Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali


Cho'kindi jinslarning foydali qazilmalari



Yüklə 34,13 Kb.
səhifə7/10
tarix23.01.2023
ölçüsü34,13 Kb.
#99082
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
geologiya 2 (15)

Cho'kindi jinslarning foydali qazilmalari.
Siniq jinslar orasida sochilma rudali va kimyoviy brikmalar konlari keng tarqalgandir. Ko'pgina siniq jinslar orasida oltin konlari bo'lib, ular ayniqsa allyuvial yotqiziqlar, shag’al qumlar orasida va ko'hna terrasalarda to'planadi. Bundan tashqari, siniq jinslar har xil metalli minerallarning darakchisi hisoblanadi. Masalan: oltin, mis, kumush, simob, rux, molibden, vol'fram va boshqa minerallar daryo yotqizig’idan topilsa, shu daryoning yuqori oqimidagi tub jinslarda katta-katta konlar topilishi mumkin. Cho'kindi jinslar eng yaxshi qurilish materiallari ham hisoblanadi. Ulardan shag'allar, qumlar, qumtoshlarning yaxshi xillari temir-beton tayyorlashda, yo'l qurilishida, toza kvars qum-shisha sanoatida juda zarur.
Psammitlar guruhiga qum va qumtoshlar xos bo'lib, ular strukturasining belgisi donachalarining kattaligi 0,1 mm dan 2 mm gacha bo'lgan jinslardir. Bu jinslar donachalarining zichligi va sementlashganligiga qarab ikkita kenja guruhga: qum va qumtoshlarga bo'linadi. Qum va qumtoshlar donachalarining diametriga qarab quyidagilarga ajratiladi:
а) 1 mm dan 2 mm gacha bo'lgan dag’al donali qum va qumtoshlar:
b) 1 mm dan 0,5 mm gacha bo'lgan yirik donali qum va qumtoshlar:
v) 0,5 mm dan 0,25 mm gacha bo'lgan o'rta donali qum va qumtoshlar:
g) 0,25 mm dan 0,1 mm gacha bo'lgan mayda donali qum va qumtoshlar:
Kimyoviy va organik yo'l bilan paydo bo'lgan cho'kindi jinslar.
Kimyoviy va biologik jarayonlar natijasida to'planadigan tog' jinslari yer yuzida keng tarqalgan bo'lib, ular asosan suvli havzalarda hosil bo'ladi va genetik jihatdan bir-biriga chambarchas bog’lik.
Bularning ichida karbonatlar 14% ga yaqin qismini tashkil qiladi, ularning ko'pchiligi kal'sit mineralidan tashkil topgan ohaktoshdan iborat bo'lsa, kamrog’i dolomitlardan iborat. Ohaktoshlar ham ximogen, ham organogen bo'ladi. Organogen ohaktoshlar, asosan, hayvon qoldiqlaridan vujudga kelsa, ximogen ohaktoshlar suvda to'yingan eritmalar hosil bo'lishi yoki ximyaviy reaksiyalar natijasida cho'kadi. Karbonatlar bilan gillarning aralashmasi mergel' deb ataladi. Kremniyli tog’ jinslari ham organogen va ximogen bo'lishi mumkin. Organogen kremniyli jinslar diatomitlar va radiolyaritlardir. Trepel va opokalar organogen va ximogen bo'lishi mumkin. Geyzeritlar, kremniyli tuflar, galloidlar va sul'fat jinslari kimyoviy yo'l bilan hosil bo'ladilar. Kaustobiolitlar (grek, “kaustos” - yonuvchi, “bios” - hayot) torf, ko'mir, yonuvchi slanetslar, neft va gazlardan iborat.

Yüklə 34,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə