часть
2
«
Новостиобразования
:
исследование
в
XXI
веке
»
март
, 2023
г
342
1.Ov qurollari
2. Mehnat qurollari
Tosh nayzalar, pichoqlar, qirg‘ichlar, teshgichlar – ov qurollari vazifasini
bajargan. Mehnat qurollari – tosh va suyakdan yasalgan bo‘lib, ular turli ho‘jalik
mashg‘ulotlarida (terimchilik, ovchilik) qo‘llanilgan. Ibtidoiy jamoa xo‘jaligining
rivojlanishida mehnat qurollari ishlab chiqarish va ulardan ho‘jalik yuritishda foydalanish
alohida ahamiyat kasb etadi. Tosh qurollar yordamida hayvonlarning shoh va
suyaklaridan mehnat qurollari yasash jo‘riy etiladi. Suyakdan qurol yasash va suyak bilan
ishlash jarayonida birinchi bor tasviriy san‘at namunalarini yasash kashf etildi. Suyakdan
turli taqinchoqlar yasash, suyak ustiga turli rasmlar solish va nihoyat suyakdan jamoaning
boshlig‘i, jamoaning eng nufuzli a‘zolari bo‘lgan onalarni ilohiylashtirishga qaratilgan
haykalchalarni yasash odat tusiga kiradi. Dastlab birinchi navbatda homilador ayollar rasmi
chizilib, ularning haykalchalari yasalgan. Yuqori paleolit odamlari yirik hayvonlar rasmini
chizib, ularga uyushtirilgan ov manzarasini tasvirlaydilar. Shu tariqa ibtidoiy tasviriy va
amaliy san‘at paydo bo‘ladi. Insonning tabiat bilan munosabatga kirishishi va uni o‘rab
turgan olam to‘g‘risida keng bilimga ega bo‘lishi dunyoni anglashda o‘ziga xos
dunyoqarashni shakllanishiga olib keladi.Oddiy dunyoqarash paleolit davri san‟atini
vujudga kelishiga sabab bo‘ladi.Ibtidoiy san‘at va uning rivojlanishi haqida bilimlarni
to‘plana boshlanishi bilan ibtidoiy davr madaniyati to‘g‘risidagi tushunchalar paydo bo‘ladi.
Bu boradagi dastlabki ma‘lumotlar XIX asrning 40-yillariga to‘g‘ri keladi. Ammo ibtidoiy
odam, uning hayoti, turmush-tarzi haqidagi ma‘lumotlar yangi fan bo‘lgan
arxeologiyaga, moddiy-madaniyat topilmalariga qiziqish uyg‘onishiga sabab bo‘lmadi.
Chunki dastlab bu ma‘lumotlar ommalashmadi yoki ularning haqiqitligiga shubha bilan
qaraldi. Ibtidoiy san‘at haqidagi qarashlarga 1879 yilda olim Savtuola omonidan
Ispaniyaning Altamir g‟oridan topilgan tasviriy san‘at namunalari e‘lon qilingach
e‘tibor berildi. Olim Altamir g‘ori devorida qizil, qirmizi oxra (mineral bo‘yoq) da
chizilgan bizon va otlar rasmi – suratlariga duch keladi. Bu yerda shuningdek devorlarga
chekilgan (tosh devorga o‘yib ishlangan) zubr, to‘ng‘iz, kiyik rasmlari ham bo‘lgan. Arxeolog
Savtuola g‘ordan topilgan suratlarni e‘lon qilganda hech kim unga ishonmaydi.
Aksincha uni qalbakilikda ayblaydilar. Oradan 20 yil o‘tib, Fransiyaning ko‘p g‘or va
makonlaridan boshqa rasmlar qatorida yo‘qolib ketgan hayvonlar – bizonlar,
mamontlar, begemotlar suratlari topilgach, Altamir yodgorliklari paleolit moddiy
madaniyatiga tegishli ekanligi tan olinadi.