Jabrlanganlarni transportirovka qilishda yordam ko’rsatish. Reja: Shikastlangan odamlarni tashish va transportirovka qilish haqida ma’lumot



Yüklə 33,54 Kb.
səhifə5/7
tarix07.06.2022
ölçüsü33,54 Kb.
#89008
1   2   3   4   5   6   7
7-AMALIY MASHG’ULOT. JABRLANGANLARNI TRANSPORTIROVKA QILISHDA YORDAM KO’RSATISH

tabiiy ofat tufayli;

  • inshootlarni loyihalashda yoki uni qurishda qo’yiladigan xatoliklar tufayli;

  • ishlab chiqarish texnologiyasining buzilishi;

  • transport, mexanizm, jixozlardan noto’g’ri foydalanganda;

  • agressiv moddalar (portlovchi, tez alangalanuvchi zaharli mod-dalar)ning noto’g’ri saqlanishi va uni ishlatish qoidalarining buzilishi oqibatida;

  • texnika xavfsizlik qoidalarining buzilishi va boshqalar.

    Mana shunday xatoliklar tufayli ishlab chiqarishlarda katta avariyalar sodir bo’ladiki, oqibatda ko’pdan ko’p insonlar jabrlanadi va moddiy boyliklar yo’q bo’lib ketadi. Ko’pincha kimyo, neftni qayta ishlovchi sanoat, qog’oz ishlab chiqarish sanoati, go’sht-sut, oziq-ovqat, metallurgiya, konchilik va boshqa sanoat korxonalarida avariyalar tez-tez uchraydi. Ayniqsa, KTZM ta’sirida bo’ladigan avariyalar: kimyo, neftni qayta ishlovchi, qog’oz - selluloza. go’sht-sut, oziq-ovqat sanoati, suv tozalash inshootlarida hamda temir yo’llarda KTZMni tashishda ko’p uchraydi. KTZM ko’rsatilgan konsentratsiyadan ortiq bo’lganda odamlarga, qishloq xo’jalik hayvonlariga, o’simliklarga, tashqi muhitga ta’sir etib turli darajada shikastlantiradi. KTZM qatoriga texnologik jarayonlarda qo’llaniladigan ammiak, xlor, sulfat kislotasi, vodorod ftorid, azot va oltingugurt oksidlari va boshqalar kiritish mumkin. Ba’zi bir KTZMIarning fizik-kimyoviy va zaharli xususiyatlari 7-jadvalda keltirilgan. Shulardan sanoatda ko’p ishlatiladigani ammiak. Ammiak - nashatir hidli rangsiz gaz. Uni sanoatda sovutgich vositasi sifatida, azotli o’gitlar olishda va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Agar ammiak havo bilan 4:3 nisbatda aralashsa portlaydi. Ammiak suvda yaxshi eriydi. Uning yuqori konsentratsiyasi insonning markaziy asab sistemasini izdan chiqarib, asablarning falaj bo’lishiga olib keladi. Agar ammiak ta’sirida inson zaharlansa, bir necha soatdan so’ng u o’limga olib keladi. Teriga tegsa turli darajadau jarohatlanish ro’y beradi.

    Yüklə 33,54 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə