Savollar
Ha
Yo‘q
Tengdoshlaringiz bilan oson til topishasizmi?
Bahs-munozaralarda tez-tez ishtirok etasizmi?
O‘zingizdan kattalar bilan muomala qilishni yoqtirasizmi?
O‘qib
chiqqan
kitobingizni
muhokama
qilishni
yoqtirasizmi?
So‘zlashuv-suhbatlarda bemalol ishtirok etasizmi?
Bolalar bilan oson til topishasizmi?
Suhbatni birinchi boshlashingiz mumkinmi?
Yangi insonlar bilan uchrashishni yoqtirasizmi?
Har qanday suhbatni qizitib turishingiz mumkinmi?
Tomosha qilgan filmingizni muhokama qilasizmi?
Keksalar bilan yaqin til topishasizmi?
Hayotiy
sarguzashtlaringiz
haqida
ko‘pincha aytib
berasizmi?
32
Ha – 1 ball, Yo‘q – 0.
Kalit:
8 – 12. Siz juda kirishimli, dilkash insonsiz. Yangi tanishuvlar Sizni
qiziqtiradi. Siz bahslarda ishtirok etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermaysiz.
4 – 7. Siz yetarli darajada kirishimli insonsiz, yangi, hali o‘rganilmagan
narsalarga qiziqasiz.
0 – 3. Sizga ko‘proq badiiy adabiyot o‘qish tavsiya etiladi. Ehtimol, Siz
kamroq muloqot qilasiz va biroz uyatchansiz.
Trener uchun: ishtirokchilar ushbu test savollariga javob berib bo‘lgach,
trener javob ballarini qanday hisoblashni tushuntiradi va umumiy javobni o‘qib
eshittiradi.
“Tengdosh–tengdoshga: tengqurlar orasidagi nizolarda aralashish,
yarashtirib qo‘yish”.
Trener quyidagi matnni ishtirokchilarga o‘qib beradi:
“Tengdosh–tengdoshga: tengqurlar orasidagi nizolarda aralashish,
yarashtirib qo‘yish” – bu o‘smirlar ishtirokidagi nizolarni hal etishda tengqurlar
orasida maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan uchinchi shaxs
1
tomonidan tomonlarni
yarashtirib qo‘yadigan o‘rtada turuvchi “tengdosh–tengdoshga” tamoyiliga amal
qilib yordam berishi tushuniladi.
Bugungi kunda nizo paytlarida ya’ni, ikki tomon o‘rtasida tengsizlik
vaziyatida, huquqbuzarlikda ayblanuvchi va jabrlanuvchilarni kelishtirib qo‘yish,
yarashtirishdan keng foydalaniladi. Shuningdek, kichik vaziyatlarni hal etishda
ham samarali foydalanib kelinmoqda. Masalan, mayda o‘g‘irliklar, davlat mulkiga
zarar keltirishda, haqoratlash va boshqa shunga o‘xshash bezoriliklar.
“Yarashtirib qo‘yish” mashqi.
Trener ishtirokchilarni 3 kishidan iborat guruhlarga bo‘ladi. Har bir guruh 5
daqiqa davomida bittadan o‘zlari kundalik hayotida, maktabda, litsey va kollejda
tengqurlari orasidagi nizoli vaziyatni yaratadi. (masalan, maktabda o‘tkazilayotgan
tadbirda joy talashib qolish, maktab oshxonasida navbat talashib qolish va hokazo
vaziyatlar bo‘lishi mumkin). Guruhlardagi 2 nafar ishtirokchi bahsga kirishadi,
uchinchi ishtirokchi o‘rtada turuvchi –yarashtirib qo‘yadigan odam rolini ijro
etadi.
1
Izoh:
maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan shaxs – mediatorlarni tayyorlash bo‘yicha maxsus o‘quv-
mashg‘ulotida- kurslarda o‘qib, sertifikatga ega bo‘lgan shaxs.
33
Trener
uchun
ko‘rsatma: ishtirokchilar tomonidan shovqin-suron
ko‘tarilmasligiga e’tibor qaratish lozim. Shuningdek, vaziyatni ko‘rsatib berish
uchun 5 daqiqa vaqt berilganligini eslatib turishi lozim.
Barcha
ishtirokchilar
vaziyatlarni
ko‘rsatib berganlaridan so‘ng,
muhokamaga o‘tiladi va quyidagi savollarga javob beradi.
Nizo vaqtida aralashib, ikki tomonni yarashtirib qo‘yish kerakmi yoki
indamay tomosha qilish yaxshimi?
Sizningcha, nizolarni hal etishning boshqa yo‘llaridan yarashtirib qo‘yish
usulining farqi nimada? Afzalliklari va salbiy jihatlari.
Yarashtirib qo‘yuvchi, ya’ni o‘rtada turuvchi odam nizo paytida nimalar
qilishi kerak?
Yarashtiruvchi, ya’ni o‘rtada turuvchi inson qanday bo‘lishi kerak?
Guruhlar o‘zlarining javoblarini beradi, taqdim etilgan material
bo‘yicha muhokama bo‘ladi. Trener ishtirokchilarning fikr-mulohazalarini
to‘ldiradi, vaziyatdagi holatlarni izohlab o‘tadi va xulosa qilib, yakun yasaydi.
“Nizo paytida yordam berish” mashqi.
Maqsad: nizo paytida uchinchi tomonning roli va amalga oshiriladigan
vazifalarini ishtirokchilarga ko‘rsatib berish.
Trener uchun ko‘rsatma: trener ishtirokchilarga quyidagi vaziyatlarni o‘qib
beradi.
1. Maftuna va Alisher bir sinfda o‘qiydi. Bir oy oldin Alisher Maftunaning
matematika daftarini olgan. Kecha Maftuna Alisherdan daftarini qaytarishini
so‘radi. Lekin, u rad etdi.
2. Nasibaning dugonalaridan biri doim uning ingliz tili bo‘yicha lug‘atini
foydalanish uchun oladi, lekin qaytarishni esidan chiqarib qo‘yadi. Kecha
kechqurun u ingliz tilidan berilgan uyga vazifani bajarmoqchi bo‘lib, sumkasidan
lug‘atni qidirdi, ammo topolmadi. Nasiba lug‘atni dugonasi olib qaytarib bermagan
deb hisoblaydi.
Guruhdagi ishtirokchilar soniga qarab ikki yoki uch kishidan iborat
guruhlarga bo‘linadi. Guruhlar bunday vaziyatda qanday yo‘l tutsa bo‘ladi,
vaziyatni qanday hal qilish kerak, degan savollarga javob beradi va zarur tavsiyalar
ishlab chiqadi.
Har bir guruh o‘z fikr-mulohazalari va ishlab chiqqan tavsiyalarini
ishtirokchilarga aytib o‘tadi. Trener esa bildirilgan fikrlarni izohlaydi va bu
34
vaziyatda ular qanday rol, vazifalarni bajarganliklarini tushuntirib beradi. Bunda
bajargan rollarni quyidagicha nomlash mumkin.
maslahatchi (guruhdagi a’zolarning biri bilan yaqin munosabatda bo‘lib,
balki, vaziyatni birgalikda muhokama qilgan va maslahat bergan);
advokat (bir tomon kuchlilik qilsa, kuchsiz tomonni himoya qilishi
mumkin);
sudya (har biriga javobgarlik chorasini belgilaydi, qaror qabul qiladi va uni
bajaradi);
psixolog (eshitadi,tinchlantiradi, qo‘llab-quvatlaydi);
o‘rtada turuvchi yoki yarashtiruvchi shaxs (tomonlarning o‘zaro til
topishishiga va masalani ijobiy hal etishga yordam beradi).
Trenerning vazifasi ko‘rilgan vaziyatda ishtirokchilar tomonlarning boshqa
yana qanday vazifa va funksiyalarni tasvirlaganlarini hamda ular o‘rtasidagi
farqlarni aniqlashdan iborat.
Guruhlarda ishlash “Nizoli vaziyatda o‘zini tutish qoidalari”.
Trener qatnashchilarni 4 ta guruhga bo‘ladi. Har bir guruhga marker, A-4
formatdagi qog‘ozlarni tarqatadi va nizolarni boshqarish qoidalarini ishlab
chiqishni vazifa qilib beradi.
Trener uchun: guruhlar topshiriq paytida “Nizoli vaziyatda o‘zini tutish
qoidalari” deb yozib tayyorlab oladi. Shuningdek, guruhlarga yo‘nalish ko‘rsatish
va yordam tariqasida oldin bajargan rolli o‘yinlarni eshitgan va ko‘rganlaridan
xulosa qilishlari uchun eslatib o‘tadi.
Belgilangan vaqt tugaganidan so‘ng 1-guruh o‘z taqdimotini qiladi. Ishlab
chiqqan qoidalarini (trener tomonidan tayyorlangan “Nizoli vaziyatda o‘zini tutish
qoidalari” deb nomlangan) flipchartga yopishtiradi. Keyin esa 2-guruh o‘z
taqdimotini qiladi va flipchartga yopishtiradi. Qolgan guruhlar ham shu tarzda
davom ettiradi. Bunda guruhlar o‘zlaridan oldingi guruh tomonidan yozilmagan
qoidalarni yozishlari kerak bo‘ladi
Qoidalar quyidagicha bo‘lishi mumkin:
Diqqat bilan eshiting.
Suhbatdoshingiz fikriga aniqlik kiriting u nima demoqchi.
Bir-biringizni hurmat qiling, ishtirokchilarning emas, faqat o‘z
muammolaringizni muhokama qiling. Muammoni hal qilishga chin dildan
kirishing. Vaziyatdan chiqishning ko‘proq yo‘llarini toping, toki, ikkalangizning
fikringiz bir joydan chiqsin. Mavzuni ijobiy xulosalar bilan yakunlang.
|