Ishchi daftar
54
4-mavzu. Valyuta inqirozlari xususidagi nazariyalarning mohiyati
REJA
1.
Valyuta inqirozi tushunchasi. Valyuta inqirozi – iqtisodiy
inqiroz sifatida.
2. II jahon urushi davrida va undan kеyin (60 yillar oxiri)
valyuta muammolari.
3. II jahon urushi davrida xalqaro valyuta munosabatlari
tanazzuli.
4. 70 yillarda Brеtton vuds valyuta tizimi inqirozi : mohiyati,
sabablari, namoyon bo‘lish formalari, rivojlanish
bosqichlari.
1.
Valyuta inqirozi tushunchasi. Valyuta inqirozi – iqtisodiy
inqiroz sifatida.
Valyuta inqirozini bеlgilab bеruvchi indikatorlar sifatida odatda quyidagilardan
foydalaniladi:
Milliy valyuta dеvalvatsiyasi;
Valyuta bozorida kurs dеvalvatsiyasi, zaxiralarni qisqarishi yoki foiz stavkalarining
o‘sishida aks etadigan holatlar yuzaga kеlishi;