Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali



Yüklə 34,13 Kb.
səhifə6/10
tarix23.01.2023
ölçüsü34,13 Kb.
#99082
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
geologiya 2 (15)

CHO'KINDI TOG’ JINSLARI.
Cho'kindi jins deb yer yuzasidagi xilma - xil geologik jarayonlar natijasida yemirilgan va organik dunyo qoldiqlaridan paydo bo'lgan hosilaga aytiladi.Tog’ jinslari fizik kuchlar va kimyoviy buzilishlar natijasida doim o'zgarib, aralashib, bir joydan ikkinchi joyga siljiydi. Cho'kindi tog’ jinslarining paydo bo'lishida quyosh issiqligi, joining tabiiy sharoiti, yerdagi oson eruvchi tuzlar hamda o'simlik bilan hayvonot dunyosi faol qatnashadi. Masalan, oqar suvlar va muzlar harakati har qanday qattiq jinslarni yemiradi, maydalaydi va uzoq masofalarga eltadi. Issiq, sovuq va kimyoviy jarayonlar ta’sirida tog’ jinslari sinadi va tarkibiy qismlarga ajraladi, joyida yangi mineral hamda tog’ jinslarini hosil qiladi. Ko’l, dengiz, okeanlarda erkin kislorodsiz sharoitda, organik dunyo ta’sirida yana o'ziga xos cho'kindilar to'planadi. Shuning uchun ham cho'kindi jinslar paydo bo'lish sharoitiga, tarkibi va strukturasiga ko'ra uch guruhga bo'linadi:
А) Bo'lakli siniq jinslar. Bular ham o'z navbatida quyidagilarga bo'linadi: mexanik yoki bo'laklanish yo'li bilan hosil bo'lgan cho'kindi jinslar; erigan kolloidlardan paydo bo'lgan jinslar; o'z o'rnida qolgan jinslar.
B) Kimyoviy cho'kindilar.
S) Organik cho'kindilar.
Bu guruhlar ikkinchisi bilan bog’liq bo'lib, yana kenja guruhlarga ajraladi.
Cho'kindi jinslarni tekshirishda xuddi magmatik jinslarda bo'lganidek ularning struktura va teksturasini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Cho'kindi jinsni tashkil qiluvchi siniq bo'laklarning shakli, katta-kichikligi va tuzilishi uning strukturasi deb ataladi. Cho'kindi jinslar katta-kichikligiga qarab quyidagi guruhlarga bo'linadi:
а) bo'laklar diametri 2mm dan katta bo'lganlari yirik bo'lakli jinslar yoki psefitlar;
b) bo'laklar diametri 2mm dan 0,1 mm gacha bo'lganlari qumtosh, qum (psammit) jinslar;
v) bo'laklar diametri 0,1mm dan 0,01mm gacha bo'lgan alevrit, alevrolit;
(changsimon tuproq), lyoss, lyossimon jinslar:
g) donachalar diametri 0,01mm dan kichik bo’lgan gil (pelit) jinslar.
Bo'laklarining shakliga qarab:
A) normal siniq bo'lakli, burchakli, yumaloqlanmagan, chala yumaloqlangan, va yumaloq-silliq cho'kindi jinslarga ajratiladi;
B) cho'kindi bo'lakli jinslar juda burchakli, ba’zan yumaloq bo'ladi, bunga vulkandan otilib chiqqan chiqindi - tufogen jinslar ham kiradi. Ximyaviy va organik cho'kindi jinslarning strukturasi jinslarni tashkil qiluvchi mineral yoki organizmlar shakliga qarab belgilanadi. Bundan tashqari cho'kindi jinslar, jins bo'laklarining katta - kichikligiga qarab, teng va har xil bo'lakli struktura; mayda - mayda yumaloq sharchalar ko'rinishidagi oolit struktura; yupqa qavatlar shaklida joylashgan varaqsimon struktura; minerallarning kattaligi va shakliga bog’liq bo'lgan tolali struktura; bo'lakli o'tkir qirrali brekchiyasimon strukturaga ega bo'ladi. Cho'kindi jinslar tarkibidagi siniq bo'laklarning joylanish harakteriga va ichki tuzilishiga tekstura deb ataladi.
а) cherepitsasimon tekstura — varaqsimon teksturaning bir turidir.
b) jimjima shaklida ko'rinadi va asta-sekin yo’qolib ketadi.

Yüklə 34,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə