Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasini o’qitish metodikasining nazariy va amaliy masalalari



Yüklə 229,22 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix27.01.2023
ölçüsü229,22 Kb.
#99462
kgPEK8E70Dw7IXSFLKFPffG1SKxTZ6bgdlnHoCp5



Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasini o’qitish metodikasining nazariy va 
amaliy masalalari 
Ushbu kursni o’rganishga kirishishdan oldin, o’qituvchi darslarni o’tishda metod 
tanlashga alohida e’tibor berishi zarur. Kuzatuv va tajribalar shuni ko’rsatmoqdaki, kurs 
mazmunan boy materiallarga egaligini e’tiborga olib unda xalma-xil metodlarni 
qo’llashni taqozo etadi. Bu kursda mashhur didakt olimlar I.Ya. Lerner va M.N. 
Skatkinlarning metodlar klassifikatsiyasini qo’llash yaxshi natijalar beradi. Ular 
quyidagi metodlar guruhini ilgari suradilar:
1.
Izohli-illyustrativ (ko’rgazmali) metod (xikoya; lektsiya, tushuntirish, darslik 
bilan ishlash, rasmlarni namoyish qilish, slaydlar namoyish etish)
2.
Reproduktiv metodlar. (o’tilga materiallarni hayolan qayta tiklash asosida 
bilimlarni amalda qo’llash orqaliko’nikma va malakalar shakllantirish).
3.
Dars materiallarini muammoli bayon etish.
4.
Qismian izlanuvchan evristik metod.
5.
Tadqiqot metodi. (Bunda o’quvchilar faoliyati bilimlarni ko’prok mustaqil 
izlanish asosida amalga oshiriladi)
Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasida eng ko’p qo’llaniladigan metodlar 
guruhini izohli-illyustrativ metodlar tashkil qiladi.
Bu metodning asosini o’qituvchi faoliyati tashkil qiladi. O’qituvchi asosan tayyor 
informatsiyalarni beruvchi hisoblanadi. Bunda u turli ta’lim vositalaridan foydalanadi. 
O’quvchilarga informatsiya asosan lektsiya, xikoya, suhbat, savol-javob tarzida 
yetkaziladi.
Darslik, ko’rgazmali qo’llanmalar o’qituvchi jonli suvini to’ldiruvchi vositalar 
bo’lib xizmat qiladi. Bu metodning eng afzal tomoni shundaki, o’quvchilar bir yo’la 
tinglaydilar, kuradilar, kuzatadilar, o’qiydilar, xilma-xil ma’lumotlarni qiyoslaydilar va 
x.k. Bu metod pedagogik, didaktik, metodik adabiyotlarda keng va atroflicha yoritilgan. 
Izohli illyustrativ metodda yetakchi o’rinni darslik matni, kartografik materiallar bilan 
ishlash tashkil qiladi. Ma’lumki jahon iqtisodiy geografiyasining asosini kartografik 
materiallar bilan ishlash va ularni tahlil qilish bilan bog’liq mavzular tashkil etadi. 
«Jahonning umumiy-iqtisodiy geografik ta’rifi» aksariyat matriallar leksiya metodida 
olib boriladi. Bu metodning zaif tomoni shundaki u o’quvchilarda aqliy faoliyatini 
nisbatan kamroq rivojlantiradi. Chunki sinfdagi barcha o’quvchilar leksiyani tinglashda 
bir xil qobiliyatga ega emaslar. Shu tufayli leksiya uchun tanlangan materialda 
o’quvchilar faoliyatini jonlantiradigan materiallarni qo’llashiga e’tibor berish zarur.
O’quvchilar oldindan leksiya rejasi bilan tanishtirilishi, leksiya davomida 
qiyoslovchi jadvallarni mustaqil to’ldirishi, ular mutaqil ravishda sxemalar to’za olishga 
e’tibor berish maqsadga muvofiq.
O’qituvchi leksiya metodidan foydalanish jarayonida xilma-xil usullarni qo’llaydi. 
Asosiy fikr va g’oyalarni burtgirib ko’rsatadi. Ilmiy ommabop adabiyotlardan olingan 
materiallarni o’z so’zi bilan yoki uning ayrim joylarini o’qib ham eshittiradi.
O’quvchilarga leksiya uchun reja tuzishni topshiradi. Bunda ular diqqatini 
quyidagilarga qaratadi:
1.
O’qituvchi tomonidan tuzilgan materialni qismilarga ajrata olishdi.
2.
Qismilarga ajratilgan materialdagi asosiy g’oyalarni ajrata olishi.
3.
Rejani tuzishda mavzudagi izchillik va mantiqiylikni bo’rttirib ko’rsata olishga 
e’tibor berish va x.k.


Tajribalar shuni ko’rsatmoqdaki, bu kurs mavzularini o’rganishda suhbatning 
alohida o’rni bor. Ayniqsa darslik matni, undagi jadvallar, raqamli materiallar, 
kartosxemalar va boshqa ko’rgazmali materiallar bilan ishlashda uning o’rni katta. 
Masalan «Jahon aholisi geografiyasi» mavzusini o’rganishda karta asosida suhbat 
uyushtirish yaxshi natijalar beradi. Darslikdagi jahon aholisining ko’payish turlari 
kartasxemasi asosida o’quvchilar bilan taxminan quyidagi mazmunda suxbat uyushtirish 
mumkin.
1.
Aholi ko’payishining 1-turi qaysi mamlakatlar uchun xos.
2.
Aholi ko’payishining 1-turi uchun qanday xususiyatlar xos.
3.
Aholi 
ko’payishining 
2-turi 
qaysi 
mamlakatlar 
uchun 
xos? 
2-turga xos bo’lgan xususiyatlarni ajrating.
4.
Avstraliya, Shimoliy Amerika, Janubiy Amerika, Afrika, Yevrosiyo, Xorijiy 
Yevropada tugilish, ulish, tabiiy o’sishni qiyoslang.
5.
Nima 
sabadan 
Afrikada 
tabiiy 
o’sish 
eng 
yuqori, 
ya’ni 
30 
kishini tashkil etadi? va x.k.
O’qituvchi suhbat metodida bilimlarni egallashda tashkilotchi vazifasini bajaradi. 
U o’quvchilar javoblarini to’ldirib, ularni yangi bilimlarni egallashga ilxomlantirib 
boradi. Yoki shu mavzudagi «Jahon mamlakatlarida urbanizatsiya darajasi» 
kartosxemasini ham suhbat, savol-javob uyushtirish funktsiyasini o’quvchilarga 
mustaqil topshirish yaxshi natijalar berishi mumkin.
Reproduktiv metod ham bu kursda keng qo’llanilish imkoniyatlariga ega. 
Ko’rgazmali izohli metodda o’quvchilarda iqtisodiy-geografik ko’nikmalar 
shakllantirish jarayoni bir muncha zaif kechadi. Reproduktiv metodda bu kamchilik 
juda kam sodir bo’ladi. O’quvchilar o’qituvchi topshirig’i asosida mustaqil bilimlarni 
egallaydilar. Ular oldingi bajarilgan topshiriq va savollarga o’xshash bo’lgan vazifalarni 
mustaqil bajaradilar, u yoki bu matn mazmuni bo’yicha rejalar tuza oladilar. Iqtisodiy-
geografik kartalar asosida mamlakatlar yoki uning qismilariga ta’rif bera oladilar. 
Reproduktiv metod o’quvchilarda tashkilotchilik xislatlarini ham tarbiyalaydi. 
O’qituvchi bu metodni qo’llash jarayonida boshqa metodlardan, xususan og’zaki bayon, 
ko’rgazmali metodlardan ham unumli foydalanadi. Reproduktiv metod samaradorligini 
oshirishda har bir mavzu uchun topshiriqlar, savollar tizimini ishlab chiqish yaxshi 
natijalar beradi. O’quvchilarda bilimlarning oshib borishi bilan bu metodga bo’lgan 
talab ham oshib boradi. Kursning regionlar qismini o’rganishda bu metod juda qo’l 
keladi. Masalan Afrika mamlakatlarini o’rganishda o’quvchilar diqqatiga quyidagi 
jadvalni mustaqil to’ldirish topshiriladi.
Shimoliy Afrika mamlakatlari
Mamlakat
Nomi
Poytaxti
Maydoni
Aholisi
Tabiiy
resurslari
Sanoat
tarmoqlari
Qishloq
xo’jalik
tarmoqlari
Izoh
O’quvchilar ushbu jadvalni to’ldirib bo’lishgach Sharqiy, G’arbiy, Tropik Afrika 
mamlakatlariga oid ma’lumotlarni mustaqil to’ldira oladigan bo’ladilar va x.k.
Kursning aksariyat mavzulari muammoli bayon metodi bilan o’qitilishni taqozo 
qiladi. Bunda o’qituvchi muammo qo’yadi va uni o’zi yechib ko’rsatadi. Muammoga 


javob izlash jarayonida o’quvchilar muammoli vaziyatga duch keladilar. O’qituvchi 
tomonidan qo’yilgan muammoli savolga o’quvchilardagi mavjud bilimlar yetishmasligi 
kerak. Agar ular bu savolga to’g’ridan-to’g’ri javob berib qo’ysalar, qo’yilgan savol 
muammoli bo’la olmaydi. Bu metodning eng ahamiyatli tomoni shundaki, o’quvchilar 
muammoli metod orqali muammoning ilmiy yechilish yo’llarini, bilimlarning mantiqiy 
aloqadorligini, butun muammoni yechishdagi bosqichlarni bilib oladilar va egallaydilar.
Afrika materigi mamlakatlari bo’yicha ayrim muammoli savollardan namunalar 
keltiramiz.
1.
Saxel zonasida har 10 kishidan 9 kishining xayoti ovqatpishirish, uyni isitish 
uchun o’tin terish bilan bog’liq.Ayollar va bolalar yilning 100-300 kunini shox-shabba 
hamdaxazon to’plash bilan o’tkazadilar. Sizningcha kelajakda Saxelda bu holat 
takrorlanmasligi uchun qanday chora tadbirlar qurish kerak deb o’ylaysiz. O’z 
loyixangizniasoslab bering.
2.
Nima sababdan Tropik Afrika tabiiy resurslarga boy bo’lishiga qaramasdan 
kontinentdagi eng kambag’almamlakailar shu regionga to’g’ri keladi?
3.
Nima sabadan Afrikada aholining okean va dengiz bo’ylarida joylashishi 
Xorijiy Osiyo mamlakatlari darajasida emas. Buning sababini tushuntiring.
Muammoli metodning eng muhim xususiyatlaridan biri qo’yilgan savolni yechish 
uchun gipoteza (faraz) tuzidash, ushbu farazni yechish yo’llarini izlash, xulosalar 
qilishdan iborat. O’qituvchi muammoni kuyadi, farazni tushuntiradi, xayolan 
eksperiment qilib ko’radi, uni yechishning turli variantlarini ilgari so’radi va xulosalar 
qiladi. Nixoyat qadamma-qadam muammoni yechish yo’llariga erishadi. O’quvchilar 
esa yechimning mantiqiyligini kuzatadilar, ilgari surilgan farazlarning to’g’riligini 
nazorat qiladilar, isbot va dalillarning naqadar puxtaligini yana bir bor tekshirib 
ko’radilar. Va shu tariqa bu metodning afzalligini, dars materialini o’zlashtirishdagi 
rolini bilib oladilar.
Xalqaro geografik mehnat taqsimoti tushunchasining qanchalik mukammal 
egallaganligini, bu tushunchalarga xos bo’lgan belgilarni o’quvchilarning qay darajada 
bilishlarini aniqlash uchun ular diqqatiga quyidagi jadvalni tavsiya qilish maqsadgi 
muvofiq.
Mamlakatlar
Ixtisosli tarmoqlari
Asosiy 
savdo 
sheriklari
Yevropa
Osiyo
Amerika
Sanoatda
Qishloq 
xo’jaligida
Jadval materiallarini tahlil qilish orqali o’quvchilar quyidagi savollarga mutakil 
javob topa olishlari mumkin.
1. Qaysi mamlakatlar iqtisodiyotida sanoat yetakchi o’rinniegallashini.
2. Qaysi mamlakatlar iqtisodiyotida qishloq xo’jaligi yetakchi o’rinni egallashishini.
3. Xalqaro geografik mehnat taqsimotida siyosiy va iqtisodiy munosabatlarning 
o’rni kabi jarayonlarni bilib oladilar.
O’quvchilarning jadvallarini mustaqil tahlil qilishi ularda zarur ko’nikmalarning 
shakllanganligidan darak beradi.
Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarning xalqaro geogrfik mehnat 
taqsimotida o’rnini aniqlashni quyidagi jadvalni to’ldirish jarayonida bilib olishi 
mumkin.


M A M L A KATLAR
Rivojlangan
Rivojlanayotgan
1. Xalqaro tovar ishlab chiqarishdagi 
ixtisoslashuvning qay darajadaligi
2.Iqtisodiy aloqalarning asosiy yunalishlari
3.Asosiy 
savdo 
sheriklari 
bilan 
munosabatlar ahvoli
Bu jadvalning mustaqil to’ldirish o’quvchilarni jahon mamlakatlarida xalqaro 
geografik mehnat taqsimotida o’ziga xos nomutanosiblik mavjud ekanligini bilib 
olishlariga imkon yaratadi.Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, xalqaro geografik 
mehnat taqsimoti tushunchasi jahon iqtisodiy geografiyasining barcha mavzularida 
ishtirok qiladi. Ular tarmoqlararo, rayonlararo, davlatlararo mehnat taqsimoti 
mavjudligini bilib oladilar. Qator jadvallarni mustaqil to’ldira olish o’quvchilarda bu 
borada zarur ko’nikmalarning shakllanganligidan darak beradi.
 

Yüklə 229,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə