joylashgan Hisor tog’lari. Intruziv magmatik tog’ jinslari hosil qilgan balandliklarda o'tkir uchli, cho'qqilar kam uchraydi, chunki polimineral yaxshi kristallangan tog’ jinslari yaxshi yemiriladi. Har xil tarkibli intruziv tog’ jinslari tez yemiraladi. Shunday tarkibli intruziv tog' jinslarida ham notekis rel'yef vujudga kelishi mumkin. Kristallanish differensiatsiyasi (saralanish jarayoni) da magma o'ziga xos termodinamik sharoitda kristallana boshlaydi. Bu jarayonda magma massasi ayrim qismlarga oson bo'linib ketadi. Magma tarkibidagi moddalar chetlaridan asta-sekin markazga tomon sovib boradi. Bu paytda og’ir minerallar tez cho'ka boshlaydi, yengillari esa juda sust cho'kadi. Yuzasida kremniy va alyuminiyga boy magma qoladi, xolos. Bu jarayon hamma vaqt bir tekis bo'lavermaydi, chunki tabiiy sharoit mavjud bo'lganda va uchuvchan komponentlar bor bo'lganda normal o'tadi. Shu narsani e’tiborga olganda, nordon jinslar yer po'stining yuza qismida joylashishi kerak. Aslida esa magmaning kristallanib saralanish jarayoni yetarli darajada o'rganilgan emas. Magma tarkibidagi elementlar qulay sharoitda birin-ketin birikib ma’lum tartibda oldinma - keyin kristallanadi, hosil bo'ladi. Magmadagi uchuvchan komponentlar yer qatlamlari orasida elementlarning harakatini va magmani kristallanishini tezlashtiradi. Magma yuqoriga ko'tarilganda cho'kindi va metamorfik jinslar orasidagi bo'shliqlarga singib har xil minerallarni hosil qiladi. Natijada yer qatlamlari orasida magma asta-sekin vaqt davomida soviydi va nihoyatda murakkab fizik, ximik jarayonlar ta’sirida birin - ketin kristallanib, kristalli jinslarni hosil qiladi.
Intruziv jinslarning yer po'stida yotish shakllari. Magmatik jinslarni yer po'stida hosil qilgan yotish shakllarini o'rganish murakkab ishdir. Bularning yotish shakllari ikki xil sharoitga bog’liq. Bosim kam bo'lgan joylarda magma qatlamlari ikki qatlamlar orasiga joylashib, moslashib yotishi mumkin. Bunday vaqtlarda magma qatlamlararo bo'shliqlarni passiv (ta’sirsiz) holatda egallaydi. Boshqa hollarda magma o'zicha zo'rlik bilan qatlamlarni ko'tarib, surib yoki eritib bo'shliqni egallab oladi.
Tektonik aktiv oblastlarda magmaning yer yuzasiga yorib chiqishi yoki uning orasida qolib qotishi tektonik va magmatik harakatga bog’liq bo'ladi. Bu harakat natijasida paydo bo'lgan burmalar xilma -xil shaklga ega bo'ladi. Ba’zan intruzivlar burmaning umumiy tuzilishiga, hatto uning ba’zi detallariga moslashadi. Bular moslashgan intruzivlar deb ataladi. Bunday intruzivlar joylashgan joylarda ham rel'yefning tuzilishi intruzivsiz joylardan farq qiladi. Agar mos intruzivni o'z ichiga joylashtirgan tog’ jinslari qattiq yoki monomineral bo'lsa, u holda kam yemirilishi natijasida baland qoyali landshaftni vujudga keltiradi. Aksincha magmatik jinslar qattiqroq bo'lsa, ular tez yemirilib qolib balandliklarni, suvayirg’ichlarni vujudga keltiradi. Lekin ko'pincha yorib chiquvchi magma burma shaklini juda buzib yuboradi, burmalangan jinslarning katta-katta bo'lagini eritib yuboradi. Bular nomos intruziv deyiladi. Moslashgan intruzivlar. Ikki qatlam orasidagi intruzivga sill deyiladi. Unday qavatlarning qalinligi bir necha santimetrdan bir necha yuz m gacha boradi. Intruziv sillning egallagan maydoni bir necha ming km2 ga yetishi mumkin. Masalan, Sibir' platformasida (Sibir' trappasi) sill egallagan maydoni bir necha o'n ming km2 ga boradi. Janubiy Afrikadagi Karru provinsiyasidagi sillning maydoni 570 000 km2. Sillar odatda gruppa - gruppa bo'lib uchraydilar. Ba’zi bir sillar, masalan: Tunguska daryosi vodiysida 1,5 mln.km2, Hindistonda 300 000 km2 dan ko'proq maydonni qoplab olgan. Sill asosli magma jinslaridan tashkil topadi. Lakkolitlar odatda nordon jinslardan tashkil topadi. Uni diametri bir necha 100 m dan bir qancha km ga yetadi, gruppa - gruppa bo'lib uchraydi. Lopolitlar Usti botiq yostiqqa o'xshash intruziv shaklli bo'lib, avval ko'tarilib, so’ngra so'nib, tog' ustki qismining cho'kishidan hosil bo’ladi. Shimoliy Amerikadagi Do'olus gabbro lopolitining umumiy maydoni 38000 km2 ga teng, hajmi esa 200 000 km3 ga teng. Fakkolit. Linzasimon intruziv shaklida antiklinal va sinklinallar yadrosida joylashadi. Asosan burmalangan oblastlarda burmalanish bilan bir vaqtda yoki undan keyinroq hosil bo’ladi.

Yüklə 34,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə