Ix. Shaxs psixodiagnostikasida proyektiv metodikalardan foydalanish



Yüklə 53,48 Kb.
səhifə4/7
tarix30.05.2023
ölçüsü53,48 Kb.
#114171
1   2   3   4   5   6   7
Proyektivrd (5)

«AVTOPORTRET» testi


Mualliflar: E.S. Romanova, S.F.Potemkinalar tomonidan taklif etilgan, proyektiv metodikalardan biri. Katta maktab o‘quvchilarining shaxsini diagnostika qilish uchun qo‘llanishi mumkin. Avtoportret – insonning o‘zi chizgan qiyofasi. Bu metodikaning ikki xil varianti mavjud, ulardan biri mualliflar, ikkinchisi R.Berns (AQSH) tomonidan taklif qilingan.
Interpretatsiya № 1
«Avtoportret» testi R.Berns (AQSH, Insonlararo munosabatlarni rivojlantirish instituti, Sietl) tomonidan qo‘llanganda, u kishilarga o‘zining yakka holdagi yoki oila a’zolari bilan birga, hamkasblarning orasida tasvirlashni iltimos qilgan. R.Berns shunday yozadi: «Siz uyga kelib o‘kirib-o‘kirib yig‘lashingiz mumkin, ammo ishxonada bunday qilmaysiz. Bu holatingiz siz chizgan portretda o‘z aksini topadi». Uning fikricha, avtoportretdagi belgilar quyidagicha aniqlanishi mumkin.
- Bosh. Katta bosh rasmi odatda katta intellektual (aqliy) da’vogarlikni yoki o‘z intellektidan norozilikni bildiradi. Kichik bosh rasmi odatda itellektual yoki ijtimoiy noadekvatik hissini aks ettiradi
-Ko‘zlar. Rasmdagi katta ko‘zlar odatda gumonsirashni aks
ettiradi, shuningdek ular xavotirlanishni va ijtimoiy fikrga nisbatan o‘ta sezuvchanlikni bildiradi. Ko‘zdagi uzun kipriklar–noz karashmani, o‘zini ko‘z-ko‘z qilishni bildiradi. Kichkina yoki yopiq ko‘zlar o‘ziga butunlay berilganlik va introversiyaga bo‘lgan intilishni ko‘rsatadi.
- Og‘iz. Og‘izning alohida ajratib ko‘rsatilmaganligi ehtimoli bo‘lgan: nutqiy qiyinchiliklarni va oddiy (sodda) og‘zaki tendensiyalarni bildiradi. Rasmda og‘izning yo‘qligi yo depressiyani (og‘ir ruhiy siqilish) yoki muloqotdagi sustkashlikni ifodalaydi. Masxarabozning og‘zi majburiy iltifot belgisi.
-Tishlar. Tajovuzkorlik (agressivlik).
- Quloqlar va burun. Katta quloqlar tanqidga nisbatan sezgirlikni, kichik quloqlar esa hech qanday tanqidni qabul qilmaslikka intilishni bildiradi. Burunga nisbatan urg‘u berish jinsiy mayl mavjudligini bildiradi. Burun kataklarining alohida ko‘rsatilishi agressiyaga moyillik borligidan dalolat beradi.
- Qo‘llar. Qo‘llar shaxsning atrof olam bilan bog‘liqligining belgisidir. Tortinchoq qo‘llar qattiq mas`uliyatli, odamovi shaxs to‘g‘risida dalolat beradi. Shalviragan holda tashlab qo‘yilgan qo‘llar samarasizlikni bildiradi. Mo‘rt, nimjon qo‘llar jismoniy yoki psixologik nimjonlikni, vasiylikka bo‘lgan ehtiyojni, bog‘liqlikni bildiradi. Uzun - baquvvat qo‘llar izzat-nafslilik (nafsoniyati kuchlilik)ni va tashqi olam hodisalariga kuchli kirishuvchanlikni bildiradi. Juda kalta qo‘llar yoki qo‘llarning yo‘qligi noadekvatlik hissini bildiradi.Qo‘l orqaga qilingan, yoki cho‘ntakda bo‘lsa, bu aybdorlik hissi, o‘ziga ishonchsizlikdan dalolat beradi. Bokschining qo‘lqopiga o‘xshagan qo‘l siqilgani agressiya. Qo‘lda barmoqlar beshdan ko‘p bo‘lsa, tajavuzkorlik, jizzakilik. Barmoqlar mushtga siqilgan bo‘lsa - qarshilik, g‘alayon.
- Oyoqlar. Uzun oyoqlar mustaqillikka bo‘lgan ehtiyojni anglatadi. Oyoqsiz rasm turg‘unlikning yo‘qligi, suyanchiqning va asosning yo‘qligi, jur`atsizlik.
- Gavda holati. Agar odam ensasi ko‘rinadigan qilib chizilgan bo‘lsa, bu odamovilikning namoyon bo`lishi. Agar bosh yon tomondan ko‘rinishda chizilgan bo‘lsa ijtimoiy atrof muhit tufayli paydo bo‘lgan xavfsirashdan dalolat. Agar stulning chekkasida o‘tirgan odam rasmi chizilgan bo‘lsa - sharoitdan chiqish yo‘lini topish xohishi, yakkalanib qolishdan qo‘rqish. Yugurib borayotgan odam– kimdandir yashirinish xohishini bildiradi.

Yüklə 53,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə