Jahon adabiyoti



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə14/110
tarix29.12.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#98024
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   110
Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich jahon adabiyoti

Imxotep. Papirusga yozuv bitgan ulug‘ kotiblardan biri (m.oldingi XXVIII a.). Imxotep, birinchi piramidani yaratuvchisi hisoblandi (faraon Joserning zinapoyali piramidasi). U misrliklar tomonidan ilohiylashtirilgan arxitektor, astronom, vrach, ehtimol, jahon adabiyotining ilk yozuvchisi hamdir. (U qoldirgan matnni aniqlab isbot qilish qiyin bo‘lsa ham). Osiris haqida afsona. Bu misrliklarning bosh afsonasi bo‘lib, unda o‘lgan va qayta tirilgan iloh haqida so‘z boradi. Osiris Misrning podshohi. U odamlarga ko‘p foydali, ezgu ishlarni o‘rgatadi: ekish, non pishirish, musallas tayyorlash, asal olish, davolash, ibodatgohlar qurish, din, mis va oltin olish, odamxo‘rlikdan tiyinish... Ammo Osirisning g‘alabasi sha'niga berilayotgan ziyofatda akasi Set (cho‘l va yot mamlakatlar ramzi) bir sarkafag olib kelib, kimga sig‘sa o‘shanga sovg‘a qilishini aytadi. Sarkafash Osirisga to‘g‘ghri keladi. Chunki undan yashirincha andoza olingan bo‘ladi. Osiris uni kiyishi bilan Set sarkafagni yopib, Nil daryosiga tashlaydi. Osiris o‘ladi. Set uning tanasini 14 ga bo‘lib, butun Misr bo‘ylab sochib yuboradi. Shunda Osirisning singlisi va xotini parchalarni to‘plab, ulardan iloh Gorni yaratishadi. Gor ulg‘ayib, otasini kim o‘ldirganini biladi va Setga qarshi kurashib, uni yengadi. Ammo ko‘zidan ayriladi. Ko‘zini qayta qozonib(Quyosh ramzi), uni Osirisga beradi. Osiris uni yutib, tiriladi (tabiatning qayta jonlanishi). Osiris haqidagi afsona tufayli har yili bahorning kelishi qutlanadigan bo‘ladi. M.oldingi 1970 yilga tegishli papirus bitigida jahon adabiyotida birinchi marta dramatik asar epizodiga duch kelamiz. Bu epizodda qahramonlarning replikalari remarklar yordamida beriladi. Personaj monologi ham mavjud. Osiris va Setning qurolsiz jangi yoritiladi.
Qadimgi Misr adabiyotida sayohat, masal kabi janrlarning ilk kurtaklarini ko‘rish mumkin. Yana Injil va Platonning asarlarida (dialog) Misr adabiyoti ta'siri yaqqol seziladi. Misr adabiyoti matnlaridan birida uchraydigan “Yaxlit bir narsa mo‘jizasini yuzaga chiqarish uchun pastda joylashgan tepadagiga uyg‘un, pastdagi esa tepadagiga muvofiq” degan qarash analogiyaning ulug‘ qonun hisoblanib, yevropaliklar dunyoqarashini yangi zamonlarga qadar belgilab keldi.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə