|
Исследование в XXI веке декабрь, 2022 г 77 sovet hokimiyatining anʼanaviy taʼlim tizimini cheklash va tugatishG‘ofur Bobonazarovich Xolmo‘minov часть
1
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
декабрь
, 2022
г
79
qatorda uning tarkibidagi qator davlatlarda ham savodsizlik illatlari talaygina ekanligidan
dalolat beradi. Misol uchun, 1920-yilda birgina Turkiston aholisi orasida har 1000 kishiga
nisbatan: oʻzbeklarning – 36, qirgʻizlarning – 42, tojiklarning– 32 va turkmanlarning – 11
nafari savodli ekanligi belgilab oʻtilgan. Ammo bu raqamlar qaysi koʻrsatkichlar asosida
hisoblab chiqilgani aniq belgilanmagan.
Oʻsha yillari xalqaro munosabatlarda raqobatlasha olish uchun bilimli kadrlar
tayyorlash sovet hukumatining asosiy dasturiga aylangan edi. Shu boisdan sovet
maktablarini tashkil etish masalasi inqilobdan soʻng asosiy vazifalardan boʻlib qolgan.
Maorif xalq komissarligi tomonidan bu muammoga yechim rejalashtirilib, maʼlum vaqt
maktab tarmoqlarini boshqarishning eski tizimi ham saqlanib qolgan. “Hamma maktab ona
tilida” shiorining eʼlon qilinishi maʼlum darajada madaniy qurilish jarayoniga ijobiy taʼsir
koʻrsatgan. Natijada madaniy va maʼrifiy muassasalar oʻsishi kuzatilgan. 1921-yilga kelib,
yahudiylar uchun kommunalar maktabi – 39 ta (talabalar — 2800 kishi), mahalliy millat
uchun kommunalar maktabi – 15 ta (talabalar — 1100 kishi), yahudiylar uchun maktab-
internatlar – 63 ta ( 8123 bola), mahalliy millat uchun maktab-internatlar – 94 ta (7490
bola), yahudiylar uchun bolalar bogʻchalar — 41 ta (4410 oʻquvchi), mahalliy millat uchun
bolalar bogʻchalari — 30 ta (2630 oʻquvchi), yahudiylar uchun bolalar uylari — 2 ta (66
talaba), mahalliy millat uchun bolalar uylari — 10 ta (578 talaba), yahudiylarning 1-darajali
maktablar — 323 taga (70875 oʻquvchi) yetgan.
Shuningdek, kasb-hunar maktablari tarmogʻi ham kengayadi. Hunarmandlik maktabi –
1 ta, qishloq xoʻjalik texnikumi – 6 ta, sanoat-iqtisod bilim yurti – 2 ta, texnika va hunar
bilim yurti – 9 ta, tibbiyot bilim yurti – 7 ta, kimyo-farmasevtika bilim yurti – 1 ta, aralash
soha bilim yurtlari – 6 ta boʻlib, bularning har birida 200 tagacha talaba tahsil olgan.
Bundan tashqari, 6 ta Inpros (Taʼlim instituti, pedagogika institutiga oʻxshash narsa –
muallif) ham mavjud boʻlib, ularda 1610 ta oʻquvchi oʻqigan. Sovet va partiya ishchi-
mehnatkashlarining siyosiy va umumiy taʼlim maktabi esa 14 ta boʻlib, ulardagi oʻquvchilar
1850 nafarni (bundan 1250 tasi mahalliy millat vakili) tashkil etgan.
Oktyabr inqilobidan soʻng Turkistonda maktab va madrasalar qisqarib borganini
kuzatish mumkin. Misol uchun, Turkistonda 1908-yil faoliyat koʻrsatgan maktab va
madrasalar hamda 1924-yilda mavjud taʼlim muassasalarining roʻyxatini taqqoslaganda,
yangi uslubiy dasturlar asosida qayta tashkil etilgan taʼlim muassasalarini qoʻshganda,
maktablar – 5148 taga, madrasalar – 21 taga kamayganligida ham kuzatiladi.
Tarixiy manbalardan maʼlumki, ilgari Turkistonda mahalliy xalq yozish va oʻqish uchun
fors-tojik va turkiy-oʻzbek tillardan keng foydalangan. Maktablarda fors-tojik, arab va
turkiy-oʻzbek tili asosiy oʻqish tili boʻlgan. Ammo ruslar oʻlkani oʻz hukmronligi ostiga
olganidan soʻng barcha savdo-sanoat va davlat ishlari rus tilida olib boriladi. Ilm-fan va
savdo tili sifatida hali toʻliq shakllanmagan rus tili Turkiston mahalliy xalqi orasida ham
keng yoyilmagan edi. Shuningdek, kadrlar tarkibida soha mutaxassislarining yetishmasligi til
oʻrganish masalasida muammolar yanada ogʻirlashishiga sabab boʻlgan.
Международный
научный
журнал
№
5 (100),
Dostları ilə paylaş: |
|
|