Ызбекистон Давлат жисмоний тарбия институти


jismoniy tarbiya darsining maqsadi va vazifalari



Yüklə 5,1 Mb.
səhifə15/44
tarix11.05.2022
ölçüsü5,1 Mb.
#86542
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   44
Saparbayev. X kurs ishi

jismoniy tarbiya darsining maqsadi va vazifalari

Jismoniy tarbiya darsining asosiy maqsadi «jismoniy madaniyat» va uning tarkibiy yo’nalishlari (jismoniy tarbiya, sport, jismoniy va funkstional tayyorgarlik, jismoniy sifatlar va hokazo) haqida dastlabki bilim berish, hayotiy zarur harakat malakalri va ko’nikmalarni shakllantirish, asosiy jismoniy sifatlarni tarbiyalashdan iborat.

O’z salomatligi va jismoniy qudratini mustahkamlash o’quvchi yoshlarning nafaqat shaxsiy ishi, balki bu mas’uliyat ularning jamiyat oldidagi burchi ekanligini ongiga singdirish o’qituvchi tomonidan hal etiladigan muhim masalalardan biri bo’lishi lozim. Ushbu maqsadga erishish yosh avlodni «katta» hayotga tayyorlash, bo’lajak kasbiy faoliyatni samarali tashkil qilish, turmush qiyinchiliklarini engib o’tish va o’zbekiston qurolli Kuchlari safida harbiy xizmatni sharaf bilan ado etish imkoniyatini yaratadi.

Voleybol o’zining tom ma’nodagi mohiyati va mazmuni bilan o’ta “demokratik” xususiyatga ega sport o’yinlari turlariga mansubdir. Uning “demokratik” xususiyati shundan iboratki, ushbu o’yin maydonchasi 18x9 metrli shaklga ega bo’lib, shu maydonchaning qoq o’rtasidan ikki mustaqil maydonchalarga bo’linadi.

Maydonchani ikkiga bo’lib turuvchi o’rta chiziq ustidan 9,50 m uzoqlikda joylashgan ikki ustunga eni metrli to’r tortiladi. Ikki maydonchada joylashgan raqiblar jamoalari o’yinchilarini shu to’r ajratib turadi va o’yin raqiblarning o’z maydonchalarida bir-biriga qarshi harakatlari bilan amalga oshiriladi.

Boshqacha qilib aytganda bir-biriga raqib o’yinchilar o’zaro to’qnash (kontakt) tarzda harakat qilmaydilar. Voleybol bilan ommaviy shug’ullanish uchun o’yin maydonini istalgan ochiq yoki yopiq tekislikda barpo etish mumkin. Boz ustiga ommaviy voleybol uchun qo’llaniladigan jihoz va uskunalar juda kamxarajatdir. Qolaversa, bu uskunalar “qo’l bola” usulida ham tayyorlanishi mumkin.

Shuning uchun ham voleybol er yuzida eng ommaviy sport turlari tarkibiga kiradi. Mustaqil mamlakatimiz taraqqiyotining so’nggi yillarida yurtboshimizning xalqchil siyosati va uning bevosita rahbarligida kashf etilgan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga hamohang bыlgan “ Umid nihollari”, “ Baramol avlod”, “ Universiada” kabi uzluksiz hamda ko’p pog’onali ommaviy sharq musobaqalari dasturidan voleybol o’yinining mustahkam joy olishi fikrimiz dalilidir.

jismoniy tarbiya darsining vazifalari yuqorida qayd etilgan maqsadlardankelib chiqqan holda sog’liqni mustahkamlash, umumiy va maxsus jismoniy sifatlarni rivojlantirish, muayyan sport turi (voleybol)ga xos harakat malakalari texnikasiga o’rgatish hamda sport intizomini shakllantirish, raqibini hurmat qilish hissiyotini uyg’otish, iroda, diqqat vasezgirlik kabi xislatlarni tarbiyalashdan iborat.


Yüklə 5,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə