Issn 2181-9580 toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali



Yüklə 295,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix05.10.2023
ölçüsü295,65 Kb.
#125410
1   2
jayev

 
Кадырова М. 

 
преподаватель Ташкентского государственного педагогического университета
 
 
Аннотация. 
В данной статье рассматривается эффективность преподавания в высшем 
образовании и повышения качества образования за счет использования инновационных методов 
в образовательном процессе.
Ключевые слова: 
качество образования, мониторинг, высшее образовательное 
учреждение, метод, инновация, инновационная идея, образование, креативный, педагог.
 
ROLE OF THE TEACHER IN IMPROVING THE QUALITY OF EDUCATION USING INNOVATIVE 
METHODS IN EDUCATIONAL INSTITUTIONS 
 
Khojaev A. 

 teacher of the Tashkent State Pedagogical University
Kadyrova M. 

 teacher of the Tashkent State Pedagogical University 
 
Annotation. 
This article discusses the effectiveness of teaching in higher education and 
improving the quality of education through the use of innovative methods in the educational process.
 
Key words: 
quality of education, monitoring, higher education institution, method, innovation, 
innovative idea, education, creative, teacher. 
 
Pedagogikaning rivojlangan tajribalari hamda taʼlimda erishilgan yutuqlarni amaliyotga olib kirish 
bugungi kunning muhim shartlaridan hisoblanadi. Hozirda oʻqituvchi oʻz faoliyati davomida foydalana 
olishi 
mumkin boʻlgan ulkan tajribalar ba
zasi shakllangan va u kundan kunga yanada boyib bormoqda. 
Lekin shunga qaramasdan, oʻqituvchilar va boʻlajak kasb egalari tomonidan ana shu tajribalarni 
oʻzlashtirib olishlari birmuncha mushkullik bilan amalga oshmoqda. Buni oʻqituvchilar tomonidan mazkur 
tajribalarni tahlil qilish hamda tanlash malaka va koʻnikmalarining yetarlicha rivojlanmaganligi bilan 
izohlash mumkin. Ular oʻzlarining amaliy faoliyatlari davomida toʻplanib borayotgan tajribalari va 
hamkasblarining faol
iyatlarini koʻzdan kechirishga yetarlicha eʼtibor bermayotganliklarini koʻp hollarda 
kuzatishimiz mumkin. 


89 
TDPU ILMIY AXBOROTLARI 2020/3 
Rivojlangan pedagogik tajribalar maʼlum bir darajada cheklanganlik xarakteriga ega hisoblanadi. 
Qolaversa, pedagogik tajribalar yangi elementlarni ham 
oʻzida mujassamlashtirib, ular taʼlim amaliyoti va 
nazariyasini boyitish xususiyatiga ega. Pedagogning mavqeyi 
ilgʻor tajribalarni vujudga keltirishda va 
ularni kasbdoshlari oʻrtasida ommalashtirishda oʻz ahamiyatini koʻrsatadi. Aynan mana shuning uchun 
h
am yangi tajribalarni amaliyotga kiritish va ommalashtirishda subyektiv omillarni alohida eʼtiborga olish 
lozim. Taʼlim beruvchi yangi ilgʻor pedagogik tajribani amaliyotga joriy etishda uning qimmati hamda qay 
darajada 
samarali 
ekanligiga 
eʼtibor 
berishi 
kerak. 
Oʻqituvchi 
amaliy 
faoliyatining 
innovatsiyaga 
yo‘nalganligi
nazariy pedagogik tadqiqotlar natijasida erishilgan yutuqlarni amaliyotga 
joriy etish imkoniyatini beradi. Aynan mana shunday tadqiqotlar natijalarini ommalashtirish uchun ularni 
keng jamoatchilikka tanishtirish talab etiladi. Bunday yangiliklarni soha mutaxassislari tomonidan tezkor 
maslahatlar berish, maxsus seminar hamda treninglar oʻtkazish, konferensiyalarda maʼruzalar 
qilish, 
boʻlg‘usi
pedagoglarga esa turkum maʼruzalar havola etish or
qali boshqa pedagogika vakillariga 
yetkazish mumkin. 
Shu oʻrinda bir savol tugʻiladi: “Ilgʻor pedagogik gʻoyalar va texnologiyalarni keng jamoatchilik 
vakillariga yetkazuvchilari hamda targʻibotchilari kimlar?” Alohida pedagog yoki taʼlim 
muassasasi 
tajribasini oʻrganib chiqish, ommalashtirishda maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyachi –
pedagoglari, 
umumiy oʻrta taʼlim, akademik litsey va professional taʼlim, oliy taʼlim muassasalarida faoliyat olib 
boradigan yetuk professor-
oʻqituvchil
ar, pedagoglar bu jarayonda muhim ahamiyat kasb etadi. Buning 
sababini quyidagicha izohlash mumkin: 

innovatsiya muallifi muayyan pedagogik gʻoya yoki yangilikning istiqboli toʻgʻrisida kerakli va aniq 
fikr bera olmaydi; 

ilgʻor pedagoglar har doim ham oʻz gʻoyalarini ommalashtirish haqida o‘ylayvermaydilar. 
Sababi 
yangilik pedagogning qoʻshimcha vaqti, mehnatini talab qiladi;

gʻoya har doim ham uning yaratuvchisi tomonidan ilmiy
-metodik jihatdan yetarlicha 
asoslanmaydi; 

mualliflar oʻzlarining innovatsiyalari
va ularni amaliyotga joriy etish yoʻllarini bayon qilishda 
oʻzlari va kasbdoshlarining individual xususiyatlari bilan bogʻliq boʻlgan toʻsiqlarga uchrashadi;

nafaqat 
pedagogik innovatsiyalarni targʻib qilish va ommalashtirish, balki ular asosida 
pedagoglar faoliyatiga tuzatishlar kiritish boʻlajak oʻqituvchilarning kasbiy bilimdonligi va mahoratini 
boyitish vazifasi ham ijodiy guruhning zimmasiga yuklanadi; 

innovatsiyalarni tizimli tanlash, monitoring oʻtkazish, innovatsion gʻoyalar, texnologiyala
rga 
baho berish, oliy taʼlim muassasalari ish tajribalarini raqamli texnologiyalar asosida boyitish vazifalari 
ham ijodiy guruh aʼzolari zimmasidadir.
Innovatsion gʻoya muallifi amaliyotda qoʻllashga yoʻnaltirilgan faoliyatni boshqarishda ishtirok 
etmaydi. Bu tarzdagi yondashuv innovativ pedagogning imkoniyatlarini kengaytirish va uni muayyan 
maqsadga yoʻnaltirishga zamin yaratadi.
Innovativ pedagogika asoschisi va ommalashtiruvchining quvvatlari shu tariqa bir nuqtaga 
jamlanib, maʼlum bir maqsadga yoʻnaltiriladi. Pedagogik innovatsiyalar oʻzining muayyan oʻlchovlariga 
ega. Pedagogik innovatsiyalar boʻlgʻusi oʻqituvchining kreativ faoliyatini shakllantiradigan quyidagi 
oʻlchovlardan aytishimiz mumkin:
- innovatsion usullarning naqadar yangi ekanligi; 
- uning optimalligi; 
- qanchalik samara berishi; 

ommaviy tajribada qoʻllash imkoniyati va shu kabilar.


90 
TDPU ILMIY AXBOROTLARI 2020/3 
Innovatsion usullarning asosiy oʻlchovi ularning yangiligi, ilmiy tadqiqot natijalari hamda ilgʻor 
pedagogik tajribalar bilan tengligidadir. Shu sababdan ham innovatsion jarayonda faoliyat olib borish 
istagida boʻlgan oʻqituvchilar uchun yangilikning asl mohiyati nimadan iborat ekanligini tushunish muhim 
ahamiyatga ega hisoblanadi. 
Oʻtkazilayotgan tajriba maʼlum bir oʻqituvchi uchun yangilik boʻlsa, boshqasi uc
hun esa bu usul 
yangi boʻlmasligi mumkin. Qolaversa, boʻlajak pedagoglar uchun ayni bir usulni yangilik darajasi turlicha 
boʻlishi mumkin. Ana shularni eʼtiborga olgan holda boʻlajak pedagoglar ham, taʼlim tizimida faoliyat olib 
borayotgan oʻqituvchilar ham innovatsion ijodiy faoliyatga oʻzlarining ehtiyojidan kelib chiqqan holda 
yondashishlari lozim boʻladi. Bu esa o‘z navbatida pedagoglarning shaxsiy oʻziga xosliklari, individual
-
psixologik xususiyatlari bilan chambarchas bogʻliq hisoblanadi.
Bo‘lg‘usi
p
edagoglarning kreativ funksiyalarini rivojlantirishga koʻmaklashuvchi innovatsion usullar 
yangiligi darajasiga koʻra bir qancha shakllarda namoyon boʻladi:

absolyut daraja; 

lokal-absolyut daraja; 

shartli daraja; 

subyektiv daraja; 
Bu farqlar ularnin
g qoʻllanish sohasi va aniqlik darajasi bilan bogʻliq.
Innovatsion pedagogik yangilikdan koʻzlangan maqsadga erishish uchun yetarlicha kuch quvvat 
sarflashni taqozo 
qiladi. Har bir pedagog oʻzining individual faoliyati davomida turlicha darajadagi 
samarado
rlikka erishadi. Taʼlim jarayoniga pedagogik innovatsiyalarni kiritish asosida imkon qadar kam 
kuch va vaqt sarflagan holda yuqori samaradorlikka erishish hamda kafolatlangan natija olish nazarda 
tutiladi. Aynan mana shuning oʻzi pedagogik innovatsiyalarni
ng optimallik darajasini belgilaydi. 
Innovatsion usullarning oʻlchovi pedagog faoliyatida ijobiy natijalarga erishgandagina namoyon 
boʻladi. Oʻlchovlardagi texnologiya, kuzatuvchanlik, natijalarning qayd etilganligi oʻqitishning yangi 
usullari, metodlarini 
baholash orqali namoyon boʻladi. Mazkur oʻlchovning ahamiyatli jihati shaxs, uning 
idroki va tushunchalarini shakllantirishning bir butunligida namoyon boʻladi.
“Innovatsion 
pedagogik 
yangiliklarni 
ommaviy 
tarzda 
amaliyotda 
qoʻllash 
ularni 
baholashning mezoni 
sifatida talqin etiladi. Pedagogik amaliyotda mazkur gʻoyalar va texnologiyalar tor, 
cheklangan darajadagi qoʻllanish darajasiga ega boʻlib qoladi. Bu, asosan, oʻquv jarayonining texnik 
taʼminoti va oʻqituvchi faoliyatining oʻziga xosligi bilan bogʻliq. Bunday vaziyatda pedagogik yangiliklar 
haqida fikr yuritish ahamiyatsizdir. 
Ommaviy pedagogik tajribalarda pedagogik innovatsiyalarni ijodiy qoʻllash alohida oʻqituvchilar 
ish faoliyatining boshlangʻich bosqichida namoyon boʻladi
[2]. Mazkur innovatsiyalar tajriba-
sinovdan 
oʻtkazilib, obyektiv baholangandan soʻng ommaviy tarzda qoʻllash uchun taqdim etiladi. Keng 
ommalashgan, ijobiy natijalarga erishish imkonini beradigan innovatsion usullardan foydalangan holda 
boʻlajak oʻqituvchilarning kreativ funksiyalarini rivojlantirish maqsadga muvofiq boʻladi
[3]. 
Pedagogik 
innovatsiyalarni 
baholash 
jarayonida 
muayyan 
bilimlar 
va 
ulardan 
foydalanish mezonlarini 
bilish boʻlajak oʻqituvchining pedagogik ijodning rang
-barang shakllarini 
oʻzlashtirishi uchun qulay s
haroit yaratadi. Pedagogik madaniyatning oddiy esda qolgan bilimlarni 
takrorlash shaklidan boshlab, ilmiy pedagogik jamoatchilikka maʼlum boʻlgan gʻoyalar, konsepsiyalar, 
texnologiyalarni oʻz shaxsiy faoliyatiga singdirishda ularni
evristik, kreativ ishlab chiqish va amaliyotga 
joriy etishga qadar boʻlajak pedagoglarning kundalik harakati mazmunini tashkil etish lozim.
 
Taʼlim muassasalarida auditoriya mashgʻulotlarini olib boruvchi pedagoglar tajribalarining tahlili 
shundan dalolat beradiki, pedagogik yangi
liklarni amaliyotga joriy etishda sustkashlikka yul qoʻyish 
taʼlim sifatini oshirishga sezilarli darajada oʻz taʼsirini koʻrsatmay qolmaydi.


91 
TDPU ILMIY AXBOROTLARI 2020/3 
Innovatsion yangiliklarning amaliyotga qoʻllanilmay qolib ketayotganligining ikkita muhim 
sababini keltirib oʻtish 
mumkin va ular quyidagilar: 

umumtaʼlim maktablariga kirib kelayotgan innovatsion yangiliklar yetarlicha tahlil 
hamda tajriba-sinovlardan 
oʻtmayapti;

bunday yangiliklarni amaliyotga joriy etish tashkiliy, texnik, shaxsiy-psixologik jihatdan oldindan 
tayyorlanmayapti. 

innovatsion taʼlim texnologiyasi tizimida oʻqituvchining oʻrni va vazifalari aniq belgilanishi zarur;

natijaga, maqsadga olib boruvchi 
ma’lum
yoʻl;

ilmiy rivojlanishning turli davrlarida vujudga kelgan, oʻrganish jarayonining fundamental va toʻl
iq 
metodik tizimi. 

talaba uchun qulay va erkin muhitni yaratish, yangi bilimlarni oʻzlashtirishda tabiiy qiziqish
va 
ishtiyoqni kuchaytirish

ogʻzaki, yozma va ijodiy qobiliyatlarni kuchaytirish uchun taʼlimiy jarayonda emotsiya, hissiyot, 
tajribalarning e
ʼtiborga olinishi;

jismoniy hamda emotsional imkoniyatlar darajasiga qarab tezkor maʼlumotlarni oʻzlashtira olish, 
tahlil qilish va qaror qabul qilish, mustaqil taʼlim olishga oʻrgatish.
Pedagogik innovatsiyalarning mazmuni va oʻlchovlari haqidagi aniq tasavvur ularni qoʻllash 
metodikasi boʻlajak oʻqituvchilarining ongi va faoliyatiga singdirilishi birinchi darajali ehtiyojga 
aylanmoqda. 
Pedagogik innovatsiyalarni taʼlim muassasalari hayotiga keng koʻlamda olib kirish uchun ularda 
yangilik muhitini yaratish, muayyan axloqiy-psixologik holatni shakllantirish, tashkiliy, metodik, 
psixologik xarakterdagi chora-
tadbirlarni qoʻll
ash talab etiladi. Buning uchun 
oliy taʼlim muassasalarida 
boʻlajak oʻqituvchilarning kreativ funksiyalarini rivojlantirish, ularni peda
gogik innovatsiyalar bilan izchil 
qurollantirib borish, innovatsion usullarni tahlil va tatbiq 
qilishga oʻrgatish talab etiladi. Oliy taʼlim 
muassasasida innovatsion muhitni vujudga keltirmaslik boʻlajak oʻqituvchilarni tayyorlash sifatiga ham 
keskin taʼsir koʻrsatadi. Natijada talabalar amalda pedagogik yangiliklardan yetarlicha xabardor 
boʻlmaydilar. Bu esa, oʻz navbatida, ulardagi ijodkorlik, yaratuvchanlikning rivojlanmasligiga, aksincha, 
soʻnib borishiga sabab boʻlishi mumkin. Boʻlajak pedagog kadrlarn
ing innovatsiyalarni izchil 
oʻzlashtirganliklari sababli pedagogik jamoadagi qulay muhitda faoliyat koʻrsatayotgan oʻqituvchilar 
orasidagi qarama-qarshiliklar darajasi pasayib, kasbiy faoliyatdagi zamon talabiga javob bermaydigan 
metod va usullar taʼlim si
fatini oshirishdagi muammolar qisman 
boʻlsa
-da 
bartaraf etiladi. Taʼlim 
muassasasidagi innovatsion muhitda oʻqituvchining yangilikka boʻlgan munosabati namoyon boʻladi.
Oʻqituvchining innovatsion faoliyatini oʻrganishga yoʻnaltirilgan
tashxislash metodlari ham rang-
barangdir. Pedagogik yangiliklarni yaratish, oʻzlashtirish va qoʻllash imkonini beradigan texnik 
muammolar pedagogik tajribalarni tashxislash 
negizida oʻrganilishi lozim.
Tashxislash metodlaridan 
foydalanish oʻqituvchi faoliyatining kuchli jihatl
arini namoyon qiladi[4]. 
Shuning uchun ham boʻlajak oʻqituvchilarni
tashxislashning zamonaviy metodikalari bilan 
qurollantirish davr talabid
ir. Boʻlgʻusi pedagoglarning kasbiy ehtiyoj va xohishlarini hisobga olgan holda 
ularda kasbiy-
pedagogik etikani shakllantirish va uzluksiz rivojlantirishga yoʻnaltirilgan toʻlaqonli 
maqsadli faoliyatni amalga oshirish lozim. Aynan mana shu asosda har bir y
osh oʻqituvchining 
yaratuvchanlik faoliyati bilan shugʻullanishi, ijodiy faoliyat olib borishi, tashabbus koʻrsatishi uchun qulay 
sharoit yaratish koʻzda tutiladi.
Pedagogik innovatsiyalarni tashxislash 
asosida oʻrganishda har bir pedagog tajribasida ijobi
y, 
rivojlantiruvchi holatlar bilan bir qatorda salbiy koʻrinishlar ham mavjudligini hisobga olish zarurligini 
unutmaslik kerak. Yosh pedagog taʼlim muassasasida samarali faoliyat koʻrsatishi uchun uning ish 


92 
TDPU ILMIY AXBOROTLARI 2020/3 
tajribasida mavjud boʻlgan ijobiy hamda salbiy ji
hatlarni tashxislash 
asosida yaqqol koʻrsatish talab 
etiladi. 
Innovatsion 
jarayonlarni 
oʻrganish 
maqsadida 
qoʻllaniladigan
tashxislash metodlari 
quyidagilardan iborat ekanligini boʻlajak pedagoglarda tasavvur hosil qilish, ongiga aniq yetkazish lozim. 
Bular: 

boʻlajak oʻqituvchilarning pedagogik ehtiyojlari, qiziqishlari, alohida ahamiyatga ega boʻlgan 
yoʻnalishlarni tizimli tarzda oʻrganish, bunda oʻqituvchilarning faoliyatida uchraydigan qiyinchiliklar va 
ularni bartaraf etish imkoniyatlarini aniqlash; 

ularning qiziqishlari va ehtiyojlarini 
qondirishga xizmat qiladigan gʻoyalar, konsepsiyalar hamda 
ilgʻor pedagogik tajribalarni izlab topish va oliy pedagogik taʼlim amaliyotiga joriy etish;

boʻlajak oʻqituvchilarning pedagogik innovatsiyalarni oʻzlashtirish va qoʻllash jarayonidagi oʻziga 
xoslik va ularning turli-
tuman koʻrinishlarini aniqlash, bunda namoyish qilish, tasvirlash, ochiq darslar 
oʻtkazish, yangi manbalar ustida ishlash, maʼruzalar tashkil etish, tajriba
-sinov ishlarida ishtirok etish 
singari faoliyat turlaridan keng foydalanish kabilar. 
Pedagogik innovatsiyalarni tashxislash 
asosida oʻrganishga
yo‘naltirilgan
amaliy ishlarni ham bir 
necha bosqichlarda oʻtkazish tavsiya etiladi:

boʻlajak oʻqituvchilardan dastlabki bosqichda anketa soʻrov
lari, anketa savollariga olingan 
javoblarni ekspertizadan oʻtkazish, individual suhbatlar tashkil etish va anketa savollariga olingan 
javoblardagi maʼlumotlarni tasdiqlash, tashxis natijalari asosida olingan maʼlumotlarni tahlil qilish.

mazkur bosqichda bi
rinchi bosqich natijalari asosida boʻlajak oʻqituvchining kasbiy
-pedagogik 
malakasini oshirishga yoʻnaltirilgan tadbirlar rejalashtiriladi hamda ularni amalga oshirish yoʻllari 
koʻrsatiladi.

ushbu bosqichda amalga oshirilgan ishlar yakunlanib, takroriy tashxislash 
oʻtkaziladi. Mazkur 
jarayonda boʻlajak oʻqituvchining oraliq hamda yakuniy natijalarni olishga yoʻnaltiriladi. Guruhdagi 
talabalar faoliyatida roʻy bergan oʻzgarishlar chuqur tahlil qilinadi.
Kuzatishlar shuni koʻrsatmoqdaki, boʻlajak oʻqituvchilarning hosil qilgan kasbiy koʻnikma, 
malakalari va tajribalarini tashxislash hamda ularni tashxislash metodlari bilan qurollantirish hamda 
kasbiy pedagogik taʼlim jarayonini innovatsion gʻoyalar asosida qayta qurish talabalarning kreativ 
faoliyatini samaral
i rivojlantirish imkonini beradi. Buning natijasida boʻlajak oʻqituvchilarni ijodiy faoliyat 
koʻrsatishga, tashabbuskorlikka undash imkoniyati vujudga keladi.
Oʻqituvchining ijodiy pedagogik faoliyati inson ongi,
xulqini shakllantirishga, pirovard natija 

barkamol insonlar avlodini yaratishga 
bo‘ysundirilgan
vazifalarni ijobiy hal qilish jarayonidir. Shu nuqtayi 
nazardan, har qanday 
pedagogik tizimda, xususan, innovatsion taʼlim texnologiyalari tizimida 
oʻqituvchining, ustoz
-shogird tizimining pedagogik fa
oliyatiga eʼtiborsizlik samarasiz hisoblanadi. 
Aksincha, oʻqituvchi faoliyati qanchalik faollashsa, taʼlim oluvchilarning
xatti-harakatlari qanchalik ijodiy, 
qiziqarli, istiqbolli tashkil etilsa, albatta, qoʻllanilayotgan taʼlim texnologiyalarining samarad
orligi ortadi. 
Shuningdek, loyihalashtirilgan oʻquv maqsadi yengil amalga oshadi hamda kutilayotgan natijaga tezroq 
erishiladi. Bu fikrlardan kelib chiqib: 

oʻqituvchi yangi kasbiy lavozim —
“oʻqituvchi
-
texnolog”, “pedagog

texnolog” darajasiga 
koʻtarilishi
kerak; 

“oʻqituvchi
-
texnolog” maxsus bilim, koʻnikma, malakaga ega boʻlishi kerak;

“oʻqituvchi
-
texnolog”ning
pedagogik jamoa oʻrtasida nufuzi, salohiyatining ortishi, maʼnaviy, 
moddiy manfaatdorligining taʼminlanishi boʻyicha aniq tadbirlar amalga oshirilgan boʻlishi zarur.
Taʼlim sifatini rivojlantirishda amalga oshirilayotgan islohotlar barcha taʼlim muassasalarida 
pedagogik jarayonlarni ilmiy asosda tashkil etib, fan-
texnika yutuqlariga asoslangan oʻquv jarayonining 


93 
TDPU ILMIY AXBOROTLARI 2020/3 
innovatsion pedagogik texnologiyalarda
n foydalanishda esa, pedagog oʻqituvchilardan bilim, koʻnikma 
va malakalarni talab qilinadi. Pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilgan mashgʻulotlarda 
oʻqituvchilar dars jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanishlari, albatta, samarali nat
ijalarni 
beradi[5]. 
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda mahalliy hamda xorijiy olimlarning ilmiy hisob-kitoblari, 
erishgan natijalari va tahlillari natijalariga murojaat 
qiladigan boʻlsak, “metod” atamasi ikkita 
asosiy 
ma’noga
ega ekanligini 
ko‘rish
mumkin bo‘ladi:
Zamonaviy rivojlanish til bilish kompetensiyalarini egallash orqali turli davlatlarning yetakchi oliy 
taʼlim muassasalari olimlari izlanishlari, ular tomonidan ishlab chiqilgan va taʼlim sifatini oshirishda 
qoʻllanilgan raqamli va innovatsion metodlarni tahlil qilgan holda sinchkovlik bilan tanlanishi orqali 
xarakterlanadi. 
Innovatsion metodlarni tanlash mobaynida quyidagi mezonlar, albatta, hisobga olinishi kerak 
boʻladi:
Faoliyatning turli shakllari ana shu maqsadlarga erishishda muhim ahamiyatga egadir. Amaliy 
tajribalar talabaning shaxsiyati hamda qiziqishlari xorijiy tilni oʻzlashtirish sifatiga bevosita taʼsir 
k
oʻrsatishini tushunishga imkon beradi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, yuqori darajadagi umumiy-kasbiy madaniyatga, ijtimoiy 
faollikka, mustaqil fikrlashga, oʻz vazifalarini qiyinchiliksiz hal qila olish qobiliyatiga ega boʻlgan yetuk 
mutaxassislarni tarbiyalash uchun bugungi kunda pedagog-
oʻqituvchilarimiz
zamonaviy, yangi 
innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishlari taʼlim
-tarbiyaning sifat va samaradorligini 
oshirishning asosiy omili ekanligini, buni esa davr talab etayotganligini tushunib yetishlari lozim. 
 

Yüklə 295,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə