Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali



Yüklə 34,13 Kb.
səhifə2/10
tarix23.01.2023
ölçüsü34,13 Kb.
#99082
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
geologiya 2 (15)

Nomos intruzivlar. Bular dayka, batolit va shtoklarga bo'linadi. Qatlamli yoki qatlamsiz jinslarni ko'ndalangiga kesib o’tgan tomirlarda joylashgan magma mahsuli dayka deyiladi. Daykaning qalinligi (eni) 1 sm dan bir necha km gacha, - uzunligi bir necha m dan 100 km gacha boradi. Rodeziyadagi (Afrika) katta dayka 500 km ga cho'zilgan, eni 5 km dan 10 km gacha yetadi. Asosli va ul'tra asosli jinslardan tashkil topgan. Yoysimon yoki xalqasimon shakldagi daykalar ham bor. Batolit. Magmatik jinslarning eng katta shakli, u tog’ sistemalari yadrosini tashkil etadi. Chotqol, Hisor, Zarafshon, Nurota, Qoratepa tog’larida yirik (bir qancha 200 km dan 1000 km gacha) batolitlar bor. Hozirgi paytda batolitlarga maydoni 200 km2 dan ortiq intruzivlar kiradi. Eng yirik batolit Shimoliy Amerika Kordil'yerasida, uning uzunligi 2000 km, eni 200 km ga teng. Shunday hususiyatga ega bo'lgan, lekin maydoni 200 km2 dan kam bo'lgan intruziv shtok deb ataladi. Nomos intruzivlarning dayka, shtok kabi formalari rel'yef tuzilishiga katta o'zgarishlar kiritadi. Daykalar devorga o'xshash bo’lib, rel'yefda aniq ajralib turadi, shtoklar to'nkasimon hamma tomoni barobar tekislangan balandlikni vujudga keltirishi mumkin; Aerokosmik rasmlarda ular juda yaqqol ko'rinib turadi. Yoysimon daykalar, portlash trubkalarida aylana shakldagi rel’yefni vujudga keltiradi. Magmatizm sabasilaridan asosiysi tektonik harakatlar hisoblanadi. Bu harakatlar natijasida magmaga yuqoridan ta’sir qiluvchi bosim kamayadi va endogen kuchga ega bo'lgan aktiv magma yer po'sti yuqori qatlamlari tomon siljiydi hamda turli xil shakllarni egallaydi. Magmaning hosil bo'lishi uchun yer qatlamlarida harakatchan zona radioaktiv elementlar to'planadigan joylarning bo'lishi katta ahamiyatga egadir. Bundan tashqari, radioaktiv elementlar yosh tog'larda, orol va yarim orollardagi vulkan jinslarda, ayniqsa granitlarda ko'p uchraydi. Magmatizm jarayoni geosinklinal' oblastlarda yuz beradi. Geofizik tekshirishlar natijasida materiklar va ularning okeanlar bilan bo'lgan chegaralarida chuqur (300 — 400 km) yer yoriqlari borligi aniqlandi. Yer yoriqlari yuqori mantiyagacha borib yetgan bo'lib, mantiyada astenolit jinsini va undan birlamchi bazal't hosil bo'lishini ko'pchilik olimlar (V.Ye.Xain, V.V. Belousov) ko'rsatib o'tdilar. Magmatizm jarayonini o'rganish yer po'sti taraqqiyotini va materiklarning vujudga kelishini o'rganishda katta ilmiy va amaliy ahamiyatga egadir.

Yüklə 34,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə