Islomiy moliyada soliqqa tortish va soliq shakllari



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə1/5
tarix19.01.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#98833
  1   2   3   4   5
Islomiy moliyada soliqqa tortish va soliq shakllari

Islomiy moliyada soliqqa tortish va soliq shakllari

Reja:

  • Islomda soliq tushunchasi
  • Islomiy moliyada soliq shakllari
  • Islomiy moliyaviy mahsulotlarni soliqqa tortishning xalqaro jihatlari

Аlloh taolo oʼz kitobida quyidagicha marhamat qiladi:

  • “Аllohning yoʼlida mollarini sarflab, soʼngra sarflari ketidan minnat qilmay va ozor bermaydiganlarning ajrlari Robbilari huzuridadir. Ularga xavf yoʼq va ular xafa ham boʼlmaslar” (“Baqara” surasi, 262-oyat).

Islom fiqhi tomonidan oʼrnatilgan soliqlarga quyidagilar kiradi:

  • – zakot – ushbu soliqni voyaga yetgan salohiyatli musulmonlar oʼzlarining nochor dindoshlari foydasiga toʼlab beradilar;
  • – ushr – dehqonchilik mahsulotlaridan hosilning 1/10 qismi miqdorida xirojga tortilmaydigan yerlardan undiriladigan soliq yoki yigʼim;
  • – xums – turli shakldagi oʼljalarning 1/5 miqdoridagi ajratmalar;
  • – jizya – musulmon mamlakatlaridagi islom himoyasiga olingan oʼzga dindagilardan jon boshiga undiriladigan yigʼim;
  • – xiroj – yer soligʼi.

Soliqlarning ba’zi bir turlarini ko’rib chiqsak

  • Zakot – dinning ustunlaridan biridir. Zakot – musulmonlar tomonidan butun jamiyat manfaatlari yoʼlida bajariladigan burchdir. Shariatga muvofiq voyaga yetgan, erkin va boligʼ hamda moli nisobga yetgan barcha musulmonlar zakot toʼlashlari lozim. Nisob miqdori 85 gramm oltinga (zakotga tortiladigan eng quyi miqdor) teng.
  • Islom fiqhi boʼyicha ayrim mutaxassislar musulmon davlatining soliq tizimi zakot bilan uygʼunlashib ketadi deb hisoblaydilar. Shu bilan birga, ularning aksariyati qay darajadagi zakotni soliqqa kiritish mumkin deb savol beradi. Ushbu mualliflar mazkur muammoga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʼladilar hamda zakotga nisbatan yigʼim, toʼlovlar va h.k. soʼzlarni ishlatadilar, faqat istisno tariqasida soliq soʼzidan foydalanadilar.

Turk tadqiqotchisi Sabohiddin Zaʼim zakot va soliq oʼrtasidagi 15 ta farqni ajratib bergan. Quyida ulardan ayrimlari keltirib oʼtiladi:

  • 1) zakot – moliyaviy atamalarda ifodalangan diniy majburiyat va itoat hujjatidir. Soliq esa – bu iqtisodiy va moliyaviy majburiyat hisoblanadi;
  • 2) zakot faqat musulmonlardan, soliq esa barcha fuqarolardan undiriladi;
  • 3) toʼlanmagan soliq kechib yuborilishi mumkin, toʼlanmagan zakot esa kechilmaydi;
  • 4) toʼlash usuli va stavkalari kabi soliqqa tatbiq etilgan tushunchalarni zakotga tatbiq etib boʼlmaydi va u oʼzgarishsiz qoladi;
  • 5) zakot toʼlovchi mana shu soliqdan kelib tushgan mablagʼlarga talabgor boʼla olmaydi. Soliq bilan boʼlgan holatda esa, soliq toʼlovchi oʼzi toʼlagan soliqdan olishi mumkin va boshqalar.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə