Жаҳон санъати тарихи



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/173
tarix28.01.2022
ölçüsü1,33 Mb.
#83203
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   173
jahon sanati tarixi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


ЖАҲОН САНЪАТИ ТАРИХИ
 
 

 
 
MAVZU: KIRISH. TASVIRY SAN’ATNING TUR VA JANRLARI. 
SAN’ATNING TARBIYAVIY AHAMIYATI.  
 
REJA: 
1.
 
San’atning kelib chiqishi, mazmuni va mohiyati. 
2.
 
Ibtidoiy jamoa tuzumi san’ati.  
3.
 
Ibtidoiy jamoa tuzumi taraqqiyoti bosqichlari.  
4.
 
Kulolchilik, toshtaroshlik va haykaltaroshlik san’ati. 
 
San’atning kelib chiqishi, mazmuni va mohiyati. 
San’at juda qadim zamonlarda, mehnat jarayonining taraqqiyoti natijasida 
paydo  bo‘ldi.  Mehnat  jarayonida  inson  tafakkuri  kamol  topdi,  go‘zallik  hissi 
ortdi,  voqelikdagi  go‘zallik,  qulaylik  va  foydalilik  tushunchalari  kengaydi. 
Quldorlik  jamiyati  vujudga  kelishi  bilan  esa  ijtimoiy  taraqqiyotda  katta 
o‘zgarishlar  sodir  bo‘ldi;  aqliy  mehnat  jismoniy  mehnatdan  ajralib  chiqa 
boshladi. Bu esa fan va san’at rivojida muhim ahamiyat kasb etdi. Professional 
san’at  va san’atkorlar  shu davrda paydo bo‘ldi.  San’at  esa o‘zining o‘ziga xos 
xususiyatini,  quldorligini  namoyon  etib,  quldorlikning  ideologiyasi  targ‘ib 
etuvchi kuchli g‘oyaviy qurolga aylandi. Lekin shunga qaramay, omma orasidan 
yetishib  chiqqan  iste’dodli  ijodkorlar  mehnatkash  xalq  ommasining  orzu-
istaklarini,  ularning  go‘zallik  va  xudbinlik,  oliyjanoblik  va  insonparvarlik 
haqidagi  tushunchalarini  ifoda  etuvchi  asarlar  yaratdilar.  Xalqning  turmushi, 
hulq va odatlari, yutuq va mag‘lubiyatlari ularning asarlarida o‘z ifodasini topdi. 
Shu  bilan  bir  davrda  mavjud  bo‘lgan  ana  shunday  san’at  hayot  go‘zalliklarini 
tasvirlab,  odamlarda  yuksak  xislat  va  fazilatlarni  kamol  toptirdi,  ularni  tenglik, 
ozodlik, birodarlik, yorqin kelajakka intilishga da’vat etdi. 
Haqiqatdan  ham  insoniyat  yaratib  qoldirgan  madaniy  qadriyatlar  oddiy 
boyliklar bo‘lib qolmay, balki o‘zida inson aql-zakovati, hayot to‘g‘risidagi fikr-
o‘ylarini  aks  ettiruvchi  ko‘zgu  hamdir.  Jahon  san’ati  tarixini  o‘rgatish,  uning 
taraqqiyot  qonunlarini  tushunish,  nodir  yodgorliklar  bilan  tanishish,  o‘tmish 
odamlarning  his-tuyg‘u,  hayotiy  tajribalarini  o‘rganish  G‘oyaviy-istetik 
qarashlarning  shakllanishini  bilish  demakdir.  Bu  so‘zsiz,  kishilarda  hayotiy 
tajribalarning  boyishiga,  hayotga  yanada  keng  va  atroflicha  yondoshishga 
yordam  beradi.  Tasviriy  san’at  turlariga  rangtasvir,  arxitektura,  grafika, 
haykaltaroshlik kiradi.  
Rangtasvir  tasviriy  san’atning  eng  muhim  turlaridan  bo‘lib,  maxsus 
polotnolarga,  devorlarga  ishlanadi.  Tasviriy  san’at  asarlarida  ifodalangan 
maqsad va mazmunni ochib berishda rang muhim o‘rin egallaydi.  



Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə