Islom karimov nomidagi toshkent davlat


ASOSIY QISM I.Asosiy qism



Yüklə 469,57 Kb.
səhifə2/12
tarix22.03.2024
ölçüsü469,57 Kb.
#182210
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Erkinova Mahliyo (2) (4)

ASOSIY QISM
I.Asosiy qism
1.1Absorsiya jarayoni va fizik xossalari
Gaz yoki bugʻlarni gaz yoki bugʻli aralashmalardagi komponenglarining suyukdikda yutilish jarayoni absorbsiya deb nomlanadi.Yutilayotgan gaz yoki bugʻ absorbtiv, yutuvchi suyuklik esa - absorbent deb ataladi.Ushbu jarayon selektiv va qaytar jarayon boʻlib, gaz yoki bugʻ aralashmalarini ajratish uchun xizmat qiladi.
Absorbtiv va absorbentlarning oʻzaro taʼsiriga qarab, absorbsiya jarayoni 2 ga boʻlinadi: fizik absorbsiya; kimyoviy absorbsiya (yoki xemosorbsiya).
Fizik absorbsiya jarayonida gazning suyuqlik bilan yutilishi paytida kimyoviy reaksiya yuz bermaydi,yaʼni kimyoviy birikma hosil bo’lmaydi. Agar, suyukdik bilan yutilayotgan gaz kimyoviy reaksiyaga kirishsa, bunday jarayon xemosorbsiya deyiladi.
Maʼlumki,fizik absorbsiya koʻpincha qaytar jarayon boʻlgani sababli, yaʼni suyukdikka yutilgan gazni ajratib olish imkoni boʻladi.Bunday jarayon desorbsiya deb nomlanadi. Absorbsiya va desorbsiya jarayonlarini uzluksiz ravishda tashkil etish, yutilgan gazni sof holda ajratib olish va absorbentni koʻp marta ishlatish imkonini beradi.
Absorbsiya jarayoni sanoat korxonalarida uglsvodorodli gazlarni ajratish,sulfat,azot, xlorid kislotalar va ammiakli suvlarni olishda, gaz aralashmalaridan qimmatbaho komponentlarni ajratish va boshqa hollarda keng miqyosda ishlatiladi.
Absorbsiya jarayoni ishtirok etadigan texnologiyalarni kurilmalar bilan jihozlash murakkab emas.Shuning uchun,kimyo, oziq - ovqat va boshqa sanoatlarda absorberlar koʻp qoʻllaniladi.Gaz faza suyuklik bilan oʻzaro taʼsiri natijasida ikkita faza (F=2) va uchta komponent,yaʼni tarqaluvchi modda va ikkita modda tashuvchi (K=3) lardan iborat sistema hosil boʻladi.
Fazalar qoidasiga binoan, bunday sistema 3 ta erkinlik darajasiga ega:
C= K + 2 - F = 3 + 2 -2 = 3
Sistemadagi fazaviy muvozanatni belgilovchi asosiy uchta parametrlar quyidagilardir: bosim,temperatura va konsentratsiya.Demak, «gaz -suyuqlik» sistemada ikkala fazaning bosimi r, temperaturasi' t va konsentratsiyasi x oʻzgarishi mumkin.Absorbsiya jarayoni o’zgarmas bosim va temperaturada borayotgan bo’lsa,bir fazada tarqalayotgan moddaning har bir konsentratsiyasiga,ikkinchi fazadagi aniq konsentratsiya to’gʻri keladi.O’zgarmas temperatura (t=const) va umumiy bosimli sharoitda muvozanat konsentratsiyalari orasidagi bogʻliqlik Genri qonuni bilan ifodalanadi.Bu qonunga binoan,biror temperaturada eritmadagi eritma ustidagi gaz parsial bosimi, uning mol ulushiga toʻgʻri proporsionaldir:

Yüklə 469,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə