138
birinchi bosqichdan tashqari kelgusida investitsiya qilinuvchi barcha summalar pul
mablag‗larining hozirgi qiymatiga keltirilishi lozim bo‗ladi.
Xuddi shu tarzda pul
mablag‗lari oqimi ham hozirgi qiymatga keltiriladi.
Baholashning uchinchi tamoyili
turli investitsiya loyihalari uchun pul
oqimlarini diskontlash jarayonida differensiyalangan foiz stavkasini (diskont
stavkasini) tanlash hisoblanadi. YUqorida aytib o‗tilganidek,
investitsiyalardan
olinuvchi daromad hajmi (real investitsiyalashda bunday daromad vazifasini pul
oqimlari bajaradi) quyidagi to‗rt omil asosida shakllantiriladi: o‗rtacha real depozit
stavkasi; inflyasiya sur‘ati (yoki inflyasiya mukofoti);
tavakkalchilik mukofoti; past
likvidlik uchun mukofot. SHu sababli tavakkalchilik darajasi turlicha bo‗lgan ikkita
investitsiya loyihasini taqqoslashda turlicha foiz stavkali diskontlash qo‗llanishi
lozim (yuqori foiz stavkasidan tavakkalchilik darajasi yuqori bo‗lgan loyihalarda
foydalanish lozim). Xuddi shu tarzda umumiy investitsiyalash davri (investitsiyalar
likvidligi) har xil bo‗lgan investitsiya loyihalari uchun
yuqori foiz stavkasi amalga
oshirish muddati uzoqroq bo‗lgan loyihalarda qo‗llanishi kerak.
Va nihoyat
Dostları ilə paylaş: