69
7-bob. KORXONA MAHSULOTINI TAVSIFLASH
7.1. Korxona mahsulotining kompleks tavsifnomasi va baholanishi
Korxona mahsuloti (ishi, xizmati) besh tavsifnomaga –
sifat darajasi,
xususiyatlar yig‗indisi, o‗ziga xos bezagi, marka nomi va o‗ziga xos o‗roviga
(qadoqlanishiga) ega bo‗lishi lozim.
Biznes-rejada mahsulotni tavsiflash bozorga sotuvga chiqarilayotgan tovar kabi
ifodalanishi lozim. Tovar haqida o‗z iste‘mol qiymati
bilan odamlarning u yoki bu
ehtiyojlarini qondiruvchi mahsulot yoki buyum sifatida tasavvur paydo bo‗lishining
oldini olish kerak. Tovarning bu jixatlari uning bozor tushunchasi sifatidagi
xususiyatlarining
yarmini tashkil qiladi, xolos. Ikkinchi yarmi mahsulotni sotish va
iste‘molga
tayyorlash, unga texnik xizmat ko‗rsatish, ehtiyot qismlar bilan
ta‘minlash, tovar belgisi, o‗rovi va hokazolardan iborat bo‗ladi.
Mahsulotni baholashda taklif qilinayotgan tovarning
hayotiylik davrini
aniqlash ham muhim ahamiya kasb etadi.
Har qanday tovarning hayotiylik davri ma‘lum bir qonuniyatlarga bo‗ysunadi
va bir qator bosqichlardan (namoyish etish, o‗sish, tarqalish, to‗yinish, so‗nish) iborat
bo‗ladi. Tovarning bu bosqichlardan o‗tish tezligi bozor kon‘yunkturasiga ta‘sir
ko‗rsatuvchi bir qator holatlarga bog‗liq bo‗ladi.
Tovarning hayotiylik davri bosqichlari bo‗yicha oldindan hisoblab chiqilgan va
belgilangan tarzda harakatlanishi narx,
tovarni sotish usullari, reklama, ishlab
chiqarish ob‘ektlari va tovar harakatlanishi bilan manevr
qilish kabi vositalardan
foydalangan holda zarur chora-tadbirlarni o‗z vaqtida qabul qilishga imkon beradi.
Ularning barchasi sotuv hajmi va darajasiga, demak,
biznes-rejaning moliyaviy
natijalariga ham ta‘sir ko‗rsatadi.
Tovarning jozibadorligini belgilovchi bir qator omillar mavjud bo‗lib, u
iste‘molchi nima uchun aynan shu tovarni tanlashi kerak degan savolga javob topish-
ga yordam beradi
19
.
Mahsulotning iqtisodiy ko‗rsatkichlarini jadval shaklida keltirilsa maqsadga
muvofiq bo‗ladi (7.1-jadval):
7.1-jadval
Dostları ilə paylaş: