Jahon moliya bozori xalqaro kapital bozorining bir qismi bo'lib, turli mamlakatlardagi kreditorlar va qarz oluvchilarning kapitalga bo'lgan jami talab va taklifini o'zida mujassamlashtiradi



Yüklə 12,92 Kb.
səhifə1/2
tarix27.12.2023
ölçüsü12,92 Kb.
#163040
  1   2
Jahon moliya markazlari

Jahon moliya bozori xalqaro kapital bozorining bir qismi bo'lib, turli mamlakatlardagi kreditorlar va qarz oluvchilarning kapitalga bo'lgan jami talab va taklifini o'zida mujassamlashtiradi. Shu o'rinda moliya bozori va iqtisodiy o'sish o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni ta'kidlab o'tish lozim. Chunki moliya bozorining mavjudligini asosiy tamoyili iqtisodiy o'sishni jadallashtirish hisoblanadi. Moliya bozori va iqtisodiy o'sishni quyidagi oddiy misol (investitsiylar) bilan tushuntirishga urunib ko'ramiz. Iqtisodiy o'sish va investitsiyalar (moliyaviy instrument ko'rinishini olgan investitsiya)ning o'zaro bog'liqligi mexanizmi Nobel mukofoti laureati P.Samuelson tomonidan "akselerator tamoyili" ko'rinishida quyidagicha ifodalangan[1]: real YaIM o'sishi real investitsiyalar o'sishiga olib keladi, o'z navbatida real investitsiyalarning ko'tarilishi unga javoban YaIM o'sishiga sabab bo'ladi. Bu tamoyilning muhim jihati shundan iboratki, real investitsiyalar real kapital (bino va inshoatlar, mashina va anjomlar) va ishlab chiqarish zahiralari bahosi ortishini bildiradi. Demak, ko'rinib turibdiki, moliyaviy instrumentlar (qimmatli qog'ozlar) yordamida real kapitalga qilingan investitsiyalarning ortishi uning bahosini oshiradi, bu esa mos ravishda moliyaviy instrument ko'rinishini olgan investitsiyalarning o'sishiga olib keladi, ya'ni "moliyaviy instrument (qimmatli qog'oz) va uning real bazisi (real kapital) o'rasidagi ekvivalentlilik" tamoyilini to'g'riligini hamda iqtisodiy o'sish, investitsiyalar va moliya bozorining o'zaro bog'liqligi isbotlaydi.

  • Jahon moliya bozori xalqaro kapital bozorining bir qismi bo'lib, turli mamlakatlardagi kreditorlar va qarz oluvchilarning kapitalga bo'lgan jami talab va taklifini o'zida mujassamlashtiradi. Shu o'rinda moliya bozori va iqtisodiy o'sish o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni ta'kidlab o'tish lozim. Chunki moliya bozorining mavjudligini asosiy tamoyili iqtisodiy o'sishni jadallashtirish hisoblanadi. Moliya bozori va iqtisodiy o'sishni quyidagi oddiy misol (investitsiylar) bilan tushuntirishga urunib ko'ramiz. Iqtisodiy o'sish va investitsiyalar (moliyaviy instrument ko'rinishini olgan investitsiya)ning o'zaro bog'liqligi mexanizmi Nobel mukofoti laureati P.Samuelson tomonidan "akselerator tamoyili" ko'rinishida quyidagicha ifodalangan[1]: real YaIM o'sishi real investitsiyalar o'sishiga olib keladi, o'z navbatida real investitsiyalarning ko'tarilishi unga javoban YaIM o'sishiga sabab bo'ladi. Bu tamoyilning muhim jihati shundan iboratki, real investitsiyalar real kapital (bino va inshoatlar, mashina va anjomlar) va ishlab chiqarish zahiralari bahosi ortishini bildiradi. Demak, ko'rinib turibdiki, moliyaviy instrumentlar (qimmatli qog'ozlar) yordamida real kapitalga qilingan investitsiyalarning ortishi uning bahosini oshiradi, bu esa mos ravishda moliyaviy instrument ko'rinishini olgan investitsiyalarning o'sishiga olib keladi, ya'ni "moliyaviy instrument (qimmatli qog'oz) va uning real bazisi (real kapital) o'rasidagi ekvivalentlilik" tamoyilini to'g'riligini hamda iqtisodiy o'sish, investitsiyalar va moliya bozorining o'zaro bog'liqligi isbotlaydi.

Demak moliya bozori mamlakat YaIM shakllanishini, iqtisodiy o'sishning ta'minlanishini harakatga keltiruvchi unsur bo'lib xizmat qiladi. Dunyo moliya bozorida mamlakatlar ulushining kattaligi davlatning iqtisodiy qudratini, boshqa mamlakatlarga ta'sirini ko'rsatib beradi. Bugungi kunda dunyo moliya bozorining umumiy qiymati 230 trillion AQSh dollaridan yuqoriligi ko'plab yillik hisobotlar va maqolalarda qayd etib o'tilgan almoqli ulushi taqsimlangan. Bular ichida eng kattalari AQSh (40%), Yaponiya (8%), Xitoy (7%), Gongkong (7%), Buyuk Britaniya (4%), Fransiya (3%), Germaniya (3%) kabi dunyoning eng qudratli mamlakatlari o'rin olgan. Ko'rinib turibdiki dunyo moliya bozorining uchdan ikki qismi aksariyat rivojlangan mamlakatlarga tegishli. Jahon moliya bozorining asosiy segmentlaridan biri fond birjasi yoki qimmatli qog'ozlar (kapital) bozori hisoblanadi. Statistik ma'lumotlarga e'tibor beradigan bo'lsak, 2018 yilda jahon fond bozori kapitalizatsiyasi 85 trillion AQSh dollarini tashkil qilgan. Kapitalizatsiyaning asosiy qismi Amerika Qo'shma Shtatlari hissasiga to'g'ri kelgan. Boshqacha qilib aytadigan bo'lsak, AQSh kapitalazitsiyasi dunyoning boshqa jami mamlakatlari fond bozorining kapitaliztsiyasiga qariyb teng bo'lib qolgan. Shu sababli o'rganishlarimiz jarayonida ko'proq urg'u AQShga beriladi AQSh kapital bozori dunyodagi eng katta va to'lovlilik va samaradorlik qobiliyati eng yuqori bo'lgan mamlakat hisoblanadi. AQSh kapital bozori qiymati mamlakat yalpi ichki mahsulotidan qariyib 2 barobar katta - fond bozori YaIMning 162 foizini tashkil etadi, YaIMni doimiy daromad bozori (Fixed income market) bo'yicha hisoblaganda AQSh kapitali 207 foizni tashkil etgan.

Yüklə 12,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə