tushunishiga yordam bering, gapirayotgan inson uchun qulay sharoitlar yaratib
bering. Telefonni o‘chirib qo‘ying, Sizlarga xalaqit berilmaydigan joyni tanlang.
yordam beradi va aksincha, biz gavdani bo‘shashtirganimizda bizning miyamiz
20
fikrlaringiz ham nigohingiz
izidan borishi xavfi paydo
bo‘ladi. Suhbatdoshingiz bilan
ko‘z orqali aloqani uzmaslikka
harakat qiling, lekin bunda
haddan
tashqari
tikilib
qarashdan saqlaning (ba’zida
bu dushmanlik sifatida qabul
qilinadi).
Tinglashni
istayotganingizni
ko‘rsating.
Manfaatdordek
ko‘rinish zarur. Holatingiz va xatti-harakatingiz suhbatdoshingizni
tinglayotganingizdan darak berishiga ahamiyat qarating. Yodda tuting, sherigingiz
e’tiborli, “jonli” odam bilan muloqot qilishni istaydi.
Gapirayotgan odamga nisbatan doimiy diqqat-e’tiborni uzmang. Inson bilan
gaplashayotganda: qog‘ozda nimanidir chizib o‘tirishdan; barmoqlar yoki ruchkani
taqillatishdan; qog‘ozni shitirlatishdan saqlaning. Har qanday diqqatni
chalg‘ituvchi harakatlar – stolga ko‘z yugurtirish; o‘zingiz keltirgan qog‘ozlarga
qarash – gaplashayotgan odam bilan begona buyumlar o‘rtasida diqqatning
bo‘linishiga olib keladi.
Tinglamoq va eshitmoq zarur. Suhbatdoshingiz gapirayotgan narsalarga
diqqatni jamlashni biling. Fikrlarning “kezib yurishiga” yo‘l qo‘ymang.
Gapirayotgan odamning nuqtai nazarini tushunish uchun uni eshitishga harakat
qiling.
Tinglash jarayonini mantiqiy rejalashtiring. Bizga aytilayotgan hamma
narsani yodda saqlash qiyin, lekin asosiy fikrlarni yodda saqlashimiz shart.
Suhbatdoshingizning
tuyg‘ularini
tushunishga
harakat
qiling.
Suhbatdoshingiz gapirayotgan so‘zlarning ma’nosinigina emas, balki uning
tuyg‘ularini ham tushunish darkor. Yodda tuting, insonlar o‘z fikr va tuyg‘ularini
qabul qilingan ijtimoiy me’yorlarga muvofiq ravishda “kodlashtirgan” holda
uzatadilar.
Kuzatuvchan bo‘ling. Gapirayotgan odamning nutqdan tashqari signal-
xabarlarini kuzating, chunki muloqotning katta qismi hissiy muloqot hissasiga
to‘g‘ri keladi.
Muloqot qilganingiz uchun mas’uliyatdan qochmang. Suhbat ikki
tomonlama, ikki o‘rtada bo‘ladi, chunki muloqotda ikki kishi qatnashadi. Bunda
suhbatdoshlar
navbatma-navbat
tinglayotgan
inson
rolini
o‘ynaydilar.
21
Suhbatdoshingizga Siz uni haqiqatdan ham tinglayotganingizni va uni
tushunayotganingizni ko‘rsata biling. Aniqlashtiruvchi savollar berish va
tuyg‘ularni faol ifodalash yo‘li bilan bunga erishish mumkin. Suhbatdoshingiz Siz
uni tushunayotganingizni qanday bilib olishi mumkin, agar Siz buni o‘zingiz
aytmasangiz.
Sabr-bardoshli bo‘ling. Gapirayotgan insonning gapini bo‘lmaslik uchun
yetarli vaqt toping.
Tuyg‘ularingizni jilovlang. Badjahl inson ko‘pincha so‘zlarni noto‘g‘ri
talqin qiladi. O‘zingizga quloq soling. Sizning tashvishlaringiz va hissiy
hayajonlaringiz sherigingizni tinglashga xalaqit beradi. Agar uning nutqi va fe’l-
atvori sizning tuyg‘ularingizga daxl qilsa, tuyg‘ularingizni ifodalashga harakat
qiling, bu vaziyatni oydinlashtiradi, suhbatdoshingizni tinglashingiz osonlashadi.
Tanqidga ehtiyotkor bo‘ling, baholamang. Suhbatdoshingizga nisbatan
ma’qullovchi pozitsiyada bo‘ling. Sizning ma’qullashingiz unga o‘z fikrlarini
aniqroq ifodalashiga yordam beradi. Siz tomoningizdan ko‘rsatilgan har qanday
salbiy reaksiya insonda himoyalanish reaksiyasini, qat’iyatsizlik tuyg‘usini,
bezovtalikni keltirib chiqaradi.
Suhbatdoshingizning maqsadini tushuning. Bilib oling, ko‘pincha
suhbatdoshingizning maqsadi – Sizdan nimadir olish yoki Sizning fikringizni
o‘zgartirish yoki Sizni nimadir qilishga undashdan iborat bo‘ladi. Bu holatda xatti-
harakatlar suhbatdoshingizga eng yaxshi javob vazifasini o‘taydi.
Salbiy odatlar tinglash jarayonini qiyinlashtiradi. O‘zingizning tinglash
bilan bog‘liq odatlaringizni, kuchli va kuchsiz tomonlaringizni, yo‘l qo‘yadigan
xatolaringizni aniqlashga harakat qiling. Insonlar haqida juda tez hukm
chiqarmaysizmi? Gapirayotgan odamning tashqi ko‘rinishi va nutqidagi
kamchiliklarga urg‘u bermaysizmi? Odamga qaramasdan, uni tinglash odatingiz
yo‘qmi? Suhbatdoshingizning gapini tez-tez bo‘lib turasizmi? Miyangiz tashvishlar
bilan band bo‘lganida, yasama, yolg‘ondakam diqqat-e’tibor ko‘rsatmaysizmi?
Hali oxiriga etmagan hikoya asosida shoshilinch baho va xulosalar
chiqarmaysizmi?
Muloqot jarayonining qanday kechishi va qancha davom etishi Siz
suhbatdoshingizni qanchalik qiziqtira olganingizga, u Sizning yoningizda o‘zini
qanchalik qulay his qilishiga bog‘liq. Muloqot ikki tomonlama bo‘lishini hamda
suhbatdoshingizda yaxshi taassurot qoldirishni istasizgiz, nafaqat uni tinglash va
eshitish zarur, balki suhbatdoshingizga u bilan muloqot qiziqarli va yoqimli
bo‘layotganini tushunib yetish imkonini berish kerak.