Жамият ва инновациялар Общество и инновации



Yüklə 312,41 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix28.01.2023
ölçüsü312,41 Kb.
#99622
Sanoat korxonalarida moliyaviy faoliyat tahlili yo



Жамият ва инновациялар – 
Общество и инновации – 
Society and innovations 
Journal home page: 
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
 
Areas of analysis of the financial results of industrial enterprises 
Mirzoulougbek ALIXONOV
1
Xamidjon SARIMSAQOV

Andijan Machine building institute
ARTICLE INFO 
ABSTRACT
Article history: 
Received September 2021 
Received in revised form
15 September 2021 
Accepted 20 October 2021 
Available online
15 November 2021 
This article provides a number of comments on the 
organization of the activities of industrial enterprises and the 
analysis of their financial performance. The results of a number 
of studies on the importance of market relations in the analysis 
of economic activity of enterprises are also presented. Examples 
are given of a number of advantages of using financial reporting 
as a database to analyze the financial situation. 
2181-1415/© 2021 in Science LLC. 
DOI: 
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss10/S-pp343-347
 
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords: 
economics,
human society,
financial performance 
analysis,
labor resources,
market relations,
profit,
profitability,
economic sectors,
industrial enterprises, 
financial reporting.
Sanoat korxonalarida moliyaviy faoliyat tahlili yo’nalishlari 
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar: 
iqtisodiyot,
kishilik jamiyati, 
moliyaviy faoliyat tahlili, 
mehnat resurslari,
bozor munosabatlari,
foyda,
rentabellik,
iqtisodiyot sektorlari,
sanoat korxonalari, 
moliyaviy hisobot. 
Ushbu maqolada sanoat korxonalari faoliyatini tashkil etish 
va ularning moliyaviy faoliyat tahlili haqidagi bir qator fikr 
mulohazalar keltirilgan.Shuningdek, korxonalarning xo'jalik 
faoliyatini tahlil etishda bozor munosabatlarining ahamiyati 
to'g'risida ham qator izlanishlar natijalari keltirib o'tilgan. 
Moliyaviy holatni tahlil qilish uchun moliyaviy hisobotdan 
axborot bazasi sifatida foydalanishning bir qator afzalliklari 
haqida misollar keltirilgan. 
1
2nd year master's student, "Information technologies and systems in economics", Andijan Machine Building 
Institute, Andijan, Uzbekistan 
2
Candidate of Economic Sciences, Associate Professor, Andijan Machine Building Institute, Andijan, Uzbekistan 


Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations 
Special Issue – 10 (2021) / ISSN 2181-1415 
344 
Направления 
анализа 
финансовых 
результатов 
промышленных предприятий 
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова: 
экономика,
общество личности, 
анализ финансовых 
результатов,
трудовые ресурсы, 
рыночные отношения, 
прибыль,
рентабельность,
секторы экономики, 
промышленные 
предприятия,
финансовая отчетность.
В статье дается ряд комментариев по организации 
деятельности промышленных предприятий и анализу их 
финансовых показателей. Также представлены результаты 
ряда исследований о значении рыночных отношений в 
анализе экономической деятельности предприятий. 
Приведены примеры ряда преимуществ использования 
финансовой отчетности в качестве базы данных для 
анализа финансового положения.
KIRISH
Kishilik jamiyatining vujudga kelishi, ya’ni jamoa bo‘lib yashash va ishlash insoniyat 
ongining takomillashib borishiga turtki bo‘ldi. Insoniyat ongining rivojlanishi natijasida 
borliqni o‘rganish borasida turli fikr va qarashlar paydo bo‘la boshladi. Xo‘jalik faoliyatini 
iqtisodiy tahlil qilish fikri ham jamiyat rivojlanishining natijasidir.
Korxonalarni to‘g‘ri, oqilona boshqarish, uning moliyaviy holatini yaxshilash, 
raqobatbardoshlik quvvatini oshirish xo‘jalik faoliyatini chuqurroq o‘rganishni talab 
qiladi. O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida turli 
mulk shaklidagi korxonalar faoliyatiga to‘liq erkinlik berdi. Yangicha ish yuritish, 
jumladan, tashqi va ichki bozordan tajribali mijoz va hamkorlarni tanlash bilan birga 
ularning moliyaviy imkoniyatlarini o‘rganish dolzarb masala bo‘lib maydonga chiqdi.
Korxonalarning xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish, ularning ishlarini yaxshilash korxona 
samaradorligini oshirishning muhim omili bo‘lib hisoblanadi. Xo‘jalik faoliyatini tahlil 
qilish korxonalarning ishlab chiqarish, moliyaviy, mehnat resurslaridan oqilona 
foydalanish darajasini aniqlashga yordam beradi, foydalanilmayotgan resurslarni aniqlab, 
ularning kelgusida yanada rivojlanishi, ularning moliyaviy holatini yaxshilash uchun zarur 
tavsiyalarni ishlab chiqishga imkon beradi.
Bozor munosabatlarining shakllanishi, rivojlanishi ko‘p ukladli bozor iqtisodiyotini 
barpo etish, har xil shakldagi biznesni va ishbilarmonlikni rivojlantirish shunga olib 
keladiki, korxonalar faoliyatining moliyaviy natijalari – foyda va rentabellik korxonalar 
faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlariga aylanadi.
Respublikamiz bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tayotgan bir sharoitda 
iqtisodiyot sektorlarining uzluksiz faoliyat yuritishi va barqaror rivojlanishi muhim 
hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning dastlabki bosqichida iqtisodiyotni isloh 
qilishning g‘oyat muhim yo‘nalishlarini belgilab beruvchi asosiy ustuvor usullar belgilab 
olindi. Mazkur masalalarni to‘g‘ri mushohada qilgan holda O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020-yilning 29-dekabrida Oliy Majlisiga qilgan 
Murojaatnomasida ushbu masalaga tanqidiy baho berib, shunday degan edilar: “Yangi 
O‘zbekistonni yaratishda, oldimizda turgan birinchi va asosiy vazifa – bu izchil iqtisodiy 
o‘sish, chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, ishlab chiqarishni moderni-
zatsiyalashtirish va raqamli texnologiyalarni joriy etish makroiqtisodiy va moliyaviy 
barqarorlikka erishishning asosi hisoblanadi”. [1. 3-b] Shu jihatdan qaraganda, korxona-


Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations 
Special Issue – 10 (2021) / ISSN 2181-1415 
345 
larning barqaror faoliyat yuritishida, ishlab chiqarish jarayonining barcha elementlari, shu 
jumladan, buxgalteriya hisobi, audit va iqtisodiy tahlil mukammal ishlashi kerak.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR 
Iqtisodiyot sektorida bozor munosabatlarini chuqurlashtirish ushbu sohada 
iqtisodiy islohotlarni yanada jadallashtirishni taqozo etadi. Shu sababli moliyaviy hisobot 
shakllari va ularning tahlilini takomillashtirish, uni barcha sektorlarning tuzilmasiga va 
o‘zgarishlariga mos tarzda qayta qurish, korxonaning moliyaviy-iqtisodiy holatini 
o‘rganish va nazorat qilishning maqsadli shaklini ishlab chiqish hamda qaror toptirish 
bugungi kunning muhim vazifalaridan hisoblanadi. Shu jihatdan ham keyingi yillarda 
respublikamizda boshqaruv va moliyaviy tahlilga e’tibor kuchaygan. 
Agar ilgari korxonalarning xo‘jalik faoliyatini, ularning moliyaviy holatini tahlil 
qilish bilan faqat moliya, bank, statistika organlari va yuqori tashkilotlar shug‘ullangan 
bo‘lsalar, endilikda bu ish bilan yuqorida ko‘rsatilgan tashkilotlardan tashqari soliq 
organlari, auditorlik idoralari, jamoa tashkilotlari, aksionerlar, ta’minlovchilar, iste’mol-
chilar va boshqa organlar, tashkilotlar ham shug‘ullanishmoqda.
Bu holat moliyaviy tahlil, jumladan, uni bajarish uslubi oldiga yangi talablar 
qo‘ymoqda. Sanoat korxonalarida moliyaviy faoliyat tahlili yo‘nalishlari, bizning 
fikrimizcha, quyidagi sohalarni o‘z ichiga oladi:

global maqsadlar (tashkilot samaradorligini oshirish uchun yashirin, 
foydalanilmayotgan zaxiralarni aniqlab topish, buning natijasida mumkin bo‘lgan 
maksimal foydani olishga erishish);

umumiy maqsadlar (boshqaruv qarorlarini asosli qabul qilish uchun materiallar 
tayyorlash);

shaxsiy maqsadlar (aniq iqtisodiy vaziyat bilan belgilanadi). 
Moliyaviy tahlil muayyan axborot tizimiga asoslangan. Korxonaning moliyaviy 
holatini aniqlash uchun asosiy ma’lumot manbayi moliyaviy hisobotdir. Moliyaviy hisobot 
– bu kompaniyaning biznes natijalarini aks ettiruvchi shakllar, ko‘rsatkichlar va ularga 
tushuntirish materiallari. Hozirgi vaqtda moliyaviy holatni samarali tahlil qilishda “Pul 
oqimi to‘g‘risidagi hisobot” alohida ahamiyatga ega bo‘lib, u foydalanuvchiga korxona 
operatsiyalarini amalga oshirishda kompaniya aktivlarining pul ishlab chiqarish 
qobiliyatini baholash imkonini beradi, uning ishidagi muvaffaqiyat va barqarorlikni tahlil 
qilishda eng muhim mezon. 
Moliyaviy holatni tahlil qilish uchun moliyaviy hisobotdan axborot bazasi sifatida 
foydalanish bir qator afzalliklarga ega. Bularga turli korxonalar uchun hisobot shaklining 
bir xilligi (bu ko‘rsatkichlarni hisoblashning bir xil usullarini qo‘llash imkonini beradi), 
ochiqlik (korxonani ichki va tashqi foydalanuvchilar tomonidan baholash uchun 
hisobotdan foydalanish imkonini beradi) kiradi. Moliyaviy hisobotni tayyorlash majburiy 
bo‘lib, tahlil uchun qo‘shimcha xarajatlar talab qilmaydi. Korxonaning moliyaviy holatini 
tahlil qilish usullari, birinchi navbatda, ishlatilgan ko‘rsatkichlar majmuasida, shuningdek, 
tahlil maqsadlarida farq qiladi. Moliyaviy holatni tahlil qilishning uslubiy yondashuvlarini 
va tahlil qilish samaradorligi muammosini o‘z asarlarida ko‘rib chiqishgan rus
olimlari: I.I. Mazurova, M.V. Romanovskiy, N.A. Rusak, V.A. Rusak va o‘zbek olimlaridan 
A.V. Vahobov, A.T. lbrohimov, N.F. Ishonqulov va A.U. Burxonov va boshqalar.


Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations 
Special Issue – 10 (2021) / ISSN 2181-1415 
346 
MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Moliyaviy holat tahlili qo‘llaniladigan boshqaruvning asosiy obyektlariga 
quyidagilar kiradi: kreditlar, ssudalar berish va olish; qo‘shma loyihalar va shartnomalarni 
bajarish; moliyaviy barqarorlik va to‘lov qobiliyati, aksiyalar, ishlab chiqarish, debitorlik 
va kreditorlik qarzlarini boshqarish. Moliyaviy natijalarni baholash, har xil muddatlarga 
rejalar tuzish, bankrotlik protseduralarini amalga oshirish va hokazolar juda muhimdir
[3. 12-b]. 
Sanoat korxonalarining moliyaviy holatini tavsiflovchi indikatorlar sifatida ayrim 
ko‘rsatkichlar muhim o‘rin tutadi. 
I. Mulkni baholash ko‘rsatkichlari: 
1.
Asosiy vositalarning umumiy aktivlar ulushidagi ulushi,%.
Asosiy vositalar 
aktivlarining kapitallashuv darajasini tavsiflaydi. Asosiy vositalar qiymati va umumiy 
qoldiq. 
2.
Asosiy vositalarning amortizatsiya darajasi,%. 
Asosiy vositalarning holatini tavsiflaydi. Yig‘ilgan amortizatsiya / asosiy 
vositalarning dastlabki qiymati. 
II. Moliyaviy holatni baholash. 
1.
O‘z aylanma aktivlarining miqdori, ming so‘m
. Sof aylanma mablag‘larni 
tavsiflaydi. Joriy aktivlar - joriy majburiyatlar.
2.
O‘zining aylanma aktivlarining umumiy miqdoridagi ulushi,%.
Korxonaning 
barcha aktivlarida aylanma aktivlarning mavjudligini tavsiflaydi. O‘zining aylanma 
aktivlari / aylanma aktivlari. 
3.
Joriy likvidlik koeffitsienti tashkilotning joriy aktivlarining qisqa muddatli 
majburiyatlarini to‘lash uchun yetarli ekanligini ko‘rsatadi. 
III. Rentabellikni baholash. 
1.
Sotishdan tushgan foyda (zarar), ming so‘m
. Yalpi foydani boshqaruv va sotish 
xarajatlarini hisobga olmaganda, sotishdan olingan foyda (zarar). 
2.
Sof foyda, ming so‘m
. Budjetga majburiy to‘lovlar to‘langanidan keyin ixtiyorida 
qoladigan korxona foydasi. Sof foyda.
3.
Sotishning rentabelligi, %
Har bir topilgan so‘mda daromadning ulushini 
ko‘rsatadi. Sotishdan tushgan foyda / sotishdan tushgan daromad. 
4.
Sotilgan mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarining rentabelligi,% . 
5.
Korxona (tashkilot) mahsulot ishlab chiqarish va sotish uchun sarflangan har bir 
so‘mdan qancha daromad olganligini ko‘rsatadi. 
IV. Iqtisodiy salohiyatdan foydalanish samaradorligini baholash 
1.
 
Aktivlarning rentabelligi,%. 
Tashkilotning barcha aktivlaridan foydalanish rentabelligini tavsiflaydi. Sof foyda / 
o‘rtacha aktivlar. 
2.
 
O‘z kapitalining rentabelligi,%. 
Uning egalari uchun biznesning rentabelligini tavsiflaydi Sof foyda / o‘rtacha 
sarmoya. [4.15-b] 
Hisoblangan ko‘rsatkichlar ma’lumotlarini o‘rganib chiqish orqali korxonaning 
moliyaviy holati to‘g‘risida umumiy tasavvurga ega bo‘lish mumkin. Shunday qilib, sanoat 
korxonalarining moliyaviy holatini aks ettiruvchi asosiy ko‘rsatkichlarni o‘rganib chiqib, 
korxonaning quyidagi “og‘riqli nuqtalari”ni aniqlash mumkin: 

tashkilotning iqtisodiy aktivlari va asosiy vositalar miqdorining kamayishi; 


Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations 
Special Issue – 10 (2021) / ISSN 2181-1415 
347 

o‘z aylanma aktivlari hajmini kamaytirish; 

asosiy vositalar hajmini qisqartirish va ulardan intensiv foydalanish orqali 
ma’naviy eskirishining oldini olish; 

joriy majburiyatlarni joriy aktivlar bilan yetarli miqdorda qoplay olmaslikning 
oldini olish; 

joriy likvidlik koeffitsientini ko‘tarish; 

daromadlarning o‘sish sur’atlarini oshirish. 
XULOSA 
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, korxonalardagi bunday muammolarni hal 
qilish uchun va moliyaviy ko‘rsatkichlarni yaxshilash bo‘yicha quyidagi chora-tadbirlarni 
amalga oshirish maqsadga muvofiqdir: xarajatlarni kamaytirish (ularni optimal-
lashtirishni maksimal darajada oshirish). Bu tadbirlar foydaning pasayishini to‘xtatishga 
yordam berishi kerak. Xarajatlarni samarali nazorat qilish tizimini yaratish xarajatlarni 
kamaytirishning juda samarali usuli hisoblanadi. Xarajatlarni to‘g‘ri hisobga olish orqali 
kamaytirish mumkin. Ishlab chiqarish jarayonidagi roliga qarab zaxiralarning konsen-
tratsiyasini o‘zgartirish orqali faoliyat turg‘unligini oshirish, zaxiralar miqdorini 
kamaytirish kerak. Yaponiyaning “Just in time” usulini qo‘llash maqsadga muvofiq. Shu 
bilan birga, tovarlarni markazlashtirilgan saqlash va chiqarish, hujjat aylanishining tezligi 
va sifatini oshirish kabi samarali nazorat tartiblarini joriy etish orqali sotib olish 
buyurtmalari sohasidagi faoliyatga alohida e’tibor qaratish lozim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga 
Murojaatnomasi. 2020-yil 29-dekabr. www.turkiston.uz. 
2.
Burxonov A.U. “Sanoat korxonalari moliyaviy barqarorligini baholash usuli”. 
http://iqtisodiyot.tsue.uz/sites/default/files/maqolalar/27. 
3.
Vahobov AV., lbroximov AT., Ishonqulov N.F. “Moliyaviy va boshqaruv tahlili”. 
Darslik. T.; “Sharq”, 2005.
4.
Казанкина О.А. Экономическая библиотека – http://economy-lib.com/ 
ekonomicheskaya-effektivnost-ispolzovaniya-informatsionnyh-tehnologiy-v-finansovoy-
deyatelnosti-predpriyatiy#ixzz76jNQUFGE 
5.
Уктамов , Х. 2020. Способы обеспечения экономической безопасности 
промышленных предприятий. Общество и инновации. 1, 1/s (окт. 2020), 405–412. 
DOI:https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol1-iss1/s-pp405-412. 
6.
Mamatkulova, .N. 2021. Повышение экономической эффективности 
промышленных предприятий. Общество и инновации. 2, 1/S (фев. 2021), 1–6. 
DOI:https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss1/S-pp1-6. 

Yüklə 312,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə