Jahon adabiyoti



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə6/110
tarix29.12.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#98024
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110
Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich jahon adabiyoti

Pandora haqidagi mif. Hozirgi kunga kelib dunyoda urushlar ko‘payishi munosabati bilan Pandora qutisi ochilib ketdi deyishyapti. Balki uni kimdir ochib yuborgandir. Pandora - Prometey xudolardan o‘tni o‘g‘irlagani uchun insonlarni, xususan, erkaklarni jazolash maqsadida o‘sha xudolar tomonidan yaratilgan birinchi ayol, ungacha ayol bo‘lmagan.
Pandora Prometeyning kichik ukasiga xotin bo‘ladi. Kunlardan bir kun u uyda g‘aroyib quti borligini eshitadi. Shuningdek, bu qutiga teginmaslik kerakligidan, agar tegilsa, dunyoni musibat, kulfat bosishidan ham xabar topadi. Lekin Pandora qiziqishdan qutini ochib ko‘radi. Quti ochilgan zahoti uning ichidagi yovuz ruhlar tashqariga otiladi. Pandora shoshib qutini berkitadi, lekin badbaxt ruhlar ozodlikka chiqib ulgirgan, quti ichida zaifgina umid qolib ketadi.
Umidsiz yashayapti insoniyat degan ma'nodir bu. Umuman, hammamizning ichimizda Pandora qutisi bo‘ladi. Shu qutini ochilib ketishidan ehtiyot bo‘lish lozim.
Folklor, mif va yozma adabiyot mushtarakligi. Bu uch tushuncha bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Chunki mifologik qarashlardan folklor kelib chiqqani kabi, yozma adabiyot ham o‘z navbatida har ikkalasi bulog‘idan hali- hanuz suv ichib keladi.
MIFOLOGIK MAKTAB — folkloristika va adabiyotshunoslikda romantizm davrida paydo bo‘lgan ilmiy yo‘nalish. M. M.ni mifologiya haqida fan bilan bitta narsa deb qaralmasligi lozim. M.m.ning falsafiy asosi F.Shelling va A. va F. Shlegeylar romantizmining estetikasiga borib taqaladi. 18-19 asrlarda “Mifologiya bo‘yicha qo‘llanma” (X.G.Xeyne) va boshqa shu kabi ilmiy asrlar yozilgan. M.M.ning to‘liq shakllanishi aka-uka Gimmlar nomi bilan bog‘liq. Ular xalq poeziyasining boshlanishini “ilohiy ibdito” bilan bog‘lashadi. Mifdan ertak, epos va afsonalar kelib chiqqan, folklorni esa xalqning g‘ayrishuuriy jamoaviy ijodi deb bilishdi. “Nemis mifologiyasi” (1835) kitobida haqiqiy mifologik an'analar aynan nemis mifologiyasida yaxshi saqlanib qolganligi g‘oyasini ilgari surishdi.
Asosiy adabiyotlar

  1. Karimov I. Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch.-Toshkent: Ma'naviyat, 2008.

  2. Karimov I. Adabiyotga e'tibor – ma'naviyatga, kelajakka e'tibor//O‘zAS., 2009, 3 iyul.

  3. Kun N.A. Qadimgi Yunonistonning afsona va miflari. T., 2013.

  4. Sulaymonova F. Sharq va G‘arb.-T.,1997.

  5. Saidov U. Sharq va G‘arb:madaniyatlar tutashgan manzillar.-T.:Yangi asr avlodi, 2009.

  6. Boltaboev H., Mahmudov M. Adabiy-estetik tafakkur tarixi. Toshkent. Mumtoz so‘z. 2013.

  7. Abdug‘opir Qosimov, Sidiq Xo‘jaev. Jahon adabiyoti. Farg‘ona nashriyoti. 2016.


Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə