Международный
научный
журнал
№
5 (100),
часть
1
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
декабрь
, 2022
г
77
SOVET HOKIMIYATINING ANʼANAVIY TAʼLIM TIZIMINI CHEKLASH VA TUGATISH
SIYOSATI
G‘ofur Bobonazarovich Xolmo‘minov
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika universiteti o‘qituvchisi
Primova Muhabbat Qahramon Qizi
Chirchiq davlat pedagogika universiteti 3- kurs talabasi.
Annotatsiya:
Ushbu maqolada sovet hokimiyatining an’anaviy ta’lim tiziminining
o’rnida tashkil etgan tizimi to’g’risida so’z boradi.
Kalit soʻzlar
:
Maorif, bolsheviklar, jadid maktablari, madrasalar, Oktyabr inqilobi.
Buyuk Turon zamini tarix va taqdirlari tutashgan turli xalqlarni birlashtirgan makon.
Buning zamirida yagona iqtisodiy manfaat bilan birga, siyosiy
va madaniy qarashlarning
mushtarakligi turadi, desak, haqiqatni aytgan boʻlamiz. Chunki, Turkiston oʻlkasi barcha
zamonlarda ham savdo markazi, ham ilm-maʼrifat va sanʼat oʻchogʻi vazifasini oʻtagan.
Maorif tizimining asosi boʻlmish xalq taʼlimi XIX asr oxiri –
XX asr boshlarida turli
ziddiyatlarga uchragan.
Tarixiy adabiyotlarda XX asr boshlari Turkiston xalq taʼlimi izdan chiqqani bilan
izohlanib, bunga mahalliy maktablarda eskicha taʼlim-tarbiyaning saqlanib qolishi va
savodsizlik sabab boʻlgan, deb hisoblab kelingan. Bu maʼlumotning qanchalik toʻgʻriligini
arxiv hujjatlari va adabiyotlar
asosida tahlil qilib, xolisona xulosa chiqarsak, maqsadga
muvofiq boʻladi.
Maʼrifatparvar adib va jamoat arbobi Abdulla Avloniy taʼlim va tarbiya haqida gapirib,
shunday yozgan: “Tarbiya bizlar uchun yo hayot –
yo mamot, yo najot- yo halokat , yo
saodat- yo falokat masalasidir. Shuningdek yosh avlodni oʻqitish, buning uchun shart-
sharoitlar yaratish xalq ommasi uning vakillari uchun dolzarb boʻlib kelgan.
XX asr boshlarida bolsheviklar tomonidan hokimiyat egallangach Oʻzbekistonda ham
sovet maktablari va texnikumlar ochishga alohida eʼtibor qaratildi. Jadid maktablari yopildi.
Eski maktablar va vaqf maktablari ham tugatildi. Chunonchi, bu davrga qadar Oʻzbekiston
hududida mavjud boʻlgan maktab- madrasa taʼlimi ,
vaqf maktablari, rivojlangan oʻrta
asrlardan buyon davom etib kelayotgan edi.
Jadidchilik harakati esa XIX asrning 90 – yillaridan boshlab Oʻrta Osiyoda tarqaldi.
Oʻsha davrning ilgʻor taraqqiyparvar kuchlari, birinchi navbatda ziyolilar mahalliy aholining
umumjahon taraqqiyotidan orqada qolayotganligini his etib, jamiyatni isloh qilish
zaruriyatini tushunib yetgan edilar.
XIX asrning oʻrtalarida boshlangan istilochilik yurishlari
natijasida mustamlakaga
aylangan Turkistonda mahalliy aholining anʼanaviy taʼlim tizimida oʻzgarishlar yuz bera
boshladi. Oʻlkaning boshqa sohalari singari taʼlim tizimida ham mustamlakachi
hukumatning manfaatlarini aks ettiruvchi siyosat yurgizildi. Buni ,
eng avvalo , mahalliy