|
Исследование в XXI веке декабрь, 2022 г 77 sovet hokimiyatining anʼanaviy taʼlim tizimini cheklash va tugatishG‘ofur Bobonazarovich Xolmo‘minov часть
1
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
декабрь
, 2022
г
78
aholini ruslashtirish maqsadida tashkil qilingan rus- tuzem maktablarining ochilishi va
ularning sonining jadal surʼatlarda koʻpaytirib borilganligidan koʻrishimiz mumkin.
Mustamlaka davrigacha Turkistonda anʼanaviy taʼlim tizimi islom dini qoidalari asosida
tashkil qilingan boʻlib, maktab va madrasalarda diniy taʼlim bilan birga dunyoviy fanlar ham
oʻqitilgan.
1911- yilda 50 ga yaqin jadid maktablari yopib qoʻyildi. Jadid maktablarining ochish
tashabbuskorlari qattiq nazorat ostiga olindi. 1913- yilga kelib Buxoro amirligida barcha
jadid maktablari yopildi.
Urushdan keyingi davrdagi og’ir iqtisodiy vaziyatga qaramay, Sovet hukumati fan va
ta’limni rivojlantirishga katta e’tibor berdi. 1946-1950 yillarda ta’limga sarflangan
mablag’lar 1,5 barobar, fanga esa 2,5 barobar oshdi.
Maʼlumki, XIX asr oxirida Turkiston oʻlkasida 3.792.774 kishi yashagan boʻlib,
maktablar soni 6.027 tani tashkil etgan. Maktabda taʼlim olayotgan oʻquvchilar soni 64015
nafarni, yaʼni aholi soniga nisbatan oʻquvchilar 1,7 foizni tashkil etgani holda, savodxonlik
19,55 foiz boʻlgan. Oktyabr inqilobigacha Turkiston oʻlkasida 70000 oʻquvchisi bilan 6600 ta
maktab va 9000 talabasi bilan 311 ta madrasa faoliyat yuritgan. Davlat byudjetidan mablagʻ
ajratilmagani sababli Oʻrta Osiyoda maorif tizimining rivoji uchun asosiy moddiy taʼminot
xalq hisobidan qoplab borilgan. Davlat bu soha uchun juda kam mablagʻ ajratgan. Misol
uchun, 1914-yil butun Turkiston xalq taʼlimi uchun hukumat atigi ikki yarim million rubl
ajratgan.Bundan kelib chiqadiki, bola taʼlim-tarbiyasi asosan ota-onasining iqtisodiy
imkoniyatiga toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻliq boʻlgan.
Sovet hukumati ta’lim tizimida islohot oʻtkazishga majbur boʻlgan. Ammo
rejalashtirilgan islohot xalqlarning milliy qadriyat va urf-odatlariga barham berish orqali
amalga oshirilgan.
Inqilobdan soʻng dastlab sovet hukumati chorizm davrida imperiya korchalonlari rus-
tuzem maktablari orqali mahalliy millatni ruslashtirishni maqsad qilib qoʻyganini anglab,
konfessional xarakterdagi ibtidoiy maktablarni ochishga ruxsat bergan. Arxiv
maʼlumotlarini kuzata borib, XX asr boshlari Turkiston Xalq maorifi vazirligi maʼlumotlariga
koʻra, maktab yoshidagi bolalar (8 yoshdan 11 yoshgacha) 626 044 nafar boʻlgani aniqlandi.
Bulardan 1915-yil 1-yanvarigacha 40 608 nafari (hujjatda 7,4% koʻrsatilgan, ammo bu 6,5%
boʻlmoqda – muallif) davlat, zemstvo va boshqa boʻlimlar hisobidan moliyalashtirilib
oʻqitilgan. Shuningdek, mahalliy xalqlar hisobidagi 179 rus-tuzem maktabida 3500 oʻquvchi
taʼlim olgan.
1917-yil 20-23-may kunlari boʻlib oʻtgan Toshkent musulmon oʻqituvchilari yigʻilishida
“Musulmon oʻqituvchilar kengashi” tashkil etilgan. Yigʻilishda rus-tuzem maktablarini milliy
maktablarga aylantirish dasturi tayyorlangan.Duma ushbu dastur loyihasini uzoq
muhokamadan soʻng tasdiqlagan. 1919-yil 26-dekabrda esa barcha xalqlar masʼuliyatli
vazifasi sifatida savodsizlikni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi .
Davlat va kasaba uyushmalari savodsizlikni tugatish uchun “Har bir savodli savodsizni
oʻrgatadi” shiori ostida “madaniy yurish” boshlagan. Bu oʻsha davr Rossiya bilan bir
Международный
научный
журнал
№
5 (100),
Dostları ilə paylaş: |
|
|