Istiqlol avlodi



Yüklə 4,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/39
tarix18.04.2022
ölçüsü4,03 Mb.
#85608
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
12 TENG-TENGGA” - zamonaviy yoshlar kraudsorsing dasturining modifikatsiyasi (tengdoshlar darajasi).




 

 



 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 

XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI 

 

 

 

O‘QUVCHILARNI KASB-HUNARGA YO‘NALTIRISH VA  

PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK RESPUBLIKA TASHXIS MARKAZI 

 

 



 

JIZZAX VILOYATI “ISTIQLOL AVLODI”  

IJTIMOIY-IQTISODIY, 

 HUQUQIY QO’LLAB-QUVVATLASH MARKAZI 

 

 

 



 



“TENG-TENGGA” - zamonaviy yoshlar kraudsorsing  



dasturining modifikatsiyasi (tengdoshlar darajasi). 

 

 



“Xalq ta’limi tizimidagi o‘quvchi va pedagoglarning  

hayotiy hamda psixologik  bilim-ko‘nikmalarini oshirish  

mexanizmlarini yaratish” loyihasi doirasida ishlab chiqilgan 

 

 



 

 

 



 

 

Toshkent-2022 yil 




 

Tuzuvchi-muallif:



    Kamalova Nazifa Mirzaliyevna 

Takrizchi:



    

X.Usmanova  

Psixologiya fanlari nomzodi 



 

 “Teng-tengga” - zamonaviy yoshlar kraudsorsing dasturining modifikatsiyasi 

(tengdoshlar darajasi) nomli uslubiy qo‘llanmasiga 

TAQRIZ 

 

Mazkur “Teng-tengga” - zamonaviy yoshlar kraudsorsing dasturining modifikatsiyasi 



(tengdoshlar  darajasi)  nomli  uslubiy  qo’llanmasi  “Xalq  ta’limi  tizimidagi  o’quvchi  va 

pedagoglarning  hayotiy  hamda  psixologik  bilim-ko’nikmalarini  oshirish  mexanizmlarini 

yaratish” loyihasi doirasida ishlab chiqilgan. 

Qolaversa, mazkur uslubiy qo'llanma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-

yil 6-noyabrdagi “O'zbekistonning yangi rivojlanish davrida ta’lim va tarbiya sohalari va 

ilm-fan  sohalarini  rivojlantirish  chora-tadbirlari  to'g‘risida”gi  PF-6108-sonli  farmonida 

ko'zda  tutilgan  vazifalar  ijrosi  yuzasidan,  ya’ni  milliy  ta’lim-tarbiya  tizimini  zamon 

talablari asosida modernizatsiya qilish, yoshlarni yuksak bilim-ma’rifat egalari, jismoniy 

va  ma’naviy  sog‘lom  insonlar  etib  tarbiyalash,  ta’lim  muassasalarining  rahbar  va 

pedagog  xodimlari  nufuzini  oshirish,  ularning  samarali  faoliyat  yuritishi  uchun  zarur 

shart-sharoitlar yaratish yuzasidan bir qator muhim masalalarni yechimiga bag‘ishlangan. 

“Teng-tengga”  –  zamonaviy  yoshlar  kraudsorsing  dasturining  modifikatsiyasi 

(tengdoshlar  darajasi)  nomli  uslubiy  qo'llanmada  10  ta  dars  ishlanmasi  va  3  ta 

so'rovnoma keltirilgan. 

Mazkur  uslubiy  qo'llanmada  “Xavfsiz hudud”,  “Chegaralar”,  “O'z  chegaralaringizni 

biling”,  “Men"  va  "Biz",  “Muloqot  ko'nikmalari”,  “Muloqot  ko'nikmalari  -  SPICH”, 

“Buzilgan  telefon”,  “Do‘stimga  qo'ng‘iroq”,  “Men  kimman?”,  “Nizolarni  hal  etish”, 

“Tengdosh-tengdoshga:  tengqurlar  orasidagi  nizolarga  aralashish,  yarashtirib  qo'yish”, 

“Yarashtirib  qo'yish”,  “Nizo  paytida  yordam  berish”,  “Nizoli  vaziyatda  o'zini  tutish 

qoidalari”, "Maktab zo'ravonligi ishtirokchilarining motivlari va harakatlari", “Mana men 

qanaqaman!”,  "Tanlash",  "To'rt  burchak",  “Aqliy  hujum”,  “Sortlash”(tartibga  solish), 

"Halokatga uchragan kema" kabi psixologik treninglar ishlanmalari keltirilgan. 

Shuning  bilan  birga  mazkur  metodik  qo'llanmada  tuzatilishi  lozim  bo'lgan  o'rinlar 

mavjud: 


1.  Uslubiy qo'llanmani mundarijasini yaratish lozim. 

2.    Uslubiy  qo'llamada  keltirilgan  yangi  terminlar  uchun,  qo'llanmani  oxirida 

glossariy keltirilishi kerak. 

3.  Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatini keltirish lozim. 

Xulosa qilib aytganda, uslubiy qo'llanmani talablar darajasida qayta tayyorlash lozim, 

qo'llanmada  “Teng-tengga”  -  zamonaviy  yoshlar  kraudsorsing  dasturining  mazmun  -

mohiyati  ochib  berilmagan,  umumiy  ma’noda  mazkur  dasturning  maqsadi,  vazifalari, 

ta’limiy  ahamiyati  yoritilmagan,  shu  sababli,  mazkur  uslubiy  qo'llanmani  qayta  ko'rib 

chiqib, yuqorida keltirilgan kamchiliklarni bartaraf qilgandan so'ng nashrga tavsiya etish 

mumkin deb hisoblayman. 

O‘quvchilarni  kasb  –hunarga  yo’naltirish 

va 


psixologik-pedagogik 

respublik 

tashxis 

markazi  tasarrufidagi  Kadrlarni  malakasini 

oshirish va qayta tayyorlash markazi rahbari  

Psixologiya fanlari nomzodi            X.Usmanova




Yüklə 4,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə