Istiqlol avlodi



Yüklə 4,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/39
tarix18.04.2022
ölçüsü4,03 Mb.
#85608
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   39
12 TENG-TENGGA” - zamonaviy yoshlar kraudsorsing dasturining modifikatsiyasi (tengdoshlar darajasi).

Savollar 

Ha 

Yo‘q 

 Tengdoshlaringiz  bilan oson til topishasizmi? 

 

 

 Bahs-munozaralarda tez-tez ishtirok etasizmi? 



 

 

 O‘zingizdan kattalar bilan muomala qilishni yoqtirasizmi? 



 

 

 O‘qib 



chiqqan 

kitobingizni 

muhokama 

qilishni 

yoqtirasizmi? 

 

 



 So‘zlashuv-suhbatlarda bemalol ishtirok etasizmi? 

 

 



 Bolalar bilan oson til topishasizmi? 

 

 



 Suhbatni birinchi boshlashingiz mumkinmi? 

 

 



 Yangi insonlar bilan uchrashishni yoqtirasizmi? 

 

 



 Har qanday suhbatni qizitib turishingiz mumkinmi? 

 

 



 Tomosha qilgan filmingizni muhokama qilasizmi? 

 

 



 Keksalar bilan yaqin til topishasizmi? 

 

 



 Hayotiy 

sarguzashtlaringiz 

haqida 

ko‘pincha  aytib 

berasizmi? 

 

 




32 

 

Ha – 1 ball, Yo‘q – 0. 



Kalit: 

8  –  12.  Siz  juda  kirishimli,  dilkash  insonsiz.  Yangi  tanishuvlar  Sizni 

qiziqtiradi. Siz bahslarda ishtirok etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermaysiz. 

4  –  7.  Siz  yetarli  darajada  kirishimli  insonsiz,  yangi,  hali  o‘rganilmagan 

narsalarga qiziqasiz. 

0  –  3.    Sizga  ko‘proq  badiiy  adabiyot  o‘qish  tavsiya  etiladi.  Ehtimol,  Siz 

kamroq  muloqot qilasiz va biroz uyatchansiz. 

Trener  uchun:  ishtirokchilar  ushbu  test  savollariga  javob  berib  bo‘lgach, 

trener  javob  ballarini  qanday  hisoblashni  tushuntiradi  va  umumiy  javobni  o‘qib 

eshittiradi. 

“Tengdosh–tengdoshga:  tengqurlar  orasidagi  nizolarda    aralashish, 

yarashtirib qo‘yish”. 

Trener quyidagi matnni ishtirokchilarga o‘qib beradi:  

“Tengdosh–tengdoshga:  tengqurlar  orasidagi  nizolarda    aralashish, 

yarashtirib  qo‘yish”  –  bu  o‘smirlar  ishtirokidagi  nizolarni  hal  etishda  tengqurlar 

orasida  maxsus  tayyorgarlikdan  o‘tgan  uchinchi  shaxs

1

  tomonidan  tomonlarni 



yarashtirib  qo‘yadigan  o‘rtada  turuvchi  “tengdosh–tengdoshga”    tamoyiliga  amal 

qilib yordam berishi tushuniladi. 

Bugungi  kunda  nizo  paytlarida  ya’ni,  ikki  tomon  o‘rtasida  tengsizlik 

vaziyatida,  huquqbuzarlikda  ayblanuvchi  va  jabrlanuvchilarni  kelishtirib  qo‘yish, 

yarashtirishdan  keng  foydalaniladi.  Shuningdek,  kichik  vaziyatlarni  hal  etishda 

ham samarali foydalanib kelinmoqda. Masalan, mayda o‘g‘irliklar, davlat mulkiga 

zarar keltirishda, haqoratlash va boshqa shunga o‘xshash bezoriliklar. 

“Yarashtirib qo‘yish” mashqi. 

Trener ishtirokchilarni 3 kishidan iborat guruhlarga bo‘ladi. Har bir guruh 5 

daqiqa  davomida  bittadan  o‘zlari  kundalik  hayotida,  maktabda,  litsey  va  kollejda 

tengqurlari orasidagi nizoli vaziyatni yaratadi. (masalan, maktabda o‘tkazilayotgan 

tadbirda joy talashib qolish, maktab oshxonasida navbat talashib qolish va hokazo 

vaziyatlar  bo‘lishi  mumkin).  Guruhlardagi  2  nafar  ishtirokchi  bahsga  kirishadi, 

uchinchi  ishtirokchi  o‘rtada  turuvchi  –yarashtirib  qo‘yadigan  odam    rolini  ijro 

etadi.  

                                                           

1

  Izoh: 


maxsus  tayyorgarlikdan  o‘tgan  shaxs  –  mediatorlarni  tayyorlash  bo‘yicha  maxsus  o‘quv-

mashg‘ulotida- kurslarda o‘qib, sertifikatga ega bo‘lgan shaxs.

 



33 

 

Trener 



uchun 

ko‘rsatma:  ishtirokchilar  tomonidan  shovqin-suron 

ko‘tarilmasligiga  e’tibor  qaratish  lozim.  Shuningdek,  vaziyatni  ko‘rsatib  berish 

uchun 5 daqiqa vaqt berilganligini eslatib turishi lozim.     

Barcha 

ishtirokchilar 

vaziyatlarni 

ko‘rsatib  berganlaridan  so‘ng, 

muhokamaga o‘tiladi va quyidagi savollarga javob beradi.  

 Nizo  vaqtida  aralashib,  ikki  tomonni  yarashtirib  qo‘yish  kerakmi  yoki 

indamay tomosha qilish yaxshimi?    

Sizningcha,  nizolarni  hal  etishning  boshqa  yo‘llaridan  yarashtirib  qo‘yish 

usulining farqi nimada? Afzalliklari va salbiy jihatlari. 

Yarashtirib  qo‘yuvchi,  ya’ni  o‘rtada  turuvchi  odam  nizo  paytida  nimalar 

qilishi kerak?  

Yarashtiruvchi, ya’ni o‘rtada turuvchi inson qanday bo‘lishi kerak?          

 

Guruhlar  o‘zlarining  javoblarini  beradi,  taqdim  etilgan  material 



bo‘yicha  muhokama  bo‘ladi.  Trener  ishtirokchilarning  fikr-mulohazalarini 

to‘ldiradi, vaziyatdagi holatlarni izohlab o‘tadi va xulosa qilib, yakun yasaydi.   

“Nizo paytida yordam berish” mashqi. 

Maqsad:  nizo  paytida  uchinchi  tomonning  roli  va  amalga  oshiriladigan 

vazifalarini ishtirokchilarga ko‘rsatib berish. 

Trener  uchun  ko‘rsatma:  trener  ishtirokchilarga  quyidagi  vaziyatlarni  o‘qib 

beradi.  

1. Maftuna va Alisher bir sinfda o‘qiydi. Bir oy oldin Alisher Maftunaning 

matematika  daftarini  olgan.  Kecha  Maftuna  Alisherdan  daftarini  qaytarishini 

so‘radi. Lekin, u rad etdi.  

2.  Nasibaning  dugonalaridan  biri  doim  uning  ingliz  tili  bo‘yicha  lug‘atini 

foydalanish  uchun  oladi,  lekin  qaytarishni  esidan  chiqarib  qo‘yadi.  Kecha 

kechqurun u ingliz tilidan berilgan uyga vazifani bajarmoqchi bo‘lib, sumkasidan 

lug‘atni qidirdi, ammo topolmadi. Nasiba lug‘atni dugonasi olib qaytarib bermagan 

deb hisoblaydi.               

Guruhdagi  ishtirokchilar  soniga  qarab  ikki  yoki  uch  kishidan  iborat 

guruhlarga  bo‘linadi.  Guruhlar  bunday  vaziyatda  qanday  yo‘l  tutsa  bo‘ladi, 

vaziyatni qanday hal qilish kerak, degan savollarga javob beradi va zarur tavsiyalar 

ishlab chiqadi. 

Har  bir  guruh  o‘z  fikr-mulohazalari  va  ishlab  chiqqan  tavsiyalarini 

ishtirokchilarga  aytib  o‘tadi.  Trener  esa  bildirilgan  fikrlarni  izohlaydi  va  bu 



34 

 

vaziyatda  ular  qanday  rol,  vazifalarni  bajarganliklarini  tushuntirib  beradi.  Bunda 



bajargan rollarni quyidagicha nomlash mumkin.   

maslahatchi  (guruhdagi  a’zolarning  biri  bilan  yaqin  munosabatda  bo‘lib, 

balki, vaziyatni birgalikda muhokama qilgan va maslahat bergan);  

advokat  (bir  tomon  kuchlilik  qilsa,  kuchsiz  tomonni  himoya  qilishi 

mumkin);      

sudya (har biriga javobgarlik chorasini belgilaydi, qaror qabul qiladi va uni 

bajaradi);     

psixolog (eshitadi,tinchlantiradi, qo‘llab-quvatlaydi); 

o‘rtada  turuvchi  yoki  yarashtiruvchi  shaxs  (tomonlarning  o‘zaro  til 

topishishiga va masalani ijobiy hal etishga yordam beradi).     

Trenerning  vazifasi  ko‘rilgan  vaziyatda  ishtirokchilar  tomonlarning  boshqa 

yana  qanday  vazifa  va  funksiyalarni  tasvirlaganlarini  hamda  ular  o‘rtasidagi 

farqlarni aniqlashdan iborat.      

Guruhlarda ishlash “Nizoli vaziyatda o‘zini tutish qoidalari”. 

Trener    qatnashchilarni  4  ta  guruhga  bo‘ladi.  Har  bir  guruhga  marker,  A-4 

formatdagi  qog‘ozlarni  tarqatadi  va  nizolarni  boshqarish  qoidalarini  ishlab 

chiqishni vazifa  qilib beradi.   

Trener  uchun:  guruhlar  topshiriq  paytida  “Nizoli  vaziyatda  o‘zini  tutish 

qoidalari” deb yozib tayyorlab oladi. Shuningdek, guruhlarga yo‘nalish ko‘rsatish 

va  yordam  tariqasida  oldin  bajargan  rolli  o‘yinlarni  eshitgan  va  ko‘rganlaridan 

xulosa qilishlari uchun eslatib o‘tadi.  

Belgilangan  vaqt  tugaganidan  so‘ng  1-guruh  o‘z  taqdimotini  qiladi.  Ishlab 

chiqqan qoidalarini (trener tomonidan tayyorlangan “Nizoli vaziyatda o‘zini tutish 

qoidalari”  deb  nomlangan)  flipchartga  yopishtiradi.  Keyin  esa  2-guruh  o‘z 

taqdimotini  qiladi  va  flipchartga  yopishtiradi.  Qolgan  guruhlar  ham  shu  tarzda 

davom  ettiradi.  Bunda  guruhlar  o‘zlaridan    oldingi  guruh  tomonidan  yozilmagan 

qoidalarni yozishlari kerak bo‘ladi 

Qoidalar quyidagicha bo‘lishi mumkin: 

Diqqat bilan eshiting. 

Suhbatdoshingiz fikriga aniqlik kiriting u nima demoqchi. 

Bir-biringizni  hurmat  qiling,  ishtirokchilarning  emas,    faqat  o‘z 

muammolaringizni  muhokama  qiling.  Muammoni  hal  qilishga  chin  dildan 

kirishing.  Vaziyatdan  chiqishning  ko‘proq  yo‘llarini  toping,  toki,  ikkalangizning 

fikringiz bir joydan chiqsin.  Mavzuni ijobiy xulosalar bilan yakunlang. 




35 

 


Yüklə 4,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə