Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali



Yüklə 34,13 Kb.
səhifə3/10
tarix23.01.2023
ölçüsü34,13 Kb.
#99082
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
geologiya 2 (15)

Effuziv magmatizm - vulkanizm
Endodinamik jarayonlar ichida tekshirish mumkin bo'lgan geologik harakatlardan biri vulkanizmdir. Yer po'sti va yuzasida magma harakati bilan bog’liq bo'lgan jarayon yig’indisiga vulkanizm deyiladi. Vulkanizmni yer yuzasidagi ko'rinishi vulkanlardir. Vulkanizm jarayonini odamlar ibtidoiy tuzumdan boshlab kuzatib keladilar. O'tmishda vulkan otilib turadigan o'lkalarda yashovchi kishilar bu tabiiy harakatni ilohiy kuchga bo'g’lab kelganlar. Masalan, qadimgi Rimliklar otilib chiqayotgan vulkanni ko'rib, uni olov xudosi Vulkano (O'rta dengizdagi orolning nomi) yoki Gefestin deb ataganlar va kishilarni ekspluatatsiya qilishda undan keng foydalanganlar. Darhaqiqat, tabiatda bo'ladigan dahshatli harakatlar ichida eng qo'rqinchlisi vulkan otilishidir. Vulkan harakatidan yer po'stida kuchli o'zgarishlar ro'y beradi.
Demak, vulkanizm magmatizm jarayoning bir qismi bo'lib, bunda yer yuzasiga magma mahsulotlari otilib chiqadi. Vulkandan otilib yoki quyilib chiquvchi mahsulotlar fizik va ximiyaviy xossalariga qarab, gazsimon, qattiq va suyuq bo'ladi. Vulkan harakati boshlanishidan to so'nguncha vulkan va uning atrofidagi teshik yoriqlardan, lava qoplamalaridan va piroklastik jinslardan turli xil gaz va suv bug'i chiqib turadi. Vulkan otilayotgan paytda krateridan ajralib chiqadigan gazlar eruptiv, lavaning sekin harakati davrida ayrim joylardan buruqsib chiquvchi yoki lava qoplamalari yuzasidan ajraluvchi gazlar fumarol gazlar deb ataladi. Ko’pincha nordon fumarol tarkibida suv bug’lari bilan aralash xlorit va sul'fat kislotasi uchraydi. Ularning issiqligi 200-400°S bo'ladi. Nordon fumaroldan sof oltingugurt va qizil temir oksidi (gematit) kristallari hosil bo'ladi. Bunga Chotqol tog’laridagi gematitli konlar xarakterlidir. Sulfatorlardagi (Italiyadagi Sulfator vulqonidan olingan) suv bug’i va karbonat angidridi hamda H2S gazidan oltingugurt birikmasi va tuzlar hosil bo'ladi. Moffetlardan suv va suv bug’i bilan birga karbonat angidrid gazi chiqadi. Moffetlarning paydo bo'lish vaqti ko'pincha vulkanning so'nishi yaqinlashayotganidan darak beradi. Suv bug'lari va gazlarning xalq xo’jaligidagi o’rni katta ahamiyatga ega. Vulqonning qattiq mahsulotlari. Vulqon jinslari va vulqon chaqiq jinslari qattiq mahsulotlarni tashkil etadi. Chaqiq jinslarga:
Vulqondan chiqqan shisha zarrachalari — tuffitlar:
Mayda qumlar (tuf - qumtosh);
Yong'oqdek keladigan shag'al va lapillalar - vulqon brekchiyasi;
Vulqon shag'allari - vulqon konglomerati;
Vulqon bombalari kabi jinslar kiradi.
Lava chiquvchi kanallariga ko’ra vulkanlar ikki xil, markaziy va yoriqdan chiquvchi vulkanlarga bo'linadi. Markaziy vulkanlar doimo bir kanaldan otilib turadi. Ular konus shaklida bo'lib, atrofi 30-40°li qiyalik bo'ladi. Vulkan mahsulotlari chiqadigan kanal jerlo, uning og'zi krater deb ataladi. Ikkinchi xil vulkanlar asosan tektonik yoriqlarga joylashgan bo'lib, ko'pincha lava yoriqlarning hamma yeridan oqib chiqib turadi. Vulkan apparatga yechilib qolgan yoriq shaklida bo'ladi. Masalan; Islandiyadagi Laki yorig’ining uzunligi 30 km bo'lib, undan 1783 yilda 12,5 km3 lava oqib chiqqan. Yoriqlardan chiqadigan asosli magma, bazalt mahsulotlari suyuq bo'lib yer betiga bir tekisda quyulib, bora-bora - qalqonsimon shaklni oladi. Ba’zan vulkan apparatlarining yon tomonlarida yoriqlar paydo bo'ladi, u yerdan ham vulkan mahsulotlari chiqa boshlaydi. Bu xildagi vulkan parazit vulkan deb ataladi. Markaziy vulkan kraterlarining diametri ko'pincha 500-2000m bo'lib, ba’zan 25-75 km gacha (Afrikada), chuqurligi esa bir necha 100 m ga boradi. Vulkan jarayoni Yer sharining ko'p joylarida, okean va dengizlarda uchraydi. Uning mahsulotlari yerning tarixiy rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Vulkan otilishdan hosil bo'lgan shakllar xilma-xildir. Masalan; Maar tipidagi vulkan kraterining atrofi tuf yoki vulkan ko'lidan iborat bo'ladi. Vulkan kraterining diametri 250 m dan 1 km gacha bo'lib, uning shakli voronkaga o'xshash, krateri ko'pincha suv bilan to'lib ko'l hosil bo'ladi. Gaz va bug'ning juda ko'p to'planib qolishi natijasida ba’zan juda kuchli portlash yuz berib, vulkan tepasida katta botiqlik - kalderalar vujudga kelishi mumkin. Ular aylana shaklda bo’lib, chetlari tik, ichki devorlari vertikal bo'lishi mumkin. Ularning o'rtasida keyin paydo bo'lgan yosh konuslar bo'lishi mumkin.
Kalderalarning diametri 10 -15 km gacha va undan ham ko'proq bo'lishi mumkin. Keyinchalik kalderalar katta ko'lga aylanadi. Yer yoriqlaridan chiquvchi asosli bazal’t lava hozirgi vaqtda orollarda, yarim orollarda va okean tagida ko'p uchraydi. Masalan, Grenlandiya, Islandiya orollarida hozir ham yer yoriqlaridan lava quyilib turadi. Bazal't lavasi Atlantika, Hind va Tinch okeanlar tagida ham otilib turadi. Ba’zan vulkanlarning tuzilishi maar tipidagi vulknalarga o'xshasa ham, ularning krateri quruq bo'ladi, bunday vulkanlar diaterm deb ataladi. Janubiy Afrikadagi dunyoga mashhur diatermlar buning misolidir.m Ma’lum bo'lishicha, diaterm vulkanlar harakatga kelganda magmadan ajralgan ko'p miqdordagi gazlar yuqori bosim va temperatura ta’sirida chuqur yer yorig’idan zarb bilan ustki qatlamni irg’itib tashlaydi. Diatermning tuzilishi silindrsimon bo'lib, uning yon atrofida va qisman ichida qumtosh, ohaktosh, o'zgargan jisnlardan zmeyevik va ularning parchalaridan hosil bo'lgan brekchiyalar uchraydi. Vulkan jarayonlarini va mahsulotlarini muttasil kuzatish va tekshirish natijasida tarkibi har xil ekanligi aniqlanadi. Binobarin, vulkanlar mahsulotlarining tarkibiga ko'ra quyidagi guruhlarga bo’linadi.
1.Gavayi guruhidagi vulkanlar. Bunga Gavay orollaridagi va Islandiyadagi vulkanlar kiradi. Gavayi orolida bir qancha vulan kraterlari bor. Masalan, Xualalai (2521 m). Mauna - Loa va boshqalar, yer yorig’i ustida joylashgan. Bular ichida eng balandi Mauna-Loa vulkani bo'lib, dengiz sathidan 4166 m. baland. Bu vulkan 1843 yildan boshlab 1896 yilgacha har 2-3 yilda, ba’zan har yili, otilib, og’zidan va yon yoriqlaridan juda ko'p olivinli bazal't lava chiqarib turgan. Islandiyadagi so'nmagan vulkanlardan Kodlouttading'ya (1180m) bor, bu vulkan uncha baland emas. Mahsuloti va harakati bilan boshqa vulkanlardan farq qiladi. Vulkandan harorati 1200°S ga yetadigan suyuq bazal't lava oqib chiqib turadi. Qiya joylarda lava sekundiga 4-5 m, tik joylarda 8 m gacha harakat qilib, 80 km gacha masofaga oqib boradi. Lava suyuq bo'lganligidan balanddan pastga qarab xuddi daryo sharsharasidek sharillab turadi. Bu xil vulkanlardan bomba, kul chiqmaydi va ular portlamaydi. Bunday vulkanlar qavat - qavat bo'lib, qiyaligi 5-8, ustidan qalqonga o'xshab ko'rinadi.
Stromboli guruhidagi vulkanlar. Nomi O'rta dengizidagi Lipar
orolida joylashgan Stromboli (926 m) vulkanidan olingan. Bu guruhdagi
vulkanlardan harorati 1000 -1100°S li suyuq, bazal't lavasi, ba’zan
andezit, liparit-obsidian jinslari chiqadi. Vulkan harakati doimiy
emas. Lava ichida shag’al, lapilli va vulkan bombalari uchraydi.
1.Vezuviy - Etna guruhidagi vulkanlar. Italiyaning Neapol';
shahri yaqinidagi Vezuviy vulkani bilan Sitsiliya orolidagi Etna vulkani
nomidan olingan. Kamchatkadagi bir qancha vulkanlar shular qatoriga kiradi
(590-rasm). Vezuviy vulkani atrofida diametri 15 km li Somma kalderasi
hosil bo'lgan. Vezuviy uning o'rtasida bo'lib diametri 3 km li krater hosil
qilgan.
Bu vulkanlardan chiqadigan lava tarkibi “o'rta va nordon” bo'lganligi sababli lava ba’zan vulkan krateri og’zida qotib qoladi. Lava ostida magmadan ajralgan gazlar yig’ilib qolib qayta otiladi, Ikkinchi marta otilgan paytda kuchli portlash yuz beradi. Bu guruh vulkanlar lavasi quyuq bo'ladi. Vezuviy guruhidagi vulkanlar otilganda dastlab suv bug'i bilan quyuq tutun va gaz chiqadi. Bu jarayon kuchaya borib kuchli portlash ro'y beradi ( kul, so'ng bombalar, qum, shagal otilib chiqadi). So'ngra hamma yoqni yoritib qip-qizil chug’dek quyuq lava oqib chiqa boshlaydi va u vulkan krateri atrofida 4-5 km yergacha oqib boradi. Vulkan krateridan chiqqan qattiq va suyuq mahsulotlar uning atrofida yig’ilib konus shaklida qavat-qavat bo'lib joylashadi. Vulkandan otilib chiqqan lava vulkan kraterida uzoq vaqt qotmay yotadi. Kraterdan gaz va bug’ otilib turadi. Bu guruh vulkanlariga eramizdan 700 yil avval otila boshlagan Etna (Sitsiliya), Vezuviy (Italiya), O'rta dengizdagi vulkan va boshqa vulkanlar kiradi.

Yüklə 34,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə