Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali



Yüklə 34,13 Kb.
səhifə4/10
tarix23.01.2023
ölçüsü34,13 Kb.
#99082
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
geologiya 2 (15)

Mon - Pele guruhidagi vulkanlar. Martinika orolidagi Mon -Pele vulkani nomidan olingan. Bu guruhdagi vulkanlar boshqa vulkanlardan kuchli portlashi va kraterida lava qotib qolishi bilan farq qiladi. Magmadan ajraluvchi gaz krater ichida to'planadi. Gaz bir necha yillardan so'ng to'satdan portlab otiladi. Masalan, 1902 yilda Mon-Pele vulkani to'satdan juda qattiq kuch bilan otilgan paytda fransuz geologi Lakurua vulkan otilishini kuzatgan. Uning aytishicha, vulkan krateridan qizigan pemza, lapillalar qip - qizil bo'lib kul, gaz va quyuq suv bug’lari bilan juda baland otilib chiqqan. Chiqqan mahsulotlar tog’ yonbag’ri bo'ylab minutiga 950 m tezlikda pastga harakat qilgan. Qizigan gaz, kul va boshqa mahsulotlar harorati taxminan 700- 800°S ga yetgan. Martinika orolidagi San-P’yer shahri bir necha minut ichida vulkan kuli ostida qolib ketgan. Mon-Pele vulkani to'xtagach, kraterdan quyuq yopishqoq lava krater tepasida katta ustundan (300m) baland ko'tarilib qolgan. Mon - Pele so'zi oqbosh ham shu nomdan olingan. Vulkan chiqarib tashlagan mahsulotlar (pemza, lapilla, bomba, shag’al, qum, kul) cho'kindi jinslar bilan birga aralashib tuffit deb ataladigan effuziv tog’ jinslari uyumini hosil qilgan. Agar lava ichida vulkan bombalari va qirrali jinslar ko'p bo'lsa, ular vulkan brekchiyasi deyiladi.
Bandaysan - (Yaponiyadagi eng yirik vulkan) guruhidagi vulkanlar
- trubasimon otiluvchi vulkan deb ham ataladi. Bu vulkan harakati yer
ichida to'plangan juda ko'p suv bug’i, gazni va o'z ustidagi jinslarni uzun
trubadan yuqoriga birdan otib yuborishi bilan boshqa vulkanlardan farq
qiladi, yuqori qismi voronkasimon shaklda bo'ladi. Voronkasimon truba
kraterining eni 250 dan 3000 m gacha bo'lib, atrofida jins uyumi aylana
shaklida to'planadi. Bunday vulkanlar Yevropada Reyn bo'yi oblasti yaqinida
uchraydi. Uning krateri ko'pincha suv bilan to'lgan bo'lib, mahalliy nom
bilan maar deb ataladi. Keyingi vaqtda (1975- 80) Mars bilan Oyning
yuzasini tekshirib, u yerdagi chuqurlar kometa urilishdan hosil bo'lgan deb
topildi. Yer yuzidagi maar tipidagi chuqurlarni ham yana shunday urilishdan
hosil bo'lgan deb hisoblanmoqda. Dunyodagi mashhur vulkanlardan biri
Krakatau vulkani ham shu vulkanlar jumlasidandir. Bu vulkan Yava va Sumatra orollari orasidagi tor bo’g’ozda joylashgan. Bu vulkan 1883 yilda juda kuchli otilishi natijasida dengiz sathidan 800 m baland bo'lgan oroldagi vulkan konusi o'rnida dengiz sathidan 300 m past joy vujudga kelgan. Bu harakat asosan krater ostida to'plangan gazning kuchli bosimi ta’sirida ro'y bergan. Vulkandan chiqqan gaz, bug’, chang yuqoriga 25-30 km ko'tarilgan. Bu mahsulotdan juda ko'p pemza, lapilla, kul uzoq-uzoqlarga borib tushgan. Vullkanlarning geografik tarqalishi. Yer sharidagi vulkanlarni o'rganish vulkanizm bilan yer po'stining rivojlanish tarixi juda yaqin aloqada ekanligini ko'rsatdi. Hozirgi vaqtda ma’lum bo'lgan harakatdagi vulkanlar 500 dan ortiqdir. 1974 yillarda okeanlarni tekshirishlar natijasida vulkanlarni quruqlik va okean ostida ma’lum bir yo’nalishda joylashganligi aniqlandi. Ular asosan ikki yo’nalishda bo'lib, birinchisi Tinch okean halqasi deb ataladi, bu yerda ma’lum bo’lgan barcha harakatdagi vulkanlarning 60% i joylashgan. Tinch okeanning g’arbidan Kamchatka yarim orolidan boshlangan bu vulkan halqasi Kuril orollari orqali janubi-garbga davom etadi. Yaponiya, Fillipin, Yangi Gvineyadan o’tib Yangi Zellandiyagacha cho'zilib boradi. Tinch okeanning sharqidan Amerika materigining janubidagi Olovli Yer orolidan shimol tomonga - And, Kordil'yera tog’larining yonidan o'tadi va shimolda Aleut orollari va Alyaska orqali yana Kamchatka yarim oroliga tutashadi. Bu vulkan halqasi Tinch okean geosinklinal' mintaqasi deb yuritiladi. Bundan tashqari Tinch okeanning markaziy qismida ham bir qancha harakatdagi vulkanlar bor. Masalan, ekvator yaqinidagi Galapagos orolida ikkita harakatdagi vulkan bor, undan janubda Pasxi va Xuan Fernandes, g’arbda Samoa, Tonga, Kermadek vulkan orollari bor. Ikkinchi yirik vulkan halqasi yosh tog’lar o'lkasida joylashgan, ya’ni g’arbda O'rta dengizdagi Apennin yarim oroli orqali Kavkaz va Kichik Osiyoga o'tib boradi va O'rta Italiyadagi Vezuviy, Etna vulkanlari, Lipari orollaridagi va Egey dengizidagi vulkanlar (Santorin) va Kavkaz tog’laridagi so’ngan El'brus, Kazbek, Ararat, Erondagi Demavenit vulkanlari kiradi. O'rta dengiz halqasi sharqqa tomon davom etib, Tibet tog’i, Hindikush tog’ tizmalari orqali Malayya arxipelagiga borib tutashadi. Malayya arxipelagi va undan janubdagi harakatlanuvchi vulkanlarga Sumatrada 2 ta, Yavada 15 ta, Kichik Zond orollarida 3 ta vulkan kiradi, ular Tinch okean halqasiga borib qo’shiladi.

Yüklə 34,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə