56
1,2,3,4 kvadrantlarda nima borligini va ishtirokchilar qanday xulosalar
chiqarishganini so'rang.
"Halokatga uchragan kema" o'yini
O'yin boshlanishidan oldin boshlovchi "Javobgarlikning o'zi nima? Siz
buni qanday tushunasiz?" degan savolni o'rtaga tashlagani ma’qul.
Boshlovchi o'quvchilarning javoblarini flipchartga yozar ekan,
o'quvchilar tomonidan "javobgarlik" so'zining ma’nosini tushunishga harakat
qilishlarini odilona baholashi va ushbu masala yuzasidan bildirilgan fikrlar
kundalik turmush tarzimizda uchrab turishini ta’kidlab, so'ng javoblarni
qo'shimcha yangi misollar bilan yanada boyishga harakat qilishi lozim.
Bu o'rinda boshlovchi "O'zbek tilining izohli lug'ati"da javobgarlik
so'ziga qanday tarif berilganligini aytib o'tishi mumkin. Lekin lug'atdagi so'zning
ma’nosi faqat bir tushuncha bilan kifoyalanib qolmaydi. Undagi "javobgarlik"
tushunchasining izohidan tashqarig o'z zimmasiga olingan "javobgarlik
mas’uliyati", "javobgarlikni o'z zimmasiga olish", o'z bo'ynidan javobgarlikni
soqit qilish, javobgarlikka tortish, javobgarlik kimgadir "tushyapti" kabi
javobgarlikka taalluqli umumiy tushunchalar izohi bilan ham yaqindan tanishtirib
o'tish kerak.
Lug'atda "javobgarlik" so'ziga, biror narsaga javob berish, bo'yin
egish, kafil bo'lish, qarzni uzish kabi ma’nolar singdirilgan.
Alohida iqtidorli o'quvchilar uchun "javobgarlik" so'zining ma’nosi,
uning kelib chiqishi (etimologiya) bilan yaqindan tanishtirib, o'zagi "javob"dan
iborat "javobgarlik" so'zi o'zbek tilida qadimdan mavjud ekanligini, ba’zi tillarda
shu jumladan rus tilida "javobgarlik" so‘zi XIX asr oxirida paydo bo'lganligining
qayd etilishi, so'zning ahamiyatini va unga bo'lgan e’tiborini yanada oshiradi.
Suhbat mavzusiga nisbatan o'quvchilarning faolligini yanada oshirish
maqsadida, so'zga tegishli izoh bermasdan avval, o'rtaga "Javobgarlik" so'zi
qanday kelib chiqqan? U qanday paydo bo'lgan? Qani kim javob beradi?", — deb
savol tashlash o'rinli.
"Javobgarlik" so'zi tushunchasi haqida to'la-to'kis ma’lumot
berilganidan so'ng, "o'z zimmasiga javobgarlik olish"ning ahamiyati qayd etiladi,
keyin boshlovchi tomonidan o'quvchilarga ushbu sifatni shakllantirish mashqini
taklif etish maqsadga muvofiqdir. Ushbu mashqni bajarish uchun o'qituvchi
tomonidan quyidagi yo'riqnoma beriladi: "O'zingizni Tinch okeanida yaxtada suzib
ketayotgandek his qiling. Yong'in tufayli yaxtaning va yuklarning ko'p qismi
nobud bo'ldi. Yaxta asta-sekin cho'ka boshlaydi. Zarur jihozlarning ishdan
chiqqanligi sababli siz turgan joy noaniq. Yaqin quruqlikdan taxminan janubiy-
57
g'arbiy yo'nalish bo'yicha 1000 km. masofada turibsiz. Bu holatdan qanday chiqish
mumkin?
Quyida yong'indan so'ng butun qolgan va ziyon ko'rmagan 14 ta
jihozning ro'yxati berilgan. Bunga qo'shimcha ravishda ixtiyoringizda eshkagi bor
pufakli qayiqcha ham saqlanib qolgan. U ekipaj a’zolarini saqlash imkoniga ega.
Shuningdek, bunday holatlarda juda zarur bulgan 4 ta narsa ham omon
kolgan. Bular
bir quti sigaret, bir necha quti gugurt va 5 ta qog'oz pul.
Har biringizga 15 minutdan vaqt beriladi. Shu vaqt ichida okeanda siz
o'zingiz uchun hamda boshqalar uchun javobgarlik mas’uliyatini his etishingiz
kerak. Pastda berilgan 14 ta jihozdan hayot uchun zarur bulgan 4 ta narsani
aniqlash lozimki, bu jihozlar yordamida cho'kayotganlarni ham qutkarish mumkin
bo'lsin. Bunday tanlash jarayonida eng muxim hisoblangan jihoz 1-o'ringa, keyingi
muhim jihoz 2-o'ringa undan keyingisi 3-o'ringa va h.k. qo'yiladi.
Bu usul yordamida mavjud barcha jihozlarning o'rni belgilanadi.
Oqibatda, 14-o'rinni unchalik ahamiyatiga ega bo'lmagan jihoz egallaydi.
Endi quyidagi 14 ta jihozni o'z o'rniga qo'yishingiz kerak bo'ladi.
Bunda aslo siz o'zingiz va do'stlaringiz uchun javobgarlik vazifasini
olayotganligingizni unutmasligingiz kerak". Shundan keyin ishtirokchilarga
quyidagi jihozlar ro'yhati havola etiladi.
1.
Kompas
2.
Soqol olish uchun ko'zgu
3.
5 litrli suv idish
4.
Baliq tutadigan to'r
5.
Tinch okeani xaritalari
6.
Davo to'ldirilgan yostiq
7.
2 litrli neft va
gaz aralashmasi idishi
8.
Kichik tranzistrli radio
9.
Akulalarni qo'rqituvchi jihoz, rapellent
10. Yomg'ir suvini yig'ish uchun katta yuzali timqora plastik
(kleenka)
11. Bir necha 80* li Puerto-Riko romi
12. Ikki quti shokolad
13. 25 metr neylon yo'g'on arqon
14. Bir yashik konserva
58
O'quvchilar tomonidan tegishli jihozni ajratib olish jarayoni
bajarilgach, bir qarorga kelib olishlari uchun sinfga yana vaqt beriladi. O'quvchilar
berilgan vazifani alohida-alohida bajarib bo'lishganidan so'ng, birgalikda hayot
uchun yordam beradigan 4 ta asosiy jihozni tanlab olishlari kerak bo'ladi.
Ularning umumiy bir to'xtamga kelishi osonroq bo'lishi uchun
o'quvchilarga quyidagilarni tavsiya qilish mumkin:
- o'zini shaxsiy fikrini himoya qilishdan ehtiyot bo'lish, ya’ni
o'zini ustun qo'ymasdan, ko'pchilik tomonidan qabul qilingan yagona
qarorga ko'ra javobgarlikni olish;
- bu qiyin bo'lsa, umumiy qarorning ma’qul jihatlarinigina
qisman qabul qilish;
- qaror qabul qilinishida yordam beradigan turli fikrlarni
ko'rib chiqish.
Butun guruh yuqorida qayd etilganlarining eng muhimlarini
tanlaganidan keyin, shaxsiy natijalarni guruh natijalari bilan solishtirish va tegishli
jihozlarni tanlab olgan betaraf guruh fikri bilan qiyoslash foydadan holi bo'lmaydi.
Betaraf guruh tomonidan tanlab olingan jihozlar quyidagilardan
iborat:
1.
Soqol olish uchun ko'zgu: U havo va dengiz
qutqaruvchilari uchun
signal berish vazifasini o'taydi;
2.
Gugurt yoki pul bilan yoqish mumkin bo'lgan neft` va gaz
qorishmasining ikki litrli idishi. Bu ham qutqaruvchilar
e’tiborini tortadigan vositalardan biridir;
3.
Chanqoqni qondirish uchun besh litrli suv idishi;
4.
1 yashik konserva.
"Kemaning halokatga uchrashi" mashg'uloti tugaganidan keyin
boshlovchi o'z zimmasiga javobgarlik mas’uliyatini olish og'ir paytlarda yuzaga
kelmay, bu sifat har bir kishining oilaviy hayotida, kundalik turmush tarzining
asosiy xususiyatlaridan biri bo'lishi lozimligini alohida qayd etadi.