Issiqlik almashinish jarayonlari


Issiqlik almashinish jarayonlarini harakatga keltiruvchi kuch



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə7/9
tarix05.04.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#104269
1   2   3   4   5   6   7   8   9
ISSIQLIK ALMASHINISH JARAYONLAR1 (1)

7.Issiqlik almashinish jarayonlarini harakatga keltiruvchi kuch
Issiqlik almashinish jarayonlarining harakatga keltiruvchi kuchi – issiqlik eltkichlarning temperaturalar farqi. Ushbu farq ta’siri ostida issiqlik temperaturasi yuqori muhitdan temperaturasi past muhitga o‘tadi.
O`zgarmas temperaturada issiqlik o‘tkazish jarayoni juda kam tarqalgan. Bunday jarayonlar, bir tomonida buq kondensatsiyalansa, ikkinchisida esa, suyuqlik qaynashi ro‘y beradi. Lekin, sanoatda ko‘pchilik jarayonlar issiqlik eltkichlarning o‘zgaruvchi temperaturalarida sodir bo‘ladi.
Odatda temperatura issiqlik eltkichlarni ajratib turuvchi devor yuzasi F bo‘ylab o‘zgaradi. Lekin, vaqt o‘tishi bilan issiqlik eltkichning temperaturasi o‘zgarmasligi mumkin va u t = f(F) funksiya bilan ifodalanadi. Bunday hol turqun issiqlik almashinish jarayonini
xarakterlaydi.
Noturqun issiqlik almashinish jarayonlarida 2 holat bo‘lishi mumkin: - devor yuzasining har bir nuqtasida temperatura faqat vaqt o‘tishi bilan o‘zgaradi, ya’ni t = f( ) ; - issiqlik eltkichning temperaturasi vaqt o‘tishi va devor yuzasi bo‘ylab o‘zgaradi:
ya’ni:t>f(,F).
O’zgaruvchan temperaturada issiqlik o‘tkazish suyuqliklarning harakat yo‘nalishiga
boqliqdir. Uzluksiz ishlaydigan qurilmalarda issiqlik almashinish jarayonida suyuqliklar
harakati parallel, qarama-qarshi, kesishib o‘tgan va murakkab (aralash) yo‘nalishli bo‘lishi mumkin

Ajratib turuvchi devor bo‘ylab
bir- biriga nisbatan suyuqliklar harakatining quyidagi variantlari
bo‘lishi mumkin: 1) parallel harakatda (4a-rasm)
ikkala issiqlik eltkichlar ham birxil yo‘nalishda harakat qiladi;
qarama- qarshi harakatda (4b-rasm) issiqlik eltkichlar bir-biriga qarshi yo‘nalishda harakat qiladi;
3) kesishib o‘tuvchi harakatda (14b-rasm) issiqlik eltkichlar bir-biriga nisbatan perpendikulyar yo‘nalishda harakat qiladi;
4) murakkab yoqi aralash harakatda (4g, d-rasm) birinchi issiqlik eltkich bir yo‘nalishda harakat qilsa, ikkinchisi ham to‘qri, ham teskari yo‘nalishda harakat qiladi. O’zgaruvchan temperaturali jarayonlarda issiqlik eltkichlarning o‘zaro harakat yo‘nalishiga qarab, issiqlik almashinish jarayonining harakatga keltiruvchi kuchi o‘zgaradi. Shuning uchun, issiqlik o‘tkazishning asosiy tenglamasidagi o‘rtacha
harakatga keltiruvchi kuch suyuqliklarning bir-biriga nisbatan harakat yo‘nalishiga va jarayonni tashkil etilishga boqliq bo‘ladi.
4-rasmda paralel va qarama - qarshi yo‘nalishli harakatlar paytida issiqlik eltkichlar temperaturalarining o‘zgarishi tasvirlangan. Issiqlik eltkichlardan biri sovutilganda temperaturasi dan gacha pasaymoqda, ikkinchisi esa , isitilganda dan gacha ko‘tarilmoqda.


Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə