Istiqlol avlodi


“Do‘stimga qo‘ng‘iroq” mashqi



Yüklə 4,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/39
tarix18.04.2022
ölçüsü4,03 Mb.
#85608
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   39
12 TENG-TENGGA” - zamonaviy yoshlar kraudsorsing dasturining modifikatsiyasi (tengdoshlar darajasi).

“Do‘stimga qo‘ng‘iroq” mashqi. 

Trener  “telefon  orqali  muloqot  qilishni  bilish  qanchalik  muhim?”,  deya 

ishtirokchilarga  murojaat  qiladi.  Barcha  javoblarni  tinglagach,  trener  kichik  bir 

tajriba  o‘tkazishni  taklif  etadi  hamda  ishtirokchilardan  birini  yordamga  chaqiradi. 

Ko‘ngilliga  shunday  topshiriq  beriladi:  u  o‘zini  telefon  qo‘ng‘irog‘iga  javob 

berayotgandek  tasavvur  qilishi  lozim.  Bu  vaqtda  trener  qo‘ng‘iroq  qilayotgan 

odam  rolini  ijro  etadi  va  suhbatdoshiga  murojaat  qilishning  ikki  xil  variantini 

ko‘rsatadi.  Birinchi  variant  bo‘yicha  ko‘ngilli  telefon  go‘shagini  ko‘targanida 

trener  unga  ancha  keskin  ohangda  va  xiyla  qo‘pol  ravishda  murojaat  qiladi. 

Masalan,  “Kimsiz?  Menga  Niginani  chaqir”.    Ikkinchi  variantda  trener  o‘z 

suhbatdoshiga  izzat-hurmat  asosida,  xayrixohlik  ohangida  murojaaat  qiladi. 

Masalan,  “Assalomu  alaykum,  bezovta  qilganim  uchun  uzr,  iltimos,  Niginani 

telefonga  chaqirib  yuborasizmi?”.  Javob  reaksiyasi  o‘zgaradi  va  bu  reaksiya 

muloqot  davomida  suhbatdoshga  qanday  murojaat  qilinishiga  bog‘liq  bo‘ladi. 

Qolganlarning vazifasi shu jarayonni  kuzatib borishdangina iborat. Shundan so‘ng 

trener ularga savol bilan murojaat qiladi: ular qanday dialogni tingladilar, birinchi 

va ikkinchi  murojaatlarda  javob  reaksiyasi  qanday  bo‘ldi  va  nima  uchun  shunday 

bo‘ldi, ko‘rgan-eshitganlaridan ular qanday xulosa chiqarishlari mumkin?  

Ochiq, yopiq savollar. Trener avvalgi mashq bilan aloqadorlik mavjudligini  

e’tirof  etib,  shunday  deydi:  “agar  suhbat  (dialog)  va  tushunish  mavjud  bo‘lsa, 

demak  kommunikatsiya  ham  bor”.  Suhbat  qurish  va  tushunishga  erishish  uchun 

esa  savol  berishni  bilish  kerak.  Trener  ishtirokchilardan  so‘raydi:  “qanday  savol 

turlari mavjudligini bilasizmi, ular bir-biridan nimasi bilan farq qiladi?”    


Yüklə 4,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə