Mamlakatning eksport salohiyati
–
muayyan mamlakatning o`zida mavjud bo`lgan yoki
ishlab chiqarilayotgan resurslari, mahsulotlarini eksportga chiqarish imkoniyati, qobiliyati.
Tashqi savdo aylanmasi
–
mamlakat, mamlakatlar guruhi tashqi savdo faoliyati hajmining
pul ko`rinishidagi ifodasi bo`lib, muayyan vaqt oralig`idagi (masalan, yil davomidagi) eksport va
import hajmining yig`indisiga teng bo`ladi.
Tashqi savdo aylanmasi sal dosi –
mamlakat eksporti va importi hajmlari o`rtasidagi farq,
tafovut.
Mamlakat to`lov balansi
– mamlakat rezidentlari (uy xo`jaliklari, korxonalar va davlat) va
chet elliklar o`rtasida ma`lum vaqt (odatda bir yil) oralig`ida amalga oshirilgan barcha iqtisodiy
bitimlar bo`yicha to`lovlar summasining nisbati bo`lib, u o`z ichiga savdo balansi, xizmatlar
balansi, o`tkazmalar balansi va kapital operatsiyalarini oladi.
Kichik biznes sub`ektlari
–
korxona ko`lami, ishlab chiqarish hajmi, ishlovchilar soni,
moliyaviy mablag`lari miqdori va boshqalar jihatidan imkoniyatlari cheklangan ishlab chiqaruvchi
sub`ektlar. Respublikamizda kichik biznes sub`ektlari toifasiga yakka tartibdagi tadbirkorlar,
mikrofirmalar va kichik korxonalar kiradi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik
– alohida fuqarolar tomonidan o`zlarining tavakkalchiliklari
va mulkiy javobgarliklari ostida, shaxsiy daromad (foyda) olish maqsadida amaldagi qonunchilik
doirasida amalga oshiriladigan tashabbuskor xo`jalik faoliyati.
Mikrofirma
–
kichik biznes sub`ektlarining bir turi bo`lib, mamlakatimizda amaldagi
qonunchilikka ko`ra sanoat ishlab chiqarishning tarmoqlarida 20 kishigacha, xizmat ko`rsatish
sohasida 10 kishigacha, savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 5 kishigacha ishlovchi korxonalar
mikrofirma hisoblanadi.
Kichik korxona
– kichik biznes sub`ektlarining bir turi bo`lib, mamlakatimizda amaldagi
qonunchilikka ko`ra sanoat ishlab chiqarishning ayrim tarmoqlarida (masalan, yengil va oziq-
ovqat sanoati, metallga ishlov berish va asbobsozlik sanoati va h.k.) 100 kishigacha, ayrimlarida
(masalan, mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg`i-energetika sanoati va boshqalarda) 50 kishigacha,
xizmat ko`rsatish sohasida 25 kishigacha ishlovchi korxonalar kichik korxona hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |