Jahon adabiyoti


Shumerlarning sof asarlari ham bisyor, ular uchga bo‘linadi, birinchisi - miflar, ya'ni afsonalar, ikkinchisi - dostonlar, uchinchisi - madh-maqtovlar



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə8/110
tarix29.12.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#98024
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   110
Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich jahon adabiyoti

Shumerlarning sof asarlari ham bisyor, ular uchga bo‘linadi, birinchisi - miflar, ya'ni afsonalar, ikkinchisi - dostonlar, uchinchisi - madh-maqtovlar.
Birinchisi, afsonalar (miflar): bosh rolni ma'bud Enlil o‘ynaydigan ikkita asar “Oy ma'budining tug‘ilishi” (yoki “Enlil va Ninlil”) va “Cho‘kich (kirka)ning yaratilishi”. Bosh qahramon Enki bo‘lgan to‘rtta asar: “Enki va dunyoning tartibi”, “Enki va Ninxursag yoki Jannat haqida shumer afsonasi”, “Enki va Ninmax yoki odamning yaratilishi” va “Enki va Eredu”; Oy ya'ni Nanna (Sin) haqida bir asar: “Nannaning Nippurga sayoxati”; ikkita asar Ninurta haqida; “Ninurtaning faoliyati va qahramonligi” va “Ninurtaning Nippurga qaytishi”; beshta asar Inanna to‘g‘risida: “Inanna va Enki”, “Inanna va Ebex tog‘ining zabt etilishi”, “Inanna va Shukalletuda”, “Inannaning yerosti dunyosiga tushishi” va “Inanna va Bilulu”; to‘rtta asar asosiy qahramoni Dumuzi: “Dumuzi va Enkidu”, “Dumuzi va Inannaning nikohi”, “Dumuzi- ning o‘limi” va “Dumuzi va Gala”; bitta asar ma'bud Martga bag‘ishlangan: “Martning uylanishi”.
Ikkinchisi - epik dostonlar: hammasi bo‘lib to‘qqizta dostondan iborat: shundan ikkitasi Enmerkar haqida; “Enmerkar Aratga mamlakatida” va “Enmerkar va Ensukushiranna”, yana ikkitasi Lugalbanda to‘g‘risida va bunda ham Enmerkar ishtirok etadi, “Lugalbanda va Enmerkar” va “Lugalbanda va Xurrum tog‘i”, qolgan beshta asar shumerlarning asosiy qahramoni Bilgamish to‘g‘risida (shuni e'tirof etish lozimki, Bilgamish nomlari tilga olinayotgan boshqa asarlarning ham ko‘pchiligida ishtirok etadi). Shundan ikkitasi, “Bilgamish va Osmon ho‘kizi” va “Bilgamishning o‘limi”- dan bizga ayrim parchalari yetib kelgan. Qolgan uchtasi qariyb to‘liq holda saqlanib qolgan: bular “Bilgamish va Kishlik Atta”, “Bilgamish va Mangu Hayot mamlakati” va “Bilgamish, Enkidu va yerosti dunyosi” (yerosti podshohligi).
Uchinchi guruh asarlar madhlar. Ular ham to‘rt guruhga bo‘linadi: Xudolar sharafiga aytilgan madxdar, shoxdarni ulug‘laydigan madxdar, galma-gal ma'budlar va shoxdarning nomiga aytiladigan alqov madhiyalar va oxirgisi Shumerdagi ibodatxonalarni ulug‘laydigan madhiyalar. Shundoq ham murakkab bo‘lib turgan asarimizni yanada murakkablashtirib, bu madhiyalarning nomlarini bayon qshxish shart emas deb o‘ylaymiz, biroq bu madhiyalardagi tasvirlar ham yuqoridagi asarlardagi tasvirlarni (ko‘pchiligi) takrorlashini bilib qo‘ygan yaxshi. .
BILGAMISh” DOSTONI
Bilgamish (uzoq yillar uni olimlar Izdubar deb kelishgan) Shumerning poytaxti Urukni egallaydi. Uning shafqatsizligidan xalq ma'buda Aruruga shikoyat qilishadi. Chunki Bilgamish yengilmas bahodir edi. “Sen uni yaratding, endi unga bas keladigan raqibni ham yarat” degan xalq chaqirig‘iga binoan Aruru Eabani yaratadi. Aruru “qo‘lini suvda chayadi, bir yumaloq loyni oladi- da, uni yerga tashlaydi, qarabsizki, g‘alati mavjudot paydo bo‘lib turibdi, uning ismi Eabani edi” deyiladi dostonda. Eabani ibtidoiy odam, sahrodagi vahshiy sifatida gavdalantiriladi. U yarim hayvon, shoxli, dumli qilib tasvirlangan (Ellin afsonalarida bu maxluq Minotavr o‘laroq tasvirlanadi). U Bilgamish bilan urushish uchun yaratilgan edi. Bilgamish uni tutish uchun hayvon ovchisi Saaduni yuboradi. Saadu uni ko‘rishi bilan qo‘rqib Bilgamishning oldiga qochib boradi. Bilgamish uni yana yuboradi. Saaduga ma'buda Ishtarning cho‘risi Uxatuni birga olib borishni tayinlaydi. Ayolga ko‘zi tushishi bilan Eabani butunlay o‘zgaradi. U bilan birga yashab, odamlik sifatlariga kiradi. Uxatu Uruk haqida, uning hukmdori Bilgamish haqida so‘zlab, Eabani ko‘nglida mehr uyg‘otadi. Shunday qilib, Eaabani Urukka kelib, Bilgamish bilan bir umrlik do‘st tutinadi. Ya'ni insoniyatning vahshiy hayotdan madaniy hayotga o‘tishi ana shu tarzda ayol muhabbati orqali beriladi.
Bilgamish va Eabani zolim shoh Xumboboga qarshi kurashib yengishadi, shohni o‘ldirishib, jasadini qushlarga yem qilishadi. Shundan keyin B.ning shuhrati ortib ketadi. Ma'buda Ishtar unga “Bilgamish, menga er bo‘lsang oltin va javohirotdan yasalgan aravada yurasan. Har bir kuning g‘alaba nishonlash bilan o‘tadi, shohlar, beklar, a'yonlar oldingda bosh eggaylar va oyog‘ingni o‘parlar, tog‘u vodiylardan senga behadu behisob sovg‘alar keltirgaylar, ho‘kiz va qo‘toslaring og‘ir-og‘ir yuklarni dangal tortgaylar. Senga bas keladigan raqib bo‘lmagay”. Biroq Bilgamish o‘z mag‘rurligiga borib, ma'buda Ishtar sevgisini rad etadi, ustiga ustak, uni haqorat etadi. Seni sevgan hamma erkaklar o‘ladi, sen kulfatsan, hyech kimga vafo qilmaysan, qabilida og‘ir gaplar aytadi: “Sen meni ham sevasan-da, boshqalarni nima qilgan bo‘lsang, meni ham shunday qilasan”. Bu so‘zlardan Ishtarning g‘azabi keladi, osmondagi otasi, ma'bud Anga murojaat qilib, uni jazola, deydi. An dahshatli ho‘kizni Uruk shahriga, Bilgamish ustiga yuboradi. Bilgamish do‘sti Eabani bilan ho‘kizni yengadi. Shuhrati yana ortadi. Hamma: “Daholar orasida kim shonliroq? Erkaklar orasida kim buyukroq? Daholar orasida Bilgamish shonliroq! Erlar orasida Bilgamish buyukroq!” Ma'buda Ishtar battar g‘azablandi va qasos olishga ahd qildi. Ma'budaning onasi Anatu Eabaniga shunday bir zarba berdiki, u darhol o‘ladi. Bilgamishni moxovga o‘xshagan tuzalmas dardga giriftor qiladi. Do‘stini yo‘qotishi va kasallik B.ni holdan toydiradi, u almoyi aljoyi tushlar ko‘rib chiqadi. Shunda “O‘lik suvlar” (O‘lik dengiz)ning narigi tomoniga xotini bilan o‘tib olib istiqomat qiladigan donishmand Pir - Napishtim (Utnapishtim)dan yordam so‘rashga ahd qiladi. (Donishmand Nuh to‘fonigacha o‘tgan o‘n shohdan biri Xasisadra (Ziosudra) yoki Atraxasis (ya'ni“Pok nomusli”)dan o‘zga kishi emasdi). Yo‘lda Bilgamish turli xavf xatarlarga, sarguzashtlarga duch kela boshladi (Odisseyani eslang). Yarim odam, yarim chayon maxluqqa duch keladi, maxluq yo‘lning xavfliligini aytadi. B. Xatardan qo‘qmaydi. Sahro chiqadi, kechib o‘tadi. Keyin dengiz bo‘yidagi daraxtzorda Sabitum degan qizning ko‘shkiga kelib qoladi. Darxtlarning mevasi zumrad va yoqutdan edi. Sabitum yuziga ilohiy qarg‘ish muhri bosilgan odamni ko‘radiyu yuziga eshikni yopadi. Lekin B. Yana eshik qoqadi. Do‘stini sog‘inganini aytadi. “Kerak bo‘lsa, bahri muhitdan suzib o‘tay, bo‘lmasa suyaklarim shu yerda chiriy qolsin”, deydi. Axiyri, Sabitum B.ga yo‘l ko‘rsatadi. O‘lik suvlarni oshib o‘tish uchun kemachi Ardi – Eani topishini maslahat beradi. Bu suvdan Quyoshdan o‘zga hali hyech zot kechib o‘tmagan edi.Kemada 1.5 oy suzib, daryolar etagidagi joyga yetishdi. Yo‘lda donishmand B.ga to‘fon haqida so‘zlab beradi. Keyin dardi bedavodan qutilish uchun muborak suvda cho‘milishi kerakligini aytadi. Yana B.ni sehrli giyohga - “Keksadan yosh qilib qo‘yuvchi giyoh”ga olib boradi. U yerdan B. sog‘ va kuchga to‘lgan, ammo dili g‘am alamga to‘lib kemaga qaytadi. Do‘stini eslaydi. Yonadi. Ma'budlardan marhumlar olamiga bir muddatga ruxsat berishlarini so‘raydi. Jahannam ma'budlari B. Nolalarini eshitib, yerni yorishadi. U yerdan Eabaninig ruhi uchib chiqadi. B. undan “Ayt, do‘stim, gapir, hozir yashab turganing qanaqa mamlakat ekan va sen u yerda nimalarni boshingdan kechirding? Oh! Gapirsang-chi!” deb so‘raydi. Eabani aytolmasligini, aytishga tili bormasligini bildiradi. Ya'ni u dunyo haqida og‘ir tasavvur uyg‘onadi o‘quvchida.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə