Ismatullayeva s qabul qildi



Yüklə 5,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/4
tarix24.03.2023
ölçüsü5,54 Mb.
#103112
1   2   3   4
ABU ALI IBN SINO

almadhal — mantiqqa kirish; 
al-maqulot — turlari; 
al-iborat — interpretatsiya; 
al-qiyos — sillogizm; 
al-burhon — isbot, dalil; 
al-jadal — tortishuv, dialektika; 
as-safsata — sofistika; 
alxitoba — ritorika; 
ash-sheʼr — poetika (sheʼr sanʼati); 
2) tabiiyot (bu yerda minerallar
oʻsimliklar, hayvonot olami va insonlar 
haqida alohida alohida boʻlimlarda 
gapiriladi; 
3) 
riyoziyot — 

fanga 
boʻlingan; hisob (arifmetika), handasa 
(geometriya), astronomiya va musiqa;
4) metafizika yoki ilohiyot. Bu asarning ayrim qismlari lotin, suryoniy, ibroniy, 
nemis, ingliz, fransuz, rus, fors va oʻzbek tillarida nashr etilgan. 
Ibn Sinoning yana bir falsafiy asari „Kitob annajot“ „Kitob ash-shifo“ ning 
qisqartirilgan shakli boʻlib, u ham qisman jahonning bir necha tillariga tarjima qilingan.
Olimning falsafiy qarashlari yana „Al-ishorat vattanbihot“ („Ishoralar va 
tanbihlar“), „Hikmat 
almashriqiyn“ („Sharqchilar 
falsafasi“), „Kitob 
al-ishorat 
filmantiq va lhikmat“ („Mantiq va falsafaning ishoralari“), fors tilida 
yozilgan „Donishnoma“ („Bilim kitobi“) va boshqa turli hajmdagi falsafiy risolalarda 
hamda „Tayr qissasi“, „Salomon va Ibsol“, „Hayy ibn Yaqzon“, „Yusuf qaqida qissa“ 
kabi falsafiy mazmunli badiiy qissalarda oʻz aksini topgan.
Ibn Sinoning dunyoqarashi Aristotel taʼlimoti va Forobiy asarlari taʼsirida 
shakllandi. Uning fikricha, falsafaning vazifasi mavjudotni, yaʼni barcha mavjud 
narsalarni, ularning kelib chiqishi, tartibi, oʻzaro munosabati, bir-biriga oʻtishini 
zaruriyat, imkoniyat, voqelik, sababiyat omillari asosida har tomonlama oʻrganishdan 
iborat. 


 Olamda mavjud barcha narsalar ikkiga boʻlinadi: zaruriy vujud (vujudi vojib) va 
imkoniy vujud (vujudi mumkin). Zaruriy vujud eng irodali, qudratli, dono tangridir. 
Qolgan narsalar imkoniyat tarzida mavjud boʻlib, Tangridan kelib chiqadi. Zaruriy 
vujud bilan imkoniy vujud munosabati sabab va oqibat munosabatidir. Bu jarayonda 
olamdagi hamma narsalar emanatsiya tarzida, yaʼni quyoshdan chiqayotgan nur shaklida 
asta-sekin amalga oshadi. Shu tartibda imkoniyat shaklida mavjud boʻlgan aql, jon, jism, 
ular bilan bogʻliq osmon sferalari kelib chikadi. Bular hammasi substansiya (javhar) 
boʻlib, yana borliqda aksidensiya — narsalarning belgilari, rangi, hajmi, xillari mavjud. 
Jism shakl va moddadan tashkil topadi. 
Xudo abadiy, uning oqibati boʻlmish materiya ham abadiydir. Uning oʻzi boshqa 
tayin jismlarning asosidir. Narsalarning moddiy asosi hech qachon yoʻqolmaydi. 
Materiyaning eng sodda boʻlinmas shakli 4 unsur: havo, olov, suv, tuproqdan iborat. 
Ularning turlicha oʻzaro birikuvi natijasida murakkab moddiy narsalar tashkil topadi. 
Tabiiy fanlardagi faoliyati 
Ibn Sino oʻz davridagi tabiiy 
fanlarning rivojiga ham ulkan hissa 
qoʻshgan olimdir. Uning tabiiy-ilmiy 
qarashlari „Kitob ash-shifo“ ning tabiiy 
fanlarga oid qismida bayon qilingan. 
Olimning baʼzi geologik jarayonlarga 
oid 
mulohazalari 
hozirgi 
ilmiy 
nazariyalarga juda yaqindir. Uningcha, 
vulqonlar aslida togʻ paydo boʻlishi va 
zilzilalar bilan bogʻliq.
Togʻ paydo boʻli-shining oʻzi 
esa 2 yoʻl bilan boʻladi: 1) kuchli yer 
qimirlashi vaqtida yer qobigʻining 
koʻtarilishi; 2) suv orqali va havoning 
asta-sekin taʼsiri natijasida chuqur 
jarliklar paydo boʻlib, natijada ularning 
yonida balandlik hosil boʻlib qolishi. 
Zilzilaning paydo boʻlishiga 
ham bir necha sabablar bor. Ularning 
biri gazsimon yo olovsimon bugʻ 
boʻladi. Mana shu bugʻ harakatga kelib, yerni qimirlatadi. Suvlarning yer ostiga 
sizib kirishi, tekis yer chetining oʻpirilishi, baʼzida togʻ choʻqqilarining kuch bilan 
qulashi ham zilzilaga sabab boʻladi. 
Olim fikricha, yer yuzasining maʼlum qismi bir mahallar dengiz tubi boʻlgan, 
zamon oʻtishi bilan geologik jarayon oqibatida suv xavzalari oʻrni oʻzgargan. Bir 
vaqtlar dengiz boʻlib, hozir quruklikka aylangan yerlarda dengiz hayvonlarining 


tosh-qotgan qoldiqlari saqlanib qolgan. U bunday yerlarga Kufa, Misr va Xorazm 
yerlarini kiritadi. 
Ibn Sino mineralogiya (maʼdanshunoslik) sohasida ham salmoqli ishlar 
qilgan. U minerallarning asl tasnifini taklif etdi. Unga koʻra, barcha maʼdanlar 4 
guruhga: toshlar, eriydigan jismlar (metallar), oltin-gugurtli yonuvchi birikmalar va 
tuzlarga boʻlinadi. Bu tasnif to 19-asr gacha deyarli oʻzgarishsiz saqlanib keldi
.
TARIX 
Qoraxoniylar 999 yil Buxoroni zabt etib, somoniylar davlatini ag‘darganidan 
keyin Ibn Sino hayotida tashvishli notinch va og‘ir damlar boshlandi. 1002 yil uning 
otasi vafot qildi. Ikki sulola vakillarining taxt uchun kurashi 1005 yilgacha davom etib
oxiri qoraxoniylarning butkul g‘alabasi bilan tugadi. Bunday vaziyatda Buxoroda ortiq 
qolib bo‘lmas edi. Shu bois Ibn Sino o‘z yurtini tark etib Xorazmga bosh olib ketdi. 11-
asr boshlarida Xorazm qoraxoniylar hujumidan birmuncha tinch bo‘lib, iqtisodiy va 
madaniy jiqatdan ancha rivojlangan o‘lka edi.
Xorazmshohlar Ali ibn Ma’mun (997—1009) va Ma’mun ibn Ma’mun (1009—
1017) ilm-fanga e’tiborli hukmdorlar bo‘lib, olimlarga ilmiy ijod uchun qulay sharoit 
yaratib bergan edilar. Shu bois bu davrda Xorazmning poytaxti Gurganj (Urganch) da 
zamonasining ko‘pgina taniqli olimlari to‘plandi.
Yirik matematik va astronom Abu Nasr ibn Iroq (1034 yil vafot etgan), atoqti tabib 
va faylasuflar Abu Sahl Masihiy (1010 yil vafot etgan). Abu-l-Xayr Xammor (942—
1030) va buyuk olim Abu Rayhon Beruniy shular jumlasilan. Ana shu ilmiy davraga 
1005 yilda Ibn Sino ham kelib qo‘shildi. Xorazmda Ibn Sino, asosan, matematika va 
astronomiya bilan shug‘ullandi. Bu sohalardagi bilimlarining chuqurlashib, ilmiy 
dunyoqarashining shakllanishida Ibn Iroq va Beruniy bilan bo‘lgan ilmiy muloqotlar 
katta ahamiyat kasb etdi. Ibn Sinoning Aristotel ta’limoti xususida Beruniy bilan va 
o‘zining shogirdi Baxmanyor bilan yozishmalari tarixda mashhurdir. Ibn Sino Abu Sahl 
Masihiyning tibbiy tajribasi va bilimlaridan ham katta saboq oldi. 
Xorazmshoh vaziri Abu-l-Husayi as-Sahtiy ilmlarni sevuvchi kishi bo‘lganidan, Ibn 
Sino u bilan do‘stlashadi va unga atab alkimyoga oid «Risola al-iksir» («Iksir haqida 
risola») nomli asar yozdi. Biroq Xorazmdagi osoyishta hayot uzoqqa cho‘zilmaydi. 
Sharqda qudrati ortib borayotgan G‘azna hukmdori sulton Mahmud G‘aznaviy bu 
o‘lkaga ko‘z tikadi. U, avval, Ma’munga saroydagi bir guruh olimlarini G‘aznaga 
jo‘natib yuborishni so‘rab xat yozadi. Bu xatga javoban Beruniy va Abu-l-Xammor 
G‘aznaga ketadilar.
Ibn Sino esa bu taklifni rad etib, Masihiy bilan birgalikda 1010—1011 yillarda 
yashirincha Xorazmni tark etadi. Shu vaqtdan olimning sargardonlik yillari boshlanib, 
umrining oxirigacha vatandan uzoqda hayot kechirishga majbur bo‘ladi. Masihiy bilan
Ibn Sino Jurjonga — Masihiyning vataniga yo‘l oldilar. Lekin yo‘ldagi 
qiyinchiliklar va suv- sizlik tufayli Masihiy betob bo‘lib, vafot etadi. Natijada. Ibn Sino 
azob-uqubatlar chekib, avval, Niso, so‘ng Obivard, Tus, Shiqqon va Xurosonning 
boshqa shaharlarida qisqa muddat turganidan keyin, nihoyat, Kaspiy dengizining 
janubiy-sharqida joylashgan Jurjon amirligiga yetib keladi. Ibn Sino Jurjonda 1012—


1014 yillarda yashaydi, lekin shu qisqa vaqt ichida uning hayotidagi muhim voqealardan 
biri — Abu Ubayd Juzjoniy bilan uchrashuv va bir umrga do‘stlashuv sodir bo‘ladi. U 
Ibn Sinoga nafaqat shogird, balki sodiq do‘st ham edi. U Ibn Sino bilan olimning so‘nggi 
damigacha, 25 yil davomida birga bo‘ladi. Ibn Sino tarjimai holining yozilib qolishi, 
ko‘pgina asarlarining ta’lifi va tartibga tushishi hamda ularning keyingi avlodlarga 
kelishida Juzjoniyning xizmati katta. 
XULOSA 
 
Ushbu Mustaqil ishni tayorlashdan maqsad Ibn Sino asarlari 280 dan 
ortiqdir. Shulardan 40 dan ortigʻi tabobatga oid, 30 ga yaqini turli tabbiy fanlarga, 
180 ta risolasi falsafa, mantiq, ruxshnoslik, geologiya, etika va ijtimoiy masalalarga, 3 
risolasi musiqiy ilmga bagishlangan. Lekin bizga bu asarlarning 160 ga yaqini yetib 
kelgan. Asarlar orasidagi 18 jildli „Kitob uf-shifo“ asarini falsafa bilimlar qomusi 
desa boʻladi.
 
 

Yüklə 5,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə