J izzax politexnika instituti «iqtisodiyot va menejment» kafedrasi «iqtisodiyot nazariyasi» fanidan



Yüklə 256,16 Kb.
səhifə30/60
tarix29.11.2023
ölçüsü256,16 Kb.
#142572
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   60
J izzax politexnika instituti «iqtisodiyot va menejment» kafedra-fayllar.org

MUx/Px=MUy/Py=…MUe,
bunda MUx – x tovarning me’yorli foydaliligi, Rx – o’sha tovarning bahosi, MUe – pulning me’yorli foydaliligi. Bu qonunni uch xil ekvivalentli shaklda ifodalash mumkin. Iste’molchi o’z ehtiyojini qondirishni maksimallashtiradi, agar u 1) xarid qilingan barcha tovarlarning me’yorli foydaliliklarini tenglashtirsa; 2) iste’mol qilinadigan har bir juft tovarning me’yorli foydaliliklari nisbatini va baholar nisbatini tenglashtirsa; 3) muayyan bozor narxida sotib olingan har bir tovarni pul qiymatining me’yoriy foydaliligini tenglashtirsa.

Iste’molchi muvozanatga erishdi, Rx bahosi esa pasaymoqda, deb faraz qilaylik. Unda MUx>PxMUe va muvozanatni qaytadan tiklash uchun, MUx miqdorini kamaytirish maqsadida x tovarni ko’proq sotib olish kerak bo’ladi. Haqiqatan ham, tovarning bahosi pasaysa, iste’molchi uni sotib olishni ko’paytiradi, negaki bunday tovarning bahosi pasayganda iste’molchi bir so’mga har qanday boshqa tovarga qaraganda ushbu x tovardan ko’proq foydalilik oladi. X tovarning xaridi ko’paygan sari me’yorli foydalilikning pasayishi MUx pasayishini kafolatlaydi. Demak, iste’molchi o’zining cheklangan daromadlari va joriy narx doirasida o’z ehtiyojini doimo maksimal darajada qondirishga intilgan sharoitda talab egri chizig’ining teskari nishabligi kelib chiqadi.


Bu dalil – isbotlar shu narsani ko’zda tutadiki, x tovarning narxi pasayishi natijasida individning daromadi ko’paymaydi, buning natijasida MUxning miqdori uyg’unlashish jarayoni davomida doimiyligi saqlanib qoladi. Lekin individ o’zining barcha xarajatlarining me’yorli foydaliligini yana tenglashtirishi bilanoq, uning real daromadi oshadi. Bu saqlanayotgan pul mablag’larining me’yorli foydaliligini pasaytiradi va shu bilan barcha tovarlarning, jumladan x tovarning ham xaridining ko’payishga olib keladi. Bunda daromad samarasi ijobiy hisoblanadi va biz x ga teskari nishabli talab egri chizig’iga va daromadga bog’liq bo’lgan ijobiy talabga ega bo’lamiz.
Bundan tashqari, bu erda foydalilik funktsiyalarining additivligi6 taqozo etiladi: individ sotib olayotgan har bir tovarning foydaliligi boshqa tovarlarning foydaliligiga bog’liq bo’lmaydi. Haqiqatda esa ularning o’rtasida bog’liqlik amal qilishi mumkin, bunday bog’liqlik natijasida U – miqdori ko’payganda MUx ko’payadi yoki kamayadi. Bu tahlilni yana ham murakkablashtiradi.
Agar yuqorida aytilganlarni grafik ko’rinishida ifodalasak, unda koordinatlarda (baho, tovar miqdori) Marshall «kresti» kelib chiqadi: pastga yo’naltirilgan D talab egri chizig’i bilan yuqoriga yo’naltirilgan S taklif egri chizig’ining kesishishi (2-rasm). D egri chizig’i iste’molchi uchun mazkur tovarning me’yorli foydaliligining pasayish qonunini ifodalasa, S egri chizig’i me’yorli xarajatlarning oshib borishini ifodalaydi. Ularning kesishgan nuqtasi muvozanat bahoni bildiradi va ushbu baho xaridorlar sotib olishni, sotuvchilar esa sotishni xohlaydigan tovar miqdorini aniqlab beradi. Bu ikki miqdor faqat muvozanat baho paytida bir biriga to’g’ri keladi. Agar taklif bahosi talab bahosi bilan tenglashsa, muvozanat baho vujudga keladi. Rasmdagi P1 – muvozanat baho. Ushbu bahoda sotuvchilar bir xil Q1 miqdordagi tovarni sotishni xohlaydilar, xaridorlar esa sotib olishni;



Yüklə 256,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə