Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali



Yüklə 34,13 Kb.
səhifə5/10
tarix23.01.2023
ölçüsü34,13 Kb.
#99082
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
geologiya 2 (15)

Balchiq vulkanlar. Bizga ma’lum bo'lgan vulkanlar ichida balchiq vulkanlar ham bor. Ularning mahsuloti suyuq balchiq aralash suv va gazdan iborat bo'ladi. Balchiq vulkan Sitsiliya, Yangi Zellandiya orollarida, Markaziy Amerikada, Apsheron, Taman' va Kerch' yarim orollarida va boshqa yerlarda uchraydi. Balchiq vulkanlar yer qatlamlari ichidagi gaz va bug’larning turli g’ovak qatlamlardan o'tib, ular orasidagi gilli jinslarni yumshatib, yopishqoq balchiqqa aylantirishi natijasida vujudga keladi. Neft' konlari bor yerlardagi balchiq vulkanlar o’zidan ko'p miqdorda uglevodorod chiqaradi. Otilib chiqayotganda harorati past bo'ladi. I.M.Gubkin neft' konlari bilan balchiq vulkanlar bir-birlari bilan uzviy bog’liq bo'lib, ular bir jarayonning tarmoqlari ekanligini ta’kidlab o'tgan. Ozarbayjonda Apsheron yarim orolida va Kura pasttekisligida turli xil katta-kichik balchiq vulkanlar keng tarqalgan. Bunday vulkanlar mahsulotidan Kaspiy dengizida bir qancha orollar (Bulla, Lyus', Svinoy, Oblivnoy Kumani) vujudga kelgan. Vulkanlar krateridan o'qtin-o'qtin suyuq loy, gaz va neft' chiqaradi. Balchiq vulkanlar ham boshqa vulkanlarga o'xshab harakatlanadi va so'nadi. Lok-Batang balchiq vulkani (Boku shahridan 25 km janubi-g'arbda) 1887 yil 17 yanvarda harakatlangan. Bundan avval uzoqdan kelgan zambarak ovoziga o'xshash, lekin bir oz cho'ziq, tovush eshitilgan. So'ngra yer shunday kuchli larzaga kelganki, hatto derazalarning oynalari ham dirillab ketgan, vulkan otilgandan balandligi 107 metrgacha keladigan olov fontani gazning yongani ko'rinib turgan. Bu vulkan bir necha marta harakatlangan, 1935 yil 23 fevralda ham juda kuchli otilgan. Vulkan otilishi natijasida yer po'stida ikkita katta yoriq paydo bo'lgan, so'ngra vulkan tepasidagi konus harakatga kelgan va juda ko'p balchiq otilib chiqqan, ajralib chiqayotgan uglevodorod gazlari tog’dagi bir-biriga mahkam yopishib ketgan shag’allarni ham qizdirib yuborgan. A.A.Yakubov (1955-1957) va boshqalar bergan ma’lumotlarga qaraganda, vulkan otilishidan yer yuzasiga chiqqan balchiqning hajmi 40 000 m3 yaqin bo'lgan, yer po'stida yoriqlar va o'pirilishlar ro'y bergan. Yoriqlarning uzunligi 500m ga yaqin bo'lib, krater chekkasining sharqiy qismi 16-20 sm cho'kkan. Balchiqning palaxsa jinslari orasida neftga shimilgan qumtosh parchalari qam bo'lgan. Shunday qilib, balchiq vulkanlar qatlamlar orasidagi gaz va neft', suvlarning katta bosim ostida harakatga kelishidan dalolat beruvchi ajoyib tabiiy hodisadir. Balchiq vulkanlarning tarixini, tarqalashini o'rganish okean va dengizlarda gaz va neft konlarini topilishidagi omillardan biridir. (dengiz, okean foydali qazilmalari temasiga qarang).

Yüklə 34,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə