Istiqlol avlodi



Yüklə 4,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/39
tarix18.04.2022
ölçüsü4,03 Mb.
#85608
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
12 TENG-TENGGA” - zamonaviy yoshlar kraudsorsing dasturining modifikatsiyasi (tengdoshlar darajasi).

 

1 g’oya 

2 g’oya 

3 g’oya 

Tezlik 

 

 

 

samara 

 

 

 

Jami: 

 

 

 

 

5 balli tizim bo’yicha aniqlang va fikrni tanlang. 



 

"Qaror qabul qilish jarayoni". 

Slaydlar taqdimoti.  

Bu usuldan qanday foydalanishni tushuntiring. 

Shaxsiy(individual) ish. 

Mavzu: Maktabdan keyin qo'shimcha ta'lim - oldinga borish yoki bormaslik 

(har qanday mavzuni tanlang). 



56 

 

1,2,3,4  kvadrantlarda  nima  borligini  va  ishtirokchilar  qanday  xulosalar 



chiqarishganini so'rang. 

"Halokatga uchragan kema" o'yini 

 

O'yin boshlanishidan oldin boshlovchi "Javobgarlikning o'zi nima? Siz 



buni qanday tushunasiz?" degan savolni o'rtaga tashlagani ma’qul. 

 

Boshlovchi  o'quvchilarning  javoblarini  flipchartga  yozar  ekan, 



o'quvchilar  tomonidan  "javobgarlik"  so'zining  ma’nosini  tushunishga  harakat 

qilishlarini  odilona  baholashi  va  ushbu  masala  yuzasidan  bildirilgan  fikrlar 

kundalik  turmush  tarzimizda  uchrab  turishini  ta’kidlab,  so'ng  javoblarni 

qo'shimcha yangi misollar bilan yanada boyishga harakat qilishi lozim. 

 

Bu  o'rinda  boshlovchi  "O'zbek  tilining  izohli  lug'ati"da  javobgarlik 



so'ziga  qanday  tarif  berilganligini  aytib  o'tishi  mumkin.  Lekin  lug'atdagi  so'zning 

ma’nosi  faqat  bir  tushuncha  bilan  kifoyalanib  qolmaydi.  Undagi  "javobgarlik" 

tushunchasining  izohidan  tashqarig  o'z  zimmasiga  olingan  "javobgarlik 

mas’uliyati",  "javobgarlikni  o'z  zimmasiga  olish",  o'z  bo'ynidan    javobgarlikni 

soqit  qilish,  javobgarlikka  tortish,  javobgarlik  kimgadir  "tushyapti"  kabi 

javobgarlikka  taalluqli umumiy  tushunchalar  izohi  bilan ham  yaqindan  tanishtirib 

o'tish kerak. 

 

Lug'atda  "javobgarlik"  so'ziga,  biror  narsaga  javob  berish,  bo'yin 



egish, kafil bo'lish, qarzni uzish kabi ma’nolar singdirilgan. 

 

Alohida  iqtidorli  o'quvchilar  uchun  "javobgarlik"  so'zining  ma’nosi, 



uning  kelib  chiqishi  (etimologiya)  bilan  yaqindan  tanishtirib,  o'zagi  "javob"dan 

iborat  "javobgarlik"  so'zi  o'zbek  tilida  qadimdan  mavjud  ekanligini,  ba’zi  tillarda 

shu  jumladan  rus  tilida  "javobgarlik"  so‘zi  XIX  asr  oxirida  paydo  bo'lganligining 

qayd etilishi, so'zning ahamiyatini va unga bo'lgan e’tiborini yanada oshiradi. 

 

Suhbat  mavzusiga  nisbatan  o'quvchilarning  faolligini  yanada oshirish 



maqsadida,  so'zga  tegishli  izoh  bermasdan  avval,  o'rtaga  "Javobgarlik"  so'zi 

qanday kelib chiqqan? U qanday paydo bo'lgan? Qani kim javob beradi?",  — deb 

savol tashlash o'rinli. 

 

"Javobgarlik"  so'zi  tushunchasi  haqida  to'la-to'kis  ma’lumot 



berilganidan  so'ng,  "o'z  zimmasiga  javobgarlik  olish"ning  ahamiyati  qayd  etiladi, 

keyin  boshlovchi  tomonidan  o'quvchilarga  ushbu  sifatni  shakllantirish  mashqini 

taklif  etish  maqsadga  muvofiqdir.  Ushbu  mashqni  bajarish  uchun  o'qituvchi 

tomonidan quyidagi yo'riqnoma beriladi: "O'zingizni Tinch okeanida yaxtada suzib 

ketayotgandek  his  qiling.  Yong'in  tufayli  yaxtaning  va  yuklarning  ko'p  qismi 

nobud  bo'ldi.  Yaxta  asta-sekin  cho'ka  boshlaydi.  Zarur  jihozlarning  ishdan 

chiqqanligi  sababli  siz  turgan  joy  noaniq.  Yaqin  quruqlikdan  taxminan  janubiy-



57 

 

g'arbiy yo'nalish bo'yicha 1000 km. masofada turibsiz. Bu holatdan qanday chiqish 



mumkin? 

 

Quyida  yong'indan  so'ng  butun  qolgan  va  ziyon  ko'rmagan  14  ta 



jihozning ro'yxati berilgan. Bunga qo'shimcha ravishda ixtiyoringizda eshkagi bor 

pufakli  qayiqcha  ham  saqlanib  qolgan.  U  ekipaj  a’zolarini  saqlash  imkoniga  ega. 

 

Shuningdek,  bunday  holatlarda  juda  zarur  bulgan  4  ta  narsa  ham  omon 



kolgan. Bular bir quti sigaret, bir necha quti gugurt va 5 ta qog'oz pul. 

 

Har biringizga 15 minutdan vaqt beriladi. Shu vaqt ichida okeanda siz 



o'zingiz  uchun  hamda  boshqalar  uchun  javobgarlik  mas’uliyatini  his  etishingiz 

kerak.  Pastda  berilgan  14  ta  jihozdan  hayot  uchun  zarur  bulgan  4  ta  narsani 

aniqlash lozimki, bu jihozlar yordamida cho'kayotganlarni ham qutkarish mumkin 

bo'lsin. Bunday tanlash jarayonida eng muxim hisoblangan jihoz 1-o'ringa, keyingi 

muhim jihoz 2-o'ringa undan keyingisi 3-o'ringa va h.k. qo'yiladi. 

 

Bu  usul  yordamida  mavjud  barcha  jihozlarning  o'rni  belgilanadi. 



Oqibatda, 14-o'rinni unchalik ahamiyatiga ega bo'lmagan jihoz egallaydi. 

 

Endi  quyidagi  14  ta  jihozni  o'z  o'rniga  qo'yishingiz  kerak  bo'ladi. 



Bunda  aslo  siz  o'zingiz  va  do'stlaringiz  uchun  javobgarlik  vazifasini 

olayotganligingizni  unutmasligingiz  kerak".  Shundan  keyin  ishtirokchilarga 

quyidagi jihozlar ro'yhati havola etiladi. 

1. 


Kompas 

2. 


Soqol olish uchun ko'zgu 

3. 


5 litrli suv idish 

4. 


Baliq tutadigan to'r 

5. 


Tinch okeani xaritalari 

6. 


Davo to'ldirilgan yostiq 

7. 


2 litrli neft va gaz aralashmasi idishi 

8. 


Kichik tranzistrli radio 

9. 


Akulalarni qo'rqituvchi jihoz, rapellent 

     10. Yomg'ir  suvini yig'ish uchun katta yuzali timqora plastik 

(kleenka) 

     11. Bir necha 80* li Puerto-Riko romi 

     12. Ikki quti shokolad 

     13. 25 metr neylon yo'g'on arqon 

     14. Bir yashik konserva 



58 

 

 



O'quvchilar  tomonidan  tegishli  jihozni  ajratib  olish  jarayoni 

bajarilgach, bir qarorga kelib olishlari uchun sinfga yana vaqt beriladi. O'quvchilar 

berilgan  vazifani  alohida-alohida  bajarib  bo'lishganidan  so'ng,  birgalikda  hayot 

uchun yordam beradigan 4 ta asosiy jihozni tanlab olishlari kerak bo'ladi. 

 

Ularning  umumiy  bir  to'xtamga  kelishi  osonroq  bo'lishi  uchun 



o'quvchilarga quyidagilarni tavsiya qilish mumkin: 

- o'zini shaxsiy fikrini himoya qilishdan ehtiyot bo'lish, ya’ni 

o'zini ustun  qo'ymasdan,   ko'pchilik tomonidan  qabul qilingan yagona 

qarorga ko'ra javobgarlikni olish

- bu qiyin bo'lsa, umumiy qarorning ma’qul jihatlarinigina 

qisman qabul qilish; 

- qaror qabul qilinishida yordam beradigan turli fikrlarni 

ko'rib chiqish. 

 

Butun  guruh  yuqorida  qayd  etilganlarining  eng  muhimlarini 



tanlaganidan keyin, shaxsiy natijalarni guruh natijalari bilan solishtirish va tegishli 

jihozlarni tanlab olgan betaraf guruh fikri bilan qiyoslash foydadan holi bo'lmaydi. 

 

Betaraf  guruh  tomonidan  tanlab  olingan  jihozlar  quyidagilardan 



iborat: 

1. 


Soqol olish uchun ko'zgu: U havo va dengiz qutqaruvchilari uchun 

signal berish vazifasini o'taydi; 

2. 

Gugurt  yoki  pul bilan  yoqish  mumkin  bo'lgan  neft`  va  gaz 



qorishmasining          ikki          litrli          idishi.          Bu          ham  qutqaruvchilar  

e’tiborini tortadigan vositalardan biridir; 

3. 

Chanqoqni qondirish uchun besh litrli suv idishi; 



4. 

1 yashik konserva. 

 

"Kemaning  halokatga  uchrashi"  mashg'uloti  tugaganidan  keyin 



boshlovchi  o'z  zimmasiga  javobgarlik  mas’uliyatini  olish  og'ir  paytlarda  yuzaga 

kelmay,  bu  sifat  har  bir  kishining  oilaviy  hayotida,  kundalik  turmush  tarzining 

asosiy xususiyatlaridan biri bo'lishi lozimligini alohida qayd etadi. 

 

 



 

Yüklə 4,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə